cookie

Sizning foydalanuvchi tajribangizni yaxshilash uchun cookie-lardan foydalanamiz. Barchasini qabul qiling», bosing, cookie-lardan foydalanilishiga rozilik bildirishingiz talab qilinadi.

avatar

SAMARQANDLIK YOSHLAR

🇺🇿 Samarqand viloyati Yoshlar ishlari boshqarmasining rasmiy Telegram sahifasi Murojaat uchun: @samyoshbot

Ko'proq ko'rsatish
Reklama postlari
19 253
Obunachilar
-2024 soatlar
-6357 kunlar
-2 84630 kunlar

Ma'lumot yuklanmoqda...

Obunachilar o'sish tezligi

Ma'lumot yuklanmoqda...

Ayni paytda Respublika ishchi guruhi a'zolari bilan birga Bulung‘urdamiz. "Gulobod" mahallasida bo‘lib, aholi tomorqalaridan samarali foydalanish, aholi muammolarini o‘rganish va hal etish, bandligini ta’minlash, oilalarni mustahkamlash, ma’naviyat va ma’rifat, yoshlar tarbiyasi kabi yo‘nalishlarda olib borilayotgan ishlar holati o‘rganilmoqda. https://t.me/kuranbayev_k
Hammasini ko'rsatish...
Repost from Alisher Sadullaev
STEM fanlari bilimdonlari uchun "IQtidorli" yoshlar oromgohi 🔈 Ilk bora Yoshlar ishlari agentligi tomonidan "Ibrat farzandlari" va "Ustoz AI" loyihalari bosh hamkorligida "IQtidorli" yoshlar oromgohi loyihasiga start berilmoqda. STEM fanlariga qiziqadigan va tahsil olayotgan yoshlar oromgohda qatnashishlari mumkin. Shuningdek, ushbu yoʻnalishda hamkorlik qilmoqchi boʻlganlarni loyihaga taklif qilamiz. ✉️ Loyiha haqida batafsil ma’lumot va oromgoh uchun ariza topshirish ⬅️ ⏰ Hoziroq roʻyxatdan oʻting va loyihada oʻz iqtidoringizni namoyon qiling. Sizni oromgohimizda koʻrishdan mamnunmiz. Batafsil: @iqtidorly
Hammasini ko'rsatish...
Repost from Alisher Sadullaev
⚡️ Ilk bora Yoshlar ishlari agentligi tomonidan "Ibrat farzandlari" va "Ustoz AI" loyihalari bosh hamkorligida "IQtidorli" yoshlar oromgohi loyihasiga start berilmoqda. STEM fanlariga qiziqadigan va tahsil olayotgan yoshlar oromgohda qatnashishlari mumkin. Shuningdek, ushbu yoʻnalishda hamkorlik qilmoqchi boʻlganlarni loyihaga taklif qilamiz. ✉️ Loyiha haqida batafsil ma’lumot va oromgoh uchun ariza topshirish ⬅️ ⏰ Hoziroq roʻyxatdan oʻting va loyihada oʻz iqtidoringizni namoyon qiling. Sizni oromgohimizda koʻrishdan mamnunmiz. Batafsil: @iqtidorly
Hammasini ko'rsatish...
Respublika ishchi guruhi Samarqandda o‘rganish ishlarini olib bormoqda Mahallalarda aholi muammolarini o‘rganish va hal etish, bandligini ta’minlash, oilalarni mustahkamlash, ma’naviyat va ma’rifat, yoshlar tarbiyasi kabi yo‘nalishlarda olib borilayotgan ishlar holatini o‘rganish bo‘yicha Mahallalarda yoshlar bilan ishlash masalalarini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika komissiyasi raisi rahbarligidagi ishchi Samarqand viloyatida bo'lib turibdi. Dastlab ishchi guruh tomonidan viloyat Yoshlar markazida tashkil etilgan shtab a'zolari ishtirokida o'rganilishi lozim bo'lgan masalalar muhokama etildi va bugungi rejalar belgilab olindi. You tube | Instagram | Telegram | Facebook‌‌‌‌
Hammasini ko'rsatish...
👏 1
Repost from Alisher Sadullaev
“Oliy liga” 2024 erkaklar va ayollar o‘rtasidagi Oʻzbekiston chempionatidaayollar o‘rtasida Umida Omonovaga eng yuqori oʻrin hamda 7,5 ming AQSH dollari, erkaklar o‘rtasida 1-o‘rin va 15 ming AQSH dollari Javohir Sindarovga nasib etdi.
Umumiy sovrin jamg‘armasi 75 ming AQSH dollarini tashkil etgan “Oliy liga” 2024 erkaklar va ayollar o‘rtasidagi Oʻzbekiston chempionati yakunlandi. Tezkor yo‘nalishda erkaklar guruhida 24 nafar, ayollar guruhida 18 nafar shaxmatchilarimiz davra tizimi bo‘yicha bahslashdilar. Gʻoliblar roʻyxati bilan tanishing.
Oʻyinlar esa, doimgidek
Uzchess
loyihasi tomonidan toʻgʻridan-toʻgʻri efirlarda sharhlanib borildi.
💐Musobaqada ishtirok etgan barcha ukalarimiz va singillarimizni, ularning ota-onalarini chin yurakdan samimiy qutlayman! @alisher_sadullaev
Hammasini ko'rsatish...
📣 Davlat mulkini "E-auksion.uz" platformasi orqali oson ijaraga oling! Bugungi kunda Samarqand viloyatidan E-auksion.uz elektron savdo platformasida 236 ta davlat ko‘chmas mulk obektlarini ijaraga olish imkoniyati mavjud. ➡️ Oqdaryo tumanidan 5 ta (ko‘rish) ➡️ Bulung‘ur tumanidan 16 ta (ko‘rish) ➡️ Jomboy tumanidan 5 ta (ko‘rish) ➡️ Ishtixon tumanidan 5 ta (ko‘rish) ➡️ Kattaqo‘rg‘on tumanidan 16 ta (ko‘rish) ➡️ Qo‘shrabot tumanidan 6 ta (ko‘rish) ➡️ Narpay tumanidan 4 ta (ko‘rish) ➡️ Payariq tumanidan 16 ta (ko‘rish) ➡️ Pastdarg‘om tumanidan 21 ta (ko‘rish) ➡️ Paxtachi tumanidan 9 ta (ko‘rish) ➡️ Samarqand tumanidan 4 ta (ko‘rish) ➡️ Nurobod tumanidan 7 ta (ko‘rish) ➡️ Urgut tumanidan 27 ta (ko‘rish) ➡️ Toyloq tumanidan 14 ta (ko‘rish) ➡️ Samarqand shahridan 74 ta (ko‘rish) ➡️ Kattaqo‘rg‘on shahridan 7 ta (ko‘rish) 🎞 Video-qo'llanma 👈 🤵🏻 "E-AUKSION" vakili: (99) 207-26-07 ☎️ 🤵🏻 "E-AUKSION" vakili: (99) 207-36-07 ☎️ You tube | Instagram | Telegram | Facebook‌‌‌‌
Hammasini ko'rsatish...
Repost from Alisher Sadullaev
⚡️ Birozdan soʻng Xalqaro kongress markazida Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida uchinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi boshlanadi. Davlatimiz rahbarining forum yalpi majlisidagi nutqini Prezident Matbuot xizmatining Facebook va YouTube dagi rasmiy sahifalarida jonli efirda tomosha qiling. @alisher_sadullaev
Hammasini ko'rsatish...
Repost from Zarnews.uz
"Zarafshon" gazetasining 2024-yil 2-may kungi soni mutolaa uchun havola qilinmoqda. Bugungi sonda: - Payariqdagi ichimlik suvi muammosiga yechim bormi? - "Tadbirkorga ishonib, koʻchada qoldik" Yoxud Urgutda 8 yildan beri ijrosi taʼminlanmayotgan qarordan najot kutib; - Minnat nima? - Uzoqdagi qarindoshdan yaqindagi qoʻshni yaxshi. Shuningdek, unda “Zarafshon” muxbirlari tayyorlagan yangiliklar, jamiyatda uchrayotgan illatlar haqidagi maqolalar chop etilgan. Gazetadagi maqolalarni zarnews.uz sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizda ham o‘qish, videolavhalarni tomosha qilish mumkin.
Hammasini ko'rsatish...
Samarqandda “Jasorat maktabi” o‘quv yig‘inining tantanali yopilish marosimi oʻtkazildi Samarqand viloyatining shahar va tumanlarida istiqomat qiluvchi 100 nafar yoshlar uchun tashkil etilgan oʻn kunlik “Jasorat maktabi” o‘quv yig‘inining ikkinchi mavsumi oʻz nihoyasiga yetdi. Tantanali yopilish marosimida Markaziy harbiy okrug qoʻmondonligi, Samarqand viloyati hokimligi, viloyat Yoshlar ishlari boshqarmasi va Yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi. Tadbirda soʻz olganlar yoshlarning kelgusi faoliyatlarida ulkan muvofaqqiyatlar tilab, harbiy qismda oʻrgangan tartib-intizomi, egallagan kasb-hunarlaridan va eng muhimi, hukumatimiz tomonidan ularga yaratilayotgan sharoit va imkoniyatlardan unumli foydalanishlarini ta'kidlashdi. #jasoratmaktabi You tube | Instagram | Telegram | Facebook‌‌‌‌
Hammasini ko'rsatish...
🔥 1
Rahbar va yoshlar uchrashuvlari davom etmoqda Ayni paytda  Samarqand viloyati yoshlar ishlari boshqarmasi boshlig'i vazifasini bajaruvchisi Sarvar Boboyev o‘ziga biriktirilgan yoshlar bilan uchrashib ularning muammo hamda takliflarini tinglamoqda. Uchrashuvda asosan yoshlar bandligini ta’minlashga ko‘maklashish, yer ajratish, tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun imtiyozli kreditlarni olish masalalari bo‘yicha murojaatlar yo'llanmoqda.
🇺🇿Davlatimiz rahbarining yoshlarga alohida e’tibor va g’amxo’rligi tufayli yoshlar siyosati sohasida “vazirlikdan mahallagacha” tizimining joriy etilishi bugungi kunda o‘z natijasini ko‘rsatmoqda.
#rahbarvayoshlar Facebook | Telegram | instagram | Youtube
Hammasini ko'rsatish...
👍 3🔥 1👏 1