cookie

Sizning foydalanuvchi tajribangizni yaxshilash uchun cookie-lardan foydalanamiz. Barchasini qabul qiling», bosing, cookie-lardan foydalanilishiga rozilik bildirishingiz talab qilinadi.

avatar

Hayotim bahori (Gulbahor Yorqinova)

Jon-jonimga singib ketsaydi ilhom, To abad qogʻozdan uzilmas qalam. Yetajakman buyuk samoga illo, Meni qoʻllab tursa Yaratgan egam! ✍️GULBAHOR YORQINOVA https://t.me/Gulbahor_Yorqinova

Ko'proq ko'rsatish
O'zbekiston95 475Til belgilanmaganToif belgilanmagan
Reklama postlari
107
Obunachilar
Ma'lumot yo'q24 soatlar
Ma'lumot yo'q7 kunlar
Ma'lumot yo'q30 kunlar

Ma'lumot yuklanmoqda...

Obunachilar o'sish tezligi

Ma'lumot yuklanmoqda...

Photo unavailableShow in Telegram
Boshlar... Yolvordim tongacha aytib istigʻfor, Gunohlarim ezib, qiladi isyon. Men unsiz yigʻladim, yigʻladim takror, ,,Boʻldi unday qilma"-deydilar oson. Jahannamda kuyib, kul boʻlsam agar, Yordamga kelarmi soxta iymonlar. Gʻussaga botaman gunohim qadar, Qoʻlimdan tutmaydi nurli insonlar. Oppoq kafanlarda qoʻysa qabrga, Bu ulugʻvor tanam men uchun lanat. Doʻzax azobini berar ajrga, Bir savobim boʻlsa jannatdan qanot. Qoʻllarim mixlansa oyoqlarimga, Bosib, ezib oʻtsa ustimdan toshlar. Yosh emas, oʻt oqar yanoqlarimga, Bizni gunohkorlar shu yoʻlga boshlar. 04.04.2022y ✍🏻Gulbahor Yorqinova @Hayotim_bahori_ijod🥰
Hammasini ko'rsatish...
Assalomu alaykum. Saharlikka turgan va Bamdod namozlarini ado etib, Qur'on oʻqiyotgan barcha barcha musulmonlar duolaringiz ijobat boʻlsin!
Hammasini ko'rsatish...
sticker.webp0.38 KB
Photo unavailableShow in Telegram
Qanday qarayman... Yuragimda oʻchmas alamlar qoldi, Koʻzyoshlarim toʻlib, qalbimda titroq. Xadiklarim dilga qoʻrquvlar soldi. Bugun kulgularim sizdan-da yiroq. Qanday yolgʻon soʻzlay, qandayin alday, Oʻzim ovutmoqni yoʻqdir imkoni. Menda ishonchingiz qoldiku qilday, Endi umidlarni koʻmmoqlik oni. Mitti kapalakning bir umri kabi, Ishonch oʻralmoqda oppoq kafanga. Ketmoqdaman zulmat yoʻllari sari, Yuragimdagi choʻgʻ oldi alanga. Xasta quvonchlarga yoʻqdir darmonim, Azob sochlarini asta tarayman. Koʻnglimni sindirgan mening armonim, ONA, koʻzingizga qanday qarayman. ✍🏻Gulbahor Yorqinova @Hayotim_bahori_ijod🕊️
Hammasini ko'rsatish...
muzanovacom_1139553590.mp34.99 MB
sticker.webp0.36 KB
00:26
Video unavailableShow in Telegram
3.49 MB
00:58
Video unavailableShow in Telegram
Ramazon muborak ahli musulmon
Hammasini ko'rsatish...
2.45 MB
Photo unavailableShow in Telegram
Kel... Bulutjon endi kel qoʻllarimdan tut Osmoningga olib ketaver meni Qoʻllaringni uzma, qoʻyvormam seni Azobni unut... Bulutjon endi kel, qoʻllarimdan tut Qaygʻulardan qolgan jon-joningdan kech Oh, meni olovda qoldirmagin hech Qalbimni sovut... Bulutjon endi kel, qoʻllarimdan tut Tomchiga aylanma quvonch boʻlib qol Bugun koʻzyoshimni dardlarimni ol Yuragim tobut... 29.03.2022y ✍🏻Gulbahor Yorqinova @Hayotim_bahori_ijod🕊️
Hammasini ko'rsatish...
Photo unavailableShow in Telegram
*** Mana alamidan yigʻlaydi osmon, Quyosh nurlarining rangin oʻchirib. Koʻzyoshlar ba'zida chorasiz yolgʻon, Dardning suratini olgan koʻchirib. Qalblarni ezadi yoshdagi dardlar, Armonli soʻzlarin qaytadan boshlar. Nimalarni eslab, kimnidir yodlar, Faqat bu yomgʻirga yarashar yoshlar. ✍🏻Gulbahor Yorqinova @Hayotim_bahori_ijod🕊️
Hammasini ko'rsatish...
Boshqa reja tanlang

Joriy rejangiz faqat 5 ta kanal uchun analitika imkoniyatini beradi. Ko'proq olish uchun, iltimos, boshqa reja tanlang.