cookie

Sizning foydalanuvchi tajribangizni yaxshilash uchun cookie-lardan foydalanamiz. Barchasini qabul qiling», bosing, cookie-lardan foydalanilishiga rozilik bildirishingiz talab qilinadi.

avatar

Hujjat topshirish jarayonlari

🌍 Chet el oliygohlariga hujjat topshirgan o'zbekistonliklardan maslahat, ma'lumot va hujjat namunalari ✅ Murojaat uchun: @GN_Murojaat_bot 👉 Hamkor kanal: @grantlar Reklama: @gn_work

Ko'proq ko'rsatish
Reklama postlari
23 392
Obunachilar
-2324 soatlar
-1157 kunlar
-47430 kunlar

Ma'lumot yuklanmoqda...

Obunachilar o'sish tezligi

Ma'lumot yuklanmoqda...

Photo unavailableShow in Telegram
"WeStart" biznes-inkubatsiya: ayol-qizlar uchun bepul dastur USAIDning tadbirkorlik va ishbilarmonlik muhitini rivojlantirish loyihasi hamda KOICA agentligi ko‘magida "WeStart" biznes-inkubatsiya tashkil etilmoqda. Dastur ayollar startaplarini g‘oya bosqichidan minimal hayotiy mahsulot (MVP) bosqichiga ko‘tarishga qaratilgan. Dasturning davomiyligi 1 hafta, undan keyin Demo kuni bo'lib o'tadi. Dastur ishtirokchilarga quyidagilarga imkon beradi: - MVP yaratish; - 50 million so‘mgacha bo‘lgan grantni jalb qilish; - xalqaro ekspertlardan mentorlik yordamini olish. O'tkazilish sanasi: 2024 yil 22-26 iyul O'tkazilish manzili: UEnter Dasturda ishtirok etish bepul, qatnashish uchun onlayn ro'yxatdan o'tish zarur: 👉 Ro'yxatdan o'tish havolasi 👈 Arizani qabul qilish muddati: 2024-yil 15-iyul @grantlar_namuna
Hammasini ko'rsatish...
👍 14 2
Photo unavailableShow in Telegram
Amerika markazidan HTML ga qiziquvchi 12-16 yoshli qizlar uchun klub Toshkentdagi Amerika markazi HTML ga qiziquvchi 12-16 yoshli qizlar uchun klub tashkil etmoqda. Klubda ishtirokchilar HTML ga oid boshlang’och bilimlar va saytlarning yaratilishi haqida tushunchaga ega bo’ladi. O’tkazilish vaqti: 2024-yil 9-iyul, soat 10:00-12:00 da. Manzil: Toshkent, Yunusobod, 5-daha, Moyqo’rg’on 3 HTML klubining imkoniyatlari: - HTML asoslarini o'rganish va o'z veb-sahifalarini yaratish; - CSS yordamida sahifalarni uslubini o’zgartirish; - Boshqa ishtirokchi qizlar bilan o’zaro fikr va tajriba almashish. Ishtirok etish uchun ro’yxatdan o’ting: 👉Ariza topshirish havolasi 👈 Ariza topshirish muddati: 2024-yil 7-iyul, soat 23:59 gacha @grantlar_namuna
Hammasini ko'rsatish...
👍 11🔥 3 1😁 1😐 1
Photo unavailableShow in Telegram
🇰🇷🎓 Koreyada ta'lim olishni orzu qilasizmi? IELTS sertifikatingizni endigina olib, Koreya universitetlari qabuliga kechikdim deb o'ylayapsizmi? Xavotirga o'rin yo'q! Forever Agency jamoasi hoziroq hujjatlarini taqdim qilgan abituriyentlarga 2 hafta muddat ichida intervyularni topshirib, Koreyada talaba bo'lish imkoniyatini taqdim qiladi. Shoshiling! Qabul Iyul oyining boshida yopiladi. Talablar: - IELTS 6.0+ - Bakalavr/Magistr barcha yo'nalishlar! 📞 Aloqa uchun: 📧 Telegram: @foreveragency_1 📱 Telefon: +998 93 003 2832 🌐 Kanal: https://t.me/FOREVER_AGENCY
Hammasini ko'rsatish...
👍 4😁 2 1
Murojaat qilish
#Natija 39 Kanalimiz kuzatuvchisi Latvian State Scholarships g’olibi bo’ldi Bahodir Alimov Latviyaning Daugavpils universitetida tarix yo’nalishi bo’yicha magistraturada o’qish uchun Latvian State Scholarships grant dasturi g’olibi bo’ldi. Bahodir 2 yil davomida magistraturani to’liq grant asosida Daugavlips universitetida davom ettiradi. Oylik 600 yevro stipendiya bilan ta’minlanadi. 👉 Latvian State Scholarships haqida batafsil ma’lumot👈 Bahodirni ushbu grantni yutishda @Grantlar_namuna kanalidagi manbalar hamda @Grantlar kanalidagi ma’lumotlar katta yordam berganini ta’kidlab o’tdi. Bahodirni ushbu muvaffaqiyat bilan tabriklaymiz va kelgusi ishlarida zafarlar tilab qolamiz! @grantlar_namuna
Hammasini ko'rsatish...
👍 40🤩 7 6
#Natija 38 GKS bo’yicha tashkil etilgan mentorlik kursimiz ishitorkchisi grant g’olibi bo’ldi. Koreyada to’liq moliyalashtirilgan holda o’qish imkoniyatini taqdim etuvchi GKS dasturi bo’yicha mentorlik kursimiz ishtirokchisi Asadbek Isroilov ushbu grant g’olibi bo’ldi. Asadbek Isroilov - Farg’ona Politexnika Instituti 4-bosqich talabasi. Janubiy Koreyaning uchinchi eng katta metropoliten shahri Daegu da joylashgan TOP-500 talikdan joy olgan Kyungpook National University ga GKS-G 2024 dasturi doirasida magistratura uchun muhandislik yo’nalishida 3 yillik grantni qo’lga kiritdi Dastur imkoniyatlari: - Kontrakt puli to'liq qoplanadi. - Yashash uchun oylik stipendiya beriladi. - Tibbiy sug'urta bilan ta'minlanadi, - Xalqaro borish-kelish chiptalari olib beriladi; - Til kursi moliyalashtiriladi. 👉 GKS dasturi haqida batafsil 👈 Asabdek o’z izohida kanalimiz tomonidan tashkil etilgan NSP mentorlik kursi va GKS mentorlik kurslarida qatnashib, ikkala dasturda ham g’olib bo’lgani va bu kursda qatnashganligi eng yaxshi tanlovi ekanini ta’kidladi. Asadbekni muvaffaqiyat bilan tabriklaymiz, kelgusi ishlarida zafar tilab qolamiz! @grantlar_namuna
Hammasini ko'rsatish...
👍 30🔥 5 4
#natija 37 NSP dasturining so'nggi qabul natijalari e'lon qilindi. Slovakiyada 2 semestrgacha oʻqish/tadqiqot olib borish imkonini beruvchi Slovakiya Milliy stipendiya dasturining (NSP) natijalari eʼlon qilindi. Quvonarlisi, bu safargi qabulda jami 71 nafar oʻzbekistonlik nomzod ushbu grantni qoʻlga kiritgan. Kategoriyalar kesimida oʻzbekistonlik gʻoliblar soni: – A kategoriya: 88 ta gʻolibdan 66 tasi oʻzbekistonlik – B kategoriya: 30 ta gʻolibdan 4 tasi oʻzbekistonlik – C kategoriya: 84 ta gʻolibdan 1 tasi oʻzbekistonlik G'oliblarning aksariyat qismi @grantlar_namuna loyihasi tomonidan tashkil qilingan maxsus kurs va/yoki hujjatlarni tekshirish xizmatidan foydalangan! Ushbu g’oliblarimizga keyingi bosqichlar haqida ma’lumot berish uchun suhbat tashkillamoqdamiz. Suhbat o’tkazilish vaqti: 2024-yil 22-iyul, 21:00 Suhbat o’tkazilish joyi: @grantlar_namuna telegram kanali. Gʻoliblarni tabriklaymiz hamda ushbu suhbatimizda kutib qolamiz! @grantlar_namuna
Hammasini ko'rsatish...
NSP_ZAHR_2024_04_30.pdf4.47 KB
👍 49 9🔥 1
Photo unavailableShow in Telegram
“Inson huquqlari va erkinliklari sohasida ta’lim va innovatsiyalar” milliy tanlovi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikda «Inson huquqlari va erkinliklari sohasida ta’lim va innovatsiyalar» milliy tanlovini e’lon qiladi. Tanlov quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha o‘tkaziladi: – Inson huquqlari bo‘yicha eng yaxshi o‘quv kursi; – Inson huquqlari va erkinliklariga bag‘ishlangan eng yaxshi videorolik; – Inson huquqlari bo‘yicha eng yaxshi maqolalar; – Inson huquqlari bo‘yicha eng yaxshi bilimdon va boshqalar. Ariza topshirish: nomzodlar BU YERDAN arizani to‘ldirishi va tanlov materiallari bilan birga [email protected] elektron manziliga 2024-yil 1-noyabrga qadar jo‘natishi lozim. G’oliblar dekabr oyida “Xalqaro inson huquqlari kuni” arafasida e’lon qilinadi va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadilar. 👉 Tanlov haqida batafsil BU YERDA @grantlar_namuna
Hammasini ko'rsatish...
👍 15 6😁 4
01:25
Video unavailableShow in Telegram
🇰🇷 KOREYADA KUTIB OLISH JARAYONI 👉 Siz ham ushbu o'quvchilar singari Janubiy Koreyaga viza olishni istasangiz bizga murojaat qiling. 🍂 Kuzgi qabullar boshlandi. 🔤🔤🔤🔤🔤 sizni kutmoqda. 👨‍🎓Bakalavr & Magistratura 👨‍🎓Kasbiy taʼlim (ko'proq ishlash imkoniyati) Talablar: IELTS 5.5 yoki TOPIK 2 💰Firma to'lovini natijadan so'ng to'laysiz. 🔥Oldin natija, keyin to'lov 📞 Murojaat uchun: (95)020-97-99 | 📩 Yozish         (95)020-98-99 | 📩 Yozish 💬Telegram|📹 Instagram|📹Youtube
Hammasini ko'rsatish...
muhri.mp429.66 MB
👍 5 4
Photo unavailableShow in Telegram
“Kelajak kasblari-2024” forumi doirasida yirik master-klass Toshkentda 5-7 iyun kunlari Yoshlar ishlari agentligi tomonidan tashkil etilayotgan “Kelajak kasblari-2024” forumi doirasida zamonaviy kasblar, axborot texnologiyalari va xorijiy tillarga qiziquvchi yoshlar uchun yirik master-klass tashkil etiladi. Master-klassda yoshlar orasiga eng ilg‘or soha mutaxassislari, yirik kompaniya va o‘quv markazi rahbarlari spiker sifatida ishtirok etib, qiziqarli ma’lumot hamda tajribalarni yoshlar bilan bo‘lishadi. Tadbir o’tkazilish vaqti va manzil: 2024-yil 6-iyun kuni soat 09:00da “Yoshlar ijod saroyi”da bo‘lib o‘tadi. Ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tishlari kerak: 👉 RO’YXATDAN O’TISH HAVOLASI 👈 Tadbirda qiziquvchi barcha yoshlar ishtirok etishi mumkin. @grantlar_namuna
Hammasini ko'rsatish...
👍 19 8🔥 2
Boshqa reja tanlang

Joriy rejangiz faqat 5 ta kanal uchun analitika imkoniyatini beradi. Ko'proq olish uchun, iltimos, boshqa reja tanlang.