cookie

Sizning foydalanuvchi tajribangizni yaxshilash uchun cookie-lardan foydalanamiz. Barchasini qabul qiling», bosing, cookie-lardan foydalanilishiga rozilik bildirishingiz talab qilinadi.

avatar

Al Asr ⏳

Турли мавзулардаги маколалар ва иктибослар. Муаллифлик хукуки химоя килинсин. Эркак кишилар учун: @Al_Asr_bot Аёл кишилар учун: @unsaidbutwrittenbot Adminning ayol-qizlar uchun xos kanali: https://t.me/+88-i_mKd4-M1ZTAy

Ko'proq ko'rsatish
O'zbekiston20 174Til belgilanmaganToif belgilanmagan
Reklama postlari
875
Obunachilar
Ma'lumot yo'q24 soatlar
Ma'lumot yo'q7 kunlar
Ma'lumot yo'q30 kunlar

Ma'lumot yuklanmoqda...

Obunachilar o'sish tezligi

Ma'lumot yuklanmoqda...

Photo unavailableShow in Telegram
Umidini insonlarga bog’lagan odam bir kunmas bir kun albatta ozorlanadi. Har bir insonning ichida biz tanimaydigan yana bir boshqa inson bor. Va uning qachon yuzaga chiqishini kimsa bilmaydi. Shuning uchun hech kimdan hech narsa kutmaslikka o’rgatishga harakat qilaman o’zimni. Buning oxiri shifo. Buning oxiri to’g’ri manzil bo’ladi chunki. Robbimga boradigan yo’lni yolg’iz bosib o’tishim kerak. Hammaning qadami o’ziniki. Har kimning yo’li alohida bu safarda. So’rasam Undan so’rab, Kutsam Undangina kutishim kerak. Qalbning g’arisazi faqat shu bilan to’ladi. @Mutawakkilun
Hammasini ko'rsatish...
Hayit barchamizga muborak bo’lsin! Alloh bizdan qabul qilgan va gunohlarimizni mag’firat qilgan bo’lsin amiyn!
Hammasini ko'rsatish...
InshaAlloh judayam foydali kanal bo’lishiga ishonchim komil. Agar hali qo’shilmagan bo’lsangiz, albatta qo’shilib olishingizni tavsiya qilaman. Aytishlari bo’yicha, inshaAlloh munosabatlar haqida ham postlar bo’lar ekan! Aslida bu kanalni shunchaki o’zlarining xulosalarini va olgan anglashlarini qayd qilib borish uchun ochdilar, O’zlarining obunachi yig’ish kabi na xohishlari va na hayollari bor edi lekin men iloji boricha ko’proq inson qo’shilib foyda olishini va ularning ajri Zawjimga bo’lishini judayam istadim.(vasila bo’lganim uchun menga ham :D) Shuning uchun shiddatla tavisiya qilaman!
Hammasini ko'rsatish...
Repost from Insights
#eslatma Bu kanaldan foyda olishni qoidasi: 1. O'qigan narsamni hayotimga nima ta'siri bor, bundan men nima olishim kerak degan savolni berish! 2. Aynan shu narsani Alloh nima uchun SIZga öqityotganini tafakkur qilib körishlik/ balki Alloh bizdan nimanidur tuzatishimizni hohlagani uchun olib kelgandur deb öylab körishlik. 3. 1 minut bölsa ham yozilgan narsa haqida köproq öylab tushunib körishlik. - Ko'proq tafakkur qilish, - shoshilib postdan postga ötmaslik, - darhol ulashmaslik yani foyda olmasdan oldin, - darrov zör gap ekan yoki yaxshi narsa ekan deb hulosa chiqarmaslik, - avval Allohni maqsadini tushunish, - agar hayotizga nimadur özgartirish kiritsa Allohga Shukr qilishni birinchi ruknidan boshlashlik va oxirgi rukni bilan davom ettirishlik. Hidoyatga ergashganlarga Salom bölsin!
Hammasini ko'rsatish...
https://t.me/insights_i_get By Abu Ibrohiym✍️
Hammasini ko'rsatish...
#familyinIslam #halallove Instagramga qo’ymoqchi bo’lib kechadan beri o’ng’ayini topolmayabman. Shu yerga yozaqolaman. Kecha AbdurRohman bilan gaplashayotgan edik men oilamizga qarab qanchalik xursand bo’lib ketaverishim haqida gap ochdim. Shunaqa huzurli va sokin munosabatimiz borligidan, inshaAlloh farzandlarimiz urush janjallar va behurmatliklargamas, hamjihatlik va go’zal muomalaga shohid bo’lib katta bo’lishlarini o’ylashdan qanchalik xursandligimni aytib berayotgan edim, birdan ajoyib gap aytib qoldilar. Zawjim menga aslida O’ZLARINI O’YLAGANLARI uchun yaxshi muomala qilar ekanlar bilsam! Aytdilarki:(inglizchada gapirdila shunchun birinchi original versionini yozaman) “A noble man wants noble woman along by his side. A noble woman should be approached nobally as well. If a man disrespects his wife and approaches her as a slave, it means he is living with a slave-kind woman. But if a man has a beautiful attitude towards his wife it will mean he lives with a queen, which makes him the king as well.” Noble ni haqiqiy o’zbekcha variantini topomadim. Ruschada благородный ga to’g’ri keladi. tarjimasi: “Oliyjanob erkak o’z yoniga ham oliyjanob ayol xohlaydi. Unday ayolga esa o’ziga munosib muoamalada bo’lish kerak. Agar erkak ayoliga xuddi xizmatkorga qilgandek muomala qilsa, demak xizmatkor bilan yashayotgan bo’ladi. Qirolicha kabi ayol bilan yashashni istagan erkak ayoliga ham qirolichaga qilgandek muomala qiladi, bu uning o’zini ham qirolga aylantiradi.” Mening fikrimcha esa, ruhan kuchli erkaklargina (chunki jismonan hamma ham kuchli bo’la oladi) ayoliga ovozini ko’tarishga ehtiyoj sezmaydilar. Ayol kishining turli hollari, kelib ketib turadigan injiqliklari, shoshqaloqligi va hayajonga, hislarga berilishi haqiqiy rijolni o’z pozitsiyasidan qo’zg’atmaydi, aksincha u erkakni yana ham toblantiradi. Erkak kishi ayolining holatidan qat’iy nazar vazmin, mulohazali va qat’iyatli bo’lib qola olishi kerak, u shunisi bilan erkak, ayol esa shunisi bilan ayol. Faqat jismda emas, ruhida va qalbida ham rijollikni tashiganlar ayoliga go’zal muomala qilishdan, u bilan maslahatlashishdan, undan nasihat qabul qilishdan va uning fikrlarini inobatga olishdan qochmaydi. Qo’rqmaydi. Chunki u o’z pozitsiyasiga amin. Chunki bu ishlar uning erkakligiga putr yetkazmasligiga ishonchi komil. Faqat haqiqiy erkakning yonidagina ayol ayolligini qila oladi, zaifaligini ko’rsata oladi. Chunki erkakligi faqat jismida qolganlarning yonidagi ayollar kuchli bo’lishga, ichiga yutishga va xavfda yashashga majbur bo’ladilar. Allohim ummatning erkaklaridagi qoviylikni ziyoda qilsin, ulardagi rujulatga barakasini yog’dirib hikmat bilan ziynatlasin va Jannatining eng oliy maqomlari bilan rizqlantirsin amiyn! @Mutawakkilun
Hammasini ko'rsatish...
Repost from Taaibah
#АЖР Бисмиллаҳ! Ассаламу алайкум ва роҳматуллоҳи ва барокаатуҳ! Рамазондан имкон қадар кўпроқ ажр билан чиқишимизга сабаб бўлар деган умидда ёзяпман. Бир оила бошлиғи ҳозир аҳлини таъминлолмайдиган шароитда. Аёли ва қизига жиддий шифокор кўриги ва дори-дармонлар керак экан. Улар Самарқандда, оила бошлиғи эса бошқа вилоятда ва ҳозир у ерга боришга ёки пул юборишга имконсиз. Бу оила ибодатли, шу сабаб эҳсон қилишга ҳақдор деб билдик. Бу ерда шахсий карта рақамини қолдираман, йиғилган ёрдамни уларнинг картасига ўтказиб берамиз. Бундан мақсадимиз бўлиб-бўлиб эмас,  кўпроқ суммани бирданига уларга юбориш. Агар истасангиз аёлнинг шахсий карта рақамини ҳам беришимиз мумкин, ботга ( @Taaiba_bot ) мурожаат қилсангиз. Берувчи қўл олувчи қўлдан яхши. Шунга қодир қилиб қўйгани учун ҳамд айтиб имкон қадар фурсатдан фойдаланиб қолайлик. Аллоҳим фойдамизга ҳужжат қилсин, барча  мўминларга нажот, мазлумларга офият берсин! 8600550446777048 Z.M. Агар кўпроқ ёрдам берилишини истасангиз маълумотни тарқатсангиз ҳам бўлади, албатта. جزاكم الله خيرا!
Hammasini ko'rsatish...
Ramazon muborak! Allohim barchamizga xayrli qilsin, bu oydan eng unumli shaklda foydalanib chiqishimizga tavfiq bersin. Tabriklarimiz ila @Mutawakkilun
Hammasini ko'rsatish...
#muammo Solishtirish va solishtirilish insonni ichdan qulatadigan eng katta qurol. Tashqaridan darrov sezilmasa ham, uning ta’siri uzoq davom etuvchidir. Asta-asta o’ldiradi u. Ko’zdagi uchqunni.. Yurakdagi shavqni.. Ishtiyoq va orzularni. Farzandimizni, juftimizni, ota-onamizni doimiy boshqalarniki bilan solishtiraverish yaqinlarimizdan avval o’zimizning ichimizni qoraytirib yuboradi. Hayotga qiziqishimizni so’ndiradi. Shikoyatimizni ko’paytirib, shukrimizni ozaytiradi. O’zingizga ham, yaqinlaringizga ham bunday zulmatni ravo ko’rmang.🤍 @Mutawakkilun
Hammasini ko'rsatish...
Boshqa reja tanlang

Joriy rejangiz faqat 5 ta kanal uchun analitika imkoniyatini beradi. Ko'proq olish uchun, iltimos, boshqa reja tanlang.