cookie

Sizning foydalanuvchi tajribangizni yaxshilash uchun cookie-lardan foydalanamiz. Barchasini qabul qiling», bosing, cookie-lardan foydalanilishiga rozilik bildirishingiz talab qilinadi.

avatar

Yoshlik vaqti

🌐 Fargʻona tumani Yoshlar ishlari boʻlimi Axborot xizmati Ⓜ️urojaat uchun: Abdushukur – @VohdilBek ☎️ 73-353-07-27 🅰️xborot hamkorimiz: @vodilcity 💬 Doʻstlarga ulashish uchun: https://t.me/+h7twm5tnI-UzYWYy

Ko'proq ko'rsatish
Reklama postlari
1 490
Obunachilar
Ma'lumot yo'q24 soatlar
-67 kunlar
-1830 kunlar

Ma'lumot yuklanmoqda...

Obunachilar o'sish tezligi

Ma'lumot yuklanmoqda...

00:24
Video unavailableShow in Telegram
⚡️ Bugun 30-iyun — Oʻzbekistonda “Yoshlar kuni” Bayramingiz muborak boʻlsin Oʻzbekiston yoshlari! Yaqinlaringizni birinchi boʻlib tabriklash esdan chiqmasin! 🛫 Telegram kanalimiz: @yoshlikvaqti
Hammasini ko'rsatish...
1.28 MB
🎉 1
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida yoshlar siyosati sohasidagi ishlar sarhisobi, yangi vazifa va takliflar muhokamasiga bagʻishlangan videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Davlatimiz rahbari yoshlar bilan muloqot qildi. #Mirziyoyev #videoselektor #yoshlar #muloqot 🛫 Telegram kanalimiz: @yoshlikvaqti
Hammasini ko'rsatish...
👍 1 1
00:42
Video unavailableShow in Telegram
Prezident faol yoshlarga davlat mukofotlarini topshirdi 🛫 Telegram kanalimiz: @yoshlikvaqti
Hammasini ko'rsatish...
reels_mukofotlash_tg_new.mp424.10 MB
Yoshlar kuni arafasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qaroriga muvofiq, mamlakatimiz rivojiga munosib hissa qoʻshayotgan bir guruh faol yoshlar “Kelajak bunyodkori” medali hamda “Mard oʻgʻlon” davlat mukofoti bilan taqdirlangan edi. Bugun Koʻksaroyda ana shu mukofotlarni topshirish marosimi boʻldi. #Mirziyoyev #marosim #yoshlar #mukofot 🛫 Telegram kanalimiz: @yoshlikvaqti
Hammasini ko'rsatish...
1
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
✈️ Xorijiy tilni C1 darajada biladigan talabalarga ishlashga ruxsat etiladi
✈️ Qarorga muvofiq, 2024-yil 1-oktabrdan: 🔍Yoshlar ishlari agentligi har yili xususiy oʻquv markazlarining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri kesimidagi reytingini tuzadi hamda rasmiy veb-saytida eʼlon qilib boradi; 🔍reyting natijalariga koʻra olis va chekka hududlarda faoliyat koʻrsatuvchi eng yuqori koʻrsatkichga ega 100 ta xususiy oʻquv markazining taʼlim jarayonida foydalanadigan bino va inshootlar uchun ijara toʼlovi xarajatlarining bir qismi kompensasiya qilinadi. ✈️ 2024–2026-yillarda oliy taʼlim tashkilotlarining xorijiy til filologiyasi taʼlim yoʻnalishi boʻyicha 3 va 4-kursda tahsil olayotgan hamda kamida C1 darajadagi sertifikatga ega talabalariga umumiy oʻrta, oʻrta maxsus va professional taʼlim tashkilotlarida oʻqituvchi sifatida mehnat faoliyatini amalga oshirishiga ruxsat etiladi. ✈️ 2024/2025-oʻquv yilidan ota-onalar va oʻquvchilar talabidan kelib chiqib, ixtisoslashtirilgan maktablar va kasb-hunar maktablarida chet tili sifatida nemis, fransuz, koreys, xitoy va yapon tillarini oʻqitishni yoʻlga qoʻyiladi. ✈️ 2025-yil 1-yanvargacha ingliz tili, keyingi yillarda boshqa xorijiy tillar va zamonaviy kasblarni oʻrgatish boʻyicha dunyoning yetakchi markazlari, oliy taʼlim tashkilotlari bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyiladi hamda ularning xalqaro taʼlim standartlariga mos taʼlim dasturlari “Ibrat farzandlari” va “Ustoz” loyihalariga tatbiq etiladi. 🛫 Telegram kanalimiz: @yoshlikvaqti
Hammasini ko'rsatish...
1
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
✈️ Ayrim yoshlar til oʻrganganligi uchun moddiy ragʻbatlantiriladi
✈️ Qarorga koʻra: 🔍imtihon topshirish xarajati qoplanadigan xalqaro imtihon tizimlari boʻyicha ingliz, nemis, fransuz, koreys, xitoy va yapon tillaridan kamida C1 yoki unga tenglashtirilgan mos darajadagi sertifikat olgan yoshlarni imtihon topshirish xarajatlarini kompensasiya qilishga qʼshimcha ravishda oʻqish xarajatlarini qoplash uchun BHMning 3 baravari (1 mln 20 ming soʻm) miqdorida bir martalik moddiy ragʻbatlantirish tizimi joriy etiladi; 🔍 2024-yil 1-sentabrdan 2027-yil 1-yanvargacha yoshlarning nemis, fransuz, koreys, xitoy va yapon tillari boʻyicha xalqaro imtihon tizimlarida imtihon topshirish xarajatlari qoplab berilishi uchun ular tomonidan toʻplanishi lozim boʻlgan ballning (sertifikat darajasining) minimal koʻrsatkichi bir pogʻona pasaytiriladi. 🔍Shuningdek, umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining sinf xonalarini taʼlim jarayonidan boʻsh vaqtda kasb-hunar va xorijiy tillarni oʻqitish faoliyatini amalga oshirish uchun toʻgʻridan-toʻgʻri shartnomalar asosida tekin foydalanish huquqi bilan xususiy oʻquv markazlariga berishga ruxsat etiladi. ✈️ Bunda tegishli umumiy oʻrta taʼlim muassasalarining roʻyxati Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan tasdiqlanadi. 🛫 Telegram kanalimiz: @yoshlikvaqti
Hammasini ko'rsatish...
1
#Qonunchilikdagi_yangiliklar ✈️ Yoshlar ishlari agentligiga qoʻshimcha funksiyalar yuklandi “Yoshlarni xorijiy tillarga oʻqitish tizimi samaradorligini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident Qarori (PQ-239-son, 27.06.2024-y.) qabul qilindi. 🔍Qarorga koʻra, Yoshlar ishlari agentligi zimmasiga quyidagi qoʻshimcha funksiyalar yuklandi: 🔍yoshlarni xorijiy tillarga oʻqitish jarayonlarini takomillashtirish, talab yuqori boʻlgan chet tillarini mukammal oʻzlashtirish uchun sharoitlarni kengaytirish; 🔍xorijiy tillarni oʻqitish faoliyati bilan shugʻullanuvchi YTTlar, oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar hamda nodavlat taʼlim tashkilotlari (xususiy oʻquv markazlari), ushbu yoʻnalishda faoliyat yurituvchi boshqa nodavlat notijorat tashkilotlarini rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash, sohadagi muammolarni muntazam ravishda tahlil qilish va ularning yechimi boʻyicha takliflar tayyorlash; 🔍xususiy oʻquv markazlari reytingini shakllantirish hamda reytingda yuqori oʻrinni egallaganlarni ragʻbatlantirish; 🔍yoshlar orasida kasb-hunar va xorijiy tillarni oʻrganishni targʻib qilish, ushbu yoʻnalishdagi ijtimoiy loyihalar, koʻrik-tanlov va olimpiadalarni tashkil etish. 🛫 Telegram kanalimiz: @yoshlikvaqti
Hammasini ko'rsatish...
1
#Yoshlar_oyligi Fargʻona tumanidagi "Tong" bolalar oromgohida Sharqiy harbiy okrug qoʻshinlari Fargʻona garnizonidagi harbiy qism harbiy xizmatchilari, harbiy orkestr jamoasi hamda faxriylar ishtirokida vatanparvarlik tadbiri boʻlib oʻtdi. "Yoshlar oyligi" doirasida tashkil etilgan mazkur tadbirda harbiy orkestr jamoasining konsert dasturi, sport oʻyinlari hamda davra suhbatlari oʻtkazildi. 🛫 Telegram kanalimiz: @yoshlikvaqti
Hammasini ko'rsatish...
👍 4
⚡️Obodga tashrif Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Saʼdullayev "Ibrat farzandlari", "Mutolaa", "UzChess", "Ustoz AI" loyihasi rahbarilari bilan birgalikda Fargʻona tumani "Obod" mahallasi hududida tashkil etilgan "Obod taʼlim" oʻquv markaziga tashrif buyurdi. Tashrif davomida "Obod taʼlim" oʻquv markazi loyihasi, erishgan yutuqlari, yaqin kelajakda markazda amalga oshirishi rejalashtirilgan ishlar bilan yaqindan tanishib oʻquv markazida taʼlim berayotgan oʻqituvchilar hamda mahallaning faol yoshlari bilan suhbatlashdi. 🔹 "Obod yoshlari" telegram kanali 🛫 Telegram kanalimiz: @yoshlikvaqti
Hammasini ko'rsatish...
👍 7
Po'stilar arxiv
Boshqa reja tanlang

Joriy rejangiz faqat 5 ta kanal uchun analitika imkoniyatini beradi. Ko'proq olish uchun, iltimos, boshqa reja tanlang.