cookie

Sizning foydalanuvchi tajribangizni yaxshilash uchun cookie-lardan foydalanamiz. Barchasini qabul qiling», bosing, cookie-lardan foydalanilishiga rozilik bildirishingiz talab qilinadi.

avatar

ANDIJON KADASTR

Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi viloyat boshqarmalari ish faoliyati va sohadagi yangiliklar yoritib boriladi Murojaat uchun: ☎️ 74-224-20-25 @Andijonkadastr_bot 📍 Andijon sh A.Temur shoh ko'chasi 7-uy

Ko'proq ko'rsatish
Reklama postlari
2 028
Obunachilar
+124 soatlar
+77 kunlar
+52030 kunlar

Ma'lumot yuklanmoqda...

Obunachilar o'sish tezligi

Ma'lumot yuklanmoqda...

Photo unavailableShow in Telegram
#Andijon #Kadastr #qonunchilikdagi_yangiliklar 2024-yil 1-iyundan qonunchilikda yuz beradigan ayrim o'zgarishlar.: 🟢 Uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj bo'lganlarga 120 million so'mgacha ipoteka krediti beriladi. ▶️ Batafsil 🟢 Aholiga foydalanilgan gaz va elektr haqidagi ma'lumotlar har oyda yuboriladi. ▶️ Batafsil 🟢 Mehnat migratsiyasiga ketayotgan fuqarolarga yo'l chiptasi uchun kompensatsiya beriladi. ▶️ Batafsil 🟢 Mehnat migratsiyasidan qaytgan shaxslarni ishga olganlarga subsidiya beriladi. ▶️ Batafsil 🟢 Mehnat migratsiyasidan qaytgan shaxslar va ularning oila a'zolari bepul tibbiy ko'rikdan o'tkaziladi. ▶️ Batafsil 🟢 Tazyiq va zo'ravonlikdan jabrlangan shaxslarga ijtimoiy xizmatlar ko'rsatish takomillashtiriladi. ▶️ Batafsil 🟢 Davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlarida bolalar ta'minoti uchun ota-onalar to'lovi miqdorlari belgilandi. ▶️ Batafsil Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz 🌐 Telegram  |  🌐 Instagram  | 🌐 Facebook  |  🌐 You tube
Hammasini ko'rsatish...
Photo unavailableShow in Telegram
1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni 🫥Ushbu kun 1925-yil Jenevada bolalar farovonligiga bagʻishlangan Butunjahon konferensiyasida taʼsis etilgan boʻlsa, oradan 25 yil oʻtib, 1950-yildan bayram sifatida nishonlab kelinadi. 👫 Bolalar hayotimiz davomchilari, kelajagimiz egalaridir. Binobarin, ularni asrab-avaylash, har tomonlama barkamol qilib voyaga yetkazish har bir davlat, har bir oila, har bir ota-onaning muqaddas burchidir. Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz 🌐 Telegram  |  🌐 Instagram  | 🌐 Facebook  |  🌐 You tube
Hammasini ko'rsatish...
#munosabat Ijtimoiy tarmoqlarda Davlat kadastrlari palatasi Andijon shahar filiali fuqarolar murojaatiga javob xatlari yubormayotganlik holati yuzasidan tarqalgan murojaat yuzasidan quyidagilar maʼlum qilinadi. Ijtimoiy tarmoq orqali taʼkidlanayotgan fuqarolarning murojaati Davlat kadastrlari palatasi Andijon shahar filialiga joriy yilning 22-aprel kuni kelib tushgan va shahar filiali mutaxassisi M.Axmedovga ijro uchun yo‘naltirilgan. Murojaatni o‘rganish davomida qo‘shimcha hujjatlar talab etilganligi sababli mutaxassis tomonidan 3-may kuni (Murojaat kelgan kunning 12-kuni) murojaat muddatini uzaytirish yuzasidan shahar filiali bosh muhandisi nomiga bildirgi kiritgan. Mutaxassisning bildirgisiga asosan murojaat muddati 5 kunga uzaytirilgan va 6-may kuni javob xati tayyorlanib 8-may kuni pochta tizimi orqali yuborilganligi maʼlum qilinadi. O‘z navbatida Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Andijon viloyati boshqarmalari hamda hududiy tuman shahar bo‘lim va filiallariga kelib tushgan har bir murojaat boshqarma rahbariyati tomonidan doimiy nazoratda ekkanligini taʼkidlab o‘tmoqchimiz. Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz 🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌐 You tube
Hammasini ko'rsatish...
#Andijon #Kadastr #Korrupsiyaga_qarshi_kurashish Maqsadimiz kadastr idoralarini korrupsiyadan holi tizimga aylantirish. ⭐️Kadastr agentligining Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi bosh mutaxassisi I.Tojiboyev ishtirokida Andijon viloyati Asaka tumanida faoliyat ko'rsatayotgan xodimlar o'rtasida proflaktika tadbiri o‘tkazildi. 🔺 O'tkazilgan tadbirda tuman bo‘lim va filial rahbarlari, ishchi xodimlarning masʼuliyatni oshirish korrupsiya va tamagirlik holatlariga yo‘l qo‘ymaslik nazoratini kuchaytirish ijro intizomi va boshqa zaruriy yo'nalishlar bo‘yicha topshiriq va ko'rsatmalar berildi. ⚡️Shuningdek tadbir ishtirokchilarga tashkilot rivoji, sohani taraqqiy etishi uchun har bir xodim o‘z vazifasiga vijdonan yondoshishi hamda korrupsiyani oldini olish, atrofida bo‘layotgan noqonuniy xatti-harakatlarga bee’tibor bo‘lmaslik hozirgi kunda davr talabiga aylanganligi ta’kidlandi. Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz 🌐 Telegram  |  🌐 Instagram  | 🌐 Facebook  |  🌐 You tube
Hammasini ko'rsatish...
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 ⭐️Kadastr agentligi Andijon viloyati boshqarmasi va O'zbekiston musulmonlar idorasi Andijon viloyati vakilligi mutaxassislari ishtirokida Yer qonun buzilish holatlarini oldini olish to'g'risida Andijon Teleradiokompaniyasining "Bahs, muloqot, tahlil" ko'rsatuvida so'z bordi. Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz 🌐 Telegram  |  🌐 Instagram  | 🌐 Facebook  |  🌐 You tube
Hammasini ko'rsatish...
ANDIJON_TRK

BAHS, MULOQOT, TAHLIL | 30.05.2024 YIL Telegram | Youtube | Instagram

Photo unavailableShow in Telegram
▫️Yurtimiz sarhadlari▫️ 🌍 Andijon viloyati va uning shahar va tumanlari hududi qancha? Andijon viloyati — 4,30 ming kv,km 2 ta -Shahar va 14ta - tumandan iborat. 1. Oltinko‘l tumani - 0,22 ming kv,km. 2. Andijon tumani - 0,37 ming kv,km. 3. Asaka tumani - 0,28 ming kv,km. 4. Baliqchi tumani - 0,34 ming kv,km. 5. Bo‘ston tumani - 0,20 ming kv,km. 6. Buloqboshi tumani - 0,19 ming kv,km. 7. Jalaquduq tumani - 0,37 ming kv,km. 8. Izboskan tumani - 0,28 ming kv,km. 9. Qo‘rg‘ontepa tumani - 0,46 ming kv,km. 10. Marhamat tumani - 0,31 ming kv,km. 11. Paxtaobod tumani - 0,26 ming kv,km. 12. Ulug‘nor tumani - 0,36 ming kv,km. 13. Xo‘jaobod tumani - 0,23 ming kv,km. 14. Shahrixon tumani - 0,33 ming kv,km. 15. Andijon shahar - 0,07 ming kv,km. 16. Xonobod shahar - 0,04 ming kv,km. Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz 🌐 Telegram  |  🌐 Instagram  | 🌐 Facebook  |  🌐 You tube
Hammasini ko'rsatish...
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🌎🌎🌎🌎 Asaka tumanida Dronlar yordamida qonun buzilish holati aniqlandi. ⭐️Kadastr agentligi Andijon viloyati boshqarmasi tomonidan Asaka tumanida yer maydonlaridan maqsadsiz foydalanish, o'zboshimchalik bilan egallab olish va noqonuniy qurilishlarni aniqlash hamda belgilangan tartibda bartaraf etish maqsadida zamonaviy 👌 Uchuvchisiz uchish apparatlari (Dronlar) yordamida yer nazorati tadbiri olib borildi. 🗣 Tadbirlar davomida aniqlangan yer qonun buzilish holatlari yuzasidan maxsus planshetlar yordamida joyning o'zida hujjatlar rasmiylashtirilib belgilangan tartibda choralar ko'rilishi ta'minlanmoqda. Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz 🌐 Telegram  |  🌐 Instagram  | 🌐 Facebook  |  🌐 You tube
Hammasini ko'rsatish...
Photo unavailableShow in Telegram
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🌎🌎🌎🌎 Yer nazorati tadbirlari davom etmoqda. Kadastr agentligi Andijon viloayti boshqarmasi hamda hududiy tuman shahar bo'limlari tomonidan yer maydonlarini o'zboshimchalik bilan egallab olish holatlarni barvaqt aniqlash va belgilangan tartibda bartaraf etish maqsadida doimiy yer nazorati tadbirlari olib borilmoqda. Jumladan, Izboskan tumanida o'tkazilgan o'rganishlar davomida tumanning Gurkirov massivining qishloq xo‘jaligi xaritasining 147-konturidagi qishloq xo‘jaligida foydalanilanishida bo'lgan “Agropilla” MChJga qarashli bo‘lgan yer maydoni fuqaro A.X tomonidan o‘zboshimchalik bilan egallab, noqonuniy fundament qurib olganligi aniqlandi. Holat yuzasidan Kadastr agentligi Izboskan tumani bo'limi tomonidan fuqaroga yer qonun buzilish holati yuzasidan belgilangan javobgarliklar to'g'risida tushuntirishlar berilib belgilangan tartibda hujjatlar rasmiylashtirildi. ❗️Hurmatli viloyatimiz fuqarolari va tadbirkorlari! ⏺Siz yerga oid qonunchilik talablariga qat’iy rioya qilish orqali o‘zingizni turli ovoragarchilik, ortiqcha harajat, ma’muriy yoki jinoiy javobgarlikdan asraysiz. Unutmang, har bir qarich yerning hisobi bor. Nazorati ham shunga yarasha kuchli boʻladi. Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz 🌐 Telegram  |  🌐 Instagram  | 🌐 Facebook  |  🌐 You tube
Hammasini ko'rsatish...
#munosabat Ijtimoiy tarmoqlarda Asaka tumanidagi avtoturargoh bo'lgan yer maydonigan savdo rastalari qurilganlik holati yuzasidan tarqalgan murojaat bo'yicha o‘rganish ishlarini olib borilmoqda. Mazkur holat o‘rganilib yakuni bo‘yicha batafsil axborot taqdim etiladi. Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz 🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌐 You tube
Hammasini ko'rsatish...
Photo unavailableShow in Telegram
#Kadastr_manzillari #Andijon 🗺 Andijon viloyatida joylashgan hududiy kadastr bo'limlarining manzillari. 📍 Andijon shahri 📍 Xonobod shahri 📍 Andijon tumani 📍 Asaka tumani 📍 Bo'ston tumani 📍 Buloqboshi tumani 📍 Baliqchi tumani 📍 Jalaquduq tumani 📍 Izboskan tumani 📍 Qo'rg'ontepa tumani 📍 Marhamat tumani 📍 Oltinko'l tumani 📍 Paxtaobod tumani 📍 Ulug'nor tumani 📍 Xo'jaobod tumani 📍 Shahrixon tumani Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz 🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐 Facebook | 🌐 You tube
Hammasini ko'rsatish...