Umar Sadullayev | Blog
Kanalga Telegram’da o‘tish
(JoshDeveloper) IT, AI va shaxsiy fikrlar blogimga xush kelibsiz. Qisqacha o'zim haqimda: — Umar Sadullayev — Sr. SWE @ EPAM — Google Developer Expert — "Vector Academy" asoschisi Reklama: @joshdeveloper_ad O'ta shaxsiy blog: @umar_shares
Ko'proq ko'rsatish4 822
Obunachilar
-1324 soatlar
-267 kunlar
+630 kunlar
Postlar arxiv
Kimgadir qilayotgan yaxshiligini videoga olib, yaxshilik qilinayotgan odamga zulm qilayotgan ahmoqlar ko’payib qoldi a?
Bir nochor onaxonni yashirin videoga olib, unga pul beryapti va yig’laganlarini videoga olib tarqatyapti…
Onaxonni o’zi yoki farzandlari buni ko’rsa nima der ekan?
Kimga yoqadi bu holat?
Ruhsat so’radimikan?
Eng qizig’i, u pulni berayotganlar Alloh roziligiga erishmoqchimi yoki odamlar olqishiga?
Asabim buzilib ketdi…
Ibrat bo’lsin uchun olgandir deysizmi?
Zulm orqali qilinadigan ibratlariga tupurdim unaqada!
Zulmsiz ham ibrat ulashsa bo’ladi aslida… Biroz aqlini ishlatsa…
#tanqid
@JoshDeveloper
EPAM’da birga ishlagan do’stlarimiz yaxshi bir loyihaga qo’l urishgan ekan. Ancha rivojlanib ham qolibdi.
Loyiha maqolalar yozishingiz va o’qishingiz uchun mo’ljallangan.
Check it out - upper.uz
#tavsiya
@JoshDeveloper
Bizni ba’zi odamlar zo’rda, xuddi mana bu Bruce Lee’ning shogirdiga o’xshashadi. Oyni ko’rsatsa, barmoqqa qarashadi…
#tanqid
@JoshDeveloper
Qiziq bir ma’lumot o’qib qoldim.
O’sha mashxur, kinolarda ko’p chiqadigan Viking’lar bilan Musulmonlar o’rtasida jang bo’lgan ekan.
Natijasi rasmda. Musulmonlar o’sha devdek odamlarni yer tishlatgan ekan.
Tarixni qarasangiz, Musulmonlar ilmda va armiyada eng ilg’orlardan bo’lishgan. Taqvo ahli bo’lishgan-da liderlar ham.
#fakt #islam
@JoshDeveloper
Kirganlar xafa bo’lmasin-a 😅️️
Ularga 20% chegirma beraqolamiz unda 🙂️️️️️️
Xuddi shu tepadagi shartlar, faqat 30% emas, 20%.
Davlat universitetiga kirganlarga esa, 20% emas, 25% chegirma. 🌚️️️️️️
#chegirma #tanqid
@JoshDeveloper
Universitetga kira olmaganlar uchun Frontint.uz kursimning Classic va Pro tariflariga 30% chegirma e’lon qilaman. 😁️️️️️️😅️️️️️️🌚
Rostan :)
1-sentabr’gacha amal qiladi chegirma. Undan keyinga ola-olaman deganlar, shu narxda kelishib, 1-2 haftaga cho’zdirishlari mumkin.
Chegirmasiz narxlar va ma’lumotlar uchun frontint.uz saytiga kirishingiz mumkin. Chegirmani olib, to'lov qilish uchun Adminga bog’lanasiz.
#frontint #chegirma
@JoshDeveloper
Frontend’da portfolio oshirish istagidagilar uchun Muhammadjavohir akani chellenjlar 🔥 bo’lib davom etyapti.
Quyida 10 kunlik chellenj natijalari:
https://t.me/mayoquz/2759
#tavsiya
@JoshDeveloper
Siz qanday qobiq ichidasiz?
Dunyoda yashayotgan insonlarning barchasi qandaydir qobiq ichida yashaydi. Barcha. Ularning fikrlashlari ham o’sha qobiqdan tashqariga chiqmaydi.
Kimdirning qobiqi juda kichik. Oddiy mavzularni ham tushunmaydi. O’z fikriga ham ega emas. Nima maqsadda yashab yurganini ham tushunmaydi.
Kimdirning qobiqi esa, biroz kichik, lekin o’zini kichik fikrlash doirasi ham bor. Shu befahm doirasi ichida turib, o’zidan katta qobiqdagilar fikrlariga tosh otgani-otgan.
Dunyo ilmidan ham, oxirat ilmidan ham bebahra.
Kimdirning qobiqi o’rtacha. Dunyo ilmidan bir qismini olgan. O’ziga yarasha maqsadlari bor. Ular shu hayotda yashash uchun yashaydi. Undan uyoqini fikrlashmaydi. Uzoqi bilan shu dunyo qobiqichalik qobiqqa ega bo'lishadi.
Bunday qobiqlar ko'p. Quyidagisi esa, nazarimda biz insonlar uchun eng kattasi va oliysi.
Bu qobiq egalari dunyo ilmidan ham, oxirat ilmidan ham nasibasini olish yo’lida yurishadi. Bu dunyoga shunchaki bekorga kelmagani, bu dunyodagi barcha borliq, quyosh, oy, yer va undagi barcha mavjudotlar, ozuqa zanjiri, borliqdagi barcha narsaning yagona tizimga amal qilishi, xullas barcha barchasi, shunchaki yaralmaganligini anglab yetgan. O’zidan o’zi bunday mukammal “sistema” bor bo’lib qolmaganini, buni ortida faqatgina Yagona zot, Alloh* borligini anglagan.
Bunday qobiqdagilarni juda hurmat qilaman. Dunyosini ham, oxiratini ham o’ylay oladiganlar. Dunyo qobiqidan ham tashqariga chiqa olganlar. Bekorga kelmaganiga iymon keltirganidek, o’limi bilan hammasi tugamasligiga, barcha o'z amallari uchun javob beradigan kun borligiga ishonadiganlar.
*Alloh - Al-ilah so’zidan tuzilgan, bu Yagona iloh ma’nosini bildiradi. Bandalariga rahmli, Qur’on ila fazl bergan zot, Robbimizning ismlaridan biri.
P.s: Bu fikrlar o’z “qobiqim”dan kelib chiqib aytildi. Siznikiga to'g'ri kelmasa, ma’zur tutasiz :)
#tafakkur
@JoshDeveloper
Repost from MohirDev.uz
Nima uchun "soft skills" muhim?
🦾 Texnik qobiliyatlarning o'zi bilan raqobatbardosh bozorda uzoq qolish mumkinmi?
@mohirdev - tez kunda yangi podkast🎙
Dasturlashda tajribasi bo’lmasdan, dars berib yurganlar haqida fikrim 👆
Mohirdev’da bo’lib o’tgan podkast chiqishiga oz qoldi, Xudo xohlasa. Ushbu qisqa rolik shu podkastdan. Dasturlashda tajriba bo’lmasdan turib, dars berib yurganlar haqida o’z fikrlarim. Davomi bor edi, 🪓 qilishibdi shekilli, yoki to’liq holi chiqqanda chiqar 🙂️️️️️️
#stayTuned #podcast
@JoshDeveloper
Linkedin’da “scam”lar ko’payib ketganidan xabaringiz bor.
Qandaydir yo’llar bilan, sizdan pul yechib olishni o’ylashadi.
Bugun menga mana bu opa yozibdi. “Scammer” deb tahmin qildim. Balki unday emasdir. Ammo, ehtiyot bo’lish kerak. Meni vaqtim bo'lmagani uchun ham qiziqib oxirigacha borib ko'rmadim.
Rasmda, “Falon kompaniyada ishlagan ekansiz, biz shu kompaniya haqida izlanishlar olib borayapmiz, biz bilan 1 soat meeting qila olasizmi? (pullik)” degan ma’noda yozilgan.
#warning #scammers
@JoshDeveloper
Banda Alloh desa-yu, shu gapiga amal qilsa…
Bir akamizdan shu gapni eshitgandim…
Har zamon esimga tushib turadi…(
#tafakkur
@JoshDeveloper
Loyihamiz arxitekturasini yangilashni boshladik. Nx ishlatib, Monorepo ko’taryapmiz. Yaxshi tajriba bo’lyapti. Avval 0 dan Nx orqali Monorepo ko’tarib ko’rmagan edim. Faqat tayyorlarida ishlagandim. Hozir bu vazifani ham qilishni boshladim. Migration juda qiyin narsa. Alloh oson qilsin.)
Xullas, it’s getting fun…
#fun #nx #monorepo
@JoshDeveloper
Ba’zan, siz xohlamagan narsalar, kutmagan natijalar bo’ladi.
Siz keladigan natijani kuting. Qanday va nima kelishini bilmagan holda. O’zingiz xohlaganni emas.
Alloh yaxshisini biladi. Xohlaganingiz balki kelar, balki kelmas… Lekin qaysi biridir keladi…
P.s: Bu xuddi, TypeScript’dagi Generic’larga o’xshaydi. Tip kelmaguncha bilmaydi funksiya. Lekin uning kutadigani shu…
#tafakkur
@JoshDeveloper
Qani kim qayerga kirdi?
Kira olmaganlar ham bo’lsa kerak. Xavotir olmang. Bir yil o’z ustingizda ishlash uchun vaqt bor.
Universitet maqsad emas, vosita. Maqsad boshqa bo’lishi kerak. Universitetsiz ham yetisha olishingiz mumkin.
Kirganlar esa, universitetga ishonmang. Sizni soha mutaxassisi qildirib qo’ymaydi. O’zingiz ham qattiq harakat qiling. Yaxshi tomoni, endi sizda maqsadlari o’xshash insonlar bilan tanishish, ular bilan birga o’qish imkoni bor. Foydalanib qoling.
Barchaga omad.
#maslahat
@JoshDeveloper
Sometimes, we gotta stop and check where we are now and going…
It’s what helps us get back to the right path if we are on the wrong one.
- - - - - - - - -
Ba’zan, to’xtashimiz va qayerdaligimizni va qayerga qarab ketayotganimizni tekshirib turishimiz kerak.
Bu(usul) xato yo’lda ketayotgan bo’lsak, to’g’risiga qaytishga yordam beradi.
P.s: Bu usulni hayotimizda ham, dasturlashda ham qo’llash foydasi katta.
#maslahat
@JoshDeveloper
Kattaroq oylikka chiqishning sirli masalliqini aytmasam bo’lmaydi shekilli. 😅️️️️
Qandaydir sirli narsani emas-u, lekin o’z tajribamda bo’lganini va so’ng esa o’z maslahatimni beraman.
Tajribamdan
O’z tajribamdan shuni bildimki, oylik o’stirishni eng tez yo’li, bir ishxonadan ikkinchisiga o’tish yoki o’tmoqchi bo’lish ekan. Ya’ni, ishlab turgan joyingizdan boshqasiga o’tishda sizga kattaroq summa taklif qilish ehtimoli ko’p bo’ladi va sizni olib qolish uchun ham ishlab turgan joyingiz oylikni ko’proq berishga kelishishi ehtimoli ko’p bo’ladi. Qadrli ishchi bo'lmasangiz, qolishingiz uchun oylik o'stirishlarini kutish qiyinroq. O’zim bilmagan holda shu jarayonlarga tushib qolganman va kattaroq oylikka tez chiqqanman, Alloh izni bilan.
Maslahatim
Bir joyda eng qadrli dasturchilardan biriga aylanib, shuyerda kattaroq oylikka chiqing. Bu vaqt masalasi. Ammo, eng maslahat beradiganim shu. Ishdan ishga sakrab yurish yaxshi emas. Qadringiz bo’lmaydi. Ishonch bo’lmaydi. Mehr bilan ishlay olmaysiz. Sabr qilib, bir joyda “gullashingiz” yaxshiroq.
Yana bir gap. Hozirgi yoshlar(o’zim ham yoshmanku-ya), tez pul topishga juda o’ch bo’lib qolgan(hazilomus isboti 500 ta layk birpasda bo’lgani 👆). Darrov pul topgisi, katta oylikka chiqqisi keladi. Shu sabab katta qismi, hayotidan norozi, noshukr. Bunday bo’lmang. Sabr bilan, shukr bilan erishiladigan narsalarga, birdan chiqishingiz qiyin, chiqqan taqdirda ham eplab ketish qiyin. Alloh bersaku mayli, lekin bermasa noshukrlik yarashmaydi bizga.
Yana, yana bir gap. O’zingizni boshqalar bilan solishtirmang. Kimdir sizdan ertaroq boshlab, kattaroq oylikda yurgan bo’lsa, o’ksinib, xafa bo’lmang. Hasad qilmang.
“Balki, u odamni oilasi nochorroqdir.
Balki, u odamga pul mendan ko’proq kerakdir.
Balki, u odam mendan ko’proq ustida ishlagandir.
Balki, Balki…” kabi savollarni berib ko’ring o’zingizga.
O’zim ko’p guvohi bo’lganman bunday haqiqatlarga.
Oxirgi yana bir gap. Pulni ko’pligi sizni aldab qo’ymasin. Baraka bo’lmasa, bari bir-tiyin. Kam topib, baraka bilan yaxshi yashayotganlar ham, ko’p topib, barakasiz yomon yashayotganlar ham talaygina. Shukr qiling. Halol rizqingizga rozi bo’ling. Niyatingizni to’g’ri qilib, ustingizda ishlang. Alloh ziyoda qiladi, vaqti kelsa.
Mana, sirli masalliq.)
#maslahat
@JoshDeveloper
Qanday kattaroq oylikka chiqish haqida yozaymi?
Shu postga 500 ta 👍 yig’ilsa, sirli masalliqlarni aytaman inshaaAlloh 🌚
@JoshDeveloper
Buni bir yillar oldin tashlagan ekanman 😅️️
Hozirgi holatda sonlar biroz tushgan nazarimda, ko’p emas, biroz. Og’irroq davr. Ishsizlar ko’p. Kompaniyalarda tanlov yuqori. 200$ uchun ham “boshqa kandidat olaqolamiz” deya oladigan davr. Avval boshqacharoq edi.
Shunday ekan, ish chiqsa, kichik summalarni deb, o’jarlik qilmaganingiz ma’qul. Tajriba va bilim eng muhimi.
#maslahat
@JoshDeveloper
Endi mavjud! Telegram Tadqiqoti 2025 — yilning asosiy insaytlari 
