cookie

Sizning foydalanuvchi tajribangizni yaxshilash uchun cookie-lardan foydalanamiz. Barchasini qabul qiling», bosing, cookie-lardan foydalanilishiga rozilik bildirishingiz talab qilinadi.

avatar

Sherlar Olami 📃

Salom siz dilga yaqin manoli sherlar kanalidasiz.. Biz sizlarga har kuni #Manoli #Ibratli #Sevgi #Hayotiy Dilga yaqin sherlarni joylab boramiz bizdan uzoqlashmang. Siz eng zo'r kanaldasiz... Admin: @Bektoy_07

Ko'proq ko'rsatish
Reklama postlari
1 411
Obunachilar
+1324 soatlar
+77 kunlar
+1630 kunlar

Ma'lumot yuklanmoqda...

Obunachilar o'sish tezligi

Ma'lumot yuklanmoqda...

Елкамга ортмоқлаб дунё дардини, Минг йиллик йўллардан бораман ўтиб. Кимдир ютиб-ютиб изим гардини, Ерда қоқилмоғим ётади кутиб! Дўст ниқобин кийган душман энг зўри, Тинмай садоқатдан ичади қасам! Ошига тушгандек пешонам шўри, На юрсам ёқмайман, наки, йиқилсам! Биров бўғзигача тиқилиб, тинмай, Бир нафас қизғанар менга ҳаводан. Кимдир тавбаларим саноғин билмай, Ҳато қилишимни сўрар Худодан! Мен яна йўлимда этаман давом, Карвоним ортида итлар талатўп. Тирикман! Сабаби, дуога қўл очиб мудом, Бошим омонлигин сўраганлар кўп! © Малика Тавфиқ T.me/+yZ0PWjCgdBw3MjI0 T.me/+yZ0PWjCgdBw3MjI0
Hammasini ko'rsatish...
#PREMYERA Sen ham rozi bo’lgin ey hayot! Men roziman ne’matlaringdan, Qismatimni bitibsan obod, Kamim yo’qdur bugun hech kimdan, Sen ham rozi bo’lgin ey hayot! Sinovlaring tobladi meni, Yashayabman qara, mag’rur, shod, Men g’animat bildim har kunni, Sen ham rozi bo’lgin ey hayot! Nolishlarim zanjirband bugun, Shukronalar orzuga qanot, Kechirganda yechilar tugun, Sen ham rozi bo’lgin ey hayot! O’tdik qancha davonlaringdan, Barchasidan chiqardik sabot, Ko’tarildik narvonlaringdan, Sen ham rozi bo’lgin ey hayot! Boshimizdan qorlar elandi, Ba’zan bari etildi barbod, Falsafasin tushundim endi, Sen ham rozi bo’lgin ey hayot! Yashamoqning fursati qaytmas, Deding: - “Mana, ishq bodasin tot”, Buni mendan boshqasi aytmas, Sen ham rozi bo’lgin ey hahot! Kamola Abduvaliyeva she’ri https://t.me/+PBE4iYDhh-GjsEVv Ⓜ️anba: @sherlar         👍 #like_boss👇
Hammasini ko'rsatish...
Uzr so’rab… Orzu-havaslarga uchib ketyapsan, Ko’p o’tmay qadrimni bilasan hali. Tanlagan yoringdan mehr topolmay, Bir kun uzr so'rab kelasan hali. Qalbingni go’zal deb adashganim rost, Yuzing go’zal ekan, ko’zlaring charos, Chiroyingga uchib adashdim, xolos, Bir kun uzr so'rab kelasan hali. Do’st tutunib jonsiz shu qalam bilan, Men she'rlar yozaman dard, alam bilan, Ko’zing yoshga to’lib, afsus-g'am bilan, Bir kun uzr so'rab kelasan hali. Armon sovg’a qilib ketyapsan menga, Men ham bitta va'da beraman senga, Boshingni jim egib, tikilib yerga, Bir kun uzr so'rab kelasan hali. Pulga bog’liq emas bilgin har narsa, So’zlarim rostligin bilasan hali. O’sha kun kelguncha o’zingni asra, Bir kun uzr so'rab kelasan hali. 19:11.30.04.2024 ✍️Muallif: Qodir Qaxxor https://t.me/+PBE4iYDhh-GjsEVv Ⓜ️anba: @sherlar         👍 #like_boss👇
Hammasini ko'rsatish...
Ona…! Allohim jonimni olmasa hali, Kimni kim bo’lishin ko’raman, ona. Davrimiz kelyapti shamolday yelib, Oz qoldi zo’r bo’lib ketaman, ona. Ust-boshim eski, noz qildi sanam, Kechib keldim bugun sevgisidan ham, Siz borsiz yonimda menga nima g’am? Oz qoldi zo’r bo’lib ketaman, ona. Yor vafo qilmadi, bevafo ekan, Dunyo ishlariga kulaman, ona. Erkak yig’lamaydi deb aytgan o’ziz, Oz qoldi zo’r bo’lib ketaman, ona. Yigit boshim egib qo’yganimcha yo’q, Harakat qilyapman yana va yana, Ko’zingiz yoshlarga to’lmayin tursin, Oz qoldi zo’r bo’lib ketaman, ona. Yo’qchilikda ketar hammasi sotib, Eng sodiq do’stimsiz bilaman, ona. Duo qilib turing Alloh kuch bersin, Oz qoldi zo’r bo’lib ketaman, ona.
Muallif: Qodir Qaxxor
✨ 𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦 | ZOR_SHERLAR
https://t.me/joinchat/AAAAAFSr_DNLiYs5emlrpw ☝️ Do'st va Yaqinlarizga yuboring ❗️
Hammasini ko'rsatish...
👍 3👏 1
Ertaroq bilsam qaniydi Qilmagandim axir hech kimni bezor, Savollar ichimda darddek og’riydi, Sevmoq tashvish ekan, ishq ekan ozor, Men shuni ertaroq bilsam qaniydi. Go’yo aybdorman, goyo mag’lubman, Muhabbat ruhimni yaxshi taniydi, U sabab qanchalar tez ulg’ayibman, Men shuni ertaroq bilsam qaniydi. Kurashdim rashq degan g’alayon bilan, Xijron qaynaganda diydor soviydi, Yashash mumkin ekan chalajon bilan, Men shuni ertaroq bilsam qaniydi. Bevafo chiqdiku sabr, bardoshim, Matonat olisdan meni koyiydi, Ko’zimni tark etar har kuni yoshim, Men shuni ertaroq bilsam qaniydi. Qaysi gunoh uchun jazoga kelding, Yuragim nuraydi, sim-sim qonaydi, Tangrim meni qo’lla, qayta yaratgin, Sevmasdim, men buni bilsam qaniydi. Yurakni tong bilan yuvsam qaniydi, Ketmas tuyg’ularni quvsam qaniydi, Rahm bilmas ekan ishq deganlari, Men shuni ertaroq bilsam qaniydi.
Kamola Abduvaliyeva
✨ 𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦 | ZOR_SHERLAR
https://t.me/joinchat/AAAAAFSr_DNLiYs5emlrpw ☝️ Do'st va Yaqinlarizga yuboring ❗️
Hammasini ko'rsatish...
👍 1
Sevgingiz sevgimga buncha yarashdi. O’n sakkiz ming olam mavjud dunyoda, Nigohlar tushdiyu, ko’zlar qamashdi, Tuyg’ular yurakda tizildi shoda, Sevgingiz sevgimga buncha yarashdi. Bunchalar mukammal sevmagan hech kim, Muhabbat azob deb bizni aldashdi, Ishqingiz yo’lida jonimdan kechdim, Sevgingiz sevgimga buncha yarashdi. Mehr ko’rsatasiz saodat bilan, G’amxo’ringni topsang o’zgacha gashti, Tuyg’ular boshlandi ibodat bilan, Sevgingiz sevgimga buncha yarashdi. Suyukligim, borim, sultonim, begim, Ta’riflar boshlasam so’zlar qalashdi, Dunyolarni qo’yib men Sizni dedim, Sevgingiz sevgimga buncha yarashdi. Sochlarim silasa barmoqlaringiz, Yuragim baxt ichra go’zal adashdi, Sevdim deb aytganda dudoqlaringiz, Sevgingiz sevgimga buncha yarashdi. Dasta gullaringiz jonimga mador, Sabringiz ishqimga sadoqat qo’shdi, Baxt bizdan baxt so’rab turar umidvor, Sevgingiz sevgimga buncha yarashdi. Muhabbat azob deb bizni aldashdi…
Kamola Abduvaliyeva she’ri
✨ 𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦 | ZOR_SHERLAR
https://t.me/joinchat/AAAAAFSr_DNLiYs5emlrpw ☝️ Do'st va Yaqinlarizga yuboring ❗️
Hammasini ko'rsatish...
👍 1
ONA Meni o'g'il qilib tug'sang bo'larkan Uy tomin boshqattan yopib berardim. Ishlab, davlat topib, hech kim kiymagan Asl matolardan topib berardim. Qiz bola birovni xasmi, palaxmon Uziq uzoqlarga otilib ketdim. Vada qilingani o'sha bir xirmon Sariq chaqalarga sotilib ketdim. Qara qolib ketdi qarzlar uzilmay Sen yoq ostonani yalab - yulqadim. Seni sog'insam ham quchib suyolmay Kimni Onajon deb tinmay alqadim. ONA Meni o'g'il qilib tug'sang bo'larkan Umrim o'tmasmidi yetti bukilib. Menga deb barmog'ing teshilib tikkan Yostiq jiltlariga ketdim to'kilib. Qizing qismatidan kuyib ketmasding Ezilib ketmasding mendan ming chandon. Yetmishga bukilib ketmasdi qadding Negayam, negayam qiz qilib tug'ding, Onajon Kechir kechirolsang mendan rozi bo'l So'litgan men bo'ldim guldek yuzingni. Oh... Ona shundayam duo qilasan Faqat qizlarini o'ylar qizingni.... ONA MENI O'G'IL QILIB TUG'SANG BO'LARKAN.... ✨ 𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦 | ZOR_SHERLAR
https://t.me/joinchat/AAAAAFSr_DNLiYs5emlrpw ☝️ Do'st va Yaqinlarizga yuboring ❗️
Hammasini ko'rsatish...
👍 1🤗 1
#ПРЕМЬЕРА 🔥Дадамга ўхшайман дадамга... Эголмас бошимни синовлар, Шерикмас юрагим аламга... Мен учун ўрнакмас бировлар, Дадамга ўхшайман дадамга... Омадни қидирсам ёнда бор, Шижоат дадиллик жонда бор, Қонда бор биродар қонда бор, Дадамга ўхшайман дадамга... Осмонга илганман шаънимни, Буколмас душманлар танимни, Нигоҳим титратар ғанимни, Дадамга ўхшайман дадамга... Менда бир яхшилик кўрсангиз, Ким экан бу дея сўрсангиз, Айтайми? Билмоқчи бўлсангиз, Дадамга ўхшайман дадамга... Ҳикмати дилимга мисли шам, У борки енголмас мени ғам, Замоннинг энг зўри бўлсам ҳам, Дадамга ўхшайман дадамга... Эголмас бошимни синовлар, Шерикмас юрагим аламга... Мен учун ўрнакмас бировлар, Дадамга ўхшайман дадамга... 📝Муаллиф: Зоҳид Зиё... ✨ 𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦 | ZOR_SHERLAR
https://t.me/joinchat/AAAAAFSr_DNLiYs5emlrpw ☝️ Do'st va Yaqinlarizga yuboring ❗️
Hammasini ko'rsatish...
👍 1
🔥ОНА... Она қизингизни қалби йиғлади, Сизга айтолмади юрагин ютиб. Бугун қузғунлари уни талади. Фақат жим ўтирди у сизни кутиб. Она қизингизни кўзларида нам, Озор бераверар дилозорлари. Она дуо қилинг еб қўйябди ғам, Фақат билвогани гап бозорлари. Она қизингизни дард босди бирам, Бошини ёстиқдан кўтармайди ҳеч. Келиб бошим силаб қўйсайди онам, Деб ҳаёлан кунин қилаверар кеч. Она қизингизни кўзларида нам, Озгина сабрингиз менга ҳам беринг. Шу юрак қурғур ҳам бермаяпди дам, Сиздек ғайратим йўқ мени кечиринг. 📝Дилфуза Саттарова ✨ 𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦 | ZOR_SHERLAR
https://t.me/joinchat/AAAAAFSr_DNLiYs5emlrpw ☝️ Do'st va Yaqinlarizga yuboring ❗️
Hammasini ko'rsatish...
👍 1