cookie

Sizning foydalanuvchi tajribangizni yaxshilash uchun cookie-lardan foydalanamiz. Barchasini qabul qiling», bosing, cookie-lardan foydalanilishiga rozilik bildirishingiz talab qilinadi.

avatar

Urganch shahar Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi rasmiy kanali.

Ушбу канал орқали Урганч шаҳар Мактабгача ва мактаб таълими тизимда бўлаётган янгиликлар ва таълим тизими ходимлари учун меъёрий хужжатлардан намуналар бериб борилади.

Ko'proq ko'rsatish
Reklama postlari
566
Obunachilar
Ma'lumot yo'q24 soatlar
-57 kunlar
-630 kunlar

Ma'lumot yuklanmoqda...

Obunachilar o'sish tezligi

Ma'lumot yuklanmoqda...

Repost from N/a
#Abituriyent #Qabul2024 ⚡️ Oliy va professional ta’lim muassasalariga qabul bilan bog‘liq eng muhim ma’lumotlar ✅ 2024-2025-o‘quv yilidan boshlab davlat oliy va professional ta’lim muassasalariga (kasb-hunar maktabi bundan mustasno) qabul qilish bo‘yicha imtihonlar “avval test, so‘ng tanlov” tamoyiliga muvofiq bir vaqtda o‘tkaziladi. 📱 Oliy va professional ta’lim muassasalariga abituriyentlarni ro‘yxatga olish 2024-yil 5-iyundan 25-iyunga qadar (shu kunlari ham) my.uzbmb.uz sayti orqali onlayn tarzda amalga oshiriladi. ✅ Ro‘yxatdan o‘tishning 1-bosqichida abituriyentlar quyidagilarni tanlaydi: ➖ fanlar majmuasi (barcha uchun); ➖ taʼlim tili (barcha uchun); ➖ test topshirish alifbosi (ta’lim tili sifatida o‘zbek tili tanlansa); ➖ test topshirish hududi (barcha uchun). ➖ kasbiy (ijodiy) imtihonni topshiriladigan OTM (alohida iqtidor talab etiladigan yo‘nalish tanlansa). ❕ Bunda fanlar majmuasini aniqlash uchun tanlangan ta’lim yo‘nalishi abituriyent mazkur ta’lim yo‘nalishiga ro‘yxatdan o‘tganini anglatmaydi (ta’lim yo‘nalishi test sinovlaridan so‘ng tanlanadi). Bu fanlar majmuasini aniqlash uchun abituriyentlarga qulaylik yaratish maqsadida yo‘lga qo‘yilgan. 🏀 Abituriyent alohida iqtidor talab etiladigan ta’lim yo‘nalishini tanlasa, kasbiy (ijodiy) imtihonni topshirish uchun o‘ziga qulay bo‘lgan OTMni tanlashi mumkin (test topshirish hududini tanlagani kabi). Bu abituriyent mazkur OTMga hujjat topshirganini anglatmaydi. 📹 Ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha videoqo‘llanma: https://t.me/BaholashUz/6628 ▶️ Videoqo‘llanmani youtube orqali HD formatda ko‘rish: https://youtu.be/IU_udMVbWBo — — — 📆 Oliy va professional ta’lim muassasalariga kirish imtihonlari bir vaqtda iyul-avgust oylarida oʻtkaziladi (imtihonning aniq sanalari Davlat komissiyasi tomonidan belgilanadi). ✅ Ro‘yxatdan o‘tishning 2-bosqichi test sinovlari toʻliq yakunlanganidan soʻng 15 kun davom etadi va abituriyentlar tomonidan quyidagilar tanlanadi: ➖ oliy taʼlim muassasasi (test sinovi topshirgan fanlar majmuasiga mos ta’lim yo‘nalishi mavjud OTM); ➖ bakalavriat taʼlim yoʻnalishi (test sinovi topshirgan fanlar majmuasi va ta’lim tiliga mos yo‘nalish); ➖ taʼlim shakli (turli ta’lim shakllarini tanlash mumkin); ➖ tanlov ustuvorligi (“Davlat granti” yoki “Ta’lim yo‘nalishi” ustuvorliklaridan biri). 👨🏻‍🎓 Abituriyentning test sinovida toʻplagan ballari imtihon oʻtkazilgan kunning ertasiga, mandat natijalari esa ta’lim yo‘nalishlarini tanlash to‘liq yakunlangandan so‘ng bir hafta muddatda my.uzbmb.uz saytida eʼlon qilinadi. — — — ✅ Kollej va texnikumlarda oʻqish istagini bildirgan abituriyentlar OTMlar uchun mandat natijasi eʼlon qilinganidan soʻng 10 kun muddatda quyidagilarni tanlaydi: ➖ kollej va (yoki) texnikum; ➖ kasb va mutaxassislik; ➖ taʼlim shakli. 📝 Kollej va texnikumlar uchun mandat natijalari bir hafta muddatda my.uzbmb.uz saytida eʼlon qilinadi. 👉 @jtodilov 👈
Hammasini ko'rsatish...
Photo unavailableShow in Telegram
2024-2025-O‘QUV YILI UCHUN 1-SINFGA QABUL 20-IYUNDAN BOSHLANADI ✅ Reglamentga muvofiq, 1-sinfga qabul jarayonlari 2 bosqichda amalga oshiriladi: 1-BOSQICH: 20-iyundan 31-iyulgacha mikro-hudud doirasida, 2-BOSQICH: 1-avgustdan 15-avgustgacha mikro-hududdan tashqarida. ✅ 1-sinfga qabul jarayonlari quyidagi tuman (shaharlarda) elektron shaklda davlat xizmatlari orqali amalga oshiriladi. Bunda ota-onalar 20-iyundan boshlab my.maktab.uz elektron platformasi orqali ro‘yxatdan o‘tib, ariza topshirishlari mumkin. ✅ Davlat xizmatlari ko‘rsatilmaydigan hududlarda 1-sinfga qabul qilingan o‘quvchilar vazirlik elektron tizimi (adm.maktab.uz)ga kiritiladi. MUHIM ESLATMA! “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq, bolalar 7 yoshga to‘ladigan yilda maktabga qabul qilinadi. Bu yil 1-sinfga 2017-yilning 31-dekabriga qadar tug‘ilgan bolalar qabul qilinadi. Elektron qabul jarayonlari yuzasidan Vazirlik Call-markazining 71-203-07-04 raqami yoki telegramdagi @mymaktab_uz rasmiy kanali orqali qo‘shimcha ma’lumot olishingiz mumkin. Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish: ❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Hammasini ko'rsatish...
Photo unavailableShow in Telegram
#Live "Turon” maktab teatri tanlovining taqdirlash marosimi boshlandi 🔴 Ayni damda ko’hna va hamisha navqiron Buxoro shahrining "Poyi Kalon" ansamblida “Turon” maktab teatri tanlovining taqdirlash marosimi bo'lib o'tmoqda. ❗️Birozdan so’ng tanlov g’oliblari e’lon qilinadi. Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish: ❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Hammasini ko'rsatish...
Repost from Sardor Bazarbaev
Hokim olimpiadasining 4-turiga jami 1065 nafar o‘quvchi ro‘yxatdan o‘tdi!
📆 7-iyun kuni soat 9:30 da Bog‘ot tumanidagi 3-IDUM maktabida matematika (5-6 va 7-8 sinf) va fizika (7-8 sinf) fanlaridan "Viloyat hokimi olimpiadasi" ning 4-turi o‘tkaziladi! 📍 Lokatiya: ➡️ MAKTAB JOYLASHUVI ❗️ BU MUHIM: Barcha o‘quvchilari o‘z titul raqamlarini bilib olishlari shart. Javoblar varaqasini qanday to‘ldirish haqidagi video-yo‘riqnoma bilan tanishing: ➡️ VIDEO-YO‘RIQNOMA ❗️ESLATMA: Ro‘yxatdan o‘tmagan yoki kech qolgan o‘quvchilar olimpiadaga qat'iyan kiritilmaydi va natijalari hisobga olinmaydi!
Hammasini ko'rsatish...
7-iyun Bog‘ot tumani.pdf7.86 KB
👍 2
Show comments
01:07
Video unavailableShow in Telegram
#2024_2025_o’quv_yili #Qabul_jarayoni 📣📣📣 𝐃𝐈𝐐𝐐𝐀𝐓, 𝐄'𝐋𝐎𝐍 ! 𝐐𝐀𝐁𝐔𝐋 𝐉𝐀𝐑𝐀𝐘𝐎𝐍𝐈 𝐁𝐎𝐒𝐇𝐋𝐀𝐍𝐃𝐈! 💢 URGANCH SHAHAR 1-SON IXTISOSLASHGAN MAKTAB-INTERNETI Qabul quyidagi sinflarga amalga oshiriladi: 5-SINF ANIQ FANLAR YO‘NALISHIGA; 7-SINF TABIIY FANLAR YO‘NALISHIGA; 👉 𝐁𝐨'𝐬𝐡 𝐨'𝐫𝐢𝐧𝐥𝐚𝐫𝐠𝐚: Aniq fanlar yo'nalishiga: ▪️𝟖-𝐬𝐢𝐧𝐟𝐠𝐚 4 𝐧𝐚𝐟𝐚𝐫 𝐨'𝐪𝐮𝐯𝐜𝐡𝐢; ▪️𝟏𝟎-𝐬𝐢𝐧𝐟𝐠𝐚 2 𝐧𝐚𝐟𝐚𝐫 𝐨'𝐪𝐮𝐯𝐜𝐡𝐢 𝐪𝐚𝐛𝐮𝐥 𝐪𝐢𝐥𝐢𝐧𝐚𝐝𝐢. Tabiiy fanlar yo'nalishiga: ▪️𝟏𝟎-𝐬𝐢𝐧𝐟𝐠𝐚 3 𝐧𝐚𝐟𝐚𝐫 𝐨'𝐪𝐮𝐯𝐜𝐡𝐢 𝐪𝐚𝐛𝐮𝐥 𝐪𝐢𝐥𝐢𝐧𝐚𝐝𝐢. 🪪 Hujjatlar ariza.piima.uz sayti orqali onlayn topshiriladi. ➡️ 𝐒𝐡𝐨𝐬𝐡𝐢𝐥𝐢𝐧𝐠, 𝐨'𝐫𝐢𝐧𝐥𝐚𝐫 𝐬𝐨𝐧𝐢 𝐜𝐡𝐞𝐤𝐥𝐚𝐧𝐠𝐚𝐧.
Hammasini ko'rsatish...
IMG_0829.MP424.12 MB
Xabaringiz bor, 14-15 yoshli o‘quvchilar o‘rtasida o‘tkazilgan Al-Xorazmiy nomidagi yosh matematiklar xalqaro olimpiadasida ikki nafar o‘quvchimiz yuqori natijalarni qo‘lga kiritishgan edi. Xususan, Hazorasp tumanidagi To‘lqin FM nodavlat ta'lim tashkilotining o‘quvchisi Munisbek Bekchonboyev kumush medalni, Urganch shahridagi 3-sonli maktab o‘quvchisi Sulaymon Matnazarov bronza medallarini qo‘lga kiritdi. Bugun o‘quvchilarimiz viloyatimizga qaytib keldi. O‘quvchilarimiz Xorazm viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Xamro Bektemirov, maktab direktorlari, o‘qituvchilar, o‘quvchilar va ota-onalar ishtirokida munosib kutib olindi. Tadbir davomida boshqarma boshlig‘i X.Bektemirov o‘quvchilarimizni erishgan yutuqlari bilan yana bir bor samimiy tabriklab, o‘qishlariga muvaffaqiyatlar tiladi. Ularning ota-onalari va ustozlariga minnatdorchilik bildirildi. Boshqarmaning rasmiy sahifalariga ulanish Telegram I Youtube I Facebook I Instagram I Web-sayt‌‌
Hammasini ko'rsatish...
👍 3
Photo unavailableShow in Telegram
Sulaymonning sinfdosh do‘stlaridan sovg‘a 👍
Hammasini ko'rsatish...
Repost from Hilola Umarova
00:32
Video unavailableShow in Telegram
Qadrli bolajonlar, aziz o‘quvchilar! Barchangizni bugun keng miqyosda nishonlanayotgan “1-iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni” bilan qizg‘in tabriklayman. Shubhasiz, ushbu bayram butun dunyo bolalari uchun eng beg‘ubor va quvonchli bayram hisoblanadi… Shu aziz bolajonlar borki, kattalarning ko‘ngli quvonchga, faxrga to‘lib yashaydi. Farzandlar borki, ota-onalar kelgusi hayotiy maqsadlarini shu qorako‘zlar bilan bog‘laydi. Ularni umrining gultoji, ma’nosi sanaydi. Bu samimiy e’tiroflar bejizga emas. Bolalar kulgusi xonadonlarga fayz olib kelishi bilan birga uni baxt va shodliklarga to‘ldiradi. Kattalarning kundalik tashvishlari bolajonlarning shirin tabassumi va qiyqiriqlari ortida yengillashadi. Men istardimki, dunyodagi barcha bolalar o‘z oilasi va ota-onalari bilan shodumon hayot kechirsin. Har bir bolaning bolalik yillari o‘zi uchun eng baxtli va beg‘ubor davrlarga aylansin. Bayramingiz yana bir muborak bo‘lsin, qadrli bolajonlar! Hilola Umarova, Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri
Hammasini ko'rsatish...
Vazirlik 1-Iyun Bolalar Kuni.mp412.64 MB
👍 1
04:18
Video unavailableShow in Telegram
#qabul_2024 #1_iyun_20_iyun ⚡️ HURMATLI OTA-ONALAR VA O‘QUVCHILAR!
📝 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga 2024/2025-o‘quv yili uchun hujjatlar qabuli shu yilning 1-iyunidan – 20-iyuniga qadar davom etadi.
📺 Sizga qulaylik yaratish maqsadida, maktablarga onlayn ariza topshirish bo‘yicha video-qo‘llanma taqdim etilmoqda. ✅ Hujjatlar qabuli ariza.piima.uz sayti orqali faqat ONLAYN tarzda amalga oshiriladi. ❗️Hujjatlarni topshirayotganda eʼtiborli bolishingizni soraymiz. ☎️ Call-markaz: 1206 Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Hammasini ko'rsatish...
sdsd.mp460.86 MB
Photo unavailableShow in Telegram
#1_Iyun #Xalqaro_bolalarni_himoya_qilish_kuni 📣📣📣🌈🌈🌈Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni butun dunyo bolalari uchun eng beg'ubor va quvonchli bayram hisoblanadi. Albatta, bola bu dunyo, hayot, millat davomchisi. Bolalar o'z tabassumlari orqali insonlar qalbida hayotga, yashashga bo'lgan qiziqishni uyg'otadilar. Ko'zlarida ezgulik va mehr qalqib turgan bolajon musaffo osmonda erkin parvoz etayotgan qaldirg'och misolidir. ✨✨✨✨✨✨ 📌 Hurmatli kitobxonlar! Joriy yilning 1-iyun kuni 📘📕📗viloyat Bolalar kutubxonasi tomonidan "1-iyun Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni" munosabati bilan faol kitobxonlar ishtirokida ma'naviy-ma'rifiy tadbir bo'lib o'tadi.⚡️⚡️⚡️⚡️⚡️ Manzil: Urganch shahar Amir Temur istirohat bog`i. #Xorazm_viloyat_bolalar_kutubxonasi_axborot_xizmati Telegram |Facebook |Instagram |You tube
Hammasini ko'rsatish...