cookie

Sizning foydalanuvchi tajribangizni yaxshilash uchun cookie-lardan foydalanamiz. Barchasini qabul qiling», bosing, cookie-lardan foydalanilishiga rozilik bildirishingiz talab qilinadi.

avatar

Tuproqqal‘a MMTB

Tuproqqal‘a tuman maktabgacha va maktab ta'limi bo'limining rasmiy matbuot kanali. Admin: @qutumov Facebook sahifamiz. https://www.facebook.com/tuprokkalatxtb

Ko'proq ko'rsatish
Reklama postlari
291
Obunachilar
+224 soatlar
+17 kunlar
+630 kunlar

Ma'lumot yuklanmoqda...

Obunachilar o'sish tezligi

Ma'lumot yuklanmoqda...

Repost from Ta'lim nazorati
⚡️Bog‘cha va maktablarni attestatsiyadan oʻtkazish tartibi tasdiqlandi 2024-yil 7-may kuni Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining "Taʼlim tashkilotlarini attestatsiyadan oʻtkazish tartibi va mezonlarning baholash koʻrsatkichlarini hamda hisoblash metodikasini tasdiqlash toʻgʻrisida"gi 146-son buyrug‘i qabul qilindi. ➖1-ilova – Maktabgacha va umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarini attestatsiyadan oʻtkazish jarayonlarini ichki baholash tartibi; ➖2-ilova – Maktabgacha va umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarini attestatsiyadan oʻtkazish jarayonlarini tashqi baholash tartibi; ➖3-ilova – Maktabgacha taʼlim tashkilotlarini attestatsiyadan oʻtkazish mezonlarining baholash koʻrsatkichlari va umumiy ballarni hisoblash metodikasi; ➖4-ilova – Umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarini attestatsiyadan oʻtkazish mezonlarining baholash koʻrsatkichlari va umumiy ballarni hisoblash metodikasi tasdiqlandi. Zarur jadvallar 👉 (xls formatda) Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Hammasini ko'rsatish...
#Tuproqqala_tumani #Kun_qahramoni # 90 ball
Hammasini ko'rsatish...
👍 26👏 2
Repost from Ta'lim nazorati
⚡️Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarga qabul iyun oyidan boshlanadi Prezident maktablariga o‘quvchilar belgilangan yillik qabul kvotasi doirasida ikkita sinfga bir xil 12 nafardan jami 24 nafar o‘quvchi hamda ijod va ixtisoslashtirilgan maktablariga Agentlik tomonidan belgilangan kvota doirasida o‘quvchilar qabul qilinadi. ❗️Quyidagi hujjatlar onlayn shaklda ariza.piima.uz sayti orqali qabul qilinadi: ➖o‘quvchilarning tegishli o‘quv yili natijasiga ko‘ra baholar tabelining maktab direktori tomonidan tasdiqlangan nusxasi; ➖imtihon ruxsatnomasini shakllantirish jarayonida foydalanish uchun o‘quvchilarning oxirgi 2 oy davomida tushgan fotosurati; ➖o‘quvchilarning tug‘ilganlik haqida guvohnomasi va ularning ota-onasi (qonuniy vakili) fuqarolik pasporti ma’lumotlari, bog‘lanish uchun mobil telefon raqamlari. 📝 O‘quvchilar Prezident maktabi hamda ixtisoslashtirilgan maktablariga hujjat topshirish jarayonida ularga ixtiyoriy ravishda o‘z hududidagi ixtisoslashtirilgan maktablaridan birini qo‘shimcha tanlash imkoniyati beriladi. 📌 Bunda, Prezident maktabi kirish imtihonining 2-bosqichida muvaffaqiyatli ishtirok etib, o‘qishga kira olmagan o‘quvchilar hududdagi o‘zi tanlagan ixtisoslashtirilgan maktabiga belgilangan kvota doirasida, to‘plagan ballari ketma-ketligi bo‘yicha imtihonsiz qabul qilinadi. Bunda kvota doirasidan oshib ketsa imtiyoz qo‘llanilmaydi. Batafsil: 👉 https://talimxabarlari.uz/4677/Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Hammasini ko'rsatish...
👍 1
Repost from Ta'lim nazorati
📣 Umumtaʼlim maktablarida “Soʻnggi qoʻngʻiroq” tadbirlarini oʻtkazishga doir zarur tavsiyalar ✅ Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan umumtaʼlim muassasalarida 2023-2024-oʻquv yilini yakunlash va “Soʻnggi qoʻngʻiroq” tadbirlarini oʻtkazish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqildi. 🔹 Unga koʻra, umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida “Soʻnggi qoʻngʻiroq” tadbirlari: ➖ joriy yilning 25-may kuni soat 8:00 dan 9:00 ga qadar tashkil etiladi; ➖ maktab oʻquvchilari sonidan kelib chiqqan holda faqatgina 1-, 4-, 9-, 11-sinf oʻquvchilari jalb etiladi; ➖ mahalla faollari, ota-onalar va huquqni muhofaza qilish idoralari vakillari bilan hamkorlikda yongʻin va texnika xavfsizligi qoidalariga amal qilingan holda tashkil etiladi; ➖ faxriy oʻqituvchilar, ota-onalar, mahalla faollari, oʻrnak boʻladigan maktabning sobiq bitiruvchilari taklif etiladi; ➖ yil davomida namunali xulq va aʼlo baholarga oʻqib, eng yuqori reyting koʻrsatkichlariga erishgan iqtidorli bitiruvchilar ragʻbatlantiriladi; ➖ maktab hayotida faol ishtirok etayotgan, odob-axloqi, intiluvchanligi bilan tengdoshlariga oʻrnak boʻlayotgan oʻquvchilarning ota-onalariga “Eng faol ota”, “Jonkuyar ona”, “Masʼuliyatli ota-ona”, “Aʼlochi oʻquvchi otasi”, “Bilimli qiz onasi” nominatsiyalari boʻyicha tashakkurnomalar beriladi. 📍 2023-2024-oʻquv yilini yakunlash va “Soʻnggi qoʻngʻiroq” tadbirlarini oʻtkazish davomida quyidagilar taqiqlanadi: ➖ turli restoran va kafelar, xonadonlarda “Bitiruv oqshomlari”ni oʻtkazish, bosqichli nazorat imtihonlari va yakuniy davlat attestasiyalarini oʻtkazishda, taʼlim muassasalarini yangi oʻquv yiliga tayyorlash borasida oʻquvchi va bitiruvchilar hamda ularning ota-onalaridan turli xil pul mablagʻlarini yigʻish; ➖ bitiruv tadbirlarida oʻquvchilardan qimmatbaho sovgʻalar uchun pul yigʻish, bitiruv kechalariga atab qimmat kiyimlar olish, yengil avtomashinalarda sayr tashkil etish. ➖ oʻquvchilarning guruh-guruh boʻlib xiyobonlar, istirohat bogʻlari, choʻmilish havzalariga borishi. 👉 Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimdagi barcha xodimlar, ota-onalar hamda keng jamoatchilik vakillaridan joriy oʻquv yilini yakunlash va “Soʻnggi qoʻngʻiroq” tadbirlarini oʻtkazishda mazkur tavsiyalarga amal qilishlarini soʻrab qoladi.Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Hammasini ko'rsatish...
👍 1
Repost from Sport vazirligi
“Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida “Sog‘lom tanda-sifatli ta’lim” shiori ostida Kasaba uyushmasi kubogi sport musobaqalari o'tkazildi ✅ Urganch shahridagi "Yoshlik" sport majmuasida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi ta’lim muassasa (maktab)lari xodimlari o‘rtasida “Sog‘lom tanda-sifatli ta’lim” shiori ostida Kasaba uyushmasi kubogi sport musobaqalarining viloyat bosqichi o'tkazildi. Web-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Hammasini ko'rsatish...
Repost from Segment.uz
Президент рақамли технологияларни ривожлантириш лойиҳалари тақдимоти билан танишди Лойиҳага кўра, чекка ҳудудларда ҳам ривожлантириш мақсадида, IT-шаҳарчалар ташкил этиш режалаштирилган. Бундай масканлар дастлаб 15 та ҳудудда – Чимбой, Ғиждувон, Зомин, Шароф Рашидов, Фориш, Хатирчи, Поп, Шаҳрисабз, Қўшработ, Сариосиё, Сирдарё, Паркент, Тошлоқ ва Тупроққалъа туманлари ҳамда Хонобод шаҳрида ташкил қилинади. Уларда ёшлар IT, чет тили ва бошқа замонавий касблар бўйича бепул ўқитилади. IT таълим ва дастурий маҳсулот йўналишидаги лойиҳалар бўйича 1 миллиард сўмгача бўлган стартаплар танлови IT-парк орқали ўтказилади. “Muxlisa” номли ўзбек тилидаги овозли ёрдамчи ишлаб чиқилмоқда. Шунингдек, Ягона коммунал хизматлар платформаси жорий этилиб, 14 тадан ортиқ идоралар маълумотлари бир нуқтада жамланади. Telegram | Instagram | Facebook
Hammasini ko'rsatish...
👍 1
🟢 Тупроққалъа тумани Мактабгача ва мактаб таълими бўлими бошлиғи Шухрат Рузибаевнинг Мурожаати!!! ✅ Ҳурматли ота-оналар ҳамда ўқувчи ёшлар!!! ✅ Бугунги кунда, умумий ўрта таълим бериш мактабларида ўқиш йили якунланмоқда. Шу муносабат билан, айрим мактабларда синф ҳамда мактаб раҳбарлари тамонидан асоссиз равишда мактабнинг қурилиш таъмирлаш ишларини баҳона қилиб пул маблағларини йиғиш, давлат имтихонлар ҳамда мактаб учун "СОВҒА" деб пуллар йиғиш холатлари кўзатилмоқда. Бу холат қонунга тўғри келмаслиги ва бундай ноқонуний ҳаракат учун албатда жавобгарчилик белгиланган. ✅ Ҳурматли ота-оналар! Агарда сизнинг фарзандингиздан ёки ўзингиздан юқорида кўрсатилган холатлар бўйича мажбурий пул йиғналиб турган бўлса, бўлимнинг пастдаги ишонч телефонига қўнғироқ қилишингизни сўраб қоламан. ☎️ Ишонч телефони +998975117200 +998917770919Сизнинг ҳар бир мурожаатингизни шахсан ўзим кўриб чиқиб, натижаси бўйича тегишли тартибда жавоб берилади. Ҳурмат билан, Тупроққалъа тумани Мактабгача ва мактаб таълим бўлими бошлиғи Ш.Рузибаев.
Hammasini ko'rsatish...
👍 5
Xitoydagi maktablar haqida bilasizmi? @T_Nurmetov
Hammasini ko'rsatish...
Biz Xitoy bolalar bog‘chasidagi sharoitlar ta'minlangan bog‘chaga yoki maktabga farzandlarimizni berishga tayyormizmi? To‘g‘ri ilgari bog‘chaning asosiy funksiyasi bolalarni faqat saqlab turish uchun xizmat qilishdan iborat bo'lgan. Chunki ota-onalarning ham asosiy talabi va ehtiyoji shundan iborat bo'lgan. Ko'plab ota-onalardan quyidagicha murojaatlar bo'ladi: "Farzandimni kech soat 19:00 gacha ushlab turadigan bolalar bog‘chasi mavjudmi?" Bu birgina oddiy misol. Bozor hamisha talabga qarab o‘zgaradi, talab qanday bo‘lsa shunga yarasha mahsulotlar va xizmatlar taklif etiladi. Oxirgi 4 yilda talab o‘zgardi, lekin ko‘p emas. Ya'ni intellektual salohiyatga bo‘lgan e'tibor kuchaydi va bu ota-onalarning ongiga ham yetib bora boshladi. Shundan keyin ota-onalar yaxshi ta'lim beradigan bog‘cha izlay boshladik, farzandimizni shunday bog'chaga berishga harakat qila boshladik. Biz qidirgan bolalar bog'chasi xususiy bo‘lsa ham. Ya'ni biz farzandimiz kelajagi uchun sarmoya kirita boshlashni o‘rgandik. Ammo bu juda ham kam foizdagina, bir narsani unutmangki siz farzandingizga barcha sof daromadingizni kamida uchdan bir qismini sarmoya sifatida kiritmas ekansiz, siz keksayib kuchdan qolganingizda ham yana ishlashga majbur bo‘lasiz. Endi bizga yetishmayotgan yana bir muhim faktorlardan biri- bu bolalarni ta'lim bilan birga tarbiya va mehnatga ham o‘rgatish.  Shu o‘rinda savol tug‘iladi: xo‘sh biz Xitoy bog‘chasi va Xitoy maktabiga o‘z farzandimizni berishga tayyormizmi? Mani fikrimcha avvalo biz o‘zimizni o‘zgartirishimiz kerak, o‘zimizni yangi islohotlarga tayyorlashimiz kerak. Faqat shundan keyingina farzandlarimizni shunday maktab va bog‘chaga bera olamiz, holos. Negaki u bog‘chada bolalar o‘zlari iflos qilgan narsalarini o‘zlari yuvib artib qo‘yadi, o‘zlari yoyib tashlagan o‘yinchoqlari, hattoki o‘rindiqlarini ham o‘zlari tartibga keltiradi, bog‘cha tarbiyachilari esa bolani o‘z onasiday qabul qilib parvarishlaydi. Tarbiyachilar bolalarga faqat mehr-muhabbat berishi emas, joiz bo'lsa hattoki ularni jazolashi ham mumkin. Bizning bog‘chalarda bunday holatlarda tarbiyachilar bolani majburiy mehnatga tortmoqda deb bong uramuz va bu xodimni albatta jazolash kerak. Maktablariga kelsak maktablarida farrosh faqatgina ko‘chalarini supuradi holos. O‘quvchilar o‘zlarini xonalarini pollarini ham artadi, hojatxonalarni ham yuvadi, hattoki maktab yo'laklarini ham yuvib artib ketadi o‘g‘il, qiz farqi yo‘q. Bizda birgina shanbalikda o'quvchi ishlashga chiqsa bu ham majburiy mehnat,  bolani huquqlarini buzish. Xitoy maktablarida bolani jazolash mexanizmi ham bor va bu qat'iy tartibda amalga oshiriladi. Gohida bolasiga qo‘shib otasi yoki onasini ham jazolashadi, ya'ni buni maktabdagi o‘qituvchi yoki maktab rahbariyati qiladi. Bolani yonida otasi yoki onasi ham teng jazo oladi qilgan xatolik darajasiga qarab. Ularda o‘qituvchini aytgan gapi muhokama qilinmaydi va o‘qituvchi ham shunga yarasha vijdonan yo‘l tutadi. Endi bir do‘ppini chetga olib qo‘yib o‘ylang bizning jamiyatda bolamizni shunday maktabga bera oladigan ota-onalar soni qanchani tashkil etadi? Albatta bularning barchasi mening shaxsiy fikrim, bilamanki shunday bog‘cha va maktabda bolalarimizni o‘qitishga tayyor ota-onalarimiz soni ham ko‘p. Ammo bu umumiy hisobda ota-onalarning juda kam foizni tashkil etadi. T. K. Nutmetov
Hammasini ko'rsatish...
1
Xitoydagi bolalar bog‘chalari haqida bilasizmi? @T_Nurmetov
Hammasini ko'rsatish...