cookie

Sizning foydalanuvchi tajribangizni yaxshilash uchun cookie-lardan foydalanamiz. Barchasini qabul qiling», bosing, cookie-lardan foydalanilishiga rozilik bildirishingiz talab qilinadi.

avatar

Tarixchi Akademiklar⚡

"Tarixni mensimaydigan avlod o'tmishi ham, kelajagi ham yo'q". ©️ Robert Xaynlin O'z o'tmishiga befarq bo'lmagan yoshlar uchun... 🌱 Shaxsiy blog: @The_best_blog

Ko'proq ko'rsatish
Reklama postlari
479
Obunachilar
Ma'lumot yo'q24 soatlar
Ma'lumot yo'q7 kunlar
Ma'lumot yo'q30 kunlar

Ma'lumot yuklanmoqda...

Obunachilar o'sish tezligi

Ma'lumot yuklanmoqda...

🔶 ANQARA JANGI HAQIDA UMUMIY MA'LUMOTLAR. ══════════════ 📆 SANA: • 1402-yil 20-iyul. ══════════════ 🗺 URUSH YERI • Anqara. ══════════════ 🔰NATIJA: • Temuriylar g‘alabasi. ══════════════ ⚔RAQIBLAR: • Temuriylar davlati.                & • Usmoniylar imperiyasi. • Moraviya Serbiyasi. • Branković tumani. ══════════════ 🗡QO‘MONDONLAR: ⚜Amir Temur: ᅠ• Shoxrux Mirzo (chap qanot). ᅠ• Sulton Mahmud (chap qanot). ᅠ• Xalil Sulton (chap qanot). ᅠ• Mironshoh (o‘ng qanot). ᅠ• Abu Bakr (josus quvvati). ᅠ• Amir Jalol Islom (asos quvvati). ᅠ• Pirmuhammad (asos quvvati). ᅠ• Muhammad Sulton (ehtiyot quvvati). ᅠ• Eson Buga (fil quvvati). ᅠ• Sulton Husayn Tayichud. ᅠᅠᅠᅠᅠᅠᅠ& ⚜Boyazid Yildirim: ᅠ• Chandarli Ali posho (asos quvvati). ᅠ• Süleyman Çelebi (chap qanot). ᅠ• Stefan Lazarević (chap qanot). ᅠ• Kara Timurtaş Paşa (o‘ng qanot). ᅠ• Mehmed Çelebi (ehtiyot quvvatlari). ══════════════ 🛡KUCHLAR: ⚜Temuriylar davlati: ᅠ• Og‘ir zirxli suvoriylar. ᅠ• Turkiy va mo‘g‘ul kamonchilari. ᅠ• Piyodalar. ᅠ• 32 ta jangovar fil. Jami: 200 000 lik qo‘shin. ᅠᅠᅠᅠᅠᅠᅠ& ⚜Usmoniylar imperiyasi: ᅠ• 5.000 ta yanicharlar. ᅠ• 10.000 ta serb piyodalari. ᅠ• Sipohiylar. ᅠ• Qora tatarlar. Jami: 160 000 lik qo‘shin. ══════════════ ♻️YO‘QOTISHLAR: ⚜Temuriylar davlati: • 15 000 - 25 000 kishi o‘lgan va yaralangan. ᅠᅠᅠᅠᅠᅠᅠ& ⚜Usmoniylar imperiyasi: • 40 000 - 50 000 kishi o‘lgan va yaralangan. ᅠᅠᅠᅠᅠᅠᅠ= 🧱UMUMIY YO‘QOTISHLAR: • 55 000 - 75 000 kishi. ══════════════ Ushbu jangning sodir boʻlishiga asosan quyidagi omillar sabab boʻlgan: Iroq, Shom, Dashti Qipchoq, Xuroson, Hindiston, Jeta singari mamlakatlarni oʻziga itoat ettirishga muvaffaq boʻlgan Amir Temur oʻz saltanatining jan.-gʻarbiy hududlariga yaqin joylashgan Bolqon ya. o. va Kichik Osiyoda barpo etilgan qudratli Usmonlilar davlatining kuchayib ketayotganligidan xavotirda edi, chunki Gʻarbiy Yevropa ritsarlaridan tashkil topgan katta armiyani tor-mor etgan, Bolqon davlatlarini egallagan usmoniy turklar Amir Temurga taalluqli viloyatlarga ham tahdid sola boshlagan edi. Tarixning guvohlik berishicha, Amir Temur oʻz qoʻshini bilan Sharqiy Anadolu sarhadlariga 1386-y. qadam qoʻygan va Arzinjon sh. yaqinida turklarning katta harbiy kuchlarini magʻlub etgan. 1395-y. Sohibqiron bu oʻlkalarga ikkinchi bor yurish qiladi, Sivosni qoʻlga kiritadi. Amir Temur Anqara jangiga qariyb ikki yildan ortiq tayyorlanadi: 1399-y. Rumga yuzlanadi va Boyazid tomonidan fath qilingan Kamoh qalʼasini qamal qiladi. Kamoh fath etilgach, koʻp fursat oʻtmay Amir Temur Anqarani qamal qiladi. Sohibqironning bu harakati aslida taktik tadbir boʻlib, tajribali sarkardaning asosiy maqsadi Boyazidni asosiy kuchlarini shahar mudofaasiga tashlashga majbur etib, soʻng unga qaqshatqich zarba berish edi. Toʻqat sh. yonida asosiy harbiy kuchlari bilan turgan Boyazid I Sohibqiron askarlarining Anqarani muhosara qilganligidan xabar topadi va qamaldagilarga koʻmak berishga oshiqadi. Amir Temur Anqara qamalini bekor qiladi va raqibini kutib olish taraddudini koʻradi. Qoʻshin qismlarini janggohning (Chibukobod degan yerda) qulay yerlariga joylashtiradi. Lashkargoh atrofida xandaklar qazilib, xavfsizlik choralari koʻriladi. Natijada Boyazid I qoʻshini oʻzi uchun oʻta noqulay shart-sharoitda jangga kirishga majbur boʻladi. Sulton qoʻshini ayniqsa, suv tanqisligi tufayli vujudga kelgan tashnalikdan qattiq azob chekadi.  @Tarixchi_akademiklar - tarixni oson o'rganamiz !🕰
Hammasini ko'rsatish...
01:58
Video unavailableShow in Telegram
2014-yil Cygnus CRS Orb-3 ta'minot missiyasini raketasining ko'tarilishi va portlashi videosi. @Tarixchi_akademiklar - tarixni oson o'rganamiz !🕰
Hammasini ko'rsatish...
12.55 MB
Photo unavailableShow in Telegram
👨‍🏫 Bir kuni Albert Eynshteyn doskada masala yechdi: 9 x 1 = 09 9 x 6 = 54 9 x 2 = 18 9 x 7 = 63 9 x 3 = 27 9 x 8 = 72 9 x 4 = 36 9 x 9 = 81 9 x 5 = 45 9 x 10 = 91 Toʻsatdan zalda tartibsizlik paydo boʻldi, chunki Albert Eynshteyn bitta masalani notoʻgʻri yechgan edi, 9 x 10=91. Barcha oʻquvchilari uni masxara qilishdi. 🟥Eynshteyn hamma jim boʻlishini kutdi va shunday dedi: Toʻqqizta savolni toʻgʻri tahlil qilgan boʻlsam ham, hech kim meni tabriklamadi, lekin men bitta savolni notoʻgʻri yechganim uchun hamma ustimdan kuldi. Demak, agar inson juda muvaffaqiyatli boʻlsa ham, odamlar koʻziga uning eng kichik xatosi koʻrinadi va koʻpchilik bundan «zavqlanadi». ☝️Hayotda hech qachon xato qilmaydigan yagona odam – hech narsa qilmaydigan odamdir @Tarixchi_akademiklar - tarixni oson o'rganamiz !🕰
Hammasini ko'rsatish...
​​Qilich evaziga qurilgan shifoxona 1910 yili Xiva xoni Isfandiyorxon va bosh vazir Islomxo'ja Sankt-Peterburgga borganlarida Saroyda valiahd shahzodaning tug'ilgan kuni nishonlanayotgan ekan. Isfandiyor yoshligidan qilich yasashga ixlos qo'ygan edi. O'sha safarda u o'zi yasagan tilla qilichni Peterburgga olib borgandi. Shunda ular tug'ilgan kundan bexabarligini aytib, uzr so'rab, arzimas sovg'a sifatida o'sha Isfandiyorxon o'z qo'li bilan yasagan, tilladan naqsh solingan qilichni o'sha shodiyona arafasida kasallanib, hanuz dardi yengillashmayotgan shahzoda Alekseyga berdi. Bunday ajoyib durdonani ko'rgan Nikolay 2 va uning yonidagilar qilichdan ko'z uzolmas, shahzoda esa mahkam ushlaganicha, hadya bois ruhiyati tetiklashayotganini sezdi. Shodiyonadan so'ng xon va vazir bu yilgi bojni olib kelganini aytishdi. O'g'lining aynan sovg'a bois kasaldan forig' bo'layotganini sezgan imperator quvonganidan bir yillik bojdan voz kechib yubordi. -Unda bizga ruxsat bersangiz,-dedi Islomxo'ja Nikolay Ikkinchiga. -Xivada shahzoda Aleseyga bag'ishlab, bir shifoxona bunyod qilsak. Toki, unda davolangan kishi shahzodaga duo o'qib, uning ham mudom sog' bo'lib yurishini tilasalar. -Tag'in, oliy hazratlari, pochta va telegrafxonayam qursak, Sankt-Peterburg bilan aloqa o'rnatib, bugungiga o'xshash har bir shodiyonadan boxabar bo'lib, sovg'a-salomlar bilan kelib turardik, -dedi Isfandiyorxon. Imperator bunga ruxsat berdi va shunday qilib 1910 yilda bitta qilich evaziga shifoxona qurilishiga Sankt-Peterburgdan ruxsat olinadi. 1913 yilda Xivada ilk bor zamonaviy shifoxona ishga tushiriladi. Uning peshtoqiga ko'k koshin plitkalarda shunday so'zlar bitilgan: “podshohi a'zam imperaturi hazratlarining valiyahdlari shahzoda, ulug' knyaz Aleksey Nikolaevich janobi oliyning nomlariga Sayyid Isfandiyorxonning taraflaridin Toza Xivaqda bino etilgan xastaxona. 1331 hijriy." @Tarixchi_akademiklar - tarixni oson o'rganamiz !🕰
Hammasini ko'rsatish...

IMOM AL– BUXORIY Imom Buxoriy (809-870) Buxoroda tug'ilib, shu yerda birinchi bilimlarini oladi. So'ngra uni yanada chuqurlashtirish maqsadida Makka, Madina, Bag'dod, Damashq, Kufa, Nishopur kabi shaharlarga boradi. Manbalardan bizga ma'lumki, Imom Buxoriy islom dini masalalariga bag'ishlangan 20 ga yaqin asar yozgan. Shu kitoblar orasida Buxoriyni butun dunyoga mashhur qilgan asari "Al - Jome' as-sahih" ("Ishonchli to'plam")dir. Bu asar 160 qismdan iborat bo'lib 3450 bobni o'z ichiga oladi. Buxoriy hadislarni to'plash va bayon etishda ularning haqiqiyligiga jiddiy e'tibor bergan va haqiqatga yaqinligini isbotlovchi dalillarni keltirib, shu asosda hadislarni tasniflagan olimdir. Umrining oxirida u o'z Vataniga qaytib keladi va Samarqand yaqinida vafot etadi. Mustaqillik yillarida bu ulug' bobokalonimiz ruhini shod etib, O'zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov tashabbusi bilan uning vafot etgan joyida ulkan majmua barpo etildi. Hozirda bu joy nafaqat mamlakatimiz fuqarolari, balki butun dunyo ahlining ziyoratgoh joyiga aylangan. @Tarixchi_akademiklar - tarixni oson o'rganamiz !🕰
Hammasini ko'rsatish...
Photo unavailableShow in Telegram
"Haqiqiy qirol boshqa hukmdorni oʻldirmaydi" "Men amakimga hamrohlik qilishdan boshladim. U Misrni zabt etdi va keyin vafot etdi. Va keyin Alloh mening qo'llarimga kuch berdi, men buni umuman kutmagan edim." Salohiddin Ayubiy @Tarixchi_akademiklar - tarixni oson o'rganamiz !🕰
Hammasini ko'rsatish...
​​Quddus xaloskori Sulton Salohiddin Ayubiy Sulton Salohiddin 1137-yil Tikritda tug'ilgan. Millati kurd. Asl ismi Yusuf ibn Ayub. Salohiddin - uning kunyasi bo'lib, dinni isloh etuvchi degan ma'noni beradi. Yoshligidan falsafa, matematika, fiqh ilmlari va she'riyatga juda qiziqqan Salohiddindan sarkarda chiqishini ko'pchilik kutmagan. Harbiy ishlarni o'z amakisi Asad ad Din Shikruhdan o'rgangan va 1169-yilda u bilan Misrni zabt etgan. Shu yili amakisi vafot etadi. Damashq amiri Misrdagi hokimiyatni shiyalardan Al Adidga topshiradi, lekin u Salohiddin foydasiga taxtdan voz kechadi. Hokimiyatni ancha mustahkamlab olgan Salohiddinning Quddusni salibchilardan ozod qilish orzusi bor edi va bu voqea tezlashishiga Arnaut shahzodasi Rui de Shatilioning Salohiddinning singlisi ichida bo'lgan kemaga hujum qilishi sabab bo'ldi. U Quddus qiroliga aybdorni jazolash haqidagi maktubi javobsiz qolgach Quddusga yurish boshlaydi. Hal qiluvchi Hittin jangida musulmonlar xristianlar armiyasini tor-mor qiladi. Quddusni egallaganda salibchilar musulmonlarning qonini daryo qilib oqizgan edi va shuning uchun ular musulmonlardan yengilganida, qasosdan qo'rqib juda vahimaga tushdi, lekin Salohiddin asirlarga xushmoamala bo'ldi. Faqatgina islom dushmani bo'lgan tampliyerlar va ionitlarni ayamay qatl qildi. Rene Shatilioga esa islomni qabul qilish shartini qo'ydi va bundan bosh tortgan shahzodani Salohiddinning o'zi boshini tanasidan judo qildi. Qolgan asirlarga to'lov evaziga o'zini ozod qilishga ruxsat berdi. Keyinchalik esa puli yo'q kambag'allarni ham ozod qildirib, ularni qo'yib yubordi. Quddusda qolishni istagan xristanlarni ham himoyasiga olishga va'da berdi va bu bilan Islom dinining naqadar shafqatli din ekanini isbotladi va xristianlar orasida ham cheksiz hurmatga sazovor bo'ldi. Xristianlar Quddusni qaytarib olish uchun uchinchi salib yurushlarini boshladi va bu yurushda Yevropaning eng kuchli hukmdorlari: Angliya qiroli Richard I sheryurak, Fransiya qiroli Filipp II va Germaniya qiroli Fridrix I lar bor edi. Bu yurishda dastlab Fridrix I halok bo'ldi va salibchilar 2 armiya bilan qoldi. 1191-yil Akr egallanganidan so'ng esa Filipp II ham Fransiyaga qaytib ketdi va Salohiddinga qarshi faqatgina Richard I Sheryurak qoldi. Bu janglardagi Salohiddinning o'zini tutishi keyinchalik uni nomini butun Yevropaga doston qildi. Janglardan birida otidan ajralgan Richardga u ot yubortiradi va zaif dushmanni yengish u uchun or sanalishini aytadi. Bir safar esa och qolgan salibchilarga oziq-ovqat va mevalar jo'natgan, hattoki kasal bo'lib qolgan Richard I Sheryurakka o'z tabibini yordamga yuborgani ham tarixda qolgan. Yevropadagi ritsarlik kodeksining ko'plab joylari Sulton Salohiddinning oliyjanobliklaridan olingani ham haqiqat. Uchinchi salib yurishlari 1191-yilda tinchlik sulhi bilan tugaydi va Quddusda ikki din vakillari ham tinch-totuv yashashiga kelishib olinadi. Hokimiyat musulmonlar qo'li ostida saqlanib qoladi. Sulton Salohiddinning bu oliyjanob ishlari tufayli uni hozirgi kungacha ham butun Yevropa hurmat bilan tilga oladi! @Tarixchi_akademiklar - tarixni oson o'rganamiz !🕰
Hammasini ko'rsatish...

2:24:46
Video unavailableShow in Telegram
#tarixiy_film Muqaddas zamin @Tarixchi_akademiklar - tarixni oson o'rganamiz !🕰
Hammasini ko'rsatish...
Muqaddas-Zamin.mp4264.73 MB
Photo unavailableShow in Telegram
Qora dushanba Qora dushanba odatda 1987-yil 19-oktabr dushanba kuni global, to‘satdan, shiddatli va asosan kutilmagan fond bozori qulashiga berilgan nomdir. Yigirma uchta yirik jahon bozorlarining barchasi 1987-yil oktyabr oyida keskin pasayishni boshdan kechirdi. Dunyo boʻylab yoʻqotishlar 1,71 trillion AQSh dollariga baholangan. Halokatning jiddiyligi kengaygan iqtisodiy beqarorlik yoki hatto Buyuk Depressiyaning qayta tiklanishi qo'rquvini uyg'otdi. @Tarixchi_akademiklar - tarixni oson o'rganamiz !🕰
Hammasini ko'rsatish...
Photo unavailableShow in Telegram
AQSH. HUQUQLAR TO'G'RISIDA QONUN. Bill huquqlari birinchi o'n norasmiy ismi o'zgartirish uchun AQSH Konstitutsiyasi fundamental saqlamoq, inson va fuqaro huquqlari va erkinliklari, ularning amalga oshirish mexanizmni beradi. O'zgarishlar Jeyms Medison tomonidan 1789-yil 25-sentabrda AQSH Kongressining birinchi yig'ilishida taklif qilingan va 1791-yil 15-dekabrda kuchga kirgan. 15-dekabrda shtat qonun chiqaruvchilari tomonidan ratifikatsiya qilingandan so'ng, "Huquqlar to'g'risidagi qonun" ning umumiy norasmiy nomi ostida AQSH Konstitutsiyasining ajralmas qismiga aylandi. @Tarixchi_akademiklar - tarixni oson o'rganamiz !🕰
Hammasini ko'rsatish...
Boshqa reja tanlang

Joriy rejangiz faqat 5 ta kanal uchun analitika imkoniyatini beradi. Ko'proq olish uchun, iltimos, boshqa reja tanlang.