cookie

Sizning foydalanuvchi tajribangizni yaxshilash uchun cookie-lardan foydalanamiz. Barchasini qabul qiling», bosing, cookie-lardan foydalanilishiga rozilik bildirishingiz talab qilinadi.

avatar

Sardor Toshkentov

📌 Dasturlash, hayotiy bloglar va foydali maslahat va kitoblar haqida. @toshkentov

Ko'proq ko'rsatish
O'zbekiston75 756Til belgilanmaganToif belgilanmagan
Reklama postlari
160
Obunachilar
Ma'lumot yo'q24 soatlar
Ma'lumot yo'q7 kunlar
Ma'lumot yo'q30 kunlar

Ma'lumot yuklanmoqda...

Obunachilar o'sish tezligi

Ma'lumot yuklanmoqda...

Daraxt bitta joyda ko'karmaydi "Nega ishingni o'zgartirayapsan, nega buncha tez bir ish joydan boshqa joyga sakrab yuribsan. Axir daraxt bitta joyda ko'karadi" deyishadi. Men qisman qarshiman bu fikrga. Daraxt bitta joyda ko'karmaydi, aksincha daraxt yeri yaxshi bo'lgan joyda ko'karadi. Ana o'sha yaxshi yerda yaxshi bog'bon bo'lsa ko'karadi. Yaxshi yerda, yaxshi bog'bon yaxshi parvarish qilsagina ko'karadi. Agar siz ishlayotgan joyda yaxshi yer, yaxshi bog'bon bo'lmasa boshqa joy topish kerak. Kutishdan foyda yo'q, vaqtingizni isrof qilganingiz qoladi. Yaxshi yerni - yaxshi o'sib bo'rayotgan, o'z qadriyatlariga ega kompaniya deb tushunsak bo'ladi. Yaxshi bog'bon - Bu yaxshi Team Lead. Ya'ni sizni tajribangizni o'sishiga hissa qo'shuvchi inson. Har qanday murakkab narsani, oddiy tilda tushuntira oladigan inson. Agar siz yaxshi yerda va yaxshi bog'bonlar bilan bo'lmasangiz, nima qilishni bilasiz endi. Lekin siz yaxshi yer va bog'bonlar bilan birga bo'la turib, uni qadriga yetmasangiz, ovora bo'lib joyingizni o'zgartirib o'tirmang, sizlar hech qayerda ko'karmaysizlar baribir. E'tibor uchun rahmat. @sardor_toshkentov
Hammasini ko'rsatish...
Menga eng zo'ri kerak. Yohud hammasi o'z qo'lingizda. Dasturchi bo'lishim uchun, menga eng zo'r noutbuk kerak (Mac Book Pro). Men eng zo'r bokschi bo'lishim uchun, menga eng zo'r perchatkalar kerak. Men eng kuchli fotograf bo'lishim uchun, menga eng zo'r fotoparat kerak. Yuqoridagi eng zo'r uskunalar aslida eng zo'r mutaxassis bo'lish uchun shart emas. Dunyodagi eng kuchli dasturchi, oddiyroq bo'lgan noutbukda ham eng yaxshi productni yarata oladi. Mayk Tayson oddiy perchatkada ham, raqibini sokin uyquga jo'nata oladi. Professional fotograf telefonda ham juda sifatli suratlar ololadi. Ularning professionalliklarining sabablari ham aynan shunda. Sizdagi bor narsalar va cheklangan resurslar, o'zingizda bor narsalarni yaxshiroq ishlatish imkonini beradi. Eng zo'riga intilgandan ko'ra, borini mohirona ishlatishni bilish muhimroq. E'tibor uchun rahmat. Ushbu post Rework kitobidagi fikrlardan ilhomlangan holda yozildi. @sardor_toshkentov
Hammasini ko'rsatish...
Sizga ochilmagan eshik, sizdan boyroq, sizdan mansabliroq insonga ochiladi (bu haqiqat) Sizga ochilgan eshik, sizdan boyroq insonga ham, sizdanan mansabliroq insonga ham ochilmasligi mumkin. Birinchisi bu hayotda ro'y bersa, ikkinchisi insha'Allah qiyomatda ro'y beradi. @sardor_toshkentov | #shunchaki
Hammasini ko'rsatish...
3D, VR bu kelajak deb jar solayotganlarni, kursini sotib pul ishlashdan boshqa maqsadini ko'rmayapman. Kiber xavfsizlikni o'rganishni maslahat beraman. Butun dunyo bo'yicha (O'zbekistondan tashqari) Datalar ancha ko'paygan. Ularning xavfsizligini ta'minlovchi mutaxassislar juda kam. IT olamida, Datadan qimmat narsa yo'q. Agar bo'lganida Google, Facebook ... kompaniyalari sizni datalaringizni yeg'magan bo'lar edi. Tak shto qimmatli narsani xavfsizligini ta'minlash ham juda qimmat turadi😁 Ps: 3D, VR chilar haqidagi fikrim xato bo'lsa, uzr 👉 @sardor_toshkentov
Hammasini ko'rsatish...
Deyarli 1 yil. 28 yanvar 2021 yil, Najot Ta'lim Xadra filiali, 2-etaj, eshikdan kirganda to'g'ridagi xonada bo'lajak dasturchilar 18:00 da birinchi darsni boshlanishini kutib turardi (Foundation). Dasturlashga kirib kelganimga ham deyarli bir yil bo'libdi. Bir yil qisqa muddat, lekin shu umrim behuda ketmaganidan hursand man. 1 yil davomida, umumiy hisobda 4 ta ustozdan ta'lim oldim. Yangi tanishlar, do'stlar ortirdim. Dasturlashga kirib kelganimga ko'p bo'lmagan bo'lsa ham, dasturlashni endi boshlaganlarga bir ikkita maslahat bermoqchiman. 1. Dasturlash oson emas, lekin qiyin ham emas. Siz dasturlashni oson deb o'ylasangiz u oson, agar qiyin deb o'ylasangiz u qiyin. 2. Dasturlash qiyinlik qilib, yarim yo'lda uni tashlab ketmoqchi bo'lsang, ota-onang sen (nodon) uchun sarflagan mablag'lari haqida o'yla (ular bu pullarni havodan olishmagan) 3. Dasturlashga pul uchun kirayapsizmi, bu normal holat. Men ham yoshligimdan dasturchi bo'lishni orzu qilmaganman. 2020-yil dekabr oyida dasturlash sohasida boshqa sohalardan ko'ra imkoniyatlar ko'pligini ko'rdim va dasturlashni tanladim. Pul muhim emas deyotganlar, bir tassavur qiling: — Sizning yaqin insoningiz og'ir ahvolda, muolaja uchun katta pul kerak. Shunda ham pul muhim bo'lmaydimi. — Yoki siz, ertaga oilali bo'lganingizda, o'z oilangizni iqtisodiy tomondan ta'minlay olmasangiz, farzandlaringiz o'z do'stlari/dugonalarida bor narsani olib berishni ta'lab qilsa ham pul muhim bo'lmaydimi. — Siz tengilar, ota-onasini chet elga safarga jo'natayotganida, siz hali ham o'z yo'lingizni topolmaganingizda ham pul muhum bo'lmaydimi. Tak shto, pul muhim emas deb qunduz boboni ertaklarini aytayotganlarga e'tibor bermang. 4. Agar guruhingizdagi o'quvchilarga nisbatan o'zlashtirishingiz past bo'lsa, hafa bo'lmang. Harakatni to'xtatmang. Meni dasturlashni o'zlashtirish darajam 4 oylik foundation kursini 2.5-3 oygacha guruhimdagi o'quvchilardan ancha past bo'lgan. Sabr qildim, yordam so'radim. Natijalar esa yomon emas😊 Mana shular, men sizlarga bermoqchi bo'lgan maslahatlar edi. E'tibor uchun rahmat. @sardor_toshkentov
Hammasini ko'rsatish...
Hayot bir tekkis ketganida edi... Hech hayot bir tekkis ketganida nima bo'lar edi deb tasavvur qilganmisiz. Juda ajib narsalar bo'lardi menimcha. Hayot bir tekkis ketganida: 1) Har bir inson hech qanday qiyinchiliksiz muvaffaqiyatga erishgan bo'lar edi. 2) Hech kim mag'lub bo'lmas edi, bu degani hech kim biron bir sohada tajribaga ham erishmagan bo'lar edi. 3) Har bir ishingiz yurishib ketgani uchun sizda puldan muammo bo'lmas edi. Puldan muammo yo'q ekan siz ayolingizni sizga bo'lgan itoatini yoki do'stlaringizni soxta yoki haqiqiy ekanini bila olmagan bo'lar edingiz. 4) Do'stlaringiz yoki ayolingizni sinab ko'ra olmaganingiz uchun soxta do'stlar ko'payib ketar edi. 5) Hech kimni bir biri bilan ishi bo'lmas edi. Chunki endi hech kimda hojat qolmas edida. Bundan tashqari yana bir qator yomon ishlar ham bo'lishi mumkin. Shuning uchun ham hayotimiz turli mashaqqatlarga sinovlarga to'la bo'lgani yaxshi. Zero sinovlar bizni kuchliroq, mashaqqatlar esa tajribalilor qiladi. E'tibor uchun rahmat. Navbatdagi blog tugadi. 👉 @Sardor_Toshkentov
Hammasini ko'rsatish...

Qachonlardir, siz uchun yechib bo'lams muammodek tuyulgan bir ish, hozir 1 soat ham talab qilmaydigan oddiy yumushga aylangan. Bundan kelib chiqadiki, muammo kattaligi muhim emas, asosiysi har qanday muammo, kuni kelib oddiy ishga aylanishini tushunish va o'sishga harakat qilish kerak. Ps: 3 oycha oldin hattoki dasturlashdan chiqib ketish hayoliga kelishgacha majbur qilgan muammo, hozir rostanam 1 soat ham vaqtimni olmaydigan ishga aylangan.
Hammasini ko'rsatish...
Hammamiz inson bo'lishimiz mumkin, lekin tag'dirimiz boshqa-boshqa Sir emas, bu dunyoda ozmi ko'pmi barchamiz muvffaqiyatga erishishni xohlaymiz. Muvffaqiyatli tadbirkorlarni kanallariga obuna bo'lamiz. Va ularning fikrlarini, muvffaqiyatga erishish uchun beradigan maslahatlarini kanallarida o'qigimiz ( Agar Telegramda bo'lsa ) yoki eshitgimiz ( YouTube da bo'lsa ) keladi. Eng qizig'i ularning har birini fikri ko'p hollarda bir biriga teskari bo'ladi ( qaytaraman: ko'p hollarda, har doim ham emas ). Masalan, qaysidir tadbirkor, men yoshligimda juda ko'p kitob o'qirdim, tabdirkorlarning eng yaxshi ustozi kitob desa, o'sha zahoti kitob o'qigimiz kelib qoladi. Ertasiga yana boshqa tadbirkor, men o'zi juda kam kitob o'qiganman. Treninglarga ham seminarlarga ham deyarli qatnashmaganman desa, biz ham kitoblar, trening va seminarlarga bo'lgan fikrimizni o'zgartiramiz. Bu halot ko'pchilikka tanish bo'lsa kerak. Bir narsani tushunishimiz kerak, agar qaysidir inson kuniga 1 ta kitob o'qib 3-4 yilda milliard dollarga ega bo'lsa, siz ham 3-4 yilda shu daraja erishasiz degani emas. Peshonada bo'lmasa va/yoki nimaga kitob o'qiyotganingizni bilmasangiz kuniga 2 ta kitob o'qish ham foyda bermaydi. Yoki, yana o'sha gap, kimdir umumman kitob o'qimay turib ham muvffaqiyatga erishayotgan bo'lsa, siz ham kitob va treninglarsiz shu darajaga erishasiz degani ham emas. Shunchaki kechagi kuningizdan yaxshiroq bo'ling. @sardor_toshkentov
Hammasini ko'rsatish...
Boshida ishonish biroz qiyin bo'ldi
Hammasini ko'rsatish...
Ushbu video 6 yil oldin chiqqan ekan. Agar 6 yil oldin ular shu natijaga erishgan bo'lsa, unda hozir ular inson miyyasi bilan nimalar qilayotgani juda qiziq. Hech havotir olmang, biz kamida 200 yil ortda qolib bo'ldik. Videoga link 👉 https://youtu.be/rSQNi5sAwuc
Hammasini ko'rsatish...
Boshqa reja tanlang

Joriy rejangiz faqat 5 ta kanal uchun analitika imkoniyatini beradi. Ko'proq olish uchun, iltimos, boshqa reja tanlang.