Qobiljon_Domla_Maruzalari
Qobiljon Domla Aslanov Boyovut tumani „Abduxoliq G'ijduvoniy” jome masjidi imom-xatibi Savollaringizni ushbu bot orqali yuborishingiz mumkin: @marifat_saboqlari_bot Telegram gruppa:https://t.me/qobiljon_domla_maruzalari
Ko'proq ko'rsatish1 097
Obunachilar
+524 soatlar
+47 kunlar
-1430 kunlar
- Kanalning o'sishi
- Post qamrovi
- ER - jalb qilish nisbati
Ma'lumot yuklanmoqda...
Obunachilar o'sish tezligi
Ma'lumot yuklanmoqda...
Qur’on tilovati va uning fazilatlari ⬇️
1. Qur’on nurdir.
2. Qur’on muborak kitobdir.
3. Qur’on shifodir.
4. Qur’on rahmatdir.
5. Qur’on hidoyatdir.
6. Qur’on qutqaruvchidir.
7. Qur’on qalb zangini ketkazuvchidir.
8. Qur’on darajalarni ko‘taruvchidir.
9. Qur’on shafoat qiluvchidir.
10. Qur’on jannatga olib kiruvchidir.
11. Qur’on toj kiydiruvchidir.
12. Qur’on o‘z sohibini qiyomat kunida faza’ul akbar (ya’ni katta qo‘rqinch) dan qutqaradi.
13. Qiyomat kunida hamma terga botib turganda, Qur’on o‘z sohibining mushki anbarga burkanishiga sabab bo‘ladi.
14. Qur’onni yod olganlar qiyomat kunida eng sharafli inson bo‘ladi.
15. Qur’on insonni ikki dunyo saodatiga yetaklovchi ilohiy dasturdir.
Alloh taolo barchalarimizni Qur’on o‘qiydigan va unga amal qiladigan solih bandalardan qilsin!
👍 11
Қуръон рақамларда
• 30 пора;
• 114 сура;
• 6236 оят;
• 77.439 сўз;
• 323.015 ҳарф;
• 4 марта Муҳаммад;
• 136 марта Мусо исми;
• 25 марта Исо исми;
• 43 марта Нуҳ исми;
• 145 марта Ҳаёт ва ўлим сўзи;
• 4 марта Иссиқ ва совуқ;
• 24 марта Эркак ва аёл;
• 77 марта Жаннат ва дўзах;
• 115 марта Дунё ва охират;
• 25 марта Иймон ва Куфр;
• 88 марта Фаришталар ва шайтон;
• 34 марта Сажда сўзи;
• Қуръон: 22 йил 02 ой 22 кунда нозил бўлди;
• Энг катта сура Бақара 286 оят;
• Энг кичик сура Кавсар сураси 3 оятдан иборат.
👍 8😢 1🙏 1
Эҳсоннинг энг чиройлиси аввал қилингани.
Изоҳ. Биров бировга яхшилик қилди. Кейин иккинчи киши аввалгисига яхшилиги баробарида ёки ундан-да кўпроқ қилиб яхшилигини қайтарди. Мана шу ҳолатда аввал қилган кишининг яхшилиги чиройли саналяпти. Чунки у хайрнинг бошида бўлиб қолди. Гўё яхшилик йўқ эди, у бошлаб берди, иккинчи киши эса уни давом эттирди. Мажозан айтсак, йўқдан бор этиш, борни бор этишдан мартабада баландроқдир.
“Унвонул баён”дан.
👍 6
ТОНГГИ ДУО
لا إِلهَ إلا الله، وحده لا شَريكَ لَهُ، لَهُ المُلْكُ، وَلَهُ الحَمْدُ، وَهُوَ على كُلّ شيء قدير
Лаа илаҳа иллаллоҳу ваҳдаҳу лаа
шарийка лаҳу, лаҳул мулку ва лаҳул ҳамду ва ҳува ъала кулли шайин қодийр
Яккаю ёлғиз Аллоҳдан бошқа илоҳ йўқ. Унинг шериги ҳам йўқ. Мулк Уникидир. Унга ҳамд бўлсин. У ҳар бир нарсага Қодир.
Telegram | Instagram | Yo tube
👍 11🥰 2
Qalb poklanishi uchun:
1. Ko’zni saqlamoq
2. Faqat pok luqma yemoqlik
3. Qo’lidan birovga zarar bermaslik
4. Gunoh ishlarga bormaslik
5. Giybat so’zlarni eshitmaslik
●Aqli yetuk insonning olti xislati bor: uchtasi uyida va uchtasi safarda bilinadi.
●Uyidagisi–tilovati Qur’on, masjidni obod qilmoq, Alloh uchun do’st tutinmoq.
●Safardagisi–borini o’rtaga tashlashi, husni xulq va gunoh bo’lmaydigan so’zlar bilan hazillashmoq.
Hazrati Ali roziyallohu anhu
👍 11