cookie

Sizning foydalanuvchi tajribangizni yaxshilash uchun cookie-lardan foydalanamiz. Barchasini qabul qiling», bosing, cookie-lardan foydalanilishiga rozilik bildirishingiz talab qilinadi.

avatar

FARG'ONA VILOYAT QISHLOQ XO'JALIGI BOSHQARMASI RASMIY KANALI

Farg'ona viloyat Qishloq xo'jaligi boshqarmasi rasmiy telegram kanali Facebook - https://www.facebook.com/ Web Sayt - http://ferganaagro.uz/ Administratorga murojaat: @boshqarma ☎️ 73-244-60-60

Ko'proq ko'rsatish
Advertising posts
270Obunachilar
Ma'lumot yo'q24 soatlar
-17 kunlar
-230 kunlar

Ma'lumot yuklanmoqda...

Обуначиларнинг ўсиш даражаси

Ma'lumot yuklanmoqda...

Sevimli sitrus: Apelsin daraxti qanday parvarishlanadi? 🌳Daromad manbai bo’lmish apelsin daraxti asosan kuz yoki bahor faslida ekiladi. Uni quyosh nuri va kuchli shamoldan muhofazalagan holda parvarish qilinsa mahsuldorligi ortadi. Biroq, kuchli sovuq harorat ham uning sifatiga, unib-o’sishiga salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin. Uni yetishtirishda professional yondashilsa, daraxt 75 yildan ortiq yashaydi va hosil beradi. 🌳Apelsin shox-shabbali yoyiq daraxt bo’lgani uchun yetishtirish davrida undagi zaif novdalarni muntazam kesib turish talab etiladi. Ba’zi dehqonlar bu borada xatolikka yo’l qo’yib, kesish kerak bo’lmagan sog’lom shoxlarni tajribasizlik sabab o’lik holatga keltirishadi. Apelsin hosil berar ekan, uning o’rta qismidagi qurigan va zaif novdalarigina tozalanishi kerak. ❗️Ushbu daraxt har yili mo‘l hosil beradi, mevalari asosan oktabr-noyabr oylarida pishadi. Biroq, daraxtni zararkunandalar, xususan, qizil o’rgimchaklardan doimiy himoya qilinmasa mevalarga ziyon yetishi tayin. Chunki bu o’rgimchaklar hosildorlik davrida daraxtni turli kasalliklarga yo’liqtirishi mumkin. 🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Hammasini ko'rsatish...
Семинарда қишлоқ хўжалигидаги долзарб вазифалар муҳокама қилинди Қува туманидаги “Усмон хожи ота” фермер хўжалиги дала шийпонида ғўза парваришида биринчи комплекс агротехник тадбирларни сифатли амалга ошириш, қишлоқ хўжалиги соҳасида муносиб меҳнат шароитларини яратиш, шунингдек, баҳорги ғалла парвариши ҳамда пилла етиштириш масалаларига бағишланган семинар ўтказилди. Унда қишлоқ хўжалиги соҳаси масъуллари, сектор раҳбарлари, пахта-тўқимачилик ва ғаллачилик кластерлари вакиллари, фермерлар иштирок этди. Семинарда туман ҳокими Халимжон Умаров томонидан жорий йилги ғўза парваришида биринчи комплекс агротехник тадбирларни сифатли амалга ошириш, ғаллачилик ва пилла етиштириш бўйича мавжуд ҳолат танқидий таҳлил қилинди. Фермер хўжаликлари ишчи-ходимлари, механизаторлар учун муносиб меҳнат шароитлари яратиш, уларга иш ҳақларини вақтида бериш бўйича масъулларга вазифалар юкланди. Шунингдек, фермер хўжалиги дала майдонида замонавий агротехника воситаларини ғўза қатор ораларига дастлабки сифатли ишлов бериш учун тайёрлаш жараёни кўздан кечирилди. Ғўза қатор ораларига культиваторлар воситасида ишлов бериш, махсус юмшатгич ёрдамида чуқур юмшатиш, яганалаш, ғўза ниҳолларини барг орқали озиқлантириш, дастлабки ишлов даври учун зарур ўғит ва ёқилғи захирасини етарли шакллантириш бўйича тавсиялар берилди. Telegram | Facebook | Youtube | quva.uz|Instagram|Twitter|vkontakt|TikTok
Hammasini ko'rsatish...
Sapropel o‘g‘itlari qayerda uchraydi? ℹ️ Sapropel – hovuz, ko‘l va daryo suvlarining organik moddaga boy cho‘kindisi. Havza tubiga yilning yoz faslida organik moddaga, qishda esa mineral moddaga boy loyqa cho‘kadi. 🔄 Shu boisdan sapropel tarkibidagi organik modda miqdori 12 dan 80% gacha, rangi sarg‘ishdan qoragacha o‘zgarib turadi. 📄Sapropelning organik massasi tarkibida 11-43% gumin, 2-24% fulvokislotalar, 5-23% gidrolizlanmaydigan qoldiq, 10-53% gemi-sellyuloza, 0,5-6% sellyuloza, 6-17% bitim va 2-14% erimaydigan moddalar bo‘ladi. ❗️Tarkibidagi azotning asosiy qismi qiyin o‘zlashtiriladigan shaklda bo‘lib, o‘simliklarga layoqatli fosfor kam, kaliy esa juda ham kamdir. 🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Hammasini ko'rsatish...
Тошлоқда ғўза парваришида биринчи комплекс агротехник тадбирларни сифатли амалга ошириш юзасидан вилоят семинари бўлиб ўтди Бугун вилоят ҳокими Хайрулло Бозоров вилоят секторлари раҳбарлари билан бирга Тошлоқ туманидаги “Заркент зийнати” фермер хўжалиги дала шийпонида ташкил этилган ғўза парваришида биринчи комплекс агротехник тадбирларни сифатли амалга ошириш, қишлоқ хўжалиги соҳасида муносиб меҳнат шароитларини яратиш, шунингдек, баҳорги ғалла парвариши ҳамда пилла етиштириш масалаларига бағишланган семинарда иштирок этди. Батафсил: https://fergana.uz/site/view/news/11383748 Fergana.uz | Telegram | Facebook | YouTube | Facebook | Instagram | Twitter
Hammasini ko'rsatish...
👍 1
Germaniyada qishloq xo‘jaligi qanday rivojlandi? 🇩🇪 Jahon urushlaridan keyin Germaniya hukumati oziq-ovqat bilan ta’minlash uchun qishloq xo‘jaligini rivojlantirishga kirishdi. Bu fermer xo‘jaliklarini kreditlar bilan ta’minlash, fermer xo‘jaliklarini birlashtirish, ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish, fermerlarni dehqonchilikning zamonaviy usullariga o‘rgatish orqali amalga oshirildi. ▪️Qishloq xo‘jaligini moliyalashtirish uchun kapital yo‘naltirildi va bu hukumat tomonidan ta’minlandi. ▪️Fermer xo‘jaliklarini samarali boshqarish uchun kooperativ birlashmalarda fermerlar ko‘paytirildi. Kooperativ uyushmalari bilan xarid va sotish osonlashtirildi. ▪️Transport tarmog‘i mahsulotlarni va boshqa talablarni oson tashish uchun takomillashtirilgan. Yaxshi rivojlangan avtomobil, temir yo‘l va suv transporti tarmoqlari savdo-sotiqni kengayishiga olib keldi. ▪️Mamlakatda fermerlar fermer xo‘jaliklarini boshqarishda yuqori malakaga ega bo‘lishlari uchun o‘qitildi. ▪️O‘simlikchilik va chorvachilikni yaxshilash uchun ko‘plab tadqiqotlar olib borildi. Qolaversa, zararkunandalar va kasalliklar muammosini bartaraf etish uchun insektitsidlar hamda gerbitsidlar bilan purkash uslubi keng qo‘llanildi. Shu bilan birga, mamlakat qishloq xo‘jaligida "yashil reja" loyihasi joriy qilindi. Bu xo‘jaliklardagi ishlab chiqarishni yaxshilash va raqobatbardoshlikni oshirish uchun qo‘l kelgan. ✅ Shuningdek, tabiatan noqulay bo‘lgan tumanlarga o‘g‘itlar va stavkalar bo‘yicha soliq imtiyozlari ham ishlab chiqildi. 🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Hammasini ko'rsatish...
Qishloq xo‘jaligida dronlarning o‘rni qanday? 🚁 Uchuvchisiz uchish apparatlari – dronlar hozirgi kunda qishloq xo‘jaligida kerakli ma’lumotlarni o‘z vaqtida yetkazib berishi tufayli fermer xo‘jaliklarining unumdorligini oshirishi e’tirof etilmoqda. Bu kabi ishlar dronlar yordamida an'anaviy usullardan ko‘ra arzonroq, tezroq va aniqroq amalga oshiriladi. ℹ️Dronlar dalalar va ekinlar holatini kuzatish samaradorligini oshiradi. U orqali o‘proq ma'lumot to‘plash va qayta ishlash tezroq amalga oshirilishi mumkin, bu esa hosildorlik va rentabellikni oshirishga olib keladi. Ulardan foydalanishga o‘tish fermerlarni maxsus o‘lchash asboblari yordamida dala bo‘ylab mashaqqatli sayr qilishdan qutqaradi, shuningdek, istalgan vaqtda ekinlar holati to‘g‘risida ma’lumot to‘plashda yordam beradi. 🗺 Yana bir muhim afzalligi – bu maydonlarni xaritalash va hududlarni belgilash qobiliyatidir. Agar siz aerofotosurat yordamida yer maydonlarining chegarasini aniqlasangiz, natija aniqroq bo‘ladi va kam vaqt sarflaysiz. Olingan ma'lumotlar qayta ishlanishi va batafsil elektron xaritalarni yaratish uchun ishlatilishi mumkin. ✅ Bundan tashqari, ularning parvozi uchun maxsus ob-havo sharoitlari talab qilinmaydi. Qurilma ma'lum bir marshrut bo‘ylab aniq harakat qiladi, bu sizga ishning yuqori sifati va unumdorligini saqlashga imkon beradi. Ko‘pgina dronlar batareyada ishlaydi. Shu bois, qurilmalar chiqindi gazlar bilan atrof-muhitni ifloslantirmaydi. 🌐Website 💬Telegram 💬Facebook 📺YouTube 📷Instagram
Hammasini ko'rsatish...
Вилоят Қишлоқ хўжалиги бошқармаси ахборот хизмати Бугун 2024 йил 20 апрел куни Қишлоқ хўжалиги вазири бошчилигида бугун кунда муҳим ишлар бўйича кенгайтирилган йиғилиш бўлиб ўтди. Йиғилишда 1.  хорижий ғўза навларини олиб келиш, шартномаларни имзолаш ва тўловларни амалга ошириш ҳолати; 2. 10 фоиз майдонларга тўлиқ экилиши (контурлар, кластер-фермер хўжаликлари кесимида экилиши мониторинги); 3. карантин талабларига мувофиқ контурлар кесимида жойлаштирилиши; 4. навга хос агротехник тадбирларнинг амалга оширилиши ва мониторинги (фенологик кузатувнинг йўлга қўйилганлиги); 5. ҳар бир босқичда фото-видео материаллар, зарур хужжатлар (баённома, далолатнома) йиғма жилдини юритилаётганлиги; 6. ҳудудлардаги қуйидаги раҳбар-ходимларнинг шахсий масъулиятини белгилаш ва жавобгарлигини кучайтириш. Бўйича мухокама қилдилар. 🌱Канални кузатиб боринг @Fergana_QXB
Hammasini ko'rsatish...
1