cookie

Sizning foydalanuvchi tajribangizni yaxshilash uchun cookie-lardan foydalanamiz. Barchasini qabul qiling», bosing, cookie-lardan foydalanilishiga rozilik bildirishingiz talab qilinadi.

avatar

RTM | Ijtimoiy va Amaliy fanlar | Rasmiy kanal

©️MMTV huzuridagi Respublika ta'lim markazi 🌐YouTube🔴https://youtube.com/@edurtm_uz 📥Biz bilan bog'lanish➡️ @rtm_hamkorbot@RTMdarsliklar_bot 👈🏻Ushbu bot Respublika ta'lim markazi tomonidan yaratilgan

Ko'proq ko'rsatish
Reklama postlari
5 093
Obunachilar
-324 soatlar
-537 kunlar
-26030 kunlar

Ma'lumot yuklanmoqda...

Obunachilar o'sish tezligi

Ma'lumot yuklanmoqda...

Maktabgacha ta’lim agentligi tugatildi. Endi bog‘chalar bilan kim shug‘ullanadi? Prezidentning tegishli farmoni (PF-98-son, 02.07.2024-y.) bilan, Maktabgacha ta’lim agentligi faoliyati tugatildi hamda Agentlikning tashkiliy tuzilmasidagi tashkilotlar Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tasarrufiga o‘tkazildi. Agentlik tugatildi, degan xabarni xuddiki "bog‘chalar yopildi, endi bog‘chalar bilan hech kim ishlamaydi" deb tushunmoqda ayrimlar. Yo‘q, bu noto‘g‘ri tasavvur. Bu yerda hech qanaqa afsuslanadigan yoki vahima qiladigan narsa yo‘q. Agentlik shunchaki davlat organi sifatida tugatilyapti, lekin uning vazifalari va xodimlari vazirlik tasarrufiga o‘tyapti. Bog‘chalar bilan shug‘ullanish oldingidek davom etaveradi. O‘zi shundoq ham Bog‘cha agentligi vazirlik huzurida edi, endi katta ehtimol bilan vazirlikdagi boshqarma shaklida bo‘ladi. Boz ustiga, vazirlikning nomi — Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, nomida ham bog‘cha bor. Bir paytlar yodingizda bo‘lsa, Davlat xizmatlari agentligi (DXA) bo‘lardi, o‘sha agentlik ham tugatilib, Adliya vazirligidagi boshqarma bo‘lgandi. Intellektual mulk agentligi bilan ham xuddi shunaqa qilishgan, tugatilib, boshqarmaga aylangan. Lekin bu degani bugungi kunda davlat xizmatlari markazlari ham yopib yuborildi, ular bilan hech kim shug‘ullanmayapti, degani emas-ku. Bir maromda ishlab turibdi, Xudoga shukr. Bog‘chalar bilan ham shunaqa bo‘ladi, degan umiddamiz. Boshqacha aytganda Agentlikning tugatilishi uning direktori, o‘rinbosarlari, ularning kotibalariyu yordamchilari, ularning xizmat mashinalari tugatilyapti, degani xolos. Ilgari ta’limga oid 3 ta vazirlik bor edi: bog‘cha, maktab va oliy ta’lim. Doim mana shu vazirliklar o‘rnida yagona Ta’lim vazirligi tuzib, uchalasini ham tugatish, ya’ni ularni ixchamroq qilish haqida gapirib kelganmiz. Hozir shu vazirliklardan 2 ta qoldi. Menga qolsa, shu ikkalasini ham birlashtirib yuborgan bo‘lardim. ©️xushnudbek Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇 Telegram|You Tube|Facebook|Instagram
Hammasini ko'rsatish...
RTM | Ijtimoiy va Amaliy fanlar | Rasmiy kanal

©️MMTV huzuridagi Respublika ta'lim markazi 🌐YouTube🔴

https://youtube.com/@edurtm_uz

📥Biz bilan bog'lanish➡️ @rtm_hamkorbot ✅ @RTMdarsliklar_bot 👈🏻Ushbu bot Respublika ta'lim markazi tomonidan yaratilgan

👍 10🤔 3
#Қонунчиликдаги_янгиликлар
❗️Мактабгача таълим агентлиги фаолияти тугатилди
“Мактабгача ва мактаб таълими соҳасида давлат бошқаруви тизимини такомиллаштириш чора-тадбирлари тўғрисида”ги Президент Фармони (ПФ-98-сон, 02.07.2024 й.) қабул қилинди 🔰 Фармонга кўра, Мактабгача таълим агентлиги (Агентлик) фаолияти тугатилди ҳамда Агентликнинг ташкилий тузилмасидаги ташкилотлар Мактабгача ва мактаб таълими вазирлиги тасарруфига ўтказилди. 🏢 Мактабгача ва мактаб таълими вазирлиги зиммасига қуйидаги қўшимча функциялар юклатилди, жумладан: 🔹илғор хорижий тажрибани ҳисобга олган ҳолда мактабгача ёшдаги болаларни ҳар томонлама интеллектуал, ахлоқий, эстетик ва жисмоний ривожлантириш учун шарт-шароитлар яратиш; 🔹мактабгача таълим ва тарбия жараёнига замонавий инновацион педагогик технологияларни, таълим ва тарбиянинг самарали шакллари ҳамда усулларини жорий этиш; 🔹мактабгача таълимнинг ўқув режа, дастур ва ўқув-методик мажмуаларини такомиллаштириш, уларнинг умумий ўрта таълим дастурлари билан узвийлигини таъминлаш; 🔹давлат ва нодавлат мактабгача таълим ташкилотлари орасида соғлом рақобат муҳитини яратиш ҳисобига барча болаларнинг мактабгача таълим билан босқичма-босқич қамраб олинишини таъминлаш. Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇 Telegram|You Tube|Facebook|Instagram
Hammasini ko'rsatish...
RTM | Ijtimoiy va Amaliy fanlar | Rasmiy kanal

©️MMTV huzuridagi Respublika ta'lim markazi 🌐YouTube🔴

https://youtube.com/@edurtm_uz

📥Biz bilan bog'lanish➡️ @rtm_hamkorbot ✅ @RTMdarsliklar_bot 👈🏻Ushbu bot Respublika ta'lim markazi tomonidan yaratilgan

👍 1
Photo unavailableShow in Telegram
#gerb Bugun 2-iyul – O‘zbekiston Respublikasining Davlat Gerbi qabul qilingan kun. 1992-yil 2-iyulda “O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi to‘g‘risida”gi qonun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining X sessiyasida qabul qilingan.
Hammasini ko'rsatish...
🔥 2👍 1 1🥰 1
Photo unavailableShow in Telegram
#2024_yil_1_iyuldan
🗓 Qonunchilikda 1-iyuldan nimalar o'zgaradi?
🔹Fuqarolarga protsessual hujjatlarni tayyorlashda ko'maklashiladi ➖ BATAFSIL; 🔹Ayrim davlat xizmatlarini ko'rsatish bo'yicha ma'muriy hujjatlarni sudgacha ko'rib chiqishning yangi tartibi joriy etiladi ➖ BATAFSIL; 🔹Elektron hisoblash mashinalari uchun dastur va ma'lumotlar bazalarini ro'yxatdan o'tkazishga doir talabnomalarni davlat xizmatlari markazlari orqali topshirish imkoniyati yaratiladi➖ BATAFSIL; 🔹Davlat xizmatlarini ko'rsatishda shaxsni biometrik identifikatsiya qilish (Face-ID) usuli joriy qilinadi ➖ BATAFSIL; 🔹Ayrim kasallikka chalinganlar bepul davolanishadi ➖ BATAFSIL; 🔹“Shaffof qurilish” tizimida yordamchi pudrat tashkilotlari ro'yxatga olinadi ➖ BATAFSIL; 🔹Ayrim shaharlarda suv ta'minoti davlat-xususiy sheriklik asosida xususiy sektorga beriladi ➖ BATAFSIL; 🔹“Ijtimoiy himoya” ATda moddiy yordam va boshqa ijtimoiy xizmatlarning hisobi yuritiladi ➖ BATAFSIL; 🔹Davlat ishtirokidagi yirik korxonalarda korporativ kotibiyat tashkil etiladi ➖ BATAFSIL; 🔹Xususiy bandlik agentliklariga ayrim xizmatlar uchun haq undirishga ruxsat etiladi ➖ BATAFSIL; 🔹Mahallalarda dasturlar doirasida ajratilgan kreditlar monitoring qilinadi ➖ BATAFSIL; 🔹Dorilar bilan bog'liq potensial xavf-xatarlarni tezkor aniqlashga qaratilgan farmakologik nazorat tizimi tashkil etiladi ➖ BATAFSIL; 🔹To'lov tizimi operatorlari va to'lov tashkilotlari ustav kapitali miqdori oshiriladi➖ BATAFSIL. @adliyangiliklari
Hammasini ko'rsatish...
👍 2🥰 1🎉 1
00:57
Video unavailableShow in Telegram
🇺🇿O‘zbekiston milliy valyutasi — 30 yoshda! 1994-yil 1-iyuldan boshlab O‘zbekiston Respublikasi milliy valyutasi “so‘m” muomalaga kiritilgan. Milliy valyuta davlatning iqtisodiy mustaqilligini ta’minlovchi, uning o‘zligini aks ettiruvchi, dunyoga tanituvchi muhim davlat ramzi hisoblanadi. 👉 @xushnudbek 👈
Hammasini ko'rsatish...
30 yil so'm 720p.mp420.86 MB
👍 5🤩 1
02:05
Video unavailableShow in Telegram
#Тезкор ⚡️ «Телеграм» орқали юққан «вирус»дан қандай қутулиш мумкин? «Илтимос менга овоз бериб юборинг» мазмунида тарқалаётган «ФEЙК» хабарларга алданиб қолманг! Яқинларингизни огоҳлантиришни унутманг... Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇 Telegram|You Tube|Facebook|Instagram
Hammasini ko'rsatish...
7.91 MB
👍 2
#Seminar_training #Metodik_oromgoh #Hozirda 🕹 Sirdaryo viloyati, Guliston shahridagi 1-son ixtisoslashtirilgan maktabda 160 nafar fan o’qituvchilari ishtirok etmoqda. 📢Respublika ta'lim markazi hamda amaliyotchi o‘qituvchilar tomonidan Ijtimoiy, Aniq, Tabiiy, Filologiya, Amaliy fanlar bo‘yicha sho‘balarga bo‘lingan holda oʻquvlar boʻlib oʻtdi. 💻 Tadbirni kuzatib boring... Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇 Telegram|You Tube|Facebook|Instagram
Hammasini ko'rsatish...
👍 1
Photo unavailableShow in Telegram
📝 METOD KUNLAR QAYTA JORIY QILINADI O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Maktabgacha va maktab ta'limi tashkilotlari xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish tizimini takomillashtirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi qarori qabul qilindi. Xalqtaliminfo.uz manbasining xabar berishicha, quyidagi hafta kunlari o'qituvchilarga "Kasbiy rivojlanish kunlari" sifatida belgilanishi mumkin: 🔸Dushanba - Aniq fanlar (matematika, informatika va axborot texnologiyalari) fani; 🔸Seshanba - Filologiya fanlari (Ona tili va adabiyot, O'zbek tili/rus tili); 🔸Chorshanba - Tabiiy fanlar (fizika va astronomiya, kimyo, biologiya, geografiya va iqtisodiyot, tabiiy fan (Science); 🔸Payshanba - Ijtimoiy fanlar (tarix, davlat va huquq asoslari, tarbiya); 🔸 Juma - Xorijiy tillar; 🔸Shanba - Amaliy fanlar va boshlang'ich ta'lim Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇 Telegram|You Tube|Facebook|Instagram
Hammasini ko'rsatish...
👍 11😱 7🤓 2🥰 1
#Tarix_instituti #Yoshlar_ishlari_agentligi Tarix yoʻnalishi talabalari va maktablardagi Tarix fani oʻqituvchilari diqqatiga: Tarix instituti Yoshlar ishlari agentligi bilan birgalikda iqtidorli va faol tarixchi yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, o‘zbek tarixchiligi milliy maktabining yangi avlodini shakllantirish maqsadida 2024-yil avgust oyida “Yoshlar oromgohi”da “Yosh tarixchilarning 3-yozgi o‘qishlari”ni o‘tkazish mo‘ljallanmoqda.    Yozgi o‘qishlarda jami 100 ta yosh tarixchilar va olimlardan iborat guruh ishtirok etishi rejalashtirilayotgan bo‘lib, yozgi o‘qishlar davomida yetakchi tarixchi olimlar ishtirokida ilmiy seminarlar, master-klass darslari, davra suhbatlari va boshqa turli ko‘ngilochar tadbirlar o‘tkaziladi.    Qatnashchilar tanlov bo‘yicha ajratib olinishlaridan kelib chiqqan holda, qatnashish istagidagi 30 yoshgacha bo‘lgan talabgorlar quyidagi manzilga nomzod sifatida ariza topshirishlari mumkin! ☎️ Murojaat uchun:  +998 90-961-66-74 yoki @SarvarQuldashev https://t.me/tarixchivijdoni
Hammasini ko'rsatish...
Axborot xati 3 yozgi o'qishlar.pdf2.51 KB
👍 2
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida 2024-2025-o‘quv yiliga mo‘ljallangan variativ o‘quv rejalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 190-sonli buyrugʻi ✅Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Hammasini ko'rsatish...
191-B o'quv reja.pdf7.35 MB
👍 4
Boshqa reja tanlang

Joriy rejangiz faqat 5 ta kanal uchun analitika imkoniyatini beradi. Ko'proq olish uchun, iltimos, boshqa reja tanlang.