cookie

Sizning foydalanuvchi tajribangizni yaxshilash uchun cookie-lardan foydalanamiz. Barchasini qabul qiling», bosing, cookie-lardan foydalanilishiga rozilik bildirishingiz talab qilinadi.

avatar

ODDIY YO'LOVCHI

🧠 Shaxsiy qarashlar, kundalik hayotiy voqealar va tarixiy ma’lumotlar ulashib boriladi. 🚲 Зато не пешком. 👂 Aloqa bot: @BRchaqchaqbot 💸 Donat uchun: https://tirikchilik.uz/burxonov_lite

Ko'proq ko'rsatish
Reklama postlari
883
Obunachilar
+2024 soatlar
+147 kunlar
+1030 kunlar

Ma'lumot yuklanmoqda...

Obunachilar o'sish tezligi

Ma'lumot yuklanmoqda...

00:44
Video unavailableShow in Telegram
Qatliomning tilsiz guvohlari moviy kapalaklar Serbiya urushining eng qorong’u va daxshatli sahifalaridan biri bu “Srebrenitsa qatliomi” hisoblanadi. 1995-yil serb kuchlari BMT tomonidan muhofaza qilinayotgan shahar Srebrenitsa shahriga hujum qilishdi. Shaharda jami 8000 mingdan ziyod bosniyalik erkak va bolalar qatl qilindi. 1992-1995-yillarda amalga oshirilgan qatliomlar natijasida vafot etganlar yashirin mozorlarga ko’mildu. 2007-yil Bosniyaning Serbiyaga qarshi ochgan davo sudida amalga oshirilgan tekshiruv natijasida yetarlicha dalillar topilmadi. Ammo tabiatning qasosi bo’lmish moviy kapalaklar jasadlarni topishda yordam berdi. Gap shundaki jasadlar ko’milgan yerlardan artemis gullari unib chiqqan va moviy kapalaklar mana shu gullar o’ziga jalb qilgan. Kapalaklarning notabiiy tarzda faolligi tadqiqotchilarni izlanishga undadi. Tadqiqotlar natijasida ommaviy qabrlardan 300 tasi topildi. Shundan buyon har yili 11-iyul sanasida artemis guli bayrami nishonlanadi. Bu gul fojeani unutmaslik va umid guli ramzi sifatida bosniyaliklar qalbidan joy olgan. Ushbu qatliomga munosabat bildirar ekan Aliya Izzatbekovich shunday jumlalarni aytgan edi: “Hamma narsa yakun topganida, qalbni larzaga keltiradigani dushmanlarning so’zlari emas, do’stlarning sukunati bo’ladi”.
Hammasini ko'rsatish...
IMG_7347.MP415.84 MB
Yevropa Chempionlar ligasida Ispaniya yutsa Lamine Yamalga Ispaniya hukumati 200 ming dollar pul, 1 ta Tahoe, Madriddan 2 xonali uy, GAI 777ZZZ nomer, Madrid tuman hokimiyati 65 talik Samsung televizor, o'qigan maktabi rasmini maktab faxriylari doskasiga ilib qo'yarmikan? Hokimiyat katta bo'lgan mahallasini yo'lini asfalt qilib berib, Germoniyadan qaytishini karnay-surnay bilan kutib olarmikan? Shunaqa qilishmasa, hayronman nega bu bola futbol o'ynab yuribdi?
Hammasini ko'rsatish...
Photo unavailableShow in Telegram
Toshkentdan gapiramiz! Albatta biz badavlat hayot egalari emasmiz, ammo bu bizni orzu qilishdan cheklamaydi, hurmatli mehnatkashlar. Keling ingliz zodagonlarining “old money” uslubida badavlat insonlar singari asl mahsulotni sotib olgan holda, Toshkentdagi qimmatbaho kiyimlar do’konidan kiyinish narxini ko’rib chiqsak. Ushbu uslubdagi mahsulotlar narxi quyidagicha: 1. Kurtka Cesare Attolini - 101 981 000 so’m (9500$) 2. Ko’ylak Cesare Attolini - 8 571 000 so’m (650$) 3. Shim Corneliani - 3 950 000 so’m (300$) 4. Krossovka Tods - 10 099 000 so’m (850$) Bu ayni kunlardagi Toshkentda joylashgan **** qimmatbaho liboslar do’konidagi narx. Inson buyragining narxi qorabozorda donasiga tahminan 10-15 ming dollar atrofida. Orzu qilish tekin, o’rtoqlar.
Hammasini ko'rsatish...
Yapon ijodkorlarining o'ziga xosligi bor. Oddiygina hokkularni o'qish bilan ham buni sezish mumkin. Bizning kitob bozorlarimizni turklarning o'zi ham o'qimaydigan yengil-yelpi matnlari bosib ketganligi uchun aql-zakovat sohiblari, tafakkurli insonlarning asarlarini (chinakam asar degulik kitoblarini) ko'rmay qolamiz. Shulardan biri yaponiyalik ijodkor Kobo Abe. Quyida Kobo Abening "Quti odam" asaridan iqtiboslar keltiraman: Agar odam yarim kechada ko‘zoynak taqsa yoki yuzini niqob ostiga yashirsa, bilki, ko‘nglida biror yomon o‘yi bor yoki azbaroyi o‘zi qo‘rqqanidan shunday qiladi – buni boshqacha izohlab bo‘lmaydi. **** O‘zi shunaqa bo‘ladi: yo‘l chekkasidagi yaltiroq narsani ko‘rib, beixtiyor to‘xtaysan... Siniq shisha parchasi bir chaqaga ham arzimasligini fahmlab turasan, ammo baribir, shishaga tushib jilvalangan nur unga hayratomuz bir joziba baxsh etadi. **** Yangi personaj paydo bo‘lishi munosabati bilan taxminlar o‘zgaradi. **** O‘zing qiziqqan narsani toki qo‘ling bilan ushlab ko‘rmas ekansan, ko‘ngling joyiga tushmaydi. **** Sen o‘zgarasan, sen bilan birga tashqi olam ham o‘zgaradi – boshqa hech qanday o‘zgarishlar mavjud emas. Bu o‘zgarishlar shu qadar ulkan-ki, eng shov-shuv ko‘taradigan yangiliklar ham ularning oldida ip esholmay qoladi. **** Nigohlar so‘zlashuvi – xarob bo‘lish jarayonida vujudga keladigan eng mukammal hodisalardan biridir (Kim bilandir oxirgi marta ko'rishganingizdagi nigohni eslashga harakat qilib ko'ringchi). 👣 Oddiy yo'lovchi
Hammasini ko'rsatish...
Erkaklarda 2 ta fantastik, hech qachon ushalmaydigan orzu bo’ladi. Birinchisi, oila qurib, yer sotib olib, kichikkina uy qurib, dehqonchilik bilan shug’illanish. Ikkinchisi, Rim imperiyasini qayta qurib uni avvalgidan ham qudratli qilish.
Hammasini ko'rsatish...
Tunda uyda yolg‘iz o‘zim ko‘zgu qarshisida uzoq vaqt, juda uzoq turdim. Va nihoyat qanday bo‘lganimni esladim, va nihoyat xayoliy ko‘zlarimda jigarrang mo‘ylovim, qora sochlarim va yuzimdagi yosh ifoda gavdalandi. Endi men qariman! Alvido! Gi De Mopassan "Alvido"
Hammasini ko'rsatish...
Kecha erinmasdan uyda kitoblarim reyestrini tuzib chiqdim. Borib-borib byurokrat bo’lib qolaman shekilli. Hozirda mavjud kitoblar soni (ro’yxatga kiritilgani) 127 ta ekan. Endi yangi javon yasatib, shu kitoblar sonini 250 taga ko’tarmoqchiman. Qaytib nashr bo’lmaydigan asarlarni sotib olishim kerak. Remarkning yangi asarlari chiqqanmikan, yo’qmi? Buni tekshirib ko’rish kerak. Dostoevskiyning sotuvda bor hamma asarlarini sotib olish kerak. Sotib olganga yarasha o’qish ham kerag-u, vaqti kelib o’qirman. Hozir shu ro’yxatdagi deyarli barcha kitoblarning mazmunini aytib bera olaman, yodimda qolganicha. Maqtana olganim faqat shu kitoblar ekan, o’ylab qarasam.
Hammasini ko'rsatish...
Xullas voqea mana bunday. Akam 1988-yil SSSR Qurolli kuchlari Tinch Okeani flotiliyasi Dengiz piyoda qo'shinlari safiga harbiy xizmatga chaqirilgan. Harbiy xizmat davomida hozircha menga noma'lum bo'lgan sabablarga ko'ra vafot etgan. Otamning aytib berganlariga ko'ra, KGBdan maxsus otray akamning jasadini O'zbekistonga olib kelishgan. 1989-yil avgust oyida akamni dafn qilishgan. Hozir uydagi eski hujjatlarni izlab otam nomiga Tinch Okeani flotiliyasi harbiy prokurori o'rinbosari N.Arutyonyan tomonidan yozilgan xatni topdik. Xat mazmuniga ko'ra akam dedavsheniya qurboni bo'lgan, ya'ni urib o'ldirishgan ekan. Hozir O'zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligiga ariza bilan murojaat qilganman. Ular akamning nima sababdan vafot etgani, prokuratura tekshiruvi, sud natijalarini hamda akamning vafot etganligi to'g'risidagi hujjatni so'rab Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vazirligiga xat jo'natishdi. Jarayon 2-3 oy vaqtni olar ekan. Rossiya Federatsiyasidan javob xati kelgach, akamning vafot etgani aniq bo'ladi, chamamda. Bir hujjat tarixi anashunday uzundan uzoq yo'lchilikni bosib o'tyapti. Bu ishni hal qilsam, qolgan masalalarda oldinga siljiyman.
Hammasini ko'rsatish...
Qabrda yotgan odamning o'lganligini isbotlash bunchalik azob ekanligini bilmagan edim. Endi o'lib qolsanglar, xat-hujjatni to'g'rilab o'linglar. Mixail Bulgakov aytganidek: "Ha, inson o‘ladi, ammo bu muammoning yarmi xolos. Yomon xabar shundaki, u ba’zan to‘satdan o‘lib qoladi, mana gap nimada!"
Hammasini ko'rsatish...
Photo unavailableShow in Telegram
Jeki Chan 70 yoshga kiribdi 🥲🥲🥲
Hammasini ko'rsatish...
Boshqa reja tanlang

Joriy rejangiz faqat 5 ta kanal uchun analitika imkoniyatini beradi. Ko'proq olish uchun, iltimos, boshqa reja tanlang.