cookie

Sizning foydalanuvchi tajribangizni yaxshilash uchun cookie-lardan foydalanamiz. Barchasini qabul qiling», bosing, cookie-lardan foydalanilishiga rozilik bildirishingiz talab qilinadi.

avatar

ISHTIXON TUMAN TIBBIYOT BIRLASHMASI l AXBOROT XIZMATI

Ishtixon TTB axborot xizmati 💉 Tibbiyotga oid ma'lumotlar 📰 Tibbiyot sohasidagi yangiliklar 🌱 Tabiiy mahsulotlar va ularning foydali tomonlari ☕️ Kasalliklar va ularni davolash usullarini biz bilan o'rganing.

Ko'proq ko'rsatish
Reklama postlari
933
Obunachilar
Ma'lumot yo'q24 soatlar
Ma'lumot yo'q7 kunlar
-2230 kunlar

Ma'lumot yuklanmoqda...

Obunachilar o'sish tezligi

Ma'lumot yuklanmoqda...

Ishtixon tumanidagi 21-sonli Bolalar Musiqa va san’at maktabida tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo'limi tomonidan "Yilning eng namunali hamshirasi" ko'rik tanlovi o'tkazildi. Kanalga obuna bo'lishni unutmang! 👇 Ishtixon tuman tibbiyot birlashmasi Telegram 👉🏻 https://t.me/IshtixonTTBaxborotxizmati
Hammasini ko'rsatish...
👍 2
12-may - "Xalqaro hamshiralar kuni" “Kasallarga qarash – rassomlik va haykaltaroshlik kabi san’at. Parvarish kilish san’ati eng oliy san’at hisoblanadi...” Hamshira – naqadar dillarda ajib bir xis uyg‘otuvchi, dardkash insoning yuragiga nur soluvchi, ona mehridek, go‘zal gullardek nafis, kamalakdek jilo beruvchi  beg‘ubor ayol siymosi. Darhaqiqat, tibbiyot sohasini hamshiralar faoliyatisiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Sohadagi eng so‘nggi tibbiyot texnologiyalari asosidagi operatsiyalarni muvaffaqiyatli o‘tkazish jarayonidan tortib, operatsiyadan keyingi bemor parvarishi, birlamchi tibbiy sanitariya yordami xizmati, laboratoriya-diagnostika sohasi, ona-bola parvarishi, shoshilinch va tez tibbiy xizmat, sanitariya-epidemiologiya kabi qator  sohalarida  tumanimizda faoliyat yuritib kelayotgan tibbiyot xodimlari, hamshiralarning o‘rni beqiyos. Shu jumladan, uyma-uy yurib, oiladagi tibbiy madaniyat darajasining yuqori bo‘lishida ulkan hissa qo‘shib kelishayotgan patronaj, doya va amaliyotchi hamshiralarning mehnati ham alohida tahsinga loyiq. Ishtixon tumanidagi barcha Tibbiyot muassasalarida Vatanimiz va xalq oldidagi burchini teran anglab, astoydil mehnat qilayotgan siz, hamshiralarni Xalqaro hamshiralar kuni bilan samimiy qutlagan holda, oilaviy baxt, sihat-salomatlik, mas’uliyatli va sharafli ishingizda ulkan muvaffaqiyat tilayman! Ishtixon tuman tibbiyot birlashmasi bosh shifokori A.A.Xudayberdiyev Kanalga obuna bo'lishni unutmang! 👇 Ishtixon tuman tibbiyot birlashmasi Telegram 👉🏻 https://t.me/IshtixonTTBaxborotxizmati
Hammasini ko'rsatish...
​12-may - "Xalqaro hamshiralar kuni"

👍 2👏 2🎉 1
Axoli bilan to‘g‘ridan – to‘g‘ri muloqot tizimini yanada takomillashtirish, fuqarolar muammolari bilan ishlashni samarali tashkil etish, yechimini kutayotgan masalalarni o‘rgangan holda joyida, tezkor hal etish maqsadida: “O‘zbekiston” oilaviy poliklinikasida tuman tibbiyot birlashmasi boshlig'i Xudayberdiyev Aziz Abduganiyevich boshchiligida sayyor qabul hamda markaziy poliklinika tor soha mutaxassislari va markaziy shifoxona bo‘lim boshliqlari ishtirokida chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘riklar tashkil etildi. Tibbiy ko'rik davomida 512 nafar fuqarolar tor soha mutaxassislari tomonidan chuqurlashtirilgan tibbiy tekshiruvlardan o‘tkazilib kerakli tavsiyalar berildi va dispanser nazorat ostiga olindi.  Qabulga kelgan fuqarolarning murojaatlari tinglanib,  ayrim fuqarolarning murojaatlari shu joyning o'zida ijobiy hal etilgan bo‘lsa, bazilariniki ijroga qaratildi. Kanalga obuna bo'lishni unutmang! 👇 Ishtixon tuman tibbiyot birlashmasi Telegram 👉🏻 https://t.me/IshtixonTTBaxborotxizmati
Hammasini ko'rsatish...
🔥 2👏 2👍 1
2024 yil 11 may kuni Ishtixon tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i Xudayberdiyev Aziz Abduganiyevich boshchiligida markaziy poliklinika tor soha mutaxassislari va markaziy shifoxona bo‘lim boshliqlari ishtirokida chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘riklar tashkil etish maqsadida “O‘zbekiston” oilaviy poliklinikasida sayyor qabul o‘tkazildi. Sayyor qabulda 512 ta fuqarolarga tibbiy xizmat ko‘rsatildi. Murojaat qilgan fuqarolardan 2 nafarini nogironlik guruhiga chiqarilishi tushuntirildi, 45 nafar fuqarolarga Ishtixon tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli bo'limlarda davolanishi uchun yo‘llanmalar berildi hamda 4 nafar fuqarolarga viloyatda shifoxonalarida davolanishlari uchun yo‘llanmalar berildi. 461 ta fuqarolar tor soha mutaxassislari tomonidan chuqurlashtirilgan tibbiy tekshiruvlardan o‘tkazilib kerakli tavsiyalar berildi va dispanser nazorat ostiga olindi. Ishtixon tuman Tibbiyot birlashmasi ishtixonttb.uz, Telegram 👉🏻 https://t.me/ Facebook 👉🏻 https://www.facebook.com/Ishtixonttb?mibextid=ZbWKwL
Hammasini ko'rsatish...
🔥 2
♻️ Bugun Ishtixon tuman tibbiyot birlashmasida 12-may Xalqaro hamshiralar kuni bayrami munosabati bilan tuman aholisiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifati va samaradorligini oshirish, aholi salomatligini muhofaza qilish hamda mustahkamlash borasida ko‘rsatayotgan sermashaqqat va fidokorona mehnatlari uchun o‘rta tibbiyot xodimlari taqdirlandi va esdalik sovg‘alar berildi. Vatanimiz va xalq oldidagi burchini teran anglab, astoydil mehnat qilayotgan Siz, hamshiralarni Xalqaro hamshiralar kuni bilan samimiy qutlagan holda, oilaviy baxt, sihat-salomatlik, mas’uliyatli va sharafli ishingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz!
Hammasini ko'rsatish...
👍 13🔥 1👏 1
Vitaminlar va minerallar manbalari haqida ma'lumotnoma 👆 ️ Biz eng ko'p vitamin va minerallarni ovqatdan olamiz. Ular nafaqat sabzavot va mevalarda, balki go'sht, baliq, tuxum, sut mahsulotlari, don, urug'lar va yong'oqlarda ham mavjud. Ushbu mahsulotlar qanchalik kam ishlov berilsa, ular shunchalik ko'p ozuqa moddalarini saqlaydi. 👉Barcha kerakli makro va mikroelementlarni olish juda muhim, chunki minerallardan birining etishmasligi boshqalarning nomutanosibligiga olib keladi. ️ Inson salomatligi uchun muhim: kalsiy, fosfor, kaliy, natriy, xlor, magniy, temir, rux, yod, xrom, mis, ftor, molibden, marganets, selen. Yaxshiyamki, ularning barchasi oziq-ovqatda mavjud. Kanalga obuna bo'lishni unutmang! 👇 Ishtixon tuman tibbiyot birlashmasi Telegram 👉🏻 https://t.me/IshtixonTTBaxborotxizmati
Hammasini ko'rsatish...
#Brifing Bugun Ishtixon tumani tibbiyot birlashmasi bosh shifokori Aziz Xudoyberdiyev ishtirokida “Aholiga ko‘rsatilayotgan birlamchi tibbiy sanitariya yordam holati” mavzusida brifing o‘tkazildi.
Hammasini ko'rsatish...
👏 4👍 3🔥 1
#Brifing Bugun Ishtixon tumani tibbiyot birlashmasi bosh shifokori Aziz Xudoyberdiyev ishtirokida “Aholiga ko‘rsatilayotgan birlamchi tibbiy sanitariya yordam holati” mavzusida brifing o‘tkazildi.
Hammasini ko'rsatish...
👏 2
🎗 9-may - “Xotira va qadrlash kuni” ajdodlarni xotirlash va keksalarni eʼzozlash, ulug‘ qadriyat hisoblanib, bu borada O‘zbekistonda har yili qabul qilinayotgan dasturlarda yoshi ulug‘, nuroniylarga bo‘lgan hurmat, eʼtibor diqqat markazidadir. 🪖 1941-1945-yillar urush va mehnat frontida tinchlik uchun kurashib halok bo‘lgan jasur va matonatli o‘g‘lonlar xotirasi yod etiladi. Ishtixon tuman tibbiyot birlashmasi qutlug‘ kun, 9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan barcha faxriylarimizni, aziz yurtdoshlarimizni tabriklaydi!
Fashizmga qarshi urushda mardonavor jang qilgan, og‘ir mashaqqat va musibatlarni boshdan kechirgan qahramonlar va xalqimiz asrlar davomida orzu qilgan erkinlik uchun o‘z jonini qurbon qilganlar xotirasi hamisha yodimizdadir albat. Vatanini himoya qilishda jonini fido qilgan, xalq orzu qilgan erkinlik uchun kurashgan milliy qahramonlarimizni ruhi oldida yana bir bor taʼzim qilamiz. Ishtixon tuman tibbiyot birlashmasi bosh shifokori A.A.Xudayberdiyev
Hammasini ko'rsatish...
👏 6👍 2