cookie

Sizning foydalanuvchi tajribangizni yaxshilash uchun cookie-lardan foydalanamiz. Barchasini qabul qiling», bosing, cookie-lardan foydalanilishiga rozilik bildirishingiz talab qilinadi.

avatar

ONA TILI VA ADABIYOT | QUIZ TEST

👩‍🏫 Malika Sayfizoda 📚 Ona tili va adabiyot 🫂 Hamkor kanal: @Test_repetitor 👈 🎞 Reklama uchun: @Reklamamiz_narxlarii

Ko'proq ko'rsatish
Reklama postlari
15 544
Obunachilar
-1324 soatlar
+477 kunlar
-12030 kunlar

Ma'lumot yuklanmoqda...

Obunachilar o'sish tezligi

Ma'lumot yuklanmoqda...

❕❗️❕❗️❕❗️ Tashlanayotgan testalrda muammoli savollar chiqib qolsa, yoki javoblarida ikkalansangiz, o'sha savolning izox qismida muhokama qilsangiz bo'ladi. Ham fikr almashasiz, ham javobini bilib olasiz.
Hammasini ko'rsatish...
👍 10
Badiiy san'atlar va testlar.pdf6.22 KB
👍 3
Qay biri toʻgʻri?Anonymous voting
  • Maʼraka
  • Maraka
0 votes
#Foydali 📝📝GANI yoki - GAN+I 📝📝 Farqlaymiz -gani yaxlit holda maqsad ravishdoshi bo'lgani uchun nima maqsadda? savoli beriladi; -gani+i qo'llangan so'z esa sifatdosh otlashib, nima? savolini qabul qiladi; nima sababdan? savolini qabul qilib sabab holi vazifasida keladi.   @Test_repetitor         @Onatiliquiztest
Hammasini ko'rsatish...
👍 2🔥 2 1
Bo'laklar mustaqilligi Sintaksis bo'limi o'rganilayotganda gap bo'laklaridan to'ldiruvchi, hol va kesim mustaqil va nomustaqil kabi belgilar bilan farqlanadi. Morfologiyadan bilamizki, so'z turkumlari atash ma'nosiga ko'ra mustaqil va yordamchi kabi turlarga ajratiladi. (!) Lekin bu gap bo'laklaridagi mustaqillik boshqa omillar bilan bog'liq. Keling bugun shular haqida gaplashamiz. Kesimdagi mustaqil va nomustaqillik belgisi hol va to'ldiruvchidan farq qiladi. Bu ularning gapdagi vazifasi bilan bog'liq. Kesim gapning mazmuniy markazi bo'lib, usiz gap shakllanmaydi. Va aynan u gapni yakunlab beruvchi birlik hisoblanadi. Aynan shu xususiyati tufayli u mustaqil va nomustaqil kesimga ajratiladi, ya'ni gapni ohang jihatdan mustaqil yakunlay olsa, mustaqil kesim; yakunlay olmasa, nomustaqil kesim. Mustaqil yakunlay olishini tushunamiz, lekin yakunlay olmasligi qanday bo'ladi. Bu turdagi kesimlar gapning markazi bo'lib kelganda gap mazmunan yakunlanmay qoladi va uning mazmunini to'ldirish uchun boshqa bir gap berilishi kerak bo'ladi. Bu turdagi kesimlar, asosan, ergash gapli qo'shma gaplarning ergash gap qismida ishtirok etadi. Nomustaqil kesimlar -sa shart mayli, -(i)b ravishdosh shakllari bilan hosil qilinadi. Misol uchun: • Hayot shunday, ba’zan kuldiradi, ba’zan yig‘latadi.  (mustaqil) • Goh qoqilib, goh surinib bo‘lsada, orzularimiz tomon intilaveramiz. (nomustaqil)    ╔════ ❁📚❁════╗         @Test_repetitor         @Onatiliquiztest    ╚════ ❁📚❁════╝
Hammasini ko'rsatish...
👍 1
Navoiy qit'alari. Foydali bo'ladi, albatta.    @Test_repetitor         @Onatiliquiztest
Hammasini ko'rsatish...
44 A NAVOIY QIT'ALAR SARLAVHALARI BILAN.pdf2.23 KB
👍 1
#test Quyidagi gap haqida to‘g‘ri ma’lumotlar  berilgan javobni aniqlang. Ey farzand, mol jam qilishdan yoki yaxshi  yashash uchun harakatdan o‘zingni g‘ofil tutma, ammo halollik bilan mol to‘plashga harakat qil, bu harakating ortidan keladigan  savob, albatta, ko‘p bo‘ladi.  1. Yordamchi so‘z turkumlarning barcha  turiga oid so‘zlar qatnashgan.  2. Oraliqdagi so‘z turkumlarining faqat ikki  turi qatnashgan. 3. Teng va ergashtiruvchi bog‘lovchilar  qatnashgan.  4. Maqsad va holat munosabatini yuzaga  chiqargan ko‘makchilar qatnashgan.  A) 1, 3 B) 2, 4 C) 1, 4 D) 2, 3 @Onatiliquiztest
Hammasini ko'rsatish...
👍 2
#test Qaysi gapda qo‘llangan chiqish kelishigi qo‘shimchasini unga ma’nodosh bo‘lgan ko‘makchi bilan almashtirib qo‘llash mumkin? A) Siz nomlarini aytayotgan insonlardan hech biri bizning tashkilotga aloqador emas. B) Bu voqea haqida radiodan e’lon qilib, hammaga yetkazishni maqsad qilgan edi. C) Yonimda o‘tirgan yigitlardan biriga imo qilib, o‘ziga yaqinroq kelishini so‘radi. D) Siz kuylagan qo‘shiqlardan yodlab, davralarda ijro qilib yuraman @Onatiliquiztest
Hammasini ko'rsatish...
👍 3
#test O’tkir Hoshimovning “Tushda kechgan umrlar” romani qahramonlari haqidagi to’g’ri hukmni aniqlang. 1. Shomansur Shomatov – “o’zbek ishi” – “paxta ishi” siyosatining nohaq qurboniga aylangan. 2. Soat G’aniyevich – sovet mafkurasi e’tiqodi, qalbidagi alamzadalik tufayli insoniy sifatlarini yo’qotgan kimsa 3. Mansur Soatovich – mustamlaka siyosatining chirkin nayranglarini anglab yetgan millatparvar inson. A) 1,2,3    B) faqat 2, 3 C) faqat 1   D) faqat 2 @Onatiliquiztest
Hammasini ko'rsatish...
👍 4
Bilan ko‘makchisi orqali yuzaga chiqarilgan  mazmuniy munosabatlar to‘g‘ri  muvofiqlashtirilgan javobni aniqlang. @Onatiliquiztest #test 1. Nazira ham, Nodira ham biz bilan bordi. 2. Bu fikrga qo‘shilmadi, balki jon-jahdi bilan qarshi chiqdi. 3. Endigina og‘iz ochishim bilan uning o‘zi  kelib qoldi. 4. Manavi supurgi bilan hamma yoqni supurib chiq. a) payt munosabati; b) vosita munosabati;  c) birgalik munosabati d) holat munosabati. A) 1-c 2-a 3-b 4-d B) 1-d 2-b 3-a 4-c C) 1-c 2-d 3-a 4-b D) 1-b 2-c 3-d 4-a
Hammasini ko'rsatish...
👍 2
Boshqa reja tanlang

Joriy rejangiz faqat 5 ta kanal uchun analitika imkoniyatini beradi. Ko'proq olish uchun, iltimos, boshqa reja tanlang.