cookie

Sizning foydalanuvchi tajribangizni yaxshilash uchun cookie-lardan foydalanamiz. Barchasini qabul qiling», bosing, cookie-lardan foydalanilishiga rozilik bildirishingiz talab qilinadi.

avatar

MAQOM MARKAZI

Ўзбек миллий мақом санъати маркази. Тошкент шаҳар, Маҳтумқули кўчаси 49 уй. Электрон манзил: [email protected] Fecebook: https://www.facebook.com/Ozbek-milliy-maqom-sanati-markazi-105770038487289/ Телефон: +99871 286-31-77

Ko'proq ko'rsatish
Reklama postlari
1 641
Obunachilar
-324 soatlar
+57 kunlar
+2230 kunlar

Ma'lumot yuklanmoqda...

Obunachilar o'sish tezligi

Ma'lumot yuklanmoqda...

#Premyera #Namoyish Marg‘ilon shahar Musiqali maqom teatrining III chorak repertuar rejasidan o‘rin olgan, T. Ro‘ziboyev qalamiga mansub "UVAYSIY" asari tajribali va iste’dodli rejissor Doston Xaqberdiyev davlat buyurtmasi asosida sahnalashtirilib 13-iyul kuni xalqimiz uchun premyerasi bo‘lib o‘tdi. Teatrga tashrif buyurgan Jaxon Otin Uvaysiy avlodlari, adabiyot, san’at vakillari hamda viloyatimiz aholisi ushbu spektaklni katta olqishlar bilan kutib oldi. Spektakl so‘ngida so‘zga chiqqan tomoshabinlar ushbu spektakl rejissor tomonidan juda nafis tarzda yondashilgani, asardagi qahramonlar obrazlaridagi aktyor va aktrisalar, ijro etilgan har bir kuy-qo‘shiq, raqslar joy-joyiga tushgani, eng asosiysi bu asar xalqimiz uchun katta ibrat va ma'naviy ozuqa bera oladigan spektakl bo‘lganini ta'kidlashdi. Telegram I Instagram Facebook I YouTube
Hammasini ko'rsatish...
2024-yil 12-iyul kuni O‘zbek milliy maqom san'ati markazi Bosh direktori Shomurodov Avazbek Abdulhamidovich O‘zbek milliy maqom san'ati markazi Qashqadaryo viloyati hududiy boʻlimiga, xizmat safari bilan tashrif buyurdi. Tashrif davomida bo‘limdagi ish jarayoni koʻzdan kechirilib bo‘limdagi ishlar qay tarzda tashkil qilinganligi, kadrlar masalasi, Prezident qarorlari asosida tashkil qilinayotgan mahaliy gastrol safarlarni qay tarzda bajarilayotganligi, o‘rganilgan va o‘rganish uchun rejada qo‘yilgan asarlar to‘g‘risida jamoa badiiy rahbari Yodgor Bozorovning hisoboti tinglandi. Yig‘ilishda jamoa ijrosida Shashmaqom, Toshkent va Farg‘ona maqom yo‘nalishi, hamda  bastakorlik asarlardan namunalar ijro etildi. Tashrif yakunida maqom markazi Bosh direktori Avazbek Shomurodov tomonidan Qashqadaryo hududiy boʻlimiga kamchiliklar yuzasidan topshiriqlar berildi. Telegram I Instagram Facebook I YouTube
Hammasini ko'rsatish...
Professor Soibjon Begmatov tomonidan Maqom san’atini Ilmiy rivojlantirish bo‘limi Cholg‘ularni akustik hususiyatlarini o‘rganish bo‘limi va Tarixiy Ekspozitsiya bo‘limi xodimlari uchun kichik majlis bo‘lib o‘tdi. Unda xar bir bo‘lim uchun vazifalar va topshiriqlar berildi. Ilmiy bo‘lim uchun bu yilgi tuziladigan rejaga Sharq musiqasi atamalarining qisqacha lug‘ati ensklopediyasini (Isxoq Rajabov) nashrni qayta nashr qilish vazifasi topshirildi. Shuningdek PQ-3391 sonli qarorida maqom markazinig ilmiy rivojlantirish bo‘limi uchun belgilangan vazifalarni bajarish vazifasi topshirildi. Akustika bo‘limi bilan bir qator vazifalar ko‘rib chiqildi ulardan Saraxbori Buzruk taronasining notaga olinganligi keyingi o‘rinda Saraxbori Rost taronasini notaga olish vazifasi topshirildi. Ekspozitsiya bo‘limi uchun ham bir qator vazifalar topshirildi. Maqom ustozlarining eksponatlarini yig‘ish va xar bir olingan eksponat uchun anotatsiya yozib borish vazifasi yuklatildi. Telegram I Instagram Facebook I YouTube
Hammasini ko'rsatish...
#Taqdimot Marg‘ilon shahar Musiqali maqom teatrini III-chorak repertuar rejasidan davlat buyurtmasi asosida D.Xaqberdiyev rejissyorligida sahnalashtirilgan T.Ro‘ziboyevning "Uvaysiy" musiqali maqom spektaklini jamoat ko‘rigi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi teatrlar va sirk san’atini rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i X.Eshdavlatov, taniqli dramaturg, O‘zbekiston davlat san’at instituti dotsenti, H. Rasul, Teatr arboblari uyushmasi bo‘lim boshlig‘i, teatrshunos, T.Do‘stmuhammedovlar ishtirok etdi. Asarni Respublika Badiiy Kengashi a’zolari juda yuqori baholashdi va ko‘zda yosh bilan tomosha qilishganini, har bir epizod juda puxta o‘ylangani, har bir aktyor, honanda, sozanda, raqqosalar o‘z vazifasini mahorat bilan bajarganliklari, ularning o‘zaro hamjihatligi spektaklni muvaffaqiyatini ta’minlaganini ta’kidlab, badiiy kengash a'zolari ushbu spektaklni bir ovozdan qabul etib, premyeraga ruxsat berishdi. Telegram I Instagram Facebook I YouTube
Hammasini ko'rsatish...
Kuni kecha 10-iyun kuni Oʻzbek milliy maqom san’ati markazi Bosh direktori Shomurodov Avazbek Abdulhamidovich Xizmat safari bilan Samarqand viloyatida boʻldi. Tashrif davomida Oʻzbek milliy maqom san’ati markazi Samarqand viloyati hududiy boʻlimining xonanda va sozandalari bilan uchrashib, ansambl a’zolari bilan suhbatlashdi va ularning repertuarlari bilan tanishib, Oʻzbek milliy maqom san’atini yanada rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida suxbat oʻtkazildi. Malumot uchun: Shomurodov Avazbek Abdulhamidovich joriy yilning 5-iyul kuni Namangan 6-iyul kuni Fargʻona 9-iyul kuni Jizzax viloyatida xizmat safari bilan tashrif buyurgandi. Telegram I Instagram Facebook I YouTube
Hammasini ko'rsatish...
2024-yil 9-iyul kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 30-avgustdagi PQ-289-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, Oʻzbek milliy maqom san’ati markazi maqom ansamblining Sanoat qurilish banki xodimlari uchun ushbu bank binosidagi faollar zalida konsert dasturi boʻlib oʻtdi. Ushbu konsert dasturida Oʻzbek milliy maqom san’ati markazi ustoz shogird maktabi boʻlimidan Xalq xofizi Isroiljon Vaxobov, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi Nuriddin Aminjonov, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artistlar Ahmadjon Dadayev va Gulbahor Erqulovalar ishtirok etdi. Telegram I Instagram Facebook I YouTube
Hammasini ko'rsatish...
#Tashrif #Jizzax Ayni damda O‘zbek milliy maqom san’ati markazi Bosh direktori Shomurodov Avazbek Abdulhamidovich xizmat safari bilan Jizzax viloyatida boʻlib turibti. Shomurodov Avazbek Abdulhamidovich tomonidan o'rganish natijalari yuzasidan, Jizzax viloyati hududiy boʻlimi ishtirokida yig'ilish o'tkazilib, kuzatilgan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan kerakli topshiriqlar berildi. Jizzax viloyati hududiy boʻlimi faoliyati va maqom ansambli bilan tanishib, maqom ansambli a'zolari bilan O‘zbek milliy maqom san'atini yanada rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan hamda kelgusida bajarilishi kerak bo‘lgan ishlar toʻgʻrisida suxbat o‘tkazildi. Tashrif davomida Shomurodov Avazbek Abdulhamidovich tomonodanII xalqaro maqom san’ati anjumani”da ishtirok etgan, maqom san’ati rivojiga hissa qoʻshganliklari uchun Oʻzbek milliy maqom san’ati markazi nomidan shaxsan minnatdorchilik bildirdilar. Telegram I Instagram Facebook I YouTube
Hammasini ko'rsatish...
Photo unavailableShow in Telegram
📣 Diqqat e'lon!!! ⏺ Hurmatli yurtdoshlar Oʻzbek milliy maqom sanʼati markazi Buxoro viloyati hududiy boʻlimi, oʻzlarining navbatdagi gostrol konsert dasturini e’lon qiladi. 2024-yil 9-iyul kuni soat 11:00da Qashqadaryo viloyati Muborak tuman madaniyat markazida “Maqom kechasi” nomli konsert dasturiga taklif etamiz! Ushbu konsert dasturiga barchangizni taklif etamiz!!! ❗️ Eslatma: Konsert dasturiga kirish bepul tartibda amalga oshiriladi. Telegram I Instagram Facebook I YouTube
Hammasini ko'rsatish...
Po'stilar arxiv
Boshqa reja tanlang

Joriy rejangiz faqat 5 ta kanal uchun analitika imkoniyatini beradi. Ko'proq olish uchun, iltimos, boshqa reja tanlang.