Josh*Developer
Kanalga Telegram’da o‘tish
IT blog of: Umar Sadullayev Senior Software Engineer @ EPAM Google Developer Expert Founder of @vector_academy_uz Reklama: @joshdeveloper_ad Shaxsiy: @umar_shares
Ko'proq ko'rsatish4 834
Obunachilar
-324 soatlar
-57 kunlar
+2930 kunlar
Postlar arxiv
4 837
Angular dasturchilari bo'lsa "Unicon soft"da vakansiya bor.
Minimum talab 2 yil sof Angular freymvorkida ishlaganlik tajribasi.
Qolganini HR bilan gaplashib olsangiz bo'ladi: @itrecruiter_us
#vacancy
@JoshDeveloper
4 837
Tepadagi inson bizga bog'landi.
Noto'g'ri tushunayotganimizni va mavzuni yopishni xohlayapti.
Kelinglar mavzuni yopamiz. Lekin hammaga bir kichik narsani aytmoqchiman.
Internetda hamma kontent ham sizlar uchun chiqarilmaydi. Youtube'ga kirib olib "СИНИЙ ТРАКТОР 🚜" ko'rib o'tirmaysiz-ku.
Azimjon aka ham hozir dasturchilar auditoriyasidan biroz yiroqlashib, butun xalqqa yuzlanyapti. Tabiiyki biroz xalqbob, sal darajasi pastroq kontentlar qilishi va odamlarni jalb qilishi kerak.
Bunday kontentlar oldingizdan chiqqanda g'azablanmasdan, "Bu kontent kim uchun chiqyapti?" deb savol berib ko'ringlar. Shunda hammasi oydinlashadi.
O'zim ham kelajakda mobodo katta auditoriya chiqishni xohlab qolsam, "Memory leak" haqida emas, "Bir necha yil avval nega 5000$ oylikdan voz kechdim?" kabi mavzular haqida postlar joylashga majbur bo'laman. Bunday paytda yillar davomida tanish bo'lgan dasturchi auditoriyam mani qo'llab turishi kerak deb o'ylayman, "heyt" qilishi emas.
Xalqimizga haqiqiy mashxur mutaxassislar kerak. Buning uchun esa bozor marketinggiga moslashishga majburmiz.
#thoughts
@JoshDeveloper
4 837
Mana shunaqa odamlarga nima yetishmaydi? Linkedin'da birnecha bor xuddi shu mazmunda tanqid postlar ko'rdim.
Kurs sotishni qachondan gunoh sanashni boshlashgan bunaqa odamlar?
Shular tanqid qilayotgan inson boshlagan ish o'zidan ko'ra shu ko'zi qora yoshlarimizga foydaliroq. Bunday mutaxassislar dars o'tishni xohlab, O'zbekistonga qaytishini o'zi juda katta narsa.
O'zi ozib yozib endi mutaxassislarimiz ko'payib, bilim berishni tanlayotganlari chiqib qolyapti. Buyerda esa bunday zaharli qo'ziqorinlar chiqib olib tanqid ham qilib qo'yadi...
Yolg'onlarsiz, manfaatli kurs sotish savob bo'lsa savob-ki, gunoh emas. Bunday postlarni tinmay target qilib xiyla va yolg'on va'dalar/marketing bilan kurs sotayotganlarga qaratsak yaxshiroq bo'lar edi.
#tanqid
@JoshDeveloper
4 837
Tepadagi muommoga "Pull ruquest" ochdim.
2.7GB -> 538MB ✅
P.s: Bir xil sahifalar va bir xil qadamlarni bajargan holda hisoblandi bu raqamlar.
#memoryLeaks
@JoshDeveloper
4 837
Memory leaks (Xotiraga keraksiz ma'lumotlar chiqib ketishi va loyihani qotishga olib kelishi)
Kecha va bugun yangi loyihamda bir jiddiy muommoni sezib qoldim. Dasturda juda katta "memory leak" bor. Dastur xotiradan 1-4GB'gacha joy olyapti. Bardavom ishlatilsa undan ham oshadi.
Muommoni juda uzoq qidirdik. Sababi sahifada juda "complex" tablitsa bor edi. Loyiha esa juda ko'p mayda xatolardan iborat.
Hozirgina eng kattasini to'g'irladim. Lekin "Memory leak"lar juda ko'p. Maydalari yig'ilib katta muommolar yasagan. To'liq qutilish imkonsizdek tuyulyapti.
Bunday muommolar paydo bo'lsa, qanday aniqlashni bilasizmi? Agar qiziq desangizlar bu haqida kichik jonli efir yoki darslik qilamiz, Xudo xohlasa.
#memoryLeaks
@JoshDeveloper
4 837
Uzbekistan Tech Certifications Summit 2026
Tech Skills & Certifications Defining 2026: Cloud, Cybersecurity, PM
On February 25 join Uzbekistan Tech Certifications Summit 2026 — this key industry event brings together international experts, industry leaders, and the local tech community to explore how global standards in Cloud, Cybersecurity, and Project Management influence team efficiency and professional growth.
What to expect:
🔸 A strategic panel on why certifications matter in 2026
🔸 Insights into global tech standards and future-ready skills
🔸 Three parallel expert-led workshops
🔸 Practical guidance on Cloud, Cybersecurity, and PM certification paths
🔸 Networking
Expert Sessions:
- AWS Cloud Essentials 2026: Rostyslav Myronenko, Solutions Architect at Booking.сom. Practical skills for cloud infrastructure.
- AI in Cybersecurity: Oleksii Baranovskyi, CISSP/CISM. Analysis of how AI is transforming the security landscape.
- AI Toolset for Project Managers: Maxim Pochebut, Director at Sigma Software Tashkent, PMP. Evaluating essential vs. redundant AI tools in management.
📅 Date & time: February 25 | 16:30
📍 Location: University of World Economy and Diplomacy
54 Mustakillik Ave., Tashkent 100007, Uzbekistan
🌐 Language: English
The summit is organized by Sigma Software University, in partnership with Sigma Software, as part of the launch of the International Certifications Center in Tashkent.
👉 Registration is open — secure your spot now: https://bit.ly/3NcHnKu
#reklama
4 837
Google loyihalarini katta qismi yagona Repository'da turishini bilarmidingiz?
Buni Monorepo usuli deydi. Barcha loyihalar bir joyda.
Eshitishimcha Google ba'zi Frontend loyihalarini Micro-Frontend usuli orqali chiqarishni rejalashtirayotgan ekan. Lekin, biz bilgan an'anaviy uslubda emas, o'zlarini talablari asosida.
Bu ma'lumotlar shuni anglatadiki, Google kabi katta kompaniyalarda ham Frontend mutaxassislar juda kerak. Lekin oddiy "CRUD + verstka"chilar emas, balki chuqur bilimga ega dasturchilar.
Asosiy bozorimizda bunday bilimlarga qiziquvchi Frontend dasturchilar soni kam, talab ham kam. Lekin "Big tech" uchun bu mavzular "must-have" ekan.
Sizni ishlagan loyihalaringizda bunday yechimlar qadrlanadimi? ❓
#frontend #bigTech #google
@JoshDeveloper
4 837
Dastur xavfsizligi (Frontend tomondan)
❓ "Frontend'da ham xavfsizlikni ta'minlasa bo'ladimi?" — deyishadi ko'pchilik.
Albatta bo'ladi. To'g'ri katta xavfsizlik yechimlari server tomonda bo'ladi, lekin Frontend qismi o'ylab yozilmagan bo'lsa, eng "xavfsiz" tizimlarga ham hujum qilsa bo'ladi 👨💻
Sababi Frontend loyihamiz bu Backend uchun "authorised client" hisoblanadi. Undan keladigan "request"larni so'zsiz qabul qiladi. Agar Frontend'da teshiklar bor bo'lsachi? Shu teshiklar orqali Backend'ga ko'plab hujumlar bo'lishi mumkin.
Quyida Frontend'da e'tiborga olishingiz kerak bo'lgan "Security best practices"larni eslatib o'taman.
1️⃣ XSS hujumlarni oldini olish uchun, foydalanuvchidan keladigan input'larni doim 'Sanitization"dan o'tkazing.
2️⃣ Token'larni vazifaga qarab to'g'ri joyda saqlang. HTTP-only Cookie'lar eng xavfsizlaridan biri.
3️⃣ Content Security Policy (CSP), tashqaridan kiradigan script'larni ishlatishni bloklang yoki nazorat qiling.
4️⃣ Eski yoki ishonchsiz Kutubxona/dependency'lar eng xavfli qism. Doim yangi versiyada, ishonchli kutubxonalardan foydalaning. Yangiliklarga ham e'tiborli bo'ling, istalgan payt qaysidir kutubxonangizdan "Vulnerability" chiqib qolishi mumkin.
5️⃣ Auth yechimlarini ishonchli yozilganini unutmang. Muhim rollar va sahifalar himoyalanganligiga ishonch hosil qiling.
6️⃣ Kerak bo'lsa CSRF token'lardan ham foydalaning himoyani 2 barobar kuchaytiring va shu kabi 2-bosqichli himoyalar ishlab chiqing.
Bu postni barcha Frontend'chilarga yetishi uchun ulashishni unutmang 😉
#security #frontend
@JoshDeveloper
4 837
Bir dasturchi tanishim bilan gaplashib qolgandim.
Jiddiy bir loyihada ishlagan bir insonda Superadmin roli u odam ishdan ketganiga 1 yil bo’lsa ham saqlanib turgan ekan.
Ishdan ketgan ishchilardan “dostup”larni olishni unutmang, azizlarim 😉
#eslatma
@JoshDeveloper
4 837
Repost from Josh*Developer
Ma’lumotlarimiz tarqab yotgan zamondamiz. Nomingizga qandaydir yo’l bilan kredit olishlarini xohlamasangiz my.gov.uz dan kreditga ta’qiq qo’yishingiz mumkin.
Bunda o’zingiz ham ololmaysiz. Istalgan payt o’chirib, yoqsangiz bo’ladi.
Tanishlarga yuborib qo’ying ✈️
#tavsiya
@JoshDeveloper
4 837
Aholini ro’yhatga olish orqasidan 15mln aholi ma’lumotlari tarqagan deyishyapti.
Qiziq, shu rostmikan?
#hacked
@JoshDeveloper
4 837
Endi arzonroq 💸
Frontend arxitektura kursimiz narxi sabab sotib olishga ikkilanib yurganmidingiz?
🤩 Bugundan boshlab kurs narxini naqd 200.000 so'mga arzonlashtiramiz.
➕ Uni ustiga esa faqat bugun amal qiladigan chegirma e'lon qilamiz. Chegirmani faqat admin orqali bilib olishingiz mumkin.
Kurs haqida batafsil: https://telegra.ph/Frontend-arxitektura-kursi-08-15
#architecture
@JoshDeveloper
4 837
Qo'lda kod yozish tugayaptimi?
Internet bir talay postlarni ko'rdim bugun shu haqida. Hayp ko'tarilgan shekilli. Ruhsat etsangiz fikrimni bildirsam.
1. Qo'lda kod yozish to'xtadimi? — Yo'q.
2. Kamayyaptimi? — Ha.
3. Bu degani dasturchi kamroq kerak deganimi? — Yo'q. Dasturchi doimgidek muhim. Faqat hamma ishni qo'lda qiladigan dasturchi endi kerak emas.
4. Endi faqat Prompt engineering o'rganamizmi? — Dasturlashni katta qismi Prompt engineering atrofida aylanayotgani rost, lekin dasturlash sohasini Prompt yozishnigina biladigan odam olib qo'ya olmaydi.
Dasturlash bu dasturchidek fikrlashdan iborat. Yozayotgan Prompt'ingiz esa shu fikrlashingizdan kelib chiqadi. Shu sabab dasturlash asoslari, tizimlar qanday ishlashi va shu kabi quyi mavzularni o'rganing. Shular bilangina ertaga oddiy Prompt'chidan farqingiz bo'ladi.
#thoughts
@JoshDeveloper
4 837
Mobodo ISTV'dan internet ulamoqchi bo'lsangiz, yaxshilab o'ylab ko'ring.
Biz yangi ko'chgan uyimizda shu Provider ekan. Internet juda uzilib-uzilib ishlayapti. Tarifini o'zgartirsa ham foydasi yo'q. Yordam so'rasak 2 kun ichida kelishar ekan va 60ming so'm atrofida pul olishar ekan, ishlamayotgan internetini to'g'irlash uchun.
Ko'ramiz endi tuzata olishadimi yo'qmi...
#istv
@JoshDeveloper
4 837
+9
Kvartira ijaraga beriladi 🏢 (O’zimniki)
1/1/4 (2 xona qilingan)
Manzil: Mirzo Ulug’bek tumani, Axmad Yugnakiy mavzesi (Prezident qarorgohiga yaqin)
Maydoni: 38kv metr
Xonalar soni: 1 (2 xona qilingan)
Holati: yaxshi (biroz salqin bo’ladi qishda)
Yashashga tayyor!
Barcha mebel va texnikalari bor.
➕ “Тёплий пол” bor.
Narxi: 350$
Kimga: Ishonchli, toza va uzoq muddat tura oladigan istalgan insonlarga.
Kontakt(Telegram): @UmarSadullayev
(aniq qiziqayotganlar bilan telefonda keyin gaplashamiz)
Shanba yoki Yakshanba ko’rsata olamiz uyni, birinchi band qilganga birinchi ko’rsatamiz.
Tarqating ✈️
4 837
Bizga Toshkent’ning yaxshiroq hududidan 60+ metr kvadratli ijaraga uy kerak.
Makler haqqisiz bo’lsa yaxshi bo’lar edi.
Kimda yaxshi variant bo’lsa, @UmarSadullayev ga yuboring.
Hozirgi uyimizni ham makler haqqisiz ijaraga qo’yamiz uy topsak, inshaaAlloh.
#offtopic
@JoshDeveloper
4 837
Repost from UNICON SOFT
🤓 “Unicon Soft” tajribali Middle/Senior dasturchilarni izlamoqda
👨💻 Bo‘sh vakansiyalar:
▪️ Backend Developer (Node.js)
▪️ Frontend Developer (Angular)
💼 Ish formati: to‘liq stavka, ofis
⏰ Ish vaqti: 5/2, 10:00–19:00
❗️Sizni kutmoqda:
⏺ Professional jamoa;
⏺ Qiziqarli loyihalar;
⏺ Barqaror daromad;
⏺ Rivojlanish va o‘sish imkoniyati;
💬 Batafsil ma’lumot olish uchun Telegramdan yozing:
➡️ @itrecruiter_us
4 837
Monorepo'lar hozir ustunroqmi?
AI bilan ishlash davrida, bir-biriga bog'liq loyihalar bir Repository'da bo'lishi Sun'iy intellekt'dan maksimal foydalanishda katta ustunlik beradi.
Monorepo usuli orqali bunga erishsa bo'ladi. Monorepo qurish uchun esa bir qancha tool'lar mavjud. (Nx, Turborepo, Bazel, Lerna...)
Siz Monorepo loyihada ishlab ko'rganmisiz?
#monorepo #ai
@JoshDeveloper
4 837
Shaxsiy fikrim:
Dasturlashni o'rganayotganlarni ko'pisida hozir Vibe-coding qilishga moyillik bor. Ya'ni, "Sun'iy intellekt bilan oson bitar ekan, o'zim o'rganib qiynalishimga na hojat?" degan tushuncha bor.
Bunday dasturchilar avlodi shakllanishi kelajakda haqiqiy AI'siz ham kod yoza oladigan, loyihalar arxitekturasini qura oladigan va "debug" qila oladigan dasturchilarni qadrini oshiradi. Shu sabab belni mahkam bog'lab, eng quyi va hamma tashlab ketadigan mavzulargacha chuqur o'rganing. InshaaAlloh afsuslanmaysiz.
#thoughts
@JoshDeveloper
4 837
Telegramda startaplar, sun’iy intellekt va biznesning moliyaviy holatini tahlil qilib post yozadigan kanal bor ekan.
Qiziq bo‘lsa obuna bo‘ling: @hisperspective
Endi mavjud! Telegram Tadqiqoti 2025 — yilning asosiy insaytlari 
