cookie

Sizning foydalanuvchi tajribangizni yaxshilash uchun cookie-lardan foydalanamiz. Barchasini qabul qiling», bosing, cookie-lardan foydalanilishiga rozilik bildirishingiz talab qilinadi.

avatar

Madjit Malikovich Karimov

Davlat test markazi direktorining rasmiy kanaliga xush kelibsiz! ____________________ @DtmDirektor_bot ____________________

Ko'proq ko'rsatish
O'zbekiston84 006Til belgilanmaganToif belgilanmagan
Reklama postlari
143
Obunachilar
Ma'lumot yo'q24 soatlar
Ma'lumot yo'q7 kunlar
Ma'lumot yo'q30 kunlar

Ma'lumot yuklanmoqda...

Obunachilar o'sish tezligi

Ma'lumot yuklanmoqda...

Davlat test markazida mavjud vakant lavozimlarga ochiq tanlov ✅ Davlat test markazi Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi bilan hamkorlikda quyidagi vakant lavozimlarga ochiq mustaqil tanlov e’lon qiladi: 👉 Test sinovlarining kompyuter tahlili va axborotlashtirish boshqarmasi boshlig‘i; 👉 Chet tilini bilish darajasi bo‘yicha sinov natijalarini hisoblash va sertifikat berish bo‘limi boshlig‘i; 👉 Chet tillarni bilish darajasining pedagogik o‘lchovlarini rivojlantirish bo‘limi bosh mutaxassisi; 👉 Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo‘limi bosh mutaxassisi; 👉 Test materiallarini chop etish va shakllantirish bo‘limi bosh mutaxassisi; 👉 Chet tilini bilish darajasi bo‘yicha sinov natijalarini hisoblash va sertifikat berish bo‘limi yetakchi mutaxassisi; 👉 Umumta’lim fanlari bo‘yicha test topshiriqlarini shakllantirish bo‘limi bosh mutaxassisi (biologiya fani bo‘yicha); 👉 Umumta’lim fanlari bo‘yicha test topshiriqlarini shakllantirish bo‘limi bosh mutaxassisi (nemis tili fani bo‘yicha); 👉 Umumta’lim fanlari bo‘yicha test topshiriqlarini shakllantirish bo‘limi bosh mutaxassisi (matematika fani bo‘yicha). 📌 Tanlovda ishtirok etish uchun nomzodlar Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portali orqali ro‘yxatdan o‘tishlari, vakant bo‘lgan lavozimga so‘ralgan hujjatlarni elektron shaklda taqdim etishlari zarur. 📆 Hujjatlar 2022-yil 16-aprelgacha (shu kuni ham) qabul qilinadi. 👨‍💻 Hujjatlarni elektron yuborish tartibi bo‘yicha videoqo‘llanma; 🖥 Yagona identifikatsiya tizimi — id.egov.uz saytidan ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha videoqo‘llanma. Davlat test markazining rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Hammasini ko'rsatish...
Photo unavailable
⚡️ e-DTM tizimida yangi xizmat ✅ Davlat test markazining rasmiy telegram boti (@e_dtm_bot) takomillashtirilib, botga yangi xizmat qo‘shildi. 📚 Endilikda e-DTM tizimi (@e_dtm_bot telegram boti) orqali majburiy va mutaxassislik fanlaridan yangi test topshiriqlarini sotib olish mumkin. 👨‍💻 Buning uchun “Diagnostik test materiallari” bo‘limidan “Pulli test materiallari (yangilangan baza)” ni tanlash lozim. 📋 Bunda majburiy yoki mutaxassislik fanlaridan biri bo‘yicha bitta variant narxi 3 000 so‘mni tashkil etadi va foydalanuvchilarga o‘zlari tanlagan fanlar bo‘yicha yangi test topshiriqlari taqdim etiladi. Izoh: foydalanuvchilar oldingidek bepul test materiallaridan ham foydalanishlari mumkin. Davlat test markazining rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Hammasini ko'rsatish...
  • Photo unavailable
  • Photo unavailable
  • Photo unavailable
  • Photo unavailable
Ingliz tili imtihonlarini elektron tarzda o‘tkazish uchun ishlab chiqilgan dastur aprobatsiyadan o‘tkazildi 📆 2022-yil 5-aprel kuni Davlat test markazi tomonidan ingliz tili imtihonlarini kompyuterda elektron tarzda o‘tkazish uchun maxsus ishlab chiqilgan dastur aprobatsiyasi o‘tkazildi. 📌 Dastur aprobatsiyasi Buxoro, Navoiy, Xorazm, Samarqand va Sirdaryo viloyatlarida tashkil etildi. 📚 Unda ingliz tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlarini kompyuterda elektron tarzda o‘tkazish uchun ishlab chiqilgan dastur sinovdan o‘tkazildi. ❇️ Aprobatsiyaga akademik litseylar va umumta’lim maktablarining bitiruvchi sinf o‘quvchilari jalb etilib, jami 70 nafar o‘quvchi ishtirok etdi. Davlat test markazining rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Hammasini ko'rsatish...
Repost from N/a
  • Photo unavailable
  • Photo unavailable
❗️ Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universitetida tashkil etiladigan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari ro‘yxati e’lon qilindi
Hammasini ko'rsatish...
Repost from N/a
⚡️ Samarqandda tibbiyot instituti universitet sifatida qayta tashkil etildi Qo‘hna Samarqandda universitetlar safi kengaymoqda. ❗️ Bu safar joriy yil 1 mart kuni Prezidentimiz tomonidan qabul qilingan “Samarqand davlat tibbiyot universitetini tashkil etish va sohada kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi PQ–188-son qaroriga asosan Samarqand davlat tibbiyot instituti Samarqand davlat tibbiyot universiteti etib qayta tashkil etildi. 🔰 Qaror bilan universitet tarkibida quyidagilar faoliyat yuritadi: ▫️Reabilitologiya va sport tibbiyoti ilmiy-tadqiqot instituti; ▫️Universitetning ko‘p tarmoqli klinikasi va ixtisoslashgan bolalar xirurgik klinikasi; ▫️Mikrobiologiya, virusologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-tadqiqot instituti va uning klinikasi; ▫️Neyroxirurgiya va neyroreabilitatsiya ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy markazi; ▫️Immunologiya, allergologiya va inson genomikasi ilmiy markazi. 📌 Universitet bitiruvchi bosqich talabalari uchun poliklinikalar va klinik bazalarda 6 oylik malakaviy amaliyot ko‘rinishidagi subordinaturani joriy etish huquqiga ega. Manba: https://t.me/huquqiyaxborot
Hammasini ko'rsatish...
Repost from N/a
Samarqandda universitetlar soni yana bittaga ko‘paydi ❗️Huquqiy axborot internet nashrining xabariga ko‘ra, Samarqand veterinariya meditsinasi instituti negizida Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti tashkil etildi. Bu haqda 2022-yil 31-mart kuni Prezidentning PQ–187-son qarori qabul qilingan. ✅ Qarorda qayd etilishicha, Universitetda veterinariya, chorvachilik, biotexnologiya, agrotexnologiya, agroiqtisodiyot tarmoqlari uchun oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlanadi. ✅ Universitet Boshqaruv kengashi ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklar uchun ta’lim davomiyligi muddatlarini belgilaydi. ✅ Universitet Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tizimida faoliyat yuritadi. ✅ Ta’limning amaliyot bilan uyg‘unligini ta’minlash uchun Universitetda Veterinariya klinikasi va kasalliklar diagnostikasi texnoparki tashkil etildi. ✅ Universitetga sohada 5 yillik stajga ega xodimlar tavsiyanoma asosida o‘qishga tavsiya etilganda, to‘lov-kontrakt miqdori kunduzgi ta’lim yo‘nalishidagi to‘lov-kontrakt (stipendiyasiz) miqdoriga tenglashtiriladi. 📌 Shular bilan bir qatorda, mazkur qaror bilan yana: 👉 Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar institutida 2022-2023-o‘quv yilidan “Chorvachilik mahsulotlarini qayta ishlash texnologiyasi” ta’lim yo‘nalishida kadrlar tayyorlanadi; 👉 Qamashi xizmat ko‘rsatish texnikumi negizida Qamashi veterinariya meditsinasi texnikumi tashkil etildi. 👉 2022-2023-o‘quv yilidan veterinariya va biotexnologiya yo‘nalishlari uchun “El-yurt umidi” jamg‘armasidan har yili alohida kvota ajratiladi. Manba: https://t.me/huquqiyaxborot
Hammasini ko'rsatish...
🎧📗 Chet tilidan tinglab tushunish va o‘qish ko‘nikmalarini baholash bo‘yicha malaka oshirish kursi ✅ Chet tilidan tinglab tushunish va o‘qish ko‘nikmalarini baholash bo‘yicha navbatdagi malaka oshirish kursi 6-apreldan boshlanadi. 📆 Malaka oshirish kursi 48 soatga mo‘ljallangan bo‘lib, 6-15-aprel kunlari onlayn tarzda bo‘lib o‘tadi. ⏳ Unda tinglovchilarga chet tilidan tinglab tushunish va o‘qish ko‘nikmalarini baholash bo‘yicha nazariy va amaliy mashg‘ulotlar (o‘zbek tilida) o‘tkaziladi. 📋 Malaka oshirish kursini muvaffaqiyatli tamomlagan talabgorlar shartnoma asosida Davlat test markaziga ekspert sifatida jalb etilishi mumkin. 👨🏻‍💻 Malaka oshirish kursida ishtirok etish istagini bildirgan talabgorlar 6-aprel kuniga qadar quyidagi havola orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tib, to‘lovni (540 000 so‘m) amalga oshirgan holda kursda ishtirok etishlari mumkin: https://docs.google.com/forms/d/1dK6X1q1CvUuDfDeArpL16CnSf2S8rY3jYCnZXBzeWzI ☎️ Murojaat uchun telefon: (95) 507-70-72. Ilmiy markazning telegram kanali: 👉 @dtmilmiymarkaz 👈
Hammasini ko'rsatish...
“O‘qituvchilar uchun Aptis” mock test 📆 2022-yil 9-aprel kuni Davlat test markazida (Toshkent shahrida) “O‘qituvchilar uchun Aptis” mock test sinovi o‘tkaziladi. 📌 Test sinovi Toshkent shahrida Davlat test markazi binosida 2 smenada tashkil etiladi va 1-smena 09:00 da, 2-smena esa 11:00 da boshlanadi. 👩‍🏫 Bunda har bir smena uchun 40 nafardan talabgor ro‘yxatdan o‘tib, test sinovida ishtirok etishi mumkin. 👨‍💻 Test sinovida ishtirok etish istagini bildirgan talabgorlar quyidagi havola orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin: https://docs.google.com/forms/d/1TfnTGmhWYSOnrdKVfPsjumO5qLNePfYK6j9kS46UCUQ ✅ Test sinovida ishtirok etish bepul bo‘lib, har bir smena uchun dastlabki ro‘yxatdan o‘tgan 40 nafardan talabgor test sinovida ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Ilmiy markazning telegram kanali: 👉 @dtmilmiymarkaz 👈
Hammasini ko'rsatish...
  • Photo unavailable
  • Photo unavailable
  • Photo unavailable
  • Photo unavailable
Davlat test markazida korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha ochiq tadbir bo‘lib o‘tdi 2022-yil 1-aprel kuni Davlat test markazida “Korrupsiya-taraqqiyot kushandasi” mavzusida navbatdagi seminar va ochiq muloqot o‘tkazildi. Batafsil: https://dtm.uz/post/view/korrupsiyaga-qarshi-kurash-bo-yicha-ochiq-tadbir Davlat test markazining rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Hammasini ko'rsatish...
02:46
Video unavailable