cookie

Sizning foydalanuvchi tajribangizni yaxshilash uchun cookie-lardan foydalanamiz. Barchasini qabul qiling», bosing, cookie-lardan foydalanilishiga rozilik bildirishingiz talab qilinadi.

avatar

Huquqiy axborot | Lotin

Qonunchilikdagi yangiliklar, normativ huquqiy hujjatlardagi foydali ma'lumotlar va huquqiy islohotlar haqida tezkor ma'lumotlar taqdim etuvchi kanal. ▪️|Kiril alifbosida — @huquqiyaxborot ▪️|Rus tilida — @pravoinf ▪️|Ingliz tilida — @leginf

Ko'proq ko'rsatish
Reklama postlari
6 301
Obunachilar
-124 soatlar
+137 kunlar
+2230 kunlar

Ma'lumot yuklanmoqda...

Obunachilar o'sish tezligi

Ma'lumot yuklanmoqda...

00:14
Video unavailableShow in Telegram
❗️Boquvchisini yo‘qotgan ko‘p bolali oilalar yer solig‘i to‘lamaydi
Manba: Soliq kodeksi. Kanalga ulanish👇👇👇 https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
Hammasini ko'rsatish...
Photo unavailableShow in Telegram
#Amal_qiling 📦 Bojxona nazoratini chetlab yoki bojxona nazoratidan yashirib yoxud bojxona hujjatlari yoki vositalariga oʻxshatib yasalgan hujjatlardan aldash yoʻli bilan foydalangan holda yoki deklaratsiyasiz yoxud boshqa nomga yozilgan deklaratsiyadan foydalanib, tovar yoki boshqa qimmatliklarni koʻp miqdorda bojxona chegarasidan oʻtkazish, shunday harakat uchun maʼmuriy jazo qoʻllanilganidan keyin sodir etilgan boʻlsa, quyidagi jazo choralaridan biri qoʻllanilishiga sabab boʻladi: ➖BHMning 300 baravarigacha miqdorda jarima; ➖480 soatgacha majburiy jamoat ishlari; ➖2 yilgacha axloq tuzatish ishlari; ➖2 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash; ➖5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. ‼️Qonunni bilmaslik javobgarlikdan ozod qilmaydi... Kanalga ulanish👇👇👇 https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
Hammasini ko'rsatish...
01:58
Video unavailableShow in Telegram
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
❗️Olis hududlardagi mahallalarda har oyda kamida ikki marotaba sayyor davlat xizmatlari ko'rsatiladi
Kanalga ulanish👇👇👇 https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
Hammasini ko'rsatish...
#2024_yil_1_iyundan
❗️Tazyiq va zo'ravonlikdan jabrlangan shaxslarga ijtimoiy xizmatlar ko'rsatish takomillashtiriladi
✔️ Qonunchilikka ko'ra: 🔹tazyiq va zo'ravonlikdan jabrlangan yoki jabrlanish xavfi ostida bo'lgan xotin-qizlarga himoya orderi talab etmagan holda ijtimoiy, psixologik va yuridik xizmatlar ko'rsatish tartibi joriy etiladi; 🔹xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo'ravonlik holati ichki ishlar organlari navbatchilik qismining “102” telefon raqamlariga kelib tushgan murojaatlar asosida ro'yxatga olinadi; 🔹tazyiq va zo'ravonlik holati yoki ularni sodir etish xavfi aniqlangan paytdan e'tiboran 24 soat ichida quyidagilar amalga oshiriladi: ➖xotin-qizlar faoli va mahalladagi profilaktika inspektori ishtirokida tazyiq va zo'ravonlikni sodir etgan shaxs bilan suhbat o'tkaziladi; ➖profilaktika inspektori tomonidan himoya orderi rasmiylashtiriladi; ➖tazyiq va zo'ravonlikdan jabr ko'rgan xotin-qizlar va ularning voyaga yetmagan farzandlari markaziy tuman (shahar) shifoxonalarining shoshilinch qabul bo'limlariga joylashtiriladi; ➖rasmiylashtirilgan himoya orderlari va jabrlangan shaxslarga doir ma'lumotlar “Inson” markazlariga “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimi orqali yuboriladi. Kanalga ulanish👇👇👇 https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
Hammasini ko'rsatish...
Photo unavailableShow in Telegram
#Bilasizmi 🔰 Qonunchilikka ko'ra, o'zgalar parvarishiga muhtoj yolg'iz hamda yolg'iz yashovchi keksalar va nogironligi bo'lgan shaxslar hamda ularni kuzatuvchi shaxslarga davlat sport tadbirlariga, teatrlarga va muzeylarga kirish bepul etib belgilangan. Kanalga ulanish👇👇👇 https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
Hammasini ko'rsatish...
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
❗️Ta'lim krediti olish uchun arizalarni my.gov.uz orqali topshirish imkoniyati yaratiladi
“Oliy va professional ta'lim tashkilotlari talabalari va o'quvchilariga byudjet mablag'lari hisobidan ta'lim kreditini ajratish tartibini takomillashtirish to'g'risida”gi Prezident Farmoni (PF-82-son, 27.05.2024 y.) qabul qilindi 🔰Farmonga ko'ra, 2024/2025 o'quv yilidan oliy va professional ta'lim tashkilotlarining talaba va o'quvchilariga ta'lim kreditlari quyidagilarni nazarda tutgan holda ajratiladi: 🔹oliy va professional ta'lim tashkilotlarida tahsil olish uchun ta'lim krediti faqat kunduzgi ta'lim shaklida o'qiyotgan talaba va o'quvchilarga ajratiladi; 🔹ta'lim krediti: ▫️oliy ta'lim tashkilotlarining birinchi bosqich talabalari hamda professional ta'lim tashkilotlari o'quvchilari uchun to'lov-kontrakt summasi miqdorida; ▫️oliy ta'lim tashkilotlarining ikkinchi va undan yuqori kurs talabalari uchun fanlarni o'zlashtirishning o'rtacha ko'rsatkichi “3” dan past bo'lgan taqdirda to'lov-kontrakt summasining ko'pi bilan 80 foizi miqdorida ajratiladi. ❕Bundan “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan oilalar farzandlari mustasno. ✔️Bunda ta'lim krediti: 🔸OTM talabalari uchun – talabalar to'g'risidagi ma'lumotlar “Talabalarga shartnoma asosida ko'rsatiladigan xizmatlar hisobini yuritish” (kontrakt.edu.uz) axborot tizimi va “Oliy ta'lim jarayonlarini boshqarish” (HEMIS) axborot tizimida mavjud bo'lganda; 🔸professional ta'lim tashkilotlari o'quvchilari uchun – o'quvchilar to'g'risidagi ma'lumotlar “Professional ta'lim jarayonlarini boshqarish” (prof.edu.uz) axborot tizimida mavjud bo'lganda ajratiladi. 🗓2024/2025 o'quv yili boshlangungacha ta'lim krediti olish uchun arizalarni “Ta'lim krediti” axborot tizimi (taʼlim-krediti.mf.uz) va YIDXP (my.gov.uz) orqali topshirish imkoniyati yaratiladi. Kanalga ulanish👇👇👇 https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
Hammasini ko'rsatish...
Photo unavailableShow in Telegram
#2024_yil_1_iyundan 🔰Qonunchilikka ko'ra, quyidagilar yo'lga qo'yiladi: 🔸mehnat migratsiyasidan qaytib kelgan shaxslar hamda ularning oila a'zolarini bepul tibbiy ko'rikdan o'tkazish; 🔸mehnat migratsiyasidan qaytib kelgan, ijtimoiy ahamiyatli kasallikka chalingan shaxslarga tibbiy yordamning kafolatlangan hajmlari ro'yxatiga muvofiq bepul tibbiy yordam ko'rsatish amaliyoti. Kanalga ulanish👇👇👇 https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
Hammasini ko'rsatish...
Photo unavailableShow in Telegram
#Amal_qiling 🔰Qonunchilikka ko'ra, tegishli ruxsati bo'lmay turib yoki taqiqlangan joylarda yoxud taqiqlangan muddatlarda, taqiqlangan qurollar yoki vositalar bilan ov qilish yoki baliq ovlash, shu huquqbuzarliklarni sodir etish quroli va ashyolari musodara qilinib, quyidagi jazo choralaridan biri qo'llanilishiga sabab bo'ladi: 🔹fuqarolarga BHMining 25 baravaridan 30 baravarigacha (8 mln 500 ming so'mdan 10 mln 200 ming so'mgacha) miqdorda jarima; 🔹mansabdor shaxslarga BHMning 40 baravaridan 50 baravarigacha (13 mln 600 ming so'mdan 17 mln so'mgacha) miqdorda jarima; 🔹3 yilgacha muddatga ov qilish huquqidan mahrum etish. ‼️Qonunni bilmaslik javobgarlikdan ozod qilmaydi... Kanalga ulanish👇👇👇 https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
Hammasini ko'rsatish...
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
❗️Hafta davomida qabul qilingan qonunchilikdagi yangiliklar bilan tanishing:
🔹Charm-poyabzal sanoati klasterlari tashkil qilinadi ➖ Manba: (PQ-181-son, 20.05.2024 y.); 🔹Xalqaro shartnomani tasdiqlash to'g'risida”gi Prezident Qarori qabul qilindi ➖ Manba: (PQ-184-son, 22.05.2024 y.); 🔹Onkologik va gematologik kasalliklarga chalingan bolalarni sog'lomlashtirishga ko'maklashish jamg'armasi tashkil etildi ➖ Manba: (PQ-183-son, 21.05.2024 y.); 🔹Aholining kundalik hayotida uchraydigan huquqiy muammolari aniqlanadi, tahlil qilinadi va bartaraf etiladi ➖ Manba: (PF-80-son, 24.05.2024 y.); 🔹Tuman (shahar) adliya bo'limlariga qo'shimcha vazifalar yuklatildi ➖ Manba: (PF-80-son, 24.05.2024 y.); 🔹Fuqarolarga protsessual hujjatlarni tayyorlashda ko'maklashiladi ➖ Manba: (PF-80-son, 24.05.2024 y.); 🔹“Mahalla huquqshunosi” loyihasi amalga oshiriladi ➖ Manba: (PF-80-son, 24.05.2024 y.); 🔹Qonunchilik hujjatlari va islohotlar mazmun-mohiyatini aholiga yetkazishning yangi tartibi joriy qilinadi ➖ Manba: (PF-80-son, 24.05.2024 y.); 🔹Haftaning har chorshanba kuni huquqiy targ'ibot kuni etib belgilandi ➖ Manba: (PF-80-son, 24.05.2024 y.); 🔹Yoshlarda “Mamlakat kelajagi – qonunga itoatkor va huquqbuzarlikka toqatsiz yoshlar bilan” g'oyasi asosida huquqiy immunitet shakllantiriladi ➖ Manba: (PF-80-son, 24.05.2024 y.); 🔹Adliya vazirligi huquqni qo'llashni metodik ta'minlash bo'yicha vakolatli organ etib belgilandi ➖ Manba: (PF-80-son, 24.05.2024 y.); 🔹Davlat xizmatlarini ko'rsatishda shaxsni biometrik identifikatsiya qilish (Face-ID) usuli joriy qilinadi ➖ Manba: (PF-80-son, 24.05.2024 y.); 🔹Yuridik kadrlar tayyorlashda “maktab – litsey – texnikum – universitet” tizimi joriy etiladi ➖ Manba: (PF-80-son, 24.05.2024 y.); 🔹Elektron hisoblash mashinalari uchun dastur va ma'lumotlar bazalarini ro'yxatdan o'tkazishga doir talabnomalarni davlat xizmatlari markazlari orqali topshirish imkoniyati yaratiladi ➖ Manba: (PF-80-son, 24.05.2024 y.); 🔹Aholining yagona elektron reyestri joriy etiladi ➖ Manba: (PF-80-son, 24.05.2024 y.); 🔹Ayrim davlat xizmatlarini ko'rsatish bo'yicha ma'muriy hujjatlarni sudgacha ko'rib chiqishning yangi tartibi joriy etiladi ➖ Manba: (PF-80-son, 24.05.2024 y.); 🔹Vazirlar Mahkamasi huzurida Atom energiyasi agentligi tashkil etiladi ➖ Manba: (PF-79-son, 24.05.2024 y.); 🔹OTMlarga o'qishga qabul qilish va davlat buyurtmasini joylashtirish tizimi takomillashtiriladi ➖ Manba: (PF-81-son, 24.05.2024 y.); 🔹Ta'lim grantida tahsil olgan talabalarning 3 yil ishlab berish majburiyati bekor qilinadi ➖ Manba: (PF-81-son, 24.05.2024 y.); 🔹Magistratura va oliy ta'limdan keyingi ta'lim uchun xorijiy tilni bilish sertifikati talab etiladi ➖ Manba: (PF-81-son, 24.05.2024 y.); 🔹Davlat OTMlari Bakalavriatiga qabul jarayoni 2 bosqichda amalga oshiriladi ➖ Manba: (PF-81-son, 24.05.2024 y.); 🔹Tadbirkorlarga subsidiya, imtiyoz va preferensiyalarni taqdim etish tartiblari takomillashtiriladi➖ Manba: (PQ-193-son, 24.05.2024 y.). Kanalga ulanish👇👇👇 https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
Hammasini ko'rsatish...
Photo unavailableShow in Telegram
#2024_yil_1_iyundan ✅ Qonunchilikka ko'ra, mehnat migratsiyasidan qaytgan shaxslarni ishga qabul qilgan ish beruvchilarga har bir ishga olingan xodim uchun 12 oy davomida oyiga 500 ming so'mdan subsidiya to'lanadi. ❕Bundan byudjet tashkilotlari, davlat korxonalari, ustav kapitalida davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo'lgan yuridik shaxslar mustasno. 🔘Bunda: 🔹subsidiya 2024-yil 1-iyundan 2026-yil 1-yanvarga qadar ishga qabul qilingan shaxslarga nisbatan to'lanadi; 🔹mehnat migratsiyasidan qaytib kelgan shaxs bilan tuzilgan va Yagona milliy mehnat tizimida ro'yxatdan o'tkazilgan mehnat shartnomasi subsidiya to'lash uchun asos bo'lib hisoblanadi; 🔹mehnat migratsiyasidan qaytib kelgan shaxslar deb xorijda 3 va undan ortiq oy mobaynida mehnat faoliyati bilan shug'ullanib, yashash manziliga qaytib kelganligiga bir yildan ko'p vaqt bo'lmagan shaxslar tushuniladi. Kanalga ulanish👇👇👇 https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
Hammasini ko'rsatish...