uz
Feedback
diyora.m.teach

diyora.m.teach

Kanalga Telegram’da o‘tish

psixologiya, she’riyat, photosomething, teacherhood, playlist va h.k

Ko'proq ko'rsatish
199
Obunachilar
Ma'lumot yo'q24 soatlar
-37 kun
-430 kun
Postlar arxiv
Fix You Coldplay.mp36.77 MB

obsessed with the idea of opening a bookstore with 2+ cats in it which sells unique souvenirs, creative holiday cards, fabulo
obsessed with the idea of opening a bookstore with 2+ cats in it which sells unique souvenirs, creative holiday cards, fabulous gift wrapping service and so on

“Revolutionary road”
“Revolutionary road”

Doimiy charchoq, stressda, hissiyotlar va hissiyotlar ifodalayotgan ehtiyojlarni bostirib yashash mavjudlik inqirozi(existent
Doimiy charchoq, stressda, hissiyotlar va hissiyotlar ifodalayotgan ehtiyojlarni bostirib yashash mavjudlik inqirozi(existential crisis)ga olib keladi - ya’ni odam qilayotgan ishlarida, bu hayotta borligida ma’no ko’rmay qoladi. Kino mana shu jarayon haqda. Film uchun judayam kutilmagan yakun tanlangan. Kinidagi g’oya, falsafa - dolzarb, ifoda usuli - shocking, vibrating. Leonardo DiCaprio va Kate Winslet ijrolari romantik bo’lib qolmasligiga qattiq harakat qilishgan ekan. Bu - kino “Titanic”ga o’xshab qolmasligi, “Titanic”ni eslatib yubormasligi uchun muhim deb qaralgan. Menga qolsa, o’ylashimcha, odam istaklari, orzulari uchun ongli kurashish, o’zi uchun o’zi qaror qabul qilib va hech kimdan hech narsa kutmay yashash zavqini bir tatib ko’rsa, boshqacha hayot tarziga ko’nolmasa kerak. Men hayot mazmunini erkinlikda ko’raman. Bu uchun qilgan har qanday qurbonligimni qadrlayman.

try everything
try everything

Travmadan keyingi stress buzilishi (post-traumatic stress disorder)ning belgilaridan biri - Flashback. Flashback - travma sod
Travmadan keyingi stress buzilishi (post-traumatic stress disorder)ning belgilaridan biri - Flashback. Flashback - travma sodir bo’lgan vaqtdagiga o’xshash voqealar sodir bo’lsa, travma paytidagidek jiddiy reaksiya bildirish, og’ir hissiyotlarni his qilishdir. Ex: avtohalokatga uchragan odam keyinchalik mashinaning baloni yerga ishqalangandagi chiyillagan ovozdan bezovtalanishi, bu ovoz o’sha voqeani butunlay hayolda jonlantirishi mumkin. Mana shu - flashback. Kinoda Trumanning suv havzalaridan fobiyasi, bunday joylarga yaqinlasholmasligi - dadasining suvda cho’kib ketganida qolgan guvohlik travmasi va filmning shu sahnalari flashback’ka misol. Guvohlik/Shohidlik travmasi qurbonnikidan 2 baravar kuchliroq, og’irroq travma.

“The Truman show”.
+3
“The Truman show”.

Kinoni 2 marta ko’rish kerak ekan. Bir marta. Kino va undagi message’lar haqida izlanib ko’rib yana qaytadan tomosha qilish t
Kinoni 2 marta ko’rish kerak ekan. Bir marta. Kino va undagi message’lar haqida izlanib ko’rib yana qaytadan tomosha qilish tavsiya etiladi. Jim Carreyning ushbu filmdagi ishtiroki aktyorning eng yaxshi rollari ratingida (rottentomatoes saytidagi ro’yxatga asosan) hattoki “Niqob (The Mask)” dan ham oldinda, yanayam aniqroq aytsam, 1- o’rinda turadi. Bosh qahramon ismi tanlanish jarayoni haqida hech yerda ma’lumot ko’rmadim. Menga bu “true man”ga - “asl inson”ga ishoradek tuyuldi. Film ichida ham shunday quote bor: “- Hech narsa haqiqiy emasmidi? - Sen haqiqiy eding. Shuning uchun seni tomosha qilish shu qadar zavqli!” O’zbek segmentida “The Truman show”ni tavsiya qilishganlarini kam uchratganman, hatto uchratmaganman agar adashmayotgan bo’lsam. Balki bunga sabab kinoda keskin burulishlar, ta’sirli komedik, dramatik yoki jangovarlik unsurlari yo’qligi uchundir. Anyway, “The Truman show”dagi message - Top. (Ushbu videoda ham kinoda ilgari surilgan g’oya haqida batafsil gapirilgan) Kinoni ko’ringlar, kids!

Bugun bugun bitgan she‘rman, oyqizi, Yomg‘irga yolchimas yerman, oyqizi, Chorlasang, chor tomon choriyoriy sas- Ko‘rsam, bu d
Bugun bugun bitgan she‘rman, oyqizi, Yomg‘irga yolchimas yerman, oyqizi, Chorlasang, chor tomon choriyoriy sas- Ko‘rsam, bu dovonlar tovonimdan past, Ko‘zingni ko‘rmasam, ko‘rman, oyqizi. Yutoqilgan nafsday tegram aylanar, Oy oroylanadur, uzor oylanar, Aylanib, o‘zingga keldim, aylanay, Bir totlig‘ so‘zingga keldim, aylanay, Menga shu so‘zni ko‘p ko‘rma, oyqizi. Ohlarin ko‘rpadek yoyadir kecha, Manim ohlarimga soyadir kecha, Soxta soyalarning baridan kechib, Seni birozgina kech topdim, kechir, Kechsang, kunlarga kun bermam, oyqizi. Kezdim, xurjunimga bir chaqa solmay, Yuragimdan yurak shaklin yasolmay, Ikki ko‘zim- ikki jomdagi ol may, Omonat berilgan ko‘nglingni olmay, Borsam, Xudoga ne derman, oyqizi?! Endi Xudoga ne derman, oyqizi?! Rashid Xo‘jamov

Benimle Oynar Mısın Bülent Ortaçgil.mp33.02 MB

Yuqoridagi holatlarga misollar sizda ham bo’lganmi? Izohlarda tajribangiz bilan bo’lishing, menga qiziq!

2.2. Uy bekalarida kuzatiladigan jismoniy turdan tashqari charchoq turi - irodaviy charchoq. I.ch - yumushlar tashkiloti, qaysi ishni qachon, qanday qilish haqidagi o’ylardan hosil bo’ladigan charchoq: bu kiyimlar qachonga qurishi kerak, shu paytda qurishi uchun qachon yuvish kerak, kasal farzandning dorilarini qachon ichkizish kerak, unga nima mumkin, nima mumkinmas va h.k. Men uyda bo’lgan paytim dars qilishim qiyin. Uy yumushlari haqidagi o’ylar darsga qaratishim kerak bo’lgan diqqatga o’rin qoldirmaydi. Shuning uchun kafarga juda ko’p boraman. Ushbu charchoq kuzatilganda mas’uliyatni, ishlarni kengroq ko’lamda taqsimlash, imkon boricha juft bilan taqsimlash kerak.

2.1. Yetarlicha baho berilmaydigan (underrated) charchoq turlari va ularning yechimlari. Informatsiya va uning turlarining ko
2.1. Yetarlicha baho berilmaydigan (underrated) charchoq turlari va ularning yechimlari. Informatsiya va uning turlarining ko’payishi odamlarda charchoq, stressning oshishiga sabab bo’ldi: ijtimoiy tarmoqlar, ko’chalardagi vizual reklama, kino va seriallar va h.k. (- sensor charchoq) Ishdan kelgandan keyin ma’lum bir turdagi rituallarga, yumushlarga xohish, toqat qolmasligi - bolalarning shovqini yoqmasligi, gapirmaslik va shu kabilarga normal qarash kerak. Men ishdan kelgandan keyin gapirmasdim va tabiiyki, va albatta, bu holatim “qovoq uyish”, “odamga o’xshab mundoq kelib gaplashib o’tirmaslik ” kabilar bilan aylanardi. Va bu charchoqning “ajali” ham o’zidek underrated - ko’zni yumib visual olamdan miyaga dam berish. (It really works, people)

1. Odamlar bilan ishlaydigan kasblar boshqa kasb turlariga qaraganda ko’proq turdagi charchoqlarga sabab bo’ladi: intellectua
1. Odamlar bilan ishlaydigan kasblar boshqa kasb turlariga qaraganda ko’proq turdagi charchoqlarga sabab bo’ladi: intellectual, emotional, irodaviy, sensor charchoq va h.k. Aslida, faqat ko’ngilsizliklar emas, ijobiy voqea-hodisalar ham stress olib keladi: daromadning oshishi, yangi joyga, davlatga ko’chish, o’qishga kirish, turmush qurish, farzandli bo’lish via h.k. O’qituvchilik bilan shug’ullangan paytimda ish boshlnishidan oldin, darsdan chiqqanimdan keyin tinimsiz kasbimni o’zgartirish haqida o’ylardim. U payt bu holatning psixologik sabablaridan bexabar va jarayondan keladigan charchoq va stresslar bilan qanday kelishish haqida na nazariy, na amaliy bilimlarim bor edi. Mendagi erkin va moslashuvchan kun tartibiga asoslangan kasblarga ehtiyojni anglaganimdan keyin offlinedan online teachingga o’tdim, ayrim hobbylarimni kasbga aylantirish uchun izlanishlar olib borishni boshladim.

#supportme • https://tirikchilik.uz/diyoramteach • 9860 0401 1841 4859 Here you go, millionaires! Qobiliyatingiz yetgan usulda bizni (men va kanalimni) qo’llab-quvvatlang: • ulashing • izoh yozing • kanalni ommalashtirish ishlari uchun moddiy salom yo’llang • bizni faol kuzating va ko’proq piyoda yuring!

#filmreview Libido haqida aytib o’tganman. Kinoning bosh qahramoni Otto ayoliga o’ta bog’lanib qolgani uchun undan ayrilish juda katta bo’shliq, yo’qotish hosil qiladi uning hayolida. Ekzistensial (exist - mavjudlik, borlik )aybdorlik hissida- inson mavjudligi, haliyam hayotta yashayotgani, yoki qachondir qaysidir qarorni qabul qilgani, qilmagani uchun o’zini ayblaydi. Shu his sabab Otto bir necha marotaba joniga qasd qilmoqchi, Sonyaning oldiga ketmoqchi bo’ladi. You see, men plot’ni aytib bermasligim kerak. Shuning uchun review yozishdan qochib yurgandim. Okay, shunday savol berilgandi: “Travmalarga boy inson bilan ham sog’lom munosabat qursa bo’ladimi?”. Javob: “Ha. Munosabatlar shaxsiyatni davolaydi”. Odatda, sevganidan ayriliqning og’ir kechirilishi, dunyo ko’zga tor ko’rinishi kuchli muhabbat ramzi, belgisi sifatida romantizatsiya qilinadi. Qayg’uni konteynerlash uchun munosabatlarning yaxshi va yomon tomonlarini tahlil qilish va tan olish kerak. Tom Hanks betakror aktyor. Kinoda Ottoning yoshligi bo’lib o’ynagan yigit o’zining o’g’li (Truman Hanks). “Larry Crowne”da Julia Roberts (🤍) bilan birga o’ynashgan. Kino davomida Marisolning sense of humor’idan, American mahalla vibe’idan, Sonyaning go’zalligidan rohatlaning!)

🎬 A man called Otto
🎬 A man called Otto

kanalga jiddiy yoxud blog sifatida qaramoqchiman va yuritmoqchiman. Offline o’qituvchilik faoliyatimdan tanaffus olganim furs
kanalga jiddiy yoxud blog sifatida qaramoqchiman va yuritmoqchiman. Offline o’qituvchilik faoliyatimdan tanaffus olganim fursatidan foydalanib bu yerda faol bo’lish haqida o’ylayapman. Donate funksiyasini qo’shaman. Makonimdagi kontent sifatiga befarq bo’lmaganlar moliyaviy ko’rinishda meni qo’llab-quvvatlashlari mumkin. Ushbu mablag’ kanalni ommalashtirish (reklom) ishlari uchun sarflanajak. Mendan kutiladi: doimiy sifatli, tartibli kontent, qo’shimcha izlanishlar va h.k. Mavsumiy webinar, seminarlar o’tkazish, taqrizlar ulashish o’zimga ham qiziq, shuningdek, ushbular qo’shimcha stress hamdir. Qo’llab-quvvatlovning dstlabki va qulay ko’rinishlaridan biri bu izoh yozish, shunday ekan, shu post ostida hazilakam bo’lsayam maqtab qo’ying kanalni/meni!)

kanalga jiddiy yoxud blog sifatida qaramoqchiman va yuritmoqchiman. Offline o’qituvchilik faoliyatimdan tanaffus olganim fursatidan foydalanib bu yerda faol bo’lish haqida o’ylayapman. Donate funksiyasini qo’shaman. Makonimdagi kontent sifatiga befarq bo’lmaganlar moliyaviy ko’rinishda meni qo’llab-quvvatlashlari mumkin. Ushbu mablag’ kanalni ommalashtirish (reklom) ishlari uchun sarflanajak. Mendan kutiladi: doimiy sifatli, tartibli kontent, qo’shimcha izlanishlar va h.k. Mavsumiy webinar, seminarlar o’tkazish, taqrizlar ulashish o’zimga ham qiziq, shuningdek, ushbular qo’shimcha stress hamdir. Qo’llab-quvvatlovning dstlabki va qulay ko’rinishlaridan biri bu izoh yozish, shunday ekan, shu post ostida hazilakam bo’lsayam maqtab qo’ying kanalni/meni!)

Keyinchalik yana bir qo’shadigan amaliyotim: uyqudan oldingi kuchli yorug’lik, katta chiroqlardan voz kechish. Shuningdek, tartibli uxlash haqida yana bir qiziq ma’lumot eshitib qolgandim: tana uchun norma hisoblangan soatlardan ortiqcha uxlansa va shu ortiqcha soat yana normal uyqu soatlari porsiyasiga yetkazib qo’yilmaguncha uyquga to’ymaganlik his qilinishi mumkin ekan. Masalan, 8 soat norma desak, 10 soat uxlansa, ortiqcha 2 soatniyam 8 soatga yetkazib qo’yish kerak bo’lar ekan. Shuning uchun tartibli uyqu ham muhim, people!