uz
Feedback
Install program (IT dasturlar👨‍💻)

Install program (IT dasturlar👨‍💻)

Kanalga Telegram’da o‘tish

Kompyuter va telefonlar uchun bepul dasturlar, ilovalar, umuman olganda IT ga oid yangiliklar shu yerda... ⏰Vaqtingizni behudaga sarflamang. 📩 Murojaat uchun » @LazizbekAblazov ✅ Guruhimiz » @dasturlar_it ✅ Kanalimiz boti » @installprogrambot

Ko'proq ko'rsatish
1 026
Obunachilar
Ma'lumot yo'q24 soatlar
+37 kunlar
-1030 kunlar
Postlar arxiv
Word uchun Qisqa Klaviatura Buyruqlari Ctrl+Shift+G (So’z Sanash) – Bloglar yoki Twitter uchun yozayotganingizda so’zlarni sanashingiz kerakmi? Ctrl+Shift+G dan foydalanish so’z va belgilarni bo’sh joyni hisobga olgan va olmagan holatda sanash imkonini beradi. Shuningdek, u paragraf va qatorlarni ham sanab beradi. Ctrl+Alt+O (Reja Ko’rinish) – Ctrl +Alt+O bilan hujjat ko’rinishini reja ko’rinishiga o’zgartiring. Bu master hujjatlar bilan ishlashni osonlashtiradi hamda, sarlavha orqali yashirish va kengaytirish imkonini beradi. Ctrl+Alt+P (Chop qilishi sahifasi) – Boshqa ixtiyoriy ko’rinishdan dastlabki chop qilish sahifasiga qaytish uchun Ctrl+Alt+P ni bosing. Ctrl+Shift+* (Ko’rsatish/Yashirish) – Paragraf ishoralari va boshqa chop qilinmaydigan belgilarni Ctrl+Shift+* bilan Ko’rsatish/Yashirish orqali ko’ring. Alt+Shift+P (Sahifa raqamlarini kiritish) – Hujjat ichida xohlagan joyda joriy sahifaning tartib raqamini kiritish uchun Alt+Shift+P ni bosing. Bu ayniqsa kolontitul va pastki kolontitullarda juda foydali. Shift+Delete (Ustun/Qatorni o’chirish) – Shift+Delete ni bosish orqali Jadvalning tanlangan Ustun va Qatorlarini o’chirish. Tanlash uchun ustun tepasiga yoki qator boshiga kursorni olib boring va qora block strelka ko’ringanda bosing. Excel uchun Qisqa Klaviatura Buyruqlari Har kim bilishi foydali bo’lgan ushbu qulay Excel navigatsiyalarini qo’llash bilan o’tkazgichni ishlatishni to’xtating! Home (Qator boshiga) – Qatordagi chapdan eng avvalgi katakchaga qaytish uchun klavituradagi Home tugmachasini bosing (odatda bu A ustun bo’ladi). Ctrl+Home (Tepadagi chap burchak) – Tepadagi chap burchakka borish uchun Ctrl+Home klaviaturalari kombinatsiyasidan foydalaning (odatda A1 katakchasi bo’ladi). Ctrl+End (Pastki o’ng burchak) – Ma’lumotlaringizning pastki o’ng burchagiga borish uchun Ctrl+End ni bosing. Ctrl+8 (Reja ko’rinishni Ko’rsatish/Yashirish) – Subtotal rejimida tuzilma darajalaringizni yo’qotib qo’ydingizmi? Hozirgi subtotallaringizni ko’rinali saqlab qolgan holda ularni qaytarish (yoki yashirish) uchun Ctrl+8 dan foydalaning. Ctrl+9 (Qatorni yashirish) – Ctrl+9 bilan qatorni tez yashiring (Ishora: Yashirilgan qatorni ko’rsatish uchun Shift ni qo’shing). U bir necha qatorlarda ham ishlaydi. Yashirilgan qatorlarni osongina ochsa bo’ladi, shuning uchun ma’lumotlarni “himoyalash” uchun buni ishlatmang. Ctrl+T (Jadval yaratish) – Ctrl+T bilan ro’yhatning ichida xohlagan joydan jadval yarating. Siz hamma kataklarni tanlashingiz shart emas, keyin u jadvalni kengaytirishingiz mumkin. Shift+F11 (Yangi varaq ochish) – Shift+F11 bilan faol varaqning o’ng tomonidan yangi varaq qo’shing. Ikkita yoki ko’proq kerakmi? Sizga kerak bo’lgancha varaqlarni tanlang, so’ng qisqa buyruqdan foydalaning. Ctrl+F1 (Lentani yashirish) – Ctrl+F1 ni bosish bilan lentani yashirish orqali ekran maydonini kengaytiring. Bu sizga menyular lentasidan ko’ra ko’proq ma’lumot ko’rishni xohlaganingizda juda qulay! Ctrl+Shift+O (Izohlarni topish) – Ctrl+Shift+O dan foydalanib izoh bo’lgan barcha kataklarni topish va tez o’chirish. Agar siz barcha izoh ko’rsatkichlarini yashirgan bo’lsangiz juda zo’r qisqa buyruq. Aslida klaviatura orqali amalga oshiriladigan qisa buyruqlar juda ko’p. Ularni bilish va amalda qo’llash vaqtni ancha tejaydi. Siz bilgan shunga o’xshash ajoyib qisa klaviatura buyruqlari bu yerda qayd etilmagan bo’lsa izohda qoldirishingiz mumkin. @install11

«Windows 10»da barcha bilishi lozim bo‘lgan klaviatura kombinatsiyalari Klaviaturadagi kombinatsiyalardan foydalanish kompyuterda ishlashni yanada qulaylashtirib, unumdorlikni oshiradi. Quyida keltirilgan ro‘yxatda siz oldingi versiyalarda tanish bo‘lgan kombinatsiyalar bilan bir qatorda, «Windows 10» bilan birga paydo bo‘lganlarini topishingiz mumkin. Ularning barchasini yodlab olishning hecham keragi yo‘q, bu albatta oson ish emas. Shunchaki eng ko‘p foydalanadigan 3-4 operatsiyani tanlang, ularga mos bo‘lgan klavishlarni stikerga yozib, doimiy ko‘rinib turadigan joyga yopishtirib qo‘ying. Ular tez orada miyangizda muhrlanib qoladi. Oynalar va ilovalarni boshqarish Win + ← (strelka chapga) — ilova oynasini ekranning chap tomoniga joylashtirish. Win + → (strelka o‘ngga) — ilova oynasini ekranning o‘ng tomoniga joylashtirish. Win + ↑ (strelka tepaga) — ilova oynasini butun ekranga yoyish. Yoki, agar oyna oldin ekranning biror tomonida yarim ekranni egallab turgan holatda bo‘lsa, u tepa qismda ekranning chorak qismini egallaydi. Win + ↓ (strelka pastga) — aktiv oynani pastga tushirish. Yoki, agar oyna oldin ekranning biror tomonida yarim ekranni egallab turgan holatda bo‘lsa, u pastki qismda ekranning chorak qismini egallaydi. Win + D — ish stolini ko‘rsatish va berkitish (oynalarni boshqarish orqali). Win + Shift + M — pastga tushirilgan oynalarni qayta tiklash (oynalar ekranda egallab turgan avvalgi holatiga qaytadi). Win + Home — aktiv oynadan tashqari qolgan barcha oynalarni pastga tushirish (qayta bosganda barcha oynalarni avvalgi holatiga tiklash). Alt + Tab — ishga tushirilgan ilovalar o‘rtasida o‘tish. Alt + F4 — aktiv oynani yopish. Win + Shift + ← (strelka chapga) yoki → (o‘ngga) — oynani boshqa monitorga o‘tkazish. Win + T — vazifalar panelida ketma-ket ikonkalar bo‘yicha o‘tish. Ilovani ishga tushirish uchun «Enter»ni bosing. Win + 0…9 — vazifalar panelidagi ikonkaning tartib raqamiga mos tarzda ilovani ishga tushirish «Provodnik» oynasi Win + E — fayl menejerini ishga tushirish. Ctrl + N — yangi oynani ochish. Ctrl + sichqoncha g‘ildiragi — elementlar ko‘rinishini o‘zgartirish (ikonkalar, jadvallar, eskizlar va hokazo). Alt + ↑ (strelka tepaga) — bir bosqich tepaga ko‘tarilish. Alt + ← (strelka chapga) — oldingi papkani ko‘rish. Alt + → (strelka o‘ngga) — keyingi papkani ko‘rish. Virtual ish stollari Win + Ctrl + D — virtual ish stolini qo‘shish. Win + Ctrl + ← (strelka chapga) — virtual ish stollari o‘rtasida o‘ngdan chapga o‘tish. Win + Ctrl + → (strelka o‘ngga) — virtual ish stollari o‘rtasida chapdan o‘ngga o‘tish. Win + Ctrl + F4 — ishlatilayotgan virtual ish stolini yopish. Win + Tab — barcha ish stollari va ulardagi ilovalarni ko‘rsatish. Windows Ctrl + Shift + Esc — «Dispetcher zadach»ni ishga tushirish. Win + R — «Vipolnit» komanda kiritish oynasini ochish. Shift + Delete — fayllarni savat (korzinka)ga yubormasdan o‘chirish. Alt + Enter — tanlangan element xususiyati(svoystvo)ni ko‘rsatish. Win + Space (probel) — kiritish tili va klaviatura raskladkasini o‘zgartirish. Win + A — «Sentr podderjki»ni ochish. Win + S — qidiruv oynasini ochish. Win + H — «Podelitsya» panelini chaqirish. Win + I — «Parametri» oynasini ochish. Skrinshotlar va o‘yinlar Win + PrtScr — skrinshot yaratish va uni rasmlar papkasiga saqlash. Win + Alt + PrtScr — o‘yin ekranini rasmga olish. Win + G — o‘tish jarayonini yozib borish uchun o‘yin panelini ochish. Win + Alt + G — aktiv oynadagi oxirgi 30 soniyani yozib olish. Win + Alt + R — yozib olishni boshlash yoki to‘xtatish. Win + P — namoyish etish rejimlari o‘rtasida o‘tish (ikkinchi displey mavjud bo‘lgan taqdirda) 👉@install11

Soft4Boost AMPlayer 5.6.9.303 versiyasi. Universal media pleer, siz deyarli barcha mavjud formatdagi video va audio fayllarni o'ynatishingiz, shuningdek rasm va fotosuratlarni ko'rishingiz mumkin. 👉 @install11

Caramba Switcher - bu Windows uchun yangi, aqlli va oddiy avtomatik klaviatura rejimi va til almashinuvchisi. Qisqa qilib aytganda, lotindan kirillga, yoki aksini osonlikcha bajarasiz. Shift tugmasini ikki marta yoki bir marta Pause break tugmasini bosganizda klaviatura raskladkasi avtomatik almashadi. 👉 @install11

KMSonline- Tekin Windows va ofis dasturlarini aktivatsiyasi uchun aktivator Tez va oson @install11

Zoomerang Pro - Bu sizga videolarni tahrirlashda eng samarali android dastur. Fonga musiqa berish, kesish, matn qo'yish va ko'plab funksiyalarga ega dastur Android uchun @install11

Sublime Text - bu tezkor platformali manba kodlari muharriri. Python dasturlash tilida plaginlarni qo'llab-quvvatlaydi. 👉@install11

Kaspersky Anti-Virus oxirgi versiya Windows operatsion tizimlari uchun x32 /x64 👉 @install11

Yana bir mashhur brauzerlardan biri Firefox hisoblanadi. Ushbu brauzerda ham juda ko'p sozlamalarni amalga oshirish va qo'shimcha kengaytmalarni o'rnatish orqali o'zingiz uchun qulay holatga keltirib olishingiz mumkin. 🤙@install11

Mobil qurilmalar uchun android dastur ✅Ekranni videoga olish ✅Ovozni yozib olish ✅Qoʻngʻiroqlarni yozib olish ✅Yashirin videoga olish 👉 @install11

uTorrent -Torrent fayllar orqali yuklab olish menejeri. 👉 @install11

PDF formatli xujjatlarni ko'rish uchun bepul dastur 👉 @install11

Movavi Photo Editor - bu sizning suratlaringizdagi keraksiz elementlarni olib tashlash uchun qulay dastur. Shunchaki Brush yoki Lasso asboblari bilan keraksiz bo'lgan obyektni tanlang va O'chirish tugmasini bosing. Biroz vaqt o'tgach, sizning sevimli fotosuratingiz keraksiz elementni yo'qotadi. Aktivatsiya talab etilmaydi. 👉 @install11

Python (oʻqilish Piton) — bu umumiy-maqsadli dasturlash uchun keng tarzda foydalaniladigan yuqori darajali dasturlash tili. Windows uchun mo'ljallangan Python muhitini yuklab oling. 🔔 Kanalga a'zo bo'ling ! 👉@Install11

Ekranni videoga olish uchun mahsus dastur. ✅ Android uchun. 👉@install11

Easy Quizzy - bilimlarni nazorat qilish uchun elektron vositalar, ya’ni kompyuter testlarini yaratish dasturi hisoblanadi. Dastur pedagoglar uchun o‘quvchilarning bilimini nazorat qilishni ancha osonlashtiradi va ishlarni tekshirishda ularning vaqtini tejaydi, bu kiritilgan parametrlarga muvofiq bahoning avtomatik chiqarilishi hisobiga amalga oshiriladi. @install11

USB Safely Remove dasturi USB Safely Remove – tashqi qurilmalaringiz bilan ishlashni avtomatlashtirishning ajoyib vositasi. Siz tashqi qurilma ulangan yoki uzilgan (подключение и отключение) paytida dasturlarning ishga tushishini belgilab qo‘yishingiz mumkin, bundan tashqari to‘plamda funksional komanda satrini olishingiz mumkin. Asosan klaviaturada ishlaydiganlar uchun USB Safely Remove “qaynoq klavisha” yordamida qurilmalarni to‘xtatish yoki ularning tarkibini ko‘rish imkoniyatini ta’minlaydi. Asosiysi esa, noyob texnologiya USB Safely Remove’ga tashqi qurilmaning to‘xtatilishida xalaqit beruvchi sababni aniq belgilab beradi va ushbu sababni osongina bartaraf etishga yordam beradi. 👨🏻‍💻 @install11

Kompyuter va telefonlar uchun dasturlar, ilovalar Murojaat uchun » @onlyforward29 Kanalga o'tish » https://t.me/install11

Bo'limlarni formatlash yoki o'chirishdan so'ng tez va xavfsiz ma'lumotlarni tiklash uchun Hetman Partition Recovery ™ 3.5-ni yuklab oling. Dastur qattiq disklardan, xotira kartalaridan, flesh-disklardan ma'lumotlarni tiklash uchun mo'ljallangan. @install11