cookie

Sizning foydalanuvchi tajribangizni yaxshilash uchun cookie-lardan foydalanamiz. Barchasini qabul qiling», bosing, cookie-lardan foydalanilishiga rozilik bildirishingiz talab qilinadi.

avatar

Фахриёр

Лаҳзани тутиб қол

Ko'proq ko'rsatish
Reklama postlari
632
Obunachilar
-124 soatlar
Ma'lumot yo'q7 kunlar
+3430 kunlar

Ma'lumot yuklanmoqda...

Obunachilar o'sish tezligi

Ma'lumot yuklanmoqda...

Hammasini ko'rsatish...
Жангчилар археологияси. Дашт жангчилари – скифлар ҳақида - UzAnalytics

Британиялик машҳур археолог, сэр Баррингтон Канлифф – Келт дунёси ва кўҳна Рим археологияси бўйича мутахассис, Оксфорд университетининг Европа археологияси бўйича профессори (1972—2007, хизмат кўрсатган профессор), ўтган йил охирида унинг скифларга…

Repost from Javlon Jovliyev
Repost from Javlon Jovliyev
Repost from Javlon Jovliyev
Hammasini ko'rsatish...
Repost from Javlon Jovliyev
Sevimli yozuvchim Shukshin uyi va uning asarlari orqali tarixda qolgan Srostki qishlog‘ida bo‘ldim. Biror asarni o‘qir ekanman, uni yozuvchi hayotidan hech uza olmayman, asarni bitayotgan adib holatini, sharoitini, u yashagan davr va muhitini tasavvur qilaman, uning qanday va qayerda katta bo‘lgani haqida o‘ylayman, asar va yozuvchi, bir-biriga chambarchas bog‘langan ikki xilqatdir, har bir yozuvchi hayoti yosh yozarlar uchun maktabdir, undan nimani olish, nimani olmaslikni bilsa bo’lgani! Shukshin hikoyalarida tasvirlangan qishloq uylari, o‘sha sodda qahramon izlarini, daraxtlarini, qonxo‘r pashshalarini va eng muhimi badiiy asarlari "kayfiyati"ni ko‘rish mumkin. Kuni kecha Rossiya chegarasiga o‘tib, yarim tunda uyqusiragancha rus taksisi bilan gurung qilib ketar ekanmiz, u shu atrofda Shukshin tug‘ilganini aytib qoldi. "Nima, Shukshin tug‘ilgan qishloq?" Necha kundan beri yo‘l yurib yaxshi uxlamagan bo‘lsak-da, uyqum butkul qochdi. “Shukshin bizning Oltoy o‘lkasining faxri-ku, Srostki qishlog‘ida tug‘ilgan, bu qishloq Shukshini va ajoyib chuburiklari bilan mushhur” – dedi 1990-yildan beri avtovokzalda taksichilik qiladigan Aleksiy aka. U o‘g‘lidan xavotirda, chunki bitta-yu bitta bolasi harbiy bilim yurtini ikki yildan keyin tugatadi, u bitirguncha urush bitishini niyat qiladi. Qiyin. Rossiyada odamlar yuzida umumiy tushkunlik va mavhumlik sharpasini ilg’ash mumkin. Oltoy o‘lkasi kurort hududlar bo‘lsa-da, odamlar avvalgidan juda kam kelayotganini aytishadi, tirikchilik o‘ziga yarasha, migrantlar ham kamayib ketgan, deydi bir bekat xodimasi. Havo toza, keng o‘rmonlar, cheksiz yerlar, lekin negadir bu chekka tog‘li hududda ichki torlikni his qilasiz, ishonchsizlik va umidsizlik kuchliday. Bu ko‘zlarda ko‘rinadi, gap-so‘zlarda og‘izdan chiqadi, yurakni o‘rtaydigan manzaralar bo‘lib xotirada qoladi. Men haydovchiga Shukshin hikoyalarini juda yaxshi ko‘rishimni, uning qishlog‘iga albatta ertaga qaytishimni aytdim va bugun ekspeditsiyaning ishlarini biroz erta yakunlab, muzey tomon 60 kmlik yo‘lga chiqdim. Chiqishimdan oldin Shukshin muzeyiga telefon qilgandim. Muzey xodimasi soat 18:00 gacha ishlashini, lekin kassa 17:30 da yopilishini aytdi. Shoshilish kerak, men Oltoy Respublikasidan 16:20 da yo‘lga chiqdim, taksida uchta men tengi yigit, ularning biri mast, ko‘p gapirdi, quruq laqilladi desayam bo’ladi, ikkinchisi faqat uni kulib eshitdi. Roppa-rosa bir soatda yozuvchi tug‘ilgan qishloqqa yetib bordik. Taksichi meni katta yo‘l yoqasida tashlab, ichkari yo‘lni tushuntirdi. Men muzey yopilib qolmasligi uchun yugurdim, ichkariga 1,5 km cha kirilarkan. Nima bo‘lsa ham muzeyga kiraman, agar ulgurmasam, Shukshinda adabiyotga muhabbat uyg‘otgan qishloqni ko‘rish ham katta gap, edi men uchun. Nihoyat yetib bordim, ishlayotgandi, yoshi ellik atrofidagi, ko‘zlari yonib turgan muzey kuzatuvchisi kutib oldi. U kassa yopilgani uchun mendan 100 rub oldi, qaytimga mayda chaqasi yo‘q ekan (aslida chipta 170 rub). Shukshin o‘qigan maktab muzey qilingan ekan. Uning markaziy bo‘linmasi ko‘rgazma zaliga aylantirilgan. Zamon va tarixnni uyg‘unlashtira olishgan, bugun bu barcha muzeylarda urfda, fotolar, o‘sha davr ashyolari, film kassetalari, xullas xonalardan xonalarga o‘tganingiz sayin Shukshin ulg‘ayib boradi. Qandaydir video film namoyish etildi, lekin oxirgacha ko‘rmadim, atrofda onasi bilan kelgan, hech qanday Shukshin-Pushkinning qizig‘i bo‘lmagani uchun, maza qilib o‘yinchoqlarni o‘ynab o‘tirishardi. Vaqt oz edi. Adib yashagan uy ham muzey qilingan ekan, o‘sha tomon chopdim. Bu qishloq Shukshin tug‘ilgani uchun ham turistik markazga aylanib ketgan ekan. Uning onasi yashagan uy, bolaligi o‘tgan uy, o‘qigan maktabi va qishloq boshiga toj kabi qo‘ndirilgan Shukshinning muhtasham haykali atrofidan odamlar qish-u yoz arimas edi. Shukshin aytadi: “Mard va haq bo’lgan paytingda doim sen baxtiyorsan!” (Davomi keyingi postda) @javlonjovliyev
Hammasini ko'rsatish...
Repost from Javlon Jovliyev
Repost from Javlon Jovliyev
Hammasini ko'rsatish...
Mahfirat

Provided to YouTube by Yoola_S Mahfirat · Mahmud Nomozov Nigoh ℗ 2002 RizaNovaUZ Released on: 2002-08-20 Auto-generated by YouTube.

БАХШИНИНГ СЕВГИСИ Сангижумон элида Раҳимбойнинг Махфират исмли бир ҳурлиқо қизи бор эди. Кўнгилнинг кўзи кўр эканки, мўйлаблари эндигина сабза уриб келаётган Собир бахши ўзидан 2-3 ёш катта шу ҳурлиқони суйиб қолибди. Лекин у бой-бадавлат хонадоннинг қизи эмасми, шу ялангоёқ мени ўзига тенг кўрдими, шу ҳали она сути оғзидан кетмаган гўдак менга кўнгил қўйдими, деб гапни узиб юбормоқчи бўлибди. Бахши зоти ўр бўлмайдими, барибир, ўз билганидан қолмабди. Ҳурлиқонинг қўлини сўратишини қўймабди. Қиз ҳам, йўқ, дейишдан чарчамабди. Кўнгил кўр бўлса-да, нозик бўлади, ўр бўлса-да, нозик бўлади. Кўнгилнинг ёши, кўнгилнинг қариси бўлмайди. Куйгани қўшиқ бўлибди, суйгани қўшиқ бўлибди бахши шўрликнинг. На кўргулик тушмиш менинг бошима, Қон йиғладим, дунё чўмди ёшима, Ёр, юрагинг Сангижумон тошима, Нечун ёшим сен қатори бўлмади? Оқтов ёқдан от дупури келади, Даралари гумбурларга тўлади, Паризод, бу сенинг совчинг бўлади, Нечун ёшим сен қатори бўлмади? Ёшим дарёсига чўкиб бораман, Дардимни сен эмас, тошга ёраман, Энди бир вужудмас, минг бир пораман, Нечун ёшим сен қатори бўлмади? Кўнглимдай совийди тунлар тупроғи, Кўксимга ботади Ойнинг ўроғи, Қошингдай қародир зулмат сўроғи, Нечун ёшим сен қатори бўлмади? Ғаним йўқ, юрак - ишқ қалъаси вайрон, Сўроқдай эгилдим, эгилдим ёмон, Энди мен сўроқман. Жавоб йўқ замон, Нечун ёшим сен қатори бўлмади? Сен кетарсан ўзгаларга ёр бўлиб, Мен қоларман бунда зору зор бўлиб, Бир дунёмас, икки дунё тор бўлиб, Нечун ёшим сен қатори бўлмади? Тақдирлари қўшилмаган экан, қизни тўю томошалар билан ўзга юртга келин қилиб олиб кетишибди. Собир бахши куйиб-куйиб, куйлаб-куйлаб қолаверибди. Кунлар ўтибди, ойлар ўтибди, йиллар ўтибди, лекин қайтиб бошқага кўнгил қўёлмабди. Бахши-да, қартайиб қолганига қарамай, давраларнинг гули, йиғинларнинг булбули бўлиб юраверибди. Бир куни ундан ёлғизлиги сабабини сўрсалар, кўнглига қўл солиб кўрсалар, дўмбирасини тиринглатиб, йиғин аҳлига қаратиб, бир сўз деб турган экан, яъни будир: Юрак экан, юраклигин қилди-да, Нотенгига кўнгил қўяр бўлди-да, Омад экан, ўзгаларга кулди-да, Мен куйганим етар икки жаҳона. Болаларим, мендай ҳеч зот куймасин, Нотенгига асло кўнгил қўймасин, Муҳаббатнинг насибасин қиймасин, Мен куйганим етар икки жаҳона. Не алпларни ишқ тахтига ўтқаздим, Куйлай-куйлай муродига етказдим, Ызим бўлса, умримни тоқ ўтказдим, Мен куйганим етар икки жаҳона. Тенг тенгини топса, қандай яхшидир, Ёр вафоли бўлса, асли бахт шудир, Сизлар куйманг, куйган Собир бахшидир, Мен куйганим етар икки жаҳона. Иттифоқо, шу йиғинда Махфират момо ҳам бор экан. У бахшини танибди. Овозидан-да. Шу кеча у ўтмишни эслабми, бахшининг ўзисиз кечган ёлғизлигига раҳми келибми, ишқилиб, тун бўйи йиғлаб чиқибди. Биз бахши эмасмизки, уларни муродига етказсак...
Hammasini ko'rsatish...
Photo unavailableShow in Telegram
Boshqa reja tanlang

Joriy rejangiz faqat 5 ta kanal uchun analitika imkoniyatini beradi. Ko'proq olish uchun, iltimos, boshqa reja tanlang.