cookie

Sizning foydalanuvchi tajribangizni yaxshilash uchun cookie-lardan foydalanamiz. Barchasini qabul qiling», bosing, cookie-lardan foydalanilishiga rozilik bildirishingiz talab qilinadi.

avatar

MediaDataLab

Media research & educational development center Empowering media and data communities in Uzbekistan

Ko'proq ko'rsatish
Reklama postlari
231
Obunachilar
Ma'lumot yo'q24 soatlar
+17 kunlar
-130 kunlar

Ma'lumot yuklanmoqda...

Obunachilar o'sish tezligi

Ma'lumot yuklanmoqda...

00:14
Video unavailableShow in Telegram
"Tomphson" brendi asoschisi Shahzod Bahodirov o'z instagram sahifasiga joylagan ushbu video 112 ming ko'rishlar soniga ega. ⚠️ Video messejiga ko'ra, siz ibodat qilishni boshlaganingizda, poklanishni boshlaysiz. Tasvirda notoza suyuqlik solingan stakanga toza ichimlik suvi quyilishi bilan u poklanib borishi aks etgan. Kommentlardan anglashilishicha, tarmoqlarda hozir shunday trend mavjud va tadbirkor ham trendga qo'shilgan. ☝🏻 Shuni unutmaslik kerakki, muqaddas dinimizda isrof qoralanadi: ”Yenglar, ichinglar, ammo isrof qilmanglar. Zero, U isrof qilguvchilarni sevmas” (A’rof, 31). Ma'lumot uchun, har yili besh yoshgacha bo'lgan 297 000 nafar bola yomon sanitariya sharoitlari, qoniqarsiz tashkillashtirilgan gigiyena yoki xavfsiz ichimlik suvi yetishmasligi tufayli diareyadan vafot etadi (2019). ⚜️ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: Facebook | Telegram | Instagram
Hammasini ko'rsatish...
IMG_5033.MOV10.63 MB
👍 5🔥 1
02:38
Video unavailableShow in Telegram
“Ekolog” jamoat birlashmasi virtual suv isrofiga qaratilgan videorolikni ulashmoqda Video messejiga ko'ra, oziq-ovqat isrofi bevosita virtual suv isrofi sanaladi. Misol uchun, 1 kg osh tayyorlash uchun 20 ming litr suv ishlatiladi. Yodingizda bo'lsa, “Vizual kontent yaratish orqali yoshlarning suv resurslari mavzusiga ongli munosabatini shakllantirish” loyihasi doirasida yoshlar orasida o'tkazilgan so'rovnomamiz natijalarini ulashgan edik. ☹️ "Qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat ishlab chiqarish, maishiy texnika, avtomobil ishlab chiqarish, elektr energiyasi ishlab chiqarishda mahsulot birligiga qancha suv sarflanishi siz uchun qiziqmi?" mazmunidagi savolga respondentlarning 61% i yo’q deya javob bergandi. 💧 Bir mahsulot yaratilishdan boshlab to tayyor holatga kelgunicha uni ishlab chiqarish uchun juda ko'p suv sarf qilinadi. Bu suv ko'zga ko'rinmaganligi bois virtual suv deb ataladi. Xulosa: Sizning virtual suv sarfiga befarqligingiz va xabarsizligingiz ham sayyoraga jiddiy xavf soladi. Suvni asrang! 💧 Eslatib o'tamiz, MediaDataLab jamoasi O'zbekistondagi suv resurslarining holati, miqdori va sifatini o'rganuvchi "Suv bormi?" loyihasini amalga oshiryapti. _____ Loyiha USAIDning Mintaqaviy suv resurslari va atrof-muhit loyihasi ko‘magida amalga oshirilmoqda. ⚜️ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: Facebook | Telegram | Instagram
Hammasini ko'rsatish...
Virtual Suv tg mob.mp47.73 MB
Photo unavailableShow in Telegram
Aziz yurtdoshlar! "MediaDataLab" jamoasi barchani kirib kelayotgan yangi – 2024-yil bilan samimiy muborakbod etadi. Oilangizga xotirjamlik, kasbingizga baraka, mehnat faoliyatingizda muvaffaqiyatlar tilaymiz. 🎄 Yangi yil yangi marralar, yangi yutuqlar yili bo’lsin! Bayram muborak bo’lsin! ⚜️ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: Facebook | Telegram | Instagram
Hammasini ko'rsatish...
5👍 1
Photo unavailableShow in Telegram
💧 Suv muammosi bugun butun dunyo, xususan, O'zbekiston siyosatida ham kun tartibidagi masala sifatida ko'rilmoqda. Mamlakat qonunchiligida o'zida suv masalalarini aks ettiruvchi o'ndan ortiq normativ-huquqiy hujjatlar mavjud. ⚖️ O'zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi vazirligi veb-saytida ayni masalaga urg'u berilgan qonunchilik hujjatlari bir nuqtaga jamlangan. Ular bilan BU YERDA tanishishingiz mumkin. 💧 Eslatib o'tamiz, MediaDataLab jamoasi O'zbekistondagi suv resurslarining holati, miqdori va sifatini o'rganuvchi "Suv bormi?" loyihasini amalga oshiryapti. _____ Loyiha USAIDning Mintaqaviy suv resurslari va atrof-muhit loyihasi ko‘magida amalga oshirilmoqda. ⚜️ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: Facebook | Telegram | Instagram
Hammasini ko'rsatish...
👍 2
Photo unavailableShow in Telegram
⁉️ “Katta Farg‘ona” kanali qanday qurilgan? 🔸 O‘tgan asrning 20-yillaridan boshlab sovet hukumati Turkiston mintaqasida bog‘lar, g‘alla maydonlarini keskin qisqartirib, paxta dalalarini kengaytirishga katta ahamiyat qaratdi, – deydi Muhayyo Sirojiddinova. 🔸 Rasmiy raqamlarga murojaat etsak, O‘zbekiston SSR bo‘yicha paxta maydonlari 1928-yilda 589 ming gektarni tashkil etgan bo‘lsa, 10 yil ichida ushbu ko‘rsatkich deyarli ikki barobar, aniqrog‘i 946 ming gektarga ko‘paygan. ⚜️ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: Facebook | Telegram | Instagram
Hammasini ko'rsatish...
👍 1
Photo unavailableShow in Telegram
🏔️ 11-dekabr — Butunjahon tog'lar kuni! 🌊 Ushbu baland landshaftlarning tabiatimizdagi ajralmas o'rnini hurmat qilar ekanmiz, keling, ularning suv ekotizimlari bilan chuqur aloqasi haqida fikr yuritaylik. Tabiatning suv ombori vazifasini o'taydigan tog'lar hayot manbasi sanaluvchi suvni son-sanoqsiz daryolar orqali o'tkazib, quyi oqimdagi jamoalarning hayotiyligini ta'minlaydi. ⛰️ Tog‘lar va suv o‘rtasidagi bu simbiotik munosabat sayyoramiz ekotizimlarining nozik muvozanatidan dalolat beradi. Shu boisdan, keling, ushbu ulug'vor tog'lar va kishilik hayotini qo'llab-quvvatlovchi suvning o'zaro ta'siri haqida xabardorlikni kuchaytiraylik, ularni asrash bo'yicha jamoaviy sadoqatni shakllantiraylik. 💧🌍 💧 Eslatib o'tamiz, MediaDataLab jamoasi O'zbekistondagi suv resurslarining holati, miqdori va sifatini o'rganuvchi "Suv bormi?" loyihasini ilgari suryapti. _____ Loyiha USAIDning Mintaqaviy suv resurslari va atrof-muhit loyihasi ko‘magida amalga oshirilmoqda. ⚜️ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: Facebook | Telegram | Instagram
Hammasini ko'rsatish...
Photo unavailableShow in Telegram
8-dekabr — O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qabul qilingan kun! MediaDataLab jamoasi barchani O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 31 yilligi  bilan muborakbod etadi! ⚜️ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: Facebook | Telegram | Instagram
Hammasini ko'rsatish...
Photo unavailableShow in Telegram
💧 MediaDataLab jamoasi “Zamonaviy media makonda suv mavzusi: vizual kontent yaratish orqali yoshlarda suv resurslariga oqilona munosabatni shakllantirish” loyihasi doirasida yoshlar orasida so‘rovnoma o'tkazgan edi. 🗳️ Olingan ma’lumotlarning tanqidiy tahlili shuni ko‘rsatadiki, O‘zbekiston yoshlarida suv resurslariga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish dunyoqarashini shakllantirish uchun ular bilan olib borilayotgan ishlar sifatini oshirish zarur. O'z muammolarini hal qilishga ko'proq e'tibor qaratadigan aholining ekologik tafakkuridagi ayrim oqsashlar aniqlandi. Ya'ni, suvni yo'qotish bilan bog'liq mavjud muammolar ko'lami, masalan, uni mamlakatning irrigatsiya tizimlari orqali yetkazib berishda mamlakat bo'ylab tushuncha yo'q. 📌 Umuman olganda, mamlakatda suvni tejash tizimi haqida bunday bilim va tushuncha mavjud bo'lmaganda, yoshlarning ekologik harakat doirasidagi faolligini kutmaslik kerak. Respondentlardan olingan javoblar mamlakat ekologlari tomonidan O‘zbekiston hukumati oldiga aholi tomonidan maishiy ehtiyojlar uchun texnik suvdan foydalanish mexanizmlarini faolroq joriy etish bo‘yicha masalalar qo‘yish zarurligini ko‘tarmoqda. 💧 Eslatib o'tamiz, MediaDataLab jamoasi O'zbekistondagi suv resurslarining holati, miqdori va sifatini o'rganuvchi "Suv bormi?" loyihasini ilgari suryapti. _____ Loyiha USAIDning Mintaqaviy suv resurslari va atrof-muhit loyihasi ko‘magida amalga oshirilmoqda. ⚜️ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: Facebook | Telegram | Instagram
Hammasini ko'rsatish...
Photo unavailableShow in Telegram
🌎 5-dekabr — Butunjahon tuproq kuni! 🌿 Shu munosabat bilan, keling, tuproq sifati va suv barqarorligi o'rtasidagi chuqur bog'liqlikni o'rganamiz: sog'lom tuproq barchamiz uchun toza va mo'l suv manbalarini ta'minlab, tabiatning suv filtri vazifasini o'taydi. 🌱 Tuproq amaliyotlarining suv sifati va mavjudligiga ta'siri haqida xabardorlikni oshirish muhim. Tuproqni asrab-avaylash orqali biz bebaho suv resurslarini saqlash harakatiga ham bevosita hissa qo‘shamiz. Shunday ekan, yashilroq, sog‘lom sayyora uchun birlashaylik! 💧🌍 #WorldSoilDay #Suvbarqarorligi 💧 Eslatib o'tamiz, MediaDataLab jamoasi O'zbekistondagi suv resurslarining holati, miqdori va sifatini o'rganuvchi "Suv bormi?" loyihasini ilgari suryapti. _____ Loyiha USAIDning Mintaqaviy suv resurslari va atrof-muhit loyihasi ko‘magida amalga oshirilmoqda. ⚜️ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: Facebook | Telegram | Instagram
Hammasini ko'rsatish...
🔥 1
Photo unavailableShow in Telegram
💧 MediaDataLab jamoasi “Zamonaviy media makonda suv mavzusi: vizual kontent yaratish orqali yoshlarda suv resurslariga oqilona munosabatni shakllantirish” loyihasi doirasida yoshlar orasida so‘rovnoma o'tkazgan edi. So‘rov doirasida respondentlardan ular O'zbekistonda ichimlik suvi tanqisligi muammosini qay darajada baholashlari so'raldi. Qatnashchilarning 40,4 foizi butun mamlakat bo'ylab ichimlik suvi tanqisligi xavfidan xavotirdaligini bildirdi. Shu bilan birga, 29,2 foiz respondentlar bu muammoni O‘zbekistonning ko'pchilik hududlarida mavjud deb hisoblaydi. Yana 19,2 foizi mamlakatning ayrim hududlaridagina bunday muammolar mavjud deb baholamoqda. Umuman olganda, yoshlarning 88,8 foizi O‘zbekistonda ichimlik suvi taqchilligi muammosi haqiqatda mavjud ekanligiga ishonch bildiradi. Bu qo'rquvning mavjudligi, bizning fikrimizcha, suvga nisbatan ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo'lishning psixologik motivlaridan biri bo'lishi kerak. 💧 Eslatib o'tamiz, MediaDataLab jamoasi O'zbekistondagi suv resurslarining holati, miqdori va sifatini o'rganuvchi "Suv bormi?" loyihasini ilgari suryapti. _____ Loyiha USAIDning Mintaqaviy suv resurslari va atrof-muhit loyihasi ko‘magida amalga oshirilmoqda. ⚜️ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz: Facebook | Telegram | Instagram
Hammasini ko'rsatish...
Boshqa reja tanlang

Joriy rejangiz faqat 5 ta kanal uchun analitika imkoniyatini beradi. Ko'proq olish uchun, iltimos, boshqa reja tanlang.