cookie

Sizning foydalanuvchi tajribangizni yaxshilash uchun cookie-lardan foydalanamiz. Barchasini qabul qiling», bosing, cookie-lardan foydalanilishiga rozilik bildirishingiz talab qilinadi.

avatar

Jizzax viloyati yuridik texnikumi

Юксак ҳуқуқий маданият-демократик жамият пойдевори ва ҳуқуқий тизимнинг етуклик кўрсаткичидир. http://www.facebook.com/groups/jislofficial http://Instagram.com/jislofficial

Ko'proq ko'rsatish
Reklama postlari
496
Obunachilar
Ma'lumot yo'q24 soatlar
+47 kunlar
+630 kunlar

Ma'lumot yuklanmoqda...

Obunachilar o'sish tezligi

Ma'lumot yuklanmoqda...

⚡️Yuridik texnikumda o‘qishning afzalliklari haqida bilasizmi? 🔍 Quyida ular bilan tanishing... ✅ Yuridik texnikumlarda kunduzgi va sirtqi ta’lim shakllari bo‘yicha ta’lim olish imkoniyati mavjud bo‘lib, o‘quvchilar davlat granti hamda to‘lov-kontrakt,  shu jumladan tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida o‘qishlari mumkin.   ✅ Yuridik texnikumlarga o‘quv-metodik jihatdan ko‘mak berish Toshkent davlat yuridik universiteti tomonidan amalga oshiriladi.  ✅ Yuridik texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 705-son qaroriga muvofiq Toshkent davlat yuridik universiteti va “yurisprudensiya”  ta’lim yo‘nalishi mavjud beshta oliy ta’lim muassasalariga, shuningdek, 17-son qaroriga muvofiq TDYUdan tashqari “yurisprudensiya”  ta’lim yo‘nalishi mavjud barcha oliy ta’lim muassasalariga test sinovlarisiz, suhbat asosida 2-kursdan o‘qishga qabul qilinadi; ✅ Yuridik texnikumlarda o‘qitish kredit-modul tizimi bo‘yicha olib boriladi. Bunday yondashuv o‘quvchilarga mutaxassislik fanlarini chuqur tahlil qilgan holda  o‘rganish imkonini beradi; ✅ Yuridik texnikumlar bitiruvchilari o‘qishni tamomlaganlaridan so‘ng o‘rta maxsus yuridik ma’lumotga ega bo‘lishadi va notarius yordamchisi, FHDY bo‘limi inspektori, davlat xizmatlari markazi mutaxassislari, advokat yordamchisi hamda davlat ijrochisi va shu kabi boshqa lavozimlarda ishlashlari mumkin bo‘ladi; ✅ Xalqaro darajadagi yuristlarni tayyorlash maqsadida yuridik texnikumlarda qo‘shma ta’lim dasturlari amalga oshirib borilmoqda; ✅ Yuridik texnikumlarda dars mashg‘ulotlari mahalliy hamda xorijiy malakali professor-o‘qituvchilar, amaliyotchi va tajribali mutaxassislar  tomonidan olib boriladi; ✅ Yuridik texnikumlarning yuqori o‘zlashtirish ko‘rsatkichlarga ega o‘quvchilariga Adliya vazirligi stipendiyalari va grantlari ajratiladi; ✅ Yuridik texnikumda tahsil olayotgan o‘quvchilarning nazariy olgan bilimlarini amaliyot bilan bog‘lash mexanizmi yaratilgan. Unga ko‘ra 2 yil o‘qish davomida tanishtiruv hamda malakaviy amaliyot  olib boriladi; ✅ Yuridik texnikumlarga “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”,  “Mehribonlik uyi” va Bolalar shaharchasining bitiruvchilari, I guruh nogironligi bo‘lgan, shu jumladan ko‘zi ojiz abituriyentlar, axborot  tizimida  ro‘yxatga olingan shaxslar farzandlari kirish sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan taqdirda davlat granti asosida o‘qishlari mumkin. Biz ijtimoiy tarmoqlarda:    • Telegram | • Instagram
Hammasini ko'rsatish...
🇺🇿 O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi yuridik texnikumlari

🇺🇿 O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi yuridik texnikumlarining rasmiy kanali 📞 71-207-04-50 71-233-66-36 Facebook: www.fb.com/Yuridiktexnikum Instagram:

https://www.instagram.com/yuridiktexnikum/

Murojaat uchun: @yuridiktexnikumlar_b

👍 2🥰 1
Photo unavailableShow in Telegram
⚡️Yuridik texnikumlar o‘quvchilari uchun yangi o‘quv adabiyotlari yaratildi. ✅ Toshkent davlat yuridik universiteti professor-o‘qituvchilari hamda yuridik texnikum pedagog xodimlari bilan hamkorlikda yangi avlod darsliklari yaratildi. 📚 Hozirda 11 nomdagi jami 1975 tirajda nashr etilgan darsliklar taqsimot asosida yuridik texnikumlarga yetkazilmoqda. Biz ijtimoiy tarmoqlarda: Telegram | • Instagram
Hammasini ko'rsatish...
👍 2👏 2🔥 1
CANADA_OTTAWA
Hammasini ko'rsatish...
👍 3
Photo unavailableShow in Telegram
O‘zbek ilmiy jamiyati uchun katta xushxabar. Iqtisodchi, @uzbekonomics kanali muallifi Botir Qobilov Harvard Universitetidan (AQSH) fan doktori ilmiy darajasini olibdi. Botir Qobilov Harvard Universitetida fan doktorligini himoya qilgan birinchi o‘zbekistonlik bo‘libdi. Yurtdoshlarimiz orasidan shunday olimlar yetishib chiqayotganidan doim faxrlanamiz.
Hammasini ko'rsatish...
👍 5
#New_Renaissance
Hammasini ko'rsatish...
👍 3
#New_Renaissance
Hammasini ko'rsatish...
👍 2👏 2
✳️ Yosh yuristlar nazariy olgan bilimlarini amaliyotda mustahkamlamoqda. ❇️ Jizzax viloyati yuridik texnikumining 1 va 2 bosqich o‘quvchilari o‘quv yili mobaynida olgan nazariy bilimlarini shakllantirish hamda mustahkamlash maqsadida viloyatdagi sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar, Davlat xizmatlari markazlari, FHDY, Notarial idoralar hamda boshqa tashkilotlarda amaliyot o‘tashmoqda. ❇️ Amaliyot jarayonlari bo‘lajak yuristlarga o‘z soha yo‘nalishi bo‘yicha texnikumda olgan bilimlarini mustahkamlashga keng imkoniyatlar yaratadi.
Hammasini ko'rsatish...
👍 7👏 4🤣 2 1
#Zamonaviy_ilm_fan_va_talim_istiqbollari
Hammasini ko'rsatish...
👍 3
#Zamonaviy_ilm_fan_va_talim_istiqbollari
Hammasini ko'rsatish...
👍 1
#American_International_Open_Conference_2024_Konstitutsiya_va_qonunning_ustunligi
Hammasini ko'rsatish...
👍 2