cookie

Sizning foydalanuvchi tajribangizni yaxshilash uchun cookie-lardan foydalanamiz. Barchasini qabul qiling», bosing, cookie-lardan foydalanilishiga rozilik bildirishingiz talab qilinadi.

avatar

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi

Adabiyot yashasa, millat yashaydi. Фикр ва мулоҳазаларингизни, адабиёт ҳақидаги мақолаларингизни шу манзилга йўлланг: @yozuvchilarbot

Ko'proq ko'rsatish
Reklama postlari
4 495
Obunachilar
-624 soatlar
+47 kunlar
-2430 kunlar

Ma'lumot yuklanmoqda...

Obunachilar o'sish tezligi

Ma'lumot yuklanmoqda...

06:21
Video unavailableShow in Telegram
🇺🇿
👍
😊
02:19
Video unavailableShow in Telegram
🇺🇿
👍
😊
00:20
Video unavailableShow in Telegram
Berlindagi Humboldt universitetida Abdulla Qodiriy va Muhammad Yusuf ijodiga bag'ishlangan adabiy kecha tashkil etildi Batafsil Батафсил Telegram Русский | English | Facebook | Twitter | YouTube
Hammasini ko'rsatish...
🇺🇿
👍
😊
Qirg‘iz adibi Yozuvchilar uyushmasi a’zosi bo‘ldi Qirg‘izistonlik adib, Qirg‘iziston Fanlar akademiyasining akademigi, Chingiz Aytmatov nomidagi til va adabiyot instituti direktori, Xalqaro Aytmatov akademiyasi prezidenti Abdildajan Akmataliyev O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining faxriy a’zosi bo‘ldi. Unga a’zolik guvohnomasini Yozuvchilar uyushmasi raisi Sirojiddin Sayyid topshirdi. Guvohnoma topshirish marosimi samimiy ruhda kechdi. Unda qirg‘izistonlik, o‘zbekistonlik bir guruh ijodkorlar qantashdi. Tadbirda Sirojiddin Sayyid, Ahmadjon Meliboyev, Zuhriddin Isomiddinov, Rustam Musurmon adibning kelgusi ijodiga zafarlar tiladi. O‘zbek-qirg‘iz xalqlari o‘rtasidagi o‘zaro do‘stlik aloqalari, adabiy hamkorlik yanada rivojlanishi kerakligi aytildi. Qardosh ijodkor Abdildajan Akmataliyev bunday e’tirofdan mamnunligini izhor qilib, Yozuvchilar uyushmasi jamoasiga minnatdorlik bildirdi. O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
Hammasini ko'rsatish...
Jarayondan suratlar
Hammasini ko'rsatish...
Qozon shahrida Muhammadiyor nomidagi xalqaro turk adabiyoti festivali bo‘lib o‘tdi 22-24-may kunlari Qozon shahrida Muhammadiyor nomidagi xalqaro turk adabiyoti festivali hamda Tatariston Yozuvchilar uyushmasining 90 yilligiga bag‘ishlangan tadbirlar bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston xalq shoiri Usmon Azim va taniqli tarjimon Raʼno Azimova ishtirok etdi. – Bu tadbirga Rossiyaning turkiy xalqlari, Ozarbayjon va Markaziy Osiyo mamlakatlari adabiyotlarining yetuk vakillari taklif etildi, – dedi Usmon Azim. - Ularning ko‘pchiligi bilan avvaldan tanish bo‘lganimiz uchun bu anjumanda qatnashish va norasmiy suhbatlarimiz ham maroqli kechdi. Tadbir Tatariston hukumatining qabul marosimi va shu doiradagi davra suhbati bilan boshlandi. Unda so‘zga chiqqanlar o‘zlarining hamda turkiy xalqlar adabiyotining yutuqlari va muommolari haqida so‘zladi. O‘z navbatida, men ham bu suhbatda qatnashib, tatar va o‘zbek xalqlaring azaliy qon-qarindoshlik aloqalari, adabiyotimizning va maʼrifatparlarimizning ezgu hamkor harakatlari to‘g‘risida muxtasar to‘xtalib o‘tdim. Shuningdek, XX asr boshlaridagi tatar maʼrifatchilarining Turkistonda yuritgan faoliyati umumturkiy jadid harakatida katta rol o‘ynaganini taʼkidlab o‘tdim. Tatar adabiyotidan Abdulla To‘qay, Dardmand, Miraziz Uqmasiy, Said Ramiyev, Musa Jalil, Hasan To‘fon, Sibʼat Hakim, Nuriy Arslonov, Shavkat Galiyev, Robert Minnulin asarlari Mamarasul Boboyev, Sulton Jo‘ra, Tohir Qahhor, Abusaid Ko‘chimov, Miraziz Aʼzam, Abdurahmon Akbar, Cho‘lpon Ergash, Abdulla Sher, Jamoliddin Muslim kabi tarjimonlarimiz tomonidan o‘zbek tiliga o‘girilgan. Aytish kerakki, O‘zbekistonda hozir ham turkiy xalqlar hayoti, madaniyati, sanʼati va adabiyotiga bo‘lgan qiziqish katta, buning oqibati o‘laroq “Turkiy adabiyot durdonalari” shohlavhasi ostida 100 jildik kitoblar majmuasi nashr etilgan, endi esa “Jahon bolalar adabiyoti xazinasi” 100 jildlik asarlar majmuasi chop qilmoqqa tayyorgarlik boshlab yuborilgan. Qardosh adabiyotlar vakillarida bu axborot katta qiziqish uyg‘otdi. Tadbirlar doirasida Tatariston Fanlar akademiyasining qo‘lyozmalar va musiqiy meros markazi, Bulg‘or davlat muzey-qo‘riqxonasi, “Yassaviy merosi va qadimiy Turkiston” ko‘rgazmasiga sayohat, “Turkiy xalqlar adabiyoti: tarix va zamonaviylik”, “Xalqlar do‘stligi – adabiyot do‘stligi: hamkorlik istiqbollari” mavzularida davra suhbatlari bo‘lib o‘tdi. – Iltimosimga ko‘ra, institut rahbari menga “U istokov uzbekskoy istoriografiii”, “Tatari v Turkistane na izlome vek”, “Tatar vakitli matbugati saxifalarenda Turkiston” kabi mehr bilan nashr etilgan (ko‘rinib turibdi!) kitoblarni sovg‘a qildi. Bu kitoblar Tataristondan olib kelgan eng katta sovrinimdir, – deb hikoya qildi Usmon Azim. Tatariston Yozuvchilar uyushmasining 90 yilligiga bag‘ishlangan anjumanni Uyushma raisi, Tatariston xalq shoiri Rkail Zaydulla olib bordi. Tatariston Yozuvchilar uyushmasining tarixi 1934 yil 25-29 iyulda Qozon shahrida bo‘lib o‘tgan Umumtatar yozuvchilarining I qurultoyidan boshlanadi. O‘shanda G‘alimjon Nig‘matov, Rizo Eshmurod, Karim Tinchurin, Fotih Karimlar maxsus maʼruzalar bilan so‘zga chiqishgan, shu anjumanda Qavi Najmiy Yozuvchilar uyushmasining raisi etib saylangan edi. Hozirgi kunda ijod qilayotgan Uyushma aʼzolari soni uch yuz ellikka yaqin. Anjumanda Raʼno Azimova o‘zbek adabiyotining xorijiy tillarga tarjima qilinishi, jumladan, Moskvada “Ladomir” nashriyotida nashr etilgan ikki jildlik “O‘zbek sheʼriyati antologiyasi” xususida so‘zladi. Bo‘lib o‘tgan qardoshlar mushoirasida turkiy tillarda sheʼrlar yangradi. O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Axborot xizmati
Hammasini ko'rsatish...
СОЛНЦЕ Рустам Мусурмон, Заслуженный деятель культуры Узбекистана, Народный поэт Каракалпакстана (На перевод Эркином Вахидовым «Фауста» Гете) Поэт щедр, как солнце, на теплые чувства, Калам его полон лучистого света. Создать перевод – это тоже искусство, И Фауст теперь обитатель Ташкента. Прочел по-узбекски я плавные строчки, Алмазы бессмертного произведения; Великий наш мастер, поэт, переводчик Так скромно свой труд оценил во вступлении: «Луна теперь плачет, слеза ее льется, И сердце терзается горькой тоскою. Она восклицает: «О небо, я – солнце, Зачем перевод меня сделал луною?» Рождаются вторники, среды, субботы, Луна возрождается в новом истоке. Вахидов-поэт завершил переводы – И Запада Солнце взошло на Востоке. Перевод Николая Ильина
Hammasini ko'rsatish...
Открыть комментарии
Hammasini ko'rsatish...
27 мая 2024 г.

Jarayondan suratlar
Hammasini ko'rsatish...
Moziy va davr haqiqatlarini teran ifodalovchi adib Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “Do‘stlik” ordeni hamda “Mehnat faxriysi” ko‘krak nishoni sohibi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, taniqli yozuvchi Jo‘ra Fozil asarlari haqida G‘ayrat Murodov va Sayyora Latipova tomonidan yaratilgan “Epik ijodda tasvirlash mahorati” nomli kitobning taqdimoti o‘tkazildi. Tadbirda Jo‘ra Fozilning adabiy faolligi, uning milliy nasr maydonida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan ijodi, shirali tili, aniq tasvirlari, yaratgan tabiiy insoniy qiyofalarga ega qahramonlari bilan kirib kelgani ta’kidlandi. Yozuvchi epik turning barcha janrlarida qalam tebratib kelmoqda. U o‘z qissa va romanlarida moziy va zamona haqiqatlarini badiiy ifodalashga harakat qilib kelmoqda. Yangi nashr etilgan kitob til va adabiyot yo‘nalishi talabalari, magistrantlari, doktorantlar, shuningdek, so‘z san’ati muxlislariga mo‘ljallangan. Yozuvchi Jo‘ra Fozil (Jo‘ra Vahobovich Fozilov) 1949-yil 5-oktyabrda Buxoro viloyati Romitan tumanida tug‘ilgan. ToshDU – Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining jurnalistika fakultetini tugatgan. O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi Jo‘ra Fozilning “Muhabbatning bayramlari”, “Barqut mavsum”, “Buxoro elchisi”, ”Baxt yulduzi”, ”Mening qizil gulim”, ”Bolalikning yolg‘iz yodgori”, ”Buxoriyning qaytib kelishi”, “Ayriliq ostonasi”, “Tiramoh armonlari”, “G‘oziyon zindoni”, “Yo‘lbarsdaraning so‘nggi sultoni”, “Oshiq Buxoriy qissalari”, “Xongulning sarguzashtlari” kabi hikoyalar, qissalar va romanlardan iborat kitoblari nashr etilgan. Jo‘ra Fozil o‘z asarlari bilan bir qator respublika miqyosidagi ijodiy tanlovlarda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan. Yaqinda Turkiya poytaxti Anqara shahridan yana bir xushxabar keldi. Mamlakatda chop etiladigan “Qardosh qalamlar” adabiy-badiiy, ijtimoiy jurnalida hamyurtimiz yozuvchi, jurnalist va tarjimon Jo‘ra Fozilning “Otbozor hibsxonasi” hikoyasi turk tilida e’lon qilindi. Taqdimot tadbirida Jo‘ra Fozil ijodining o‘ziga xosligi, yangi kitob haqida batafsil so‘z yuritildi. Nazokat Usmonova, O‘zA
Hammasini ko'rsatish...