cookie

Sizning foydalanuvchi tajribangizni yaxshilash uchun cookie-lardan foydalanamiz. Barchasini qabul qiling», bosing, cookie-lardan foydalanilishiga rozilik bildirishingiz talab qilinadi.

avatar

BBA Surxondaryo viloyati bo'limi

Bilimni baholash agentligi Surxondaryo viloyati bo'limining telegramdagi rasmiy kanali. Manzil: Termiz shahri, A.Navoiy ko‘chasi 42 Termiz olimpiya zahiralari kolleji. Murojaat uchun tel: 76-225-16-45.

Ko'proq ko'rsatish
Reklama postlari
695
Obunachilar
-124 soatlar
-67 kunlar
-2430 kunlar

Ma'lumot yuklanmoqda...

Obunachilar o'sish tezligi

Ma'lumot yuklanmoqda...

#xalqaro_hamkorlik Bilimni baholash agentligiga 13-14-may kunlari “Oxford University Press” tashkiloti delegatsiyasi tashrif buyurdi. Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Hammasini ko'rsatish...
#Ovozli_chat Milliy sertifikat bo‘yicha test natijalarini hisoblashda xalqaro metodika — Rash modeli bo‘yicha ovozli chat 📆 2024-yil 16-may (payshanba) kuni 15:00 da Bilimni baholash agentligining telegramdagi rasmiy kanali (@BaholashUz) da ovozli chat o‘tkaziladi. ✅ Ovozli chat Milliy sertifikat bo‘yicha test natijalarini hisoblashda xalqaro metodika — Rash modeli bo‘yicha bo‘lib o‘tadi. 🎙 Unda Bilimni baholash agentligining tegishli boshqarma boshliqlari hamda mutaxassislar ishtirok etadi va savollarga shaxsan javob beradi. 🙋‍♂️ Ovozli chat davomida ishtirokchilar qo‘l ko‘tarish funksiyasidan foydalangan holda o‘zlarini qiziqtirgan savollarni berishlari mumkin bo‘ladi. Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Hammasini ko'rsatish...
Xorijiy aloqalar kengaytirilmoqda 🇺🇿🇬🇧Ma'lumki, joriy yil fevral oyida Bilimni baholash agentligi delegatsiyasi Angliya, Fransiya davlatlariga amaliy tashrifi davomida “Oxford University Press” tashkilotida ham bo‘lib, o‘zaro hamkorlik qilishga kelishilgan edi. Ushbu hamkorlikni davom ettirish maqsadida 13-14-may kunlari “Oxford University Press” tashkiloti delegatsiyasi Bilimni baholash agentligiga tashrif buyurdi. ✅Tashrifning dastlabki kunida delegatsiya vakillari Agentlikning Namangan viloyatida qurib foydalanishga topshirilgan test sinovlari o‘tkaziladigan binosida bo‘lib, u yerda talabgorlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishishdi. ✅Tashrifning ikkinchi kunida ikki tomonlama hamkorlik yo‘nalishlari, xususan, “Oxford test of English” testini Agentlik bilan hamkorlikda respublikaning barcha hududlarida tashkil etish masalasi muhokama qilindi. 🇺🇿🇬🇧Uchrashuv yakunida Bilimni baholash agentligi hamda “Oxford University Press” tashkiloti o‘rtasida baholash sohasida hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash yuzasidan Memorandum imzolandi. 👉 Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Hammasini ko'rsatish...
Bilim va malakalarni baholash agentligi huzuridagi Ilmiy-o‘quv amaliy markazi tomonidan Attanal Alarabi imtihoni uchun talabgorlar onlayn ro‘yxatga olish davom etmoqda 🇸🇦 Attanal Alarabi – arab tilini bilish darajasini aniqlash uchun mo‘ljallangan xalqaro imtihonlardan biri hisoblanadi. Bunda nomzodlarning: ✅ tinglab tushunish ✅ o‘qish ✅ gapirish ✅ so‘z boyligi va grammatika ✅ yozish ko‘nikmalari test sinovidan o‘tkaziladi. 📆 Test sinovi 18-mayda tashkil etiladi. 🔗 Ro‘yxatdan o‘tish va to‘lov qilish muddati 17-may ga qadar agentlikning my.uzbmb.uz sayti (“Ilmiy markaz” https://my.uzbmb.uz/ilmiy/service bo‘limi) orqali amalga oshiriladi. 🇸🇦 Attanal Alarabi imtihoni narxi - 990 000 so‘m. 🗺 Imtihon Toshkent shahrida Bilimni baholash agentligi binosida o‘tkaziladi (Bog’ishamol ko’chasi 12-uy, mo‘ljal: "Bodomzor" metro bekati). Ma’lumot uchun: mazkur sertifikatga ega bo‘lgan talabgorlar Prezidentning PQ-5117-son qarorida belgilangan imtiyozlardan foydalanishlari mumkin bo‘ladi. 📱 @bba_ilmiy_markaz 📞 (95) 515-68-68 🏢 @IlmiyMarkazUz
Hammasini ko'rsatish...
iTEP imtihoni uchun talabgorlar ro‘yxatga olish davom etmoqda 🇬🇧 iTEP (International Test of English Proficiency) ingliz tilini bilish darajasini aniqlash uchun mo‘ljalllangan xalqaro imtihonlardan biri bo‘lib, unda talabgorlarning: 🔹 tinglab tushunish; 🔹 o‘qish; 🔹 grammatika; 🔹 yozish; 🔹 gapirish ko‘nikmalari sinovdan o‘tkaziladi. 📱 Mazkur imtihon uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish my.uzbmb.uz sayti orqali amalga oshirilmoqda va ro‘yxatga olish 17-may kuniga qadar davom etadi. 🔗 Ro‘yxatdan o‘tish uchun havola: https://my.uzbmb.uz/ilmiy/52 👍 Imtihonlar 18-may kuni Bilimni baholash agentligi binosida (mo‘ljal: Bodomzor metro bekati) bo‘lib o‘tadi va natijalar 24 soat ichida e’lon qilinadi. 🖥 Imtihon topshirish narxi 1 610 000 so‘m iTEP uchun mock test 👉 https://www.iteptest.com/preview iTEP xalqaro sertifikati orqali Siz magistratura va doktorantura bosqichlariga o‘qishga qabul qilinishingiz mumkin. 📱 @bba_ilmiy_markaz 📞 (95) 515-68-68 🏢 @IlmiyMarkazUz
Hammasini ko'rsatish...
⚡️ Surxondaryo viloyatida test sinovlariga tayyorgarlik holati o‘rganildi ✅ Bilimni baholash agentligi direktori M.Karimov 10-11-may kunlari Surxondaryo viloyatida xizmat safarida bo‘lib, agentlikning Surxondaryo viloyati bo‘limi binosining qurilish ishlari bilan tanishdi, mas’ul xodimlarga qolgan ishlarni ham qisqa muddatda yakunlash choralarini ko‘rish lozimligi, shuningdek, mazkur binoda abituriyentlar bilan birgallikda ularning ota-onalari uchun ham zarur sharoitlar yaratish zarurligiga alohida to‘xtaldi. ☝️Ushbu binoning foydalanishga topshirilishi viloyat yoshlari uchun test sinovlarini yilning istalgan vaqtida topshirish imkoniyatini berishi, chet tillari va umumta’lim fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari, diagnostik testlar va boshqa test sinovlari doimiy tashkil etilishi ma’lum qilindi. ☝️Shuningdek, viloyatda 2024 - 2025-o‘quv yilida oliy ta'lim tashkilotlariga qabul test sinovlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan katta sig‘imli binolar bilan ham tanishildi. Mazkur binolarda abituriyentlar va ularning ota-onalari uchun barcha zarur sharoitlarni yaratish, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish bo‘yicha fikr almashildi. 👉 Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Hammasini ko'rsatish...
Chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari bo‘lib o‘tdi ✅ 2024-yil 11-12-may kunlari chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlarining yozma (tinglab tushunish, o‘qish, yozma ish) qismi bo‘lib o‘tdi. 📍 Test sinovlari talabgorlarga qulay bo‘lishi uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etildi. 📝 Unda jami 39,3 ming nafardan ziyod talabgor ishtirok etdi va 69 nafar talabgor tartib-qoidani buzgani uchun test sinovidan chetlatildi. 🎤 Test sinovlarida ishtirok etgan talabgorlar uchun gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari 13-maydan 12-iyunga qadar bo‘lib o‘tadi(dam olish kunlaridan tashqari). Shuningdek, 2024-yil 14-15, 18-19-may kunlari ham chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlarining yozma (tinglab tushunish, o‘qish, yozma ish) qismi bo‘lib o‘tadi. Izoh: Test sinovi natijalari Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq imtihonlar to‘liq yakunlangandan so‘ng bir haftada e’lon qilinadi. ✔️ Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Hammasini ko'rsatish...
⚡️ Agentlik direktori M.Karimov Surxondaryo viloyatda qurilgan agentlik binosini ham borib ko‘rdi. ✅ Bilim va malakalarni baholash agentligi direktori M.Karimov Bilim va malakalarni baholash agentligi Surxondaryo viloyati bo‘limi uchun qurilayotgan binoga tashrif buyurib, u yerda bajarilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi va mas’ul xodimlarga qolgan ishlarni ham qisqa muddatda yakunlash choralarini ko‘rish lozimligi, ota-onalar kutish joyi, obodonlashtirish va boshqa zarur bo‘ladigan ishlarni sifatli darajada tez fursatda yakuniga yetkazish bo‘yicha o‘zining taklif va tavsiyalarini berdi. BBA Surxondaryo viloyat bo'limining rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Hammasini ko'rsatish...
📆Surxondaryo viloyatida sayyor qabul o‘tkazildi. ✅ Sohaga oid muammolarni joyida o‘rganish, hal qilish hamda zarur maslahat, yo‘l-yo‘riqlar ko‘rsatish maqsadida Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan sayyor qabullar tashkil etilmoqda. ✅ Navbatdagi sayyor qabul 2024-yil 10-may kuni Bilim va malakalarni baholash agentligi direktori Karimov Madjit Malikovich tomonidan Surxondaryo viloyatida o‘tkazildi. ❇️ Mazkur tadbir Termiz davlat universiteti Axborot texnologiyalari fakulteti binosida aholi vakillari, talabalar, maktab bitiruvchlari va ularning ota-onalari uchun tashkil etildi. ❇️ Sayyor qabul davomida Bilimva malakalarni baholash agentligi faoliyatiga tegishli masalalar bilan murojaat qilgan fuqarolar shaxsan qabul qilinib, ko‘tarilgan masalalarni hal qilishga yaqindan yordam berildi. BBA Surxondaryo viloyat bo'limining rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Hammasini ko'rsatish...
⚡️ Chet tili imtihoni sanalari e’lon qilindi 🔔Chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha bo‘lib o‘tadigan navbatdagi test sinovi sanalari e’lon qilindi.  Unga ko‘ra: ✏️test sinovining yozma qismi — 11-12, 14-15 va 18-19-may kunlari; 🎤 gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari — 13-maydan 12-iyunga qadar bo‘lib o‘tadi(dam olish kunlaridan tashqari). 📱 Talabgorlar imtihon joyi, kuni va aniq vaqtini my.gov.uz saytining “Mening arizalarim” bo‘limidan bilishlari va ruxsatnomani yuklab olishlari mumkin. 6️⃣ Talabgorlardan test sinoviga belgilangan vaqtdan kamida bir yarim soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) bilan kelishlari so‘raladi. 📍 Test sinovi o‘tkaziladigan joylar va ularning joylashuvi (geolokatsiya): https://telegra.ph/Chet-tili-05-08-3 Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Hammasini ko'rsatish...