cookie

Sizning foydalanuvchi tajribangizni yaxshilash uchun cookie-lardan foydalanamiz. Barchasini qabul qiling», bosing, cookie-lardan foydalanilishiga rozilik bildirishingiz talab qilinadi.

avatar

Davronbek Hamidov

Taskin izlagan qalblar uchun Audio she'rlar ! Murojat uchun : @D_Hamidov

Ko'proq ko'rsatish
Reklama postlari
208
Obunachilar
Ma'lumot yo'q24 soatlar
Ma'lumot yo'q7 kunlar
Ma'lumot yo'q30 kunlar

Ma'lumot yuklanmoqda...

Obunachilar o'sish tezligi

Ma'lumot yuklanmoqda...

Artistlik qilyaptida degani òzi nima ? Kimdadir izox bormi? Aytinglarchiii? Bu faqat menga boshqacha ta'sir etadi xolosmi? Shu soxani noni yeganim uchunmi... xullas botadi-da bunaqa gaplar... sizda qanday ?
Hammasini ko'rsatish...
Zulayho_Boyxonova_-_Dilimdagilar.mp33.84 MB
02:06
Video unavailableShow in Telegram
Namangan davlat universitetining «Nihol» talabalar teatr studiyasi tomonidan sahnalashtirilgan «Sulton Jaloliddin» spektaklidan lavhalar Mazkur spektakl «Talabalar teatr studiyalari» tanlovining Namangan viloyati bosqichida g‘olib bo‘lib, tanlovning mintaqaviy bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. 👉 https://t.me/namdu309
Hammasini ko'rsatish...
IMG_31901111(Android).mp420.23 MB
Repost from N/a
Tarbiya. Erlar hamiyatli bo‘lsin Post Views: 513 Bismillahir rohmanir rohiym “Er shiddatli bo‘lsa, ayol uyatli bo‘ladi” (Xalq maqoli). Bir kuni qabulimga bir yigit hayajon bilan kirib kelib, mulohazali mavzuni ko‘tarib qoldi. U: “Qori aka, jum’a ma’ruzalarida qizlarning tarbiyasi to‘g‘risida ko‘proq gapirmasangiz bo‘lmaydi…”, deb o‘z e’tirozini bildirdi. Uning bu so‘zida yaqin vaqt ichida qandaydir hodisa ro‘y bergani va qattiq ta’sir qilgani sezilib turardi. Undan: «Nima bo‘ldi?» deb so‘radim. Yigit: «Ko‘chada bir mashinani to‘xtatdim. Haydovchi yonidagi old o‘rindiqda bir qiz ham o‘tirgandi. Men aytgan manzilga qarab ketarkanmiz, beixtiyor old o‘rindiqdagi qizga ko‘zim tushdi. Uning kiyimlari bir ahvolda ekan. Shu vaqt qiz mashina magnitafoni tugmalarini bosa boshladi. U qildi, bu qildi, ancha urindi, o‘zi istagan narsani topolmagach, yonidagi haydovchiga qarab: «Ada, o‘zingiz qarang buni, falon narsaga qo‘ying, men topolmayapman», deb qoldi. E’tibor bersam, uning tugmalarni bosa olmayotganiga tirnoqlarini nihoyatda o‘stirib olgani xalal berayotgan ekan. Eng ajablanganim shundaki, avtomobilni boshqarib ketayotgan otasi qizining kiyinishiga mutlaqo beparvo edi. Shu holat menga qattiq ta’sir qildi. Nahotki ota o‘z qizini shu holatda ko‘chaga chiqishiga, uni o‘z yonida olib yurishga qo‘yib bersa?! Balki qizini o‘qishga, ishga, bozor yoki boshqa yerga olib borayotgandir. Ehtimol, o‘zini zamonaviy otalardan hisoblab, qizining istaganicha kiyinishiga qo‘yib berishidan faxrlanar ham! Mana, jum’a namozlariga asosan otalar, xonadon rahbarlari kelishadi. Balki ular orasida ham qizi, turmush o‘rtog‘ining ochiq-sochiq kiyinishiga e’tiborsizlar bordir. E’tiborsizlar yoki buning katta ma’siyat ekanini bilmaganlar bo‘lsa o‘rgatish, unutganlarning yodiga solish uchun ham barchamizga qizlar tarbiyasidagi eng nozik tomonlar to‘g‘risida, qiz-juvonlarning iffati, hayosi, imon-e’tiqodi, axloq-odobini saqlash uchun haqiqiy er yigitlar, otalar, aka-ukalar nimalar qilmog‘i to‘g‘risida ma’ruza qilinsa», dedi. Haqiqatan ham, hozirgi kunda shahrimizning har bir qadamida bu kabi holatlarni uchratish mumkin. Bozorda ishlaydigan sotuvchilar tomonidan ham xuddi shunday gaplar tez-tez tilga olinmoqda. Ayrim ota-onalar qizlarini kiyim-kechak do‘koniga olib kirib, bir-biridan tor, yelkasi, orqasi ochiq ajnabiy liboslarni kiydirib ko‘rayotganini, hatto otasi bularni kiydirib ko‘rib: «Yo‘q, bu yarashmadi, bu unchalik odamni jalb qilib, o‘ziga tortadigan emas ekan, beo‘xshov bo‘lib qolding, yana ham yaxshirog‘ini, yana ham torrog‘ini, yana ham kaltarog‘ini kiygin», deb tavsiya qilayotganiga ham guvoh bo‘layotganlar bor. Inson zamon talabi shu ekan-da, deb nima bo‘lsa qabul qilib ketavermasligi kerak. Avvalo, ota-onalar bolalar uchun mas’ul. Ular farzandlar sof fitratda dunyoga kelishini, ota-onalar ularni o‘zlaridan kelib chiqib yo buzishlari, yoki tuzatishlari mumkinligini unutmasliklari lozim. Oramizda bu kabi bid’atu xurofotlar, gunohu ma’siyatlar paydo bo‘lsa, ularga loqayd qaramasligimiz, qo‘limizdan kelganicha ularga qarshi chiqishimiz shart. Aks holda, gunohkor bo‘lamiz, nafaqat u dunyoda, balki bu dunyoning o‘zida ham jazomizni olmasdan o‘tmaymiz. Bu haqda ko‘plab hadislar, hatto Qur’on oyatlari kelgan.
Hammasini ko'rsatish...
Repost from N/a
#2-qism Kezi kelganda yangilanib, tobora mudhish tus olib borayotgan yana bir eski dardimiz haqida to‘xtalib o‘tsam. YAqinda mebel sotadigan do‘konchi tanishlarimizdan biri shikoyat qilib qoldi: «Qori aka, bilamiz, ancha-muncha amri ma’ruflar bo‘lib turibdi, bu haqda ko‘p aytasiz, lekin baribir shu gaplar kamroq bo‘layotgandek tuyulmoqda. To‘ylarda barcha uy jihozlarini olish harajatlari kelin tomonga yuklanganligi barchamizga ma’lum. Hozirgi kunda onasining etagini ushlab katta bo‘lgan yigitchalar nomardlarcha kelin tarafdan hamma jihozlarni, sarfu harajatlarni talab qilayotgani achinarli. Asosan ayollarimizning tizginsiz orzu-havasi deb chegaradan chiqish holatlari ko‘paygandan ko‘payib borayapti. Biz erkaklar esa bunday gap-so‘zlarga hech qanday munosabat bildira olmayapmiz, bularning yomonligini bilib turib ham qarshilik ko‘rsata olmayapmiz. YAqindan beri yangi bir odat paydo bo‘lib qoldi. Mebel tanlashga kelin, uning onasi kelardi, endi kuyov va uning onasi ham keladigan bo‘lishdi. Kuyov bilan uning onasi mebel do‘konida aylanib, u yerda o‘nlab har xil ko‘rinishdagi, har xil mamlakatlardan keltirilgan, turli qiymatga ega mebellarni ko‘rib chiqadi. Shularning ichidan kelin bilan onasi bir mebelni ko‘rsatib: «Mana bu mebel bo‘ladimi?» deb tanlasa, kuyov bilan onasi: «Yo‘q, bu bo‘lmaydi, bizga yoqmadi, boshqasini tanlaymiz», deydi. Kelin bilan ona boshqasini tanlab: «Mana buni ko‘ringlar-chi, bunisi bizga yoqdi», desa, ular yana: «Yo‘q, bu ham bo‘lmaydi, uyimizning hajmiga to‘g‘ri kelmaydi. Bu kichkina bo‘lib qoladi, xonamiz nihoyatda katta, uyimizni haybatiga, savlatiga yarashadigan mebel bo‘lishi kerak», deyishadi. Axiyri kelin bilan onasi: «Mayli, o‘zlaringga ma’qul bo‘lganini tanlanglar, keyin gaplasharmiz», deyishadi. Kuyov bilan onasi esa o‘zlari aytgandek, uylarining savlatiga, hajmiga to‘g‘ri keladigan o‘ta qimmatbaho, xorijdan keltirilgan mebelni tanlaydi. Kelin bilan onasi majbur bo‘lib, quvvati yetsa o‘sha yerda to‘layapti, agar yetmasa nasiya qilib: «Shuni band qilib qo‘yinglar, biz erta-indin pulini to‘liq to‘lab olib ketamiz», deb ketishayapti. Biz-ku, mebel sotganimizga xursandmiz. Lekin yangi paydo bo‘layotgan bu odat borib-borib yurtimiz, millatimiz, mo‘min-musulmonlarimizning, ayniqsa, erkaklarning nomiga dog‘ bo‘lib tushadi-ku! Shu ketishda kelajak avlodimizni nimalar kutayapti ekan?! Besh-o‘n yildan keyin qanday holat yuzaga chiqar ekan, deb hayron bo‘layapmiz. Shu muammoni yana va yana ko‘tarib chiqsangiz. Kuyovlarimiz o‘z yigitlik g‘ururini, otalar erkaklik g‘ururini, onalar esa o‘zlarining ayollik, qaynonalik maqom-martabasini bilsa, hurmati, obro‘-e’tiborini saqlashga harakat qilsa. Arzimas molu dunyo uchun, arzimas uyning jihozi uchun bor-yo‘g‘idan voz kechib yuboraverish – odamgarchilikka ham to‘g‘ri kelmaydigan ish emasmi?» deb mulohaza bildirdi. Haqiqatan ham, hozirda mana shu kabi holatlar kundan-kunga rivojlanib bormoqda. To‘g‘ri, ular to‘g‘risida ko‘p marotaba aytilmoqda, amri ma’ruflar qilinmoqda. Ularni eshitib, bunga amal qilayotganlar ozroq bo‘lsa ham bor, alhamdulillah. Ayrim ijobiy o‘zgarishlar ham ko‘zga tashlanmoqda. Biz bularni inkor etolmaymiz. Ammo bunday ijobiy o‘zgarishlar juda ham oz. Biz istardikki, shariat talablariga muvofiq qilib ish tutuvchilar ko‘paysa, haqiqiy yigitlar, haqiqiy erkaklar, haqiqiy musulmonlar o‘zlarining musulmonchilik, erkaklik g‘ururi, sha’ni, obro‘-e’tiborini arzimas molu dunyoga, choy-chaqaga yoki xorijdan keltirilgan biror-bir jihozga almashtirib yubormasalar. Bular kelajakda botmonlab, qancha-qancha mol-dunyo sarf qilib bo‘lsa ham topilmaydigan obro‘, ma’naviy tarbiya, qolaversa, imon-e’tiqod shartidir. Ishoqjon BEGMATOV
Hammasini ko'rsatish...
#Qalbdan... Ko'ngil_qo'shiq_istaydi... Opa, bulut bo'lib siqilib ketdim Opa, yashin bo'lib yiqilib ketdim Opa, yomg'ir bo'lib to'kilib ketdim Opajonim dardlashgani keling bir kecha...
Hammasini ko'rsatish...
2_5442741209288149344.m4a3.71 MB
Photo unavailableShow in Telegram
**** Sen yo'lim yo'liqqan go'sha emasmi, Baxti but, toleyi qo'sha emasmi, Hayronman: o'shami, o'sha emasmi, Oradan milyon yil o'tibdi sal kam, Buncha xotirjamsan, buncha xotirjam. Tokayin tentiysan, to'siq oshmaysan, Tokay huzurimga intiq shoshmaysan, Nega qaynamaysan, nega toshmaysan, Ko'zni yumib ochsang, topilmas bu dam, Buncha xotirjamsan, buncha xotirjam. Yog'dular haddidan yechilib sevdi, Osmon har tomoni kechilib sevdi, Yulduzlar samoni sochilib sevdi, Talpina-talpina mung tortdi oy xam, Buncha xotirjamsan, buncha xotirjam Tun aqli yodidan o'chib yotibdi, Farhod ne kechmishlar kechib yotibdi, Majnunlar ko'zyoshin ichib yotibdi, Tog'lar ham toshlarni tutibdi mahkam, Buncha xotirjamsan, buncha xotirjam. Yaproqlar barg yozib gul bo'ldi oxir, Xazonlar sovrilib kul bo'ldi oxir, G'ururlar afsusga qul bo'ldi oxir, Cho'kilgan tizlarga pushmonlar hakam, Buncha xotirjamsan, buncha xotirjam. Nigora MUHAMMAD @nigora_muhammadd
Hammasini ko'rsatish...
Photo unavailableShow in Telegram
#Mehmon *** Har daqiqa, har lahzada bo'lar motam. Alam qilar, bir og'riqning bor ekani, — O'lan to'shak, deyishgani nima ota, Ona zamin, ona tuproq ne degani? –Ko'zing ochgan, sen ko'kargan tuproq shudir, O'z uyingda halovat bor, bordir huzur. Ota so'zi tugamasdan uy shifti-yu, Zamin qattiq qimirladi gumbur-gumbur. Chiqolmadi o'lan to'shak go'shasidan – Bilishdimi, sezishdimi shu ko'yimiz. Bir qo'zg'alib siltandi-yu ona zamin Ota, meni bosib qoldi o'z uyimiz... Durdona Bahodirova 11:48 8.02.2023 P/S: 🇹🇷 Зилзиладан уйи қулаб, эзилиб, вафот этган қизининг қўлидан тутган ота. @BahodirovaDurdona @EHojimuhammad
Hammasini ko'rsatish...
Namangan davlat universitetining "Nihol" teatr jamoasi "Sulton Jaloliddin" pyesasini namoyish etdilar. 👏Universitetimizning "Nihol" talabalar teatr studiyasi jamoasiga bugungi tanlovda omad va zafarlar tilab qolamiz! 👉 https://t.me/namdu309
Hammasini ko'rsatish...
#Alamli... Kimnidir yaxshi bilaman deysan, unga ishonasan, u eng yaqining bòlgani uchun u seni tushinadi, yoningda bòladi deb o'ylaysan-u ... lekin unga muxtoj bo'lganingda undan og'riqli so'zlar eshitishing alamli... Samimiylikka urinasan foydasi yo'q... Aybingni bilasan, uzr-ni foydasi yo'q... Unutmaslik kerak: Xar ne bo'lsa Alloxdan! U chevar zot! Bu kichik bir sinov! Sabr qilib sinovdan o'tib olish kerak... Yelkalar ikki tarafga emas bir-biriga suyanch bòlishi kerak! Ishoning: Ertaga bir go'zal tonglar otadi... @Davronbek_Hamidov
Hammasini ko'rsatish...
Boshqa reja tanlang

Joriy rejangiz faqat 5 ta kanal uchun analitika imkoniyatini beradi. Ko'proq olish uchun, iltimos, boshqa reja tanlang.