uz
Feedback

Firibgarlarga uchmang! Telemetrio bunday kanallarni topadi va belgilaydi 👉 Belgini ko‘rmoqchi bo‘lsangiz, obuna bo‘ling

Umar Sadullayev | Blog

Umar Sadullayev | Blog

Kanalga Telegram’da o‘tish

IT, AI va shaxsiy fikrlar blogimga xush kelibsiz. Qisqacha o'zim haqimda: — Umar Sadullayev | JoshDeveloper — Sr. SWE @ EPAM — Google Developer Expert — "Vector Academy" asoschisi Reklama: @joshdeveloper_ad

Ko'proq ko'rsatish
5 142
Obunachilar
-324 soatlar
-197 kun
-5030 kun
Postlar arxiv
Ushbu kommentni qarang. Vue, React va Angular haqida ajoyib o'xshatish bo'libdimi ? 😉 #otvet @JoshDeveloper

Ushbu kommentni qarang. Vue, React va Angular haqida ajoyib o'xshatish bo'libdimi ? 😉 #otvet @JoshDeveloper

Angularga atalgan hazil rasm. 😄 #joke @JoshDeveloper
Angularga atalgan hazil rasm. 😄 #joke @JoshDeveloper

"IT blog ochsammi ?, Boshqa mavzulardachi ?" deb o'zingizga savol beryapsizmi ? Here is my maslahat: Agar bilimingiz ulashishga yetadigan darajada bo'lsa, albatta ochishingiz mumkin. Bilim ulashish jarayonida o'zingiz ham ancha narsani o'rganasiz. Shaxsan o'zim ham maqola yozish jarayonida ba'zan yangi ilmlarni o'zim uchun kashf qilardim. Shunday ekan, o'z blogingizni ochishni maslahat beraman. Sharti shuki, boshqalarga noto'g'ri ma'lumot bermaslik. Ilmingiz bo'lmasdan harxil narsalar joylashingiz ham to'g'ri emas. Shu sabab ilmingiz birovlarga noto'g'ri ma'lumot beradigan darajada bo'lsa boshlamang. Undan ko'ra o'qing. Ammo, o'zingizni xohishingiz. Shuni ham bilishingiz kerakki, blog yuritish ba'zida ko'p kuch va vaqt talab qiladi. Shunga ham tayyor bo'ling. IT'dan tashqari mavzularda ochilgan kanallar haqida fikrim yo'q, foydali kanal bo'lsa bemalol(bema'ni, bekorchi kanallar bo'lmasa bo'ldi). Ammo diniy va sog'liqqa aloqador kanallarni ochishga ehtiyot bo'ling. Ilmingiz yetarli darajada bo'lmasa qo'lingizni uchini ham tegizmang bunday mavzularga. Biri orqali oxiratinginizni va insonlar oxiratlarini kuydirishingiz mumkin. Ikkinchisi orqali kimgadir zarar yetkazadigan postlar chiqarib qo'yishingiz mumkin. Tag'in ertaga palatada kimdir sizni qarg'ab yotmasin 😄 @JoshDeveloper

Qora rangga o'tamizmi ? 😉 🙂 @JoshDeveloper

-Dasturchilarni yo'ldan uradiganlarni nima deb ataysiz ? - Recruiter'lar! 😄 #Joke @JoshDeveloper

Ha aytgancha, Angular'ni o'rganaman deganlar uchun avval o'quvchilarga o'tgan darslarimni videolari bor. TypeScript ham o'rgatilgan. Angular 31 ta dars. TS 7 ta dars. Darslar 40-80 daqiqadan tahminan. Ko'pchilik o'zbekcha darslik qidirib topolmaydi, shu sabab reklom qildimda 😄 Olish niyati borlar kommentga niyatini yozsin, o'zim aloqaga chiqaman inshaaAlloh. @JoshDeveloper

O'zbekistonga chet kompaniyalarining qiziqishi ortib bormoqda. Bugun menga Germaniyadan chiqishdi LinkedIndan. Demak ularni remkye bozoriga ham kirishni boshlayapmiz dedim o'zimcha. O'sib borayotganimizdan esa juda hursandman. @JoshDeveloper

Frontend intervyularga tayyorlanish, savollarga javoblar va nega unday ekanligini o'rgatadigan onlayn kurs qilsam nima deysiz ? Kurs narxi o'rtacha bo'ladi, haftada 2 yoki 3 kun 1-2 soatdan. Asosiy e'tibor nazariyani kuchaytirish (amaliy ishlar orqa fonda olib borilaveradi). Qo'shilgan bo'larmidingiz ? + qoldiring. Fikrlaringizni ham qoldiring. Ko'pchilikka yoqsa, e'lon va shartlarni kanalda chiqaraman inshaaAlloh @JoshDeveloper

CSS'da narsalarni oxiri o'rtaga olib kelishni o'rganib olibdi 😄. #joke @JoshDeveloper
CSS'da narsalarni oxiri o'rtaga olib kelishni o'rganib olibdi 😄. #joke @JoshDeveloper

Ushbu suhbatni namozxonlarimizni hisobga olib 30 daqiqa oldinga surishdi. Alloh rozi bo'lsin ulardan. Adashib ertaroq kirib yurmang. Ha yana, suhbat meni kanalimda bo'lmaydi. Tepadagi post "forward" qilingan. Kommentga kirib suhbat qani deb so'kib ham yurmang. 😄 Lekinchi, suhbatni yomoni bo'lsa kerak Xudo xohlasa. 🔥 Omad. @JoshDeveloper

FAANG - KIRISH Khamidulla Inoyatov hamda Azimjon Pulatov bilan birgalikda ko’plab dasturchilar orzu qiladigan gigant kompaniy
FAANG - KIRISH Khamidulla Inoyatov hamda Azimjon Pulatov bilan birgalikda ko’plab dasturchilar orzu qiladigan gigant kompaniyalarga ishga kirish haqida katta masshtabdagi ovozli chatimiz bo’lib o’tadi. ⏳ BUGUN 19:00 DA 👉 @mabrur_dev

JavaScript bo'yicha qanday kitob o'qigansiz deyishadi. To'g'risin aytsam o'qimaganman to'liq hech qanday kitobni. JavaScript.info dan ko'p foydalanganman. Shuningdek videodarslar... Ammo kitob o'qimoqchi bo'lsangiz va Boshlang'ich bo'lsangiz: "Eloquent JavaScript" kitobini, Boshlang'ichdan tepada bo'lsangiz "JavaScript The Definitive Guide" kitobini maslahat beraman. O'zbekistonda ba'zi onlayn kitob do'konlaridan buyurtma qilsangiz bo'ladi. @JoshDeveloper

Dasturlab o'tirganda eshitib o'tirishga harxil narsalar bor. Shulardan biri audio kitoblar tinglash. Bugun sinab ko'ryapman. Juda jiddiy o'ylash talab qilmaydigan vazifalarda bemalol eshitib o'tirsa bo'lar ekan. Shaxsiy kanalimga eshitayotgan audio kitoblarni ham yuborib qo'ydim. (Boshqa kanaldan) Marhamat: https://t.me/UmarSadullayev/426 Shaxsiy kanalimga ham obuna bo'lishni unutmang(albatta yoqsa). 🙂 @JoshDeveloper

"Feedback session"da qatnashgan barchaga rahmat. Undan oladigan xulosam shuki: - Kanalda texnik mavzularga e'tiborni kuchaytirish kerak. - Maqolalar yozishni davom ettirish kerak. - Offtopic postlarni kamroq tashlash kerak (Baribir orada offtopic bo'ladi!) - Kanal obunachilari hisobiga 100$'dan o'tkazib berish kerak.(Hazil hazil 😄) Rahmat barchaga, amal qilishga harakat qilaman bularga. Oxirgisiga teskarisiga amal qilsak roziman. 😄 @JoshDeveloper

Azizlar fikringiz qiziq. Kanal yuritish uslubim, kamchiliklar va maslahatlarni aytishingizni xohlar edim. Mavzudan tashqariga (offtopic) chiqishlar ko'p kuzatilyaptimi ? Qanchalik yomon ? ... va hkz. Fikr qoldirsangiz , Shu orqali ushbu kanalimizni yanada rivojlanishiga sabab bo'lasiz. @JoshDeveloper

Odil aka Nizomov Najot ta'limga intervyu beribdilar. Ko'ramizmi ? 😉 Video linki: https://www.youtube.com/watch?v=LqBk9viVo_A @JoshDeveloper

Onlayn kursmi oflayn kursmi ? Ko'pchilik so'rar edi, onlayn kurslardan dasturlashni o'rganish kerakmi yoki oflayn borib o'rganaymi ustoz bilan deb. Mening javobim: - Agar sizda intizom rivojlangan bo'lsa va yo'nalishingizni aniq qilib olgan bo'lsangiz, bemalol onlayn kurslarni olsangiz va o'qisangiz bo'ladi. Eng tezi shu. O'zingizni boshqarib, birhil tempda o'rgan olsangiz albatta. Unday bo'lmasachi ? Unday bo'lmasa o'zingizga mentor topib ham onlayn o'rgansangiz bo'ladi. Ya'ni u sizga yo'l-yo'riqlarni ko'rsatib turadi. Darsingizni topshirib turasiz. Chalg'ib ketishlar uncha kuzatilmaydi shunda. - Agar imkoniyatingiz oflayn darslarga yetsa, vaqtingiz ham yetsa, oflayn darslar ham juda foydali va samarali. Ustoz bilan birgalikda, yonma-yon do'stlar bilan birga o'rganishga nima yetsin. Ammo sekinroq bo'lishi mumkin. So'ng ham qiynalasiz, chunki kurslar butun umr bo'lmaydi. Baribir onlayn o'rganishga to'g'ri keladi. Shunda qiynalib qolishingiz mumkin. Oflayn kurslarni yosh yoki intizomi kamroq insonlarga qattiq maslahat beraman. Adashib ketish ham kam kuzatiladi bunday kurslarda. Xulosa shuki, o'zingizga qaysi biri mos tuyulsa va shunda o'zingizni erkin tuta olsangiz, shuni tanlashni maslahat beraman. Shaxsan o'zim boshlashga oflaynda boshlab, so'ngra onlayn o'zim o'rganishga o'tganman. Mentorim bo'lmagani sabab ko'p adashganimni ham ta'kidlashib kerak. Vaqt ham yutqazganman shu sabab. Ammo aniq maqsadli paytim 6 oylik narsani 1-2 oyda bemalol o'zim onlayn o'rgana olishim borligi ham bor. 🙂 Qaror o'zingizdan. @JoshDeveloper

Ha aytgancha, men ham o'qishdan yiqilganman 😄😢 * * * @JoshDeveloper

Qani kim o'qishga kiribdi ? Kirganlarni tabriklayman. Alloh xayrli qilsin. Kirolmaganlar xafa bo'lmasin. Alloh bizga nima yaxshiligini biladi. Alloh bir yo'lni yopsa boshqasini ochadi inshaaAlloh. Harakatdan to'xtamang 💪. Xafa bo'lishga arzimaydi. Ayniqsa O'zbekistondagi o'qishlar bo'lsa 😄 Alloh sizga ham xayrli qilsin buni. 🤲 @JoshDeveloper