cookie

Sizning foydalanuvchi tajribangizni yaxshilash uchun cookie-lardan foydalanamiz. Barchasini qabul qiling», bosing, cookie-lardan foydalanilishiga rozilik bildirishingiz talab qilinadi.

avatar

Shaxnoza Xolmaxamatova

Qashqadaryo viloyati 134- Yakkabog’ saylov okrugidan saylangan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Админ билан боғланиш боти. @deputat_shbaxtiy

Ko'proq ko'rsatish
Reklama postlari
784
Obunachilar
-824 soatlar
-317 kunlar
-4430 kunlar

Ma'lumot yuklanmoqda...

Obunachilar o'sish tezligi

Ma'lumot yuklanmoqda...

Bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan qonun loyihasi deputatlar tomonidan ma’qullandi. Loyihada bolalarga ham himoya orderi berish nazarda tutilmoqda.
Endilikda, qasddan odam o‘ldirganlik, o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan jabrlanuvchining nomusiga tekkanlik yoki unga nisbatan zo‘rlik ishlatib, jinsiy ehtiyojni g‘ayritabiiy usulda qondirganlik, voyaga yetmagan shaxs tavsiflangan yoki tasvirlangan pornografik mahsulotni tarqatish, reklama qilish, namoyish etish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirganlik, xuddi shuningdek uni tayyorlaganlik, tarqatganlik, reklama qilganlik, namoyish etganlik yoxud voyaga yetmagan shaxsni pornografik xususiyatga ega harakatlarning ijrochisi sifatida jalb etganlik, voyaga yetmagan shaxsni jalb etgan holda qo‘shmachilik qilganlik, fohishaxonalarni tashkil etganlik yoki saqlaganlik kabi holatlar uchun ilgari hukm qilingan shaxslar ta’lim, tarbiya, bolalar sog‘lomlashtirish, sport va ijodiy tashkilotlarida ishlashi hamda bolalar bilan bevosita ishlashni nazarda tutuvchi faoliyat turlari bilan shug‘ullanishi taqiqlanishi taklif etilmoqda.
Hammasini ko'rsatish...
🔥 4👍 3👏 1
Bugun Yakkabog' tumanidagi  “Yashnabod”, “Ulamji” mahallalariga bordik. Aholi bilan suhbatlashdik, mahalla aholisi xonadon tomorqalaridan unumli foydalanishmoqda, ko'rib xursand bo'ldik. Qonunchilikdagi yangiliklar haqida tushuntirish berdik, muammolar yuzasidan mutasadli tashkilotlarga bog'landik, nazoratga oldik. Saylovchilar tomonidan o'rinli takliflar ham bildirildi, yozib oldik.
Hammasini ko'rsatish...
👍 8🔥 1👏 1
Bugun Yakkabog' tumanining “Oqtosh”, “Bunyodkor”, “Xo'jailg'or”, “YOshlik” va “Jaychi”mahallalarida nuroniy onaxonlarimiz, opa-singillarimiz bilan suhbatlashdik. Mahalla yettiligi faoliyati bilan yaqindan tanishdik. Mahalladagi xonadonlarga bordik, o'qituvchi, tarbiyachi pedagoglar, tadbirkorlar, yoshlar tomonidan bildirilgan fikr va mulohazalarini tingladik, yozib oldik. Infratuzilmadagi kamchiliklar haqida, mahalla binosi yo’qligi bilan bog'liq muammolar ko'tarildi, takliflar berildi.
"Bunyodkor" MFY xotin qizlar faoli "xotin qizlarimiz kitob o'qishni yaxshi ko'rishadi. Mahallamiz binosidagi kichik kutubxonamizda ko'plab kitoblar bor, ayollarimiz kitoblarni daftarimga yozdirib olib ketishadi, o'qib bo'lib qaytarib olib kelishadi."dedilar.
Mahalla ham katta bir oila! Mahalladagi yoshlar, ayollar bilimli, kitobxon bo'lsa usha mahallada ezgu muhit shakllanadi. Obodlik nafaqat ko'chalar obodligi, ko'ngil obodligi bilan yanada go'zallashadi!
Hammasini ko'rsatish...
👍 9🔥 2👏 1
Bugun YAkkabog' tumanining “Oqtosh”, “Bunyodkor”, “Xo'jailg'or”, “YOshlik” va “Jaychi”mahallalarida nuroniy onahonlarimiz, opa-singillarimiz bilan suhbatlashdik. Mahalla yettiligi faoliyati bilan tanishdik. Mahalladagi honadonlarga bordik, o'qituvchi, tarbiyachi pedagoglar, tadbirkorlar, yoshlar tomonidan bildirilgan fikr va mulohazalarini tinglab yozib oldik. Infratuzilmadagi kamchiliklar, mahalla binosi bilan ta'minlash bilan bog'liq muammolar ko'tarildi, takliflar berildi. "Bunyodkor" MFY xotin qizlar faoli "hotin qizlarimiz kitob o'qishni yaxshi ko'rishadi. Mahallamiz biosidagi kichik kutubxonamizda ko'plab kitoblar bor, ayollarimiz daftarimga yozdirib olib ketishadi, o'qib bo'lib qaytarib olib kelishadi."dedilar. Mahalla ham katta bir oila! Mahalladagi yoshlar, ayollar bilimli, kitobxon bo'lsa usha mahallada ezgu muhit shakllanadi. Obodlik nafaqat ko'chalar obodligi, ko'ngil obodligi bilan yanada go'zallashadi!
Hammasini ko'rsatish...
🔥 3
👍 2
Prezident_Qarori Ta’lim krediti faqat kunduzgi ta’limda o‘qiyotgan talabalarga beriladi
Ta’lim krediti Birinchi kurslar uchun bir yillik kontrakti miqdorida ajratiladi. Ikkinchi va undan yuqori kurs talabalari uchun esa fanlarni o‘zlashtirishning o‘rtacha ko‘rsatkichi “3” dan past bo‘lgan taqdirda ta’lim krediti to‘lov-kontrakt summasining ko‘pi bilan 80 foizi miqdorida ajratiladi (“Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan oilalar farzandlari bundan mustasno).
Yangi o‘quv yilidan boshlab, ta’lim krediti
oliy ta’lim tashkilotlari talabalari uchun
– talabalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar kontrakt.edu.uz axborot tizimi va “Oliy ta’lim jarayonlarini boshqarish” (HEMIS) axborot tizimida mavjud bo‘lganda,
professional ta’lim tashkilotlari o‘quvchilari uchun
– o‘quvchilar to‘g‘risidagi ma’lumotlar prof.edu.uz axborot tizimida mavjud bo‘lganda ajratiladi.
Hammasini ko'rsatish...
👍 7🔥 1👏 1
02:03
Video unavailableShow in Telegram
“Кўп юклама ва кам маош” - боғчаларда болалар калтакланаётганининг сабаблари ҳақида Сўнги вақтларда давлат боғчаларида тарбиячиларнинг болаларга зўравонлиги ҳолатларига тез-тез кўзимиз тушадиган бўлиб қолди. Kun.uz бунинг сабабларини ўрганиш мақсадида Мактабгача таълим агентлиги вакили, психолог ва аноним қолишни истаган соҳа ходими билан суҳбатлашди. 📹 ТЎЛИҚ ВИДЕОНИ ТОМОША ҚИЛИНГ
Hammasini ko'rsatish...
Boʻsh turgan davlat korxonalari ommaviy savdoga chiqarilishi ortidan joylarda ishlab turgan bogʻcha yoki maktablar binolari ham sotilayotgani haqidagi xabarlar chiqib turibdi.
Shundoq ham aholi soni keskin ortishi natijasida joylarda taʼlim muassasalari soni yetishmay turibdi. Keyingi yillarda xususiy sektorni yordami bilan, shuningdek, yangi bogʻcha va maktablar qurishga katta mablagʻ ajratib, qamrovda yaxshi natijalarga erishilmoqda.
Toʻgʻri bogʻcha oʻrnida bogʻcha yoki maktab, shifohona oʻrnida shifohona qurish sharti bilan davlat xususiy sheriklik asosida, 30-40-yil muddat davomida boshqa maqsadda foydalanishni taʼqiqlash shartlari bilan, xususiylashtirishga ruhsat berish mumkindir.
Qolgan holatlarda ijtimoiy soha binolari va yer maydonlarini berishni yaxshilab taʼqiqlovchi qonunlarimizni ham takomillashtirish vaqti keldi nazarimda.
Katta ezgu maqsadlarga erishish uchun taʼlimda faqat yangilarini qurish, mavjudini quvvatini oshirib rekonstruksiya qilish kabi vazifalardan chekinmasligimiz nihoyatda muhim.
Hammasini ko'rsatish...
👍 10🔥 1👏 1
01:30
Video unavailableShow in Telegram
#🔔🔔🔔 Bugun so’ngi qo’ng’iroq! Bitiruvchi yoshlarimizga baxt omad va ulkan zafarlar tilayman! Istagiz qadar yuksaklarga parvoz eting! Siz bugun buyuk ishlarga qodir kuch-quvvatdasiz! Kelajakda Vatan, millat, ota-onangiz siz bilan faxrlanishiga ishonamiz!!!!
Hammasini ko'rsatish...
🔥 7👍 3👏 1