uz
Feedback
Khumoyun Codes

Khumoyun Codes

Kanalga Telegram’da o‘tish

Dasturlash va dasturchi hayotiga oid maqola va media kontentlar. Muallif: Khumoyun Inoyatov | Boshqa tarmoqlarga linklar:https://linktr.ee/ikhumoyun | Tanlangan maqolalar:https://bit.ly/3PBHPOM

Ko'proq ko'rsatish
4 728
Obunachilar
-124 soatlar
-107 kun
-3930 kun
Postlar arxiv
Yandex Uzbekistan 2026-yil uchun Great Place to Work sertifikatiga ega bo‘ldi. 🏆 👍 Bu yerda raqamlar chindan ham qiziq. Xod
Yandex Uzbekistan 2026-yil uchun Great Place to Work sertifikatiga ega bo‘ldi. 🏆 👍 Bu yerda raqamlar chindan ham qiziq. Xodimlarning 95 foizi Yandex’ni ishlash uchun ajoyib joy deb baholagan. Ayrim ko‘rsatkichlar bo‘yicha natijalar esa yanada yuqori: 🔹 98 foiz xodim ish uchun zarur resurslar va jihozlar bilan ta’minlanishini aytgan. 🔹 98 foiz ularga yuqori darajadagi mas’uliyat ishonib topshirilishini qayd etgan. 🔹 98 foiz xodimlarga jinsidan qat’i nazar adolatli munosabatda bo‘linadi, deb hisoblaydi. 🔹 99 foiz ish joyini jismoniy jihatdan xavfsiz deb baholagan. IT-kompaniya uchun bu ancha muhim ko‘rsatkichlar. Ayniqsa, gap tashqi baholash haqida emas, balki kompaniya xodimlarining o‘zlari ishtirok etgan so‘rovnoma natijalari haqida ketayotganini hisobga olsak. 🧑‍💻 Yosh mutaxassislarga e’tibor ham alohida e’tiborga loyiq. Yandex Uzbekistan’da stajirovkalar, shuningdek, talabalar va ish faoliyatini endi boshlayotgan mutaxassislarning kompaniya jamoalari bilan birga real loyihalar ustida ishlash imkoniyatlari haqida so‘z boradi. Yandex Uzbekistan uchun Great Place to Work sertifikati Yango Group’ning yanada kengroq e’tirofining bir qismiga aylandi: 2026-yilda kompaniyaning 17 ta mamlakat va bozordagi jamoalari ushbu sertifikatni qo‘lga kiritdi. Bir yil avval bunday bozorlar soni 9 ta edi. Aftidan, bu yerda shunchaki texnologik kompaniya emas, balki insonlar uchun qulay va munosib ish muhitini yaratishga ham e’tibor qaratilmoqda. @khumoyun_codes

Backend yo‘nalishida o‘z bilimini oshirmoqchi bo‘lganlar uchun. Yandex Uzbekistan Toshkentda uch haftalik bepul Dev Camp o‘tk
+1
Backend yo‘nalishida o‘z bilimini oshirmoqchi bo‘lganlar uchun. Yandex Uzbekistan Toshkentda uch haftalik bepul Dev Camp o‘tkazmoqda. 🕔 Sana: 10–31 oktyabr. 🧑‍💻 Dasturda: • Backend • Algoritmlar • AI O‘qishdan tashqari, ishtirokchilar Yandex muhandislari va jamoa rahbarlari bilan muloqot qilish imkoniga ham ega bo‘ladi. 🤩 Eng muhimi — eng yaxshi ishtirokchilar Yandex Uzbekistan'da amaliyot o‘tash uchun qisqartirilgan saralovdan o‘tishlari mumkin. Kimlar uchun mos? • IT yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar • Yaqinda oliy ta’lim muassasasini tamomlagan bitiruvchilar • Backend yo‘nalishida rivojlanmoqchi bo‘lganlar Ish tajribasi va yosh qat’iy cheklov hisoblanmaydi. Ta’lim rus va ingliz tillarida olib boriladi. Agar siz O‘zbekistonning boshqa hududidan bo‘lsangiz, saralovda eng yaxshi natija ko‘rsatgan ishtirokchilarning Toshkentga borib-kelish xarajatlari va yashashi kompaniya tomonidan qoplanadi. 👉 Arizalar 30 sentyabrga qadar qabul qilinadi. Dev Camp'da ishtirok etish uchun ariza topshirish va kirish topshirig‘ini bajarish kerak. @khumoyun_codes

Yangi setup 👨‍💻 Oxirgi 1.5 oydan beri yana uyda ishlashni boshladim, bilmadim nega lekin ofisdan ko'ra uyda unumdorligim ba
Yangi setup 👨‍💻 Oxirgi 1.5 oydan beri yana uyda ishlashni boshladim, bilmadim nega lekin ofisdan ko'ra uyda unumdorligim balandroq bo'ldi. Shunga xonam va setupga bir oz o'zgartirishlar kiritdim. Cozy setup qilishga harakat qildim, o'xshadimi yo'qmi bahoni sizlar berasizlar. Lekin men duch kelgan asosiy muammo bu stol ustidagi tartib bo'ldi, hardoim men nimadir kerak bo'lsa shkafimdan olamanu va stolni ustida qoldirib ketaman, qaytib qo'yish esdan chiqadi, oyda bir yana joyiga qaytaraman. Bu "muammo"ni yechish uchun shogirdlarim pegboard sotib olishni maslahat berishdi. Keyin pegboardlarni yopishitirshni boshladim, avvaliga 6 ta panel, keyin 8 ta keyin 16 ta qilib ish stolimni 2 qismga ajratdim, ish va gaming zone qilib. Qarabsizki hamma narsa joy joyida. Menga bu pegboardlar juda yoqdi, hohlaganingizdek o'zingizga moslashtirsangiz bo'ladi. Istalgan narsani joylashtirish uchun aksessuarlar bor. Shunga pegboard sotuvchisiga tekinga reklama qilib berishni taklif qildim, balki menga o'xshagan tartibga intilgan hamkasblarimizga foydali bo'lar. Xullas @S_Samifa akkauntiga murojat qilsangiz, ushbu pegboardlar, turlari, narxlari, aksessuarlari haqida ma'lumot olinshiz mumkin. Bu postdan kelganlar uchun 5% chegirma qilib berishlariga ham kelishdik. Xullas qiziq bo'lsa:
#fromKhumoyun
deb murojat qilib 5% chegirma oling 🙃 Tekin reklama :) Hech qanday tirikchilik huquqlari asosida emas. @khumoyun_codes

Maslahatlardan keyingi xulosa 🗒 Yuqoridagi mavzuda ko'p insonlar o'zlarini caselarini aytib o'tishdi, maslahatlar berishdi, yopiq guruhlarda ham bu mavzu ustida ko'p suhbatlar bo'ldi, kimdur aynan shu davrni men kabi boshidan o'tkazayotganini ta'kidladi. Men yolg'iz emasligimdan, dardimga sherik bo'lgan "darddoshlarim" borligidan qanaqadir ma'noda xursand bo'ldim. Chunki qanday inson bo'lishingizdan qat'iy nazar odam hohlamasa ham o'zini boshqalarga solishtiradi. Birinchi qaraganda, atrof-muhitda hamma nimadir qilayotgandek, hamma zo'r bo'lib ketgandek, kezi kelsa Mirshakar aytganiga o'xshab "kimdur soqqa qilyapti" degan hayollarga borardim  😅, yo'q unday emas ekan. Bu shunchaki krizis davri va FOMO ekan, nasib qilsa bu krizisdan ham chiqib ketarmiz. Endi maslahatlarga kelsak, ba'zilar hazilomus maslahatlar berishdi, ba'zilar tog'ri tushunib jiddiy maslahatlar berishdi, lekin ba'zilar bergan maslahatlar menga sal g'alati tuyildi. Oddiyroq mizol qilib aytadigan bo'lsak "men hovuzda suzolmayapman, oxirgi marotaba qachon suzishga harakat qilib ko'rganimni bilmayman desam, ko'lda suzishni o'rganib ko'ring, keyin hovuzda suzishni o'rganib ketasiz" degan ma'noda bo'ldi 😬 Tog'risi bunisi sal g'alati bo'ldi menga, balki shunchaki tushunmovchilikdir. Asosiysi, ba'zi maslahatlarda boshqa sohani o'rganib ko'ring, asosiy ishga umuman aloqasi bo'lmagan deyildi. Shu maslahatlardan birida "Embedded"ni o'rganib ko'ring deyishdi. Ya'ni oddiyroq aytsak mikrokontrollerlar bilan ishlashni o'rganishni taklif qilishdi. AI davrida, ko'p ishlarni qo'l bilan qilmagandan keyin siqilib qolmaslik uchun, nimadir qurish (qura olish) xissi qaytishi uchun ba'zilar shu yo'ldan ketishimni aytishdi. Kichik researchlar o'tkazib ko'rdim, umuman olganda qiziq soha ekan. Men universitetda 1 semestr o'qiganimizdan keyin unch qiziqmagandim, baribir akademik sabab bilan o'rganish bilan, qiziqish bilan o'rganishni farqi bor. Hozircha shu yo'nalishga kirib ko'rmoqchiman, lekin nimadan va qanday qilib boshlash bo'yicha tuzzukroq rejam yo'q. Agar oramizda bu soha mutaxasislari, qiziqganlar, o'rganganlar, yoki entuziastlar bo'lsa iltimos izohlarda o'z maslahatlaringizni qoldiring. @khumoyun_codes

Nimanidir o'zgartirish kerak Ba'zida o'ylab qolaman, men rostanam ham injiniringga qiziqamanmi o'zi? Youtubeimga kirsangiz hech qanday dasturlashga, AIga yoki umuman sohamga aloqasi bo'lgan kontent yo'q, barchasi qandaydir texnikaga, devicelarga, siyosiy yangiliklar va hkzlarga to'la. Oxirgi martta, soham vakillari bo'lgan qandaydir interview yoki suhbatni to'liq o'tirib ko'rganimni eslolmayman. Ishdan tashqi vaqtda dasturlashga, nimadir g'oyani yangilashga hohishim yo'q. Faqatgina majburligimdan o'rganayapman ba'zi narsalarni, AI bo'ladimi boshqa bo'ladimi, "basic need"larimni yopsa bo'ldi. Ishimniyam sevmay qo'ydimmi bilmadim, unga faqat oylik vositasi sifatida qarayman, ishini sevgan inson ishlab maza qiladi, kod yozib maza qiladi, kod yozmayapgan bo'lsa ham qurayotgan ilovasi, loyihasidan maza qiladi, men bu tuyg'uni his qilmay qo'yganimga ancha bo'ldi. Dofamin faqatgina oylik tushganda, tushgan maoshni o'zimga yoki oila a'zolarimga sarflaganimda ko'tariladi. Hardoim shunday bo'lganmi yo'qmi bilmadim, lekin oldin menimcha ko'proq sohamga qiziqardim, ko'proq kimdan nimadan bo'lsa ham o'rgangim kelardi, kammi ko'pmi, tezmi sekinmi nimanidir o'rganardim. Ko'zlardagi olov o'chishiga nima sabab bo'ldi? Ish har kungi "rutina"ga aylanib qolganimi? Dangasalikmi? AI orqali ishlarim bitib ketayotganimi? Komfort zo'nasimi? Bilolmay qoldim. Passion (zavq, ehtiros) yo'q, enthusiasm (ishtiyoq) yo'q, shunchaki ish, shunchaki pul keltiruvchi vosita... Siz hech shunday narsa haqida o'ylab ko'rganmisz? Sizga ham atrofdagi barcha sohasini sevuvchi, ishidan kayf olib ishlaydiganlaru, siz esa shunchaki qora qozonni qaynashi uchun yurgandek bo'lganmisz? Yoki menda shunchaki burnout yoki ish depressiyasi bo'lyaptimi? 🧐 Iloji bo'lsa o'zingizni holatingizdan kelib chiqib yozib keting. Nimanidir o'zgartirish kerak, lekin nimani? #tungiDepressiya @khumoyun_codes

AI va ML sohasini haqiqatan ham chuqur o‘rganmoqchi bo‘lganlar uchun Yandex ML School Uzbekistan’da qabul yopilishiga 5 kun q
AI va ML sohasini haqiqatan ham chuqur o‘rganmoqchi bo‘lganlar uchun Yandex ML School Uzbekistan’da qabul yopilishiga 5 kun qoldi. Bepul bir yillik dastur doirasida sizga matematik bazani mustahkamlash, Machine Learning, Deep Learning, Computer Vision, NLP, LLM va Reinforcement Learning yo‘nalishlari bo‘yicha bilim beriladi. Qo‘shimcha ravishda, texnologik kompaniyalar ekspertlari ishtirokida vorkshoplar ham o‘tkaziladi. Darslar kechki payt Toshkentda oflayn tarzda bo‘lib o‘tadi. Jami 35 ta o‘rin mavjud. Qabul uchun saralovdan o‘tish kerak — buning uchun universitetning 1–2-kurs darajasidagi matematika va dasturlash bo‘yicha bilimlar talab etiladi. Shaxsan men bunday dasturlarga qiziqish bilan qarayman: bu yerda shunchaki prompt yozish bo‘yicha turli xaklar to‘plami emas, balki mustahkam baza va amalda qo‘llanadigan ko‘nikmalar beriladi. Arizani 9-sentabrgacha havola orqali topshirish mumkin. @khumoyun_codes

📌 E'lon! Doimiy ishlash uchun, co-working qidirayotganlar bo'lsa, ofimizda 3 ish o'rni bo'shadi, katta co-workinglardan zeri
📌 E'lon! Doimiy ishlash uchun, co-working qidirayotganlar bo'lsa, ofimizda 3 ish o'rni bo'shadi, katta co-workinglardan zerikkanlar bo'lsa biz bilan bog'laning :) 🤔 Biz nima beramiz? - Studiyadan va uning jihozlaridan to'liq foydalanish - Yuqori tezlikdagi internet - Kreslo va stol 📍Joylashuv: Shahriston metro bekatidan 80 metr uzoqlikda ⚠️ Shartlar: - Tozalikka e'tibor berish - Ofisdan faqat ish joyi sifatida foydalanish - Ijara haqqini o'z vaqtida to'lash 👇 Qiziqqanlar bo'lsa quyidagi ma'lumotlarni @EpicLabAdmin profiliga yozib qoldiring: - Ismingiz - Yoshingiz - Ish joyingiz yoki o'qish joyingiz Oylik ijara narxi: Kishi boshiga 100$ Agar 3 kishilik jamoa birdaniga kelsa chegirma qilib beramiz :) @khumoyun_codes

Agar siz dasturlash va dasturiy ta’minot bilan shug‘ullansangiz va keyingi yo‘nalishingizni tanlayotgan bo‘lsangiz, ML yo‘nal
Agar siz dasturlash va dasturiy ta’minot bilan shug‘ullansangiz va keyingi yo‘nalishingizni tanlayotgan bo‘lsangiz, ML yo‘nalishida o‘zingizni sinab ko‘rishingiz mumkin. 👍 Yandex ML School Uzbekistan talabalar va mutaxassislar uchun mashinaviy o‘rganish bo‘yicha bepul bir yillik dasturga yangi qabulni boshladi. Ishtirokchilar matematika asoslari, Machine Learning, Deep Learning, Computer Vision, NLP, LLM va Reinforcement Learning yo‘nalishlarini o‘rganadi. Yandex ML School dasturi doirasida ishtirokchilar uy vazifalarini bajaradi, o‘qituvchilardan muntazam fikr-mulohaza (feedback) oladi hamda texnologik kompaniyalar vakillari ishtirokidagi amaliy seminar va seminarlarda qatnashadi. Bu yil dasturga 35 nafar ishtirokchi qabul qilinadi. Qabul uchun kirish sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tish, shuningdek, matematika, algoritmlar va dasturlash bo‘yicha bilimlarga ega bo‘lish talab etiladi. 👉 Arizalar 2026 yil 9 sentyabrga qadar qabul qilinadi. @khumoyun_codes

⚠️ ILTIMOS ⚠️ Kitoblar do’kondan olinmaydi, bu shunchaki mo’ljal, kitob do’konga kirib dokonchilarni qiynamanglar iltimos. Ularni bizga aloqasi yo’q. Keyin nometa gaplar yozmanglar chatdan, shunchaki kelmoqchiman va keldim. Aytilgan vaqtdan oldinroq yoki keyinroq kelib yurmanglar. Kitoblarni taxidan chiqarib yubora olmaymiz. O’rningizga boshqa odam olib ketsa bo’ladi.

Eslatma, kitoblarni keyingi hafta dushanbadan olib ketishingiz mumkin. Bugundan ilojimiz yo’q.

Tanlov g'oliblari Go'liblarni jonli efirda aniqlashga vaqtim bo'lmaganligi sababli shundoq ChatGPT orqali tanlab qo'ya qoldim. Quyidagi insonlar tanlab olindi. Barchaga yetgunicha o'zi so'ragan kitoblarni berishga harakat qilamiz, bo'lmasa bori beriladi, chunki ba'zi kitoblar boshqalariga nisbatan ko'proq tanlangan. G'oliblarni 90 dan baland ball olganlar, ism familyani to'liq yozganlar va formani faqat bir marotaba to'ldirganlar orasidan tanlab oldim. 1. Adxamov Aʼzamjon 2. Alijon Maxammadvaliyev 3. Asadullayev Barkamol 4. Axmedov Xusniddin 5. Azamatbek Nabiyev 6. Abbos Babakarimov 7. Badiyev Sarvar 8. Bahodir Bobomurodov 9. Bahtiyorov Salohiddin 10. Behruz Bahromov 11. Bobotayev Kazbek 12. Xasanboy Sobirjonov 13. Islom Erkinxojiyev 14. Ismatulla Koʻyliyev 15. Ismatullo Muydinov 16. Izzatillo Azimov 17. Jahongir Ne’matov 18. Jahongir Xaytboyev 19. Jamshidbek Choriyev 20. Javohir To’lanov 21. Mehmonov Husniddin 22. Mirkamol Atakhanov 23. Mirkomilov Laziz 24. Muhammadyor Avazbekov 25. Nodirbek Sheraliyev 26. Nurbek Yo’ldashev 27. Ozodbek Bozorbekov 28. Ozodbek Karimjonov 29. Rahmatillo Zokirjonov 30. Saidqodirov Xondamir 31. Sanat Abdalov 32. Sharifjonov Shodiyor 33. Shermuhammad Odilov 34. Sherzod Artikbayev 35. Shohjahon Akramov 36. Sokhib Jaynarov 37. Soatmurotov Abrorbek 38. Toxir Fozilxonov 39. Bahodir Bobomurodov Yutganlar, Dushanbadan Jumagacha soat 14:00 va 18:00 oralig'ida mana shu yerga borib olib ketishlari mumkin. Borishdan oldin @EpicLabAdmin ga yozishlari shart. Kamida 20 daqiqa oldin. Tasdiqlangandan so'ng borish kerak. Borganda Telegram username tekshirib beriladi. Pochtadan yuborishga imkoniyatimiz yo'q, faqatgina kelib olib ketishingiz mumkin. @khumoyun_codes

So'rovnomamizga 195 kishi javob qoldiribdi, shulardan asosiy qismi 100/100 savollarga berishgan, qanday qilibligini tog'risi menga ahamiyati yo'q, birma birmi, google/chatgpt va hkz orqali, yoki maxsus skript orqalimi shular orasida kitoblarimizning asosiy qismi tarqatilinadi. Kitob egalarini yaqin kunlarda jonli efirda tanlab olamiz. Nega asosiy qismini deganimni sababi, shu 195 kishidan 11 kishi bu opa-singillarimiz ekan, ularga so'rovnomada so'ralgan kitoblarini tanlovsiz taqdim etishga qaror qildim. Nimagaligini mendan so'ramang, shunchaki shunday qaror qildim, ular erta avlod tarbiyalovchilari men uchun, boshqa hech narsa emas. Quyidagi ro'yihatdagi opa-singillarimiz keyingi haftadan boshlab @EpicLabAdmin profiliga aloqaga chiqib hafta davomida kitoblarni olib ketishlari mumkin, yetkazib berish xizmatini o'z bo'ynimizga ololmaymiz. Ofisimiz kitoblarni bizga taqdim qilgan HAAD ta'lim markazidan uzoqda emas. Shunchaki Shahriston metro bekati yonida joylashgan Korzinka do'koniga kelinsa bas. 1. Akramova Muslimaxon 2. Madina Sa'dullayeva 3. Mubina 4. Ozodova Shodiyaxon 5. Raimjonova Zilola 6. Risolat Ikromova 7. Umida Shodiyeva 8. Xidirova Dilnoza 9. Zilola Kudratova 10. Zulxumor Bozorboyeva 11. Ozoda Rahimjonova Ro'yihat so'rovnomada to'ldirilgan ismlarga asosan yig'ilgan, agar opa-singillarimiz orasidan kimnidir tanlab olmagan bo'lsam, so'rovnomada ism erkak kishiniki bo'lgan, shunichun uchun istisno qila olmaymiz. Agar ismingizni ayol kishiniki bo'la turib sizni tanlab olmagan bo'lsak, ushbu post tagida qoldirsangiz qayta tekshirib ko'ramiz. E'tiboringiz uchun rahmat! P.S. Darvoqe, qolganlarni kanaldan chiqib ketishga shoshmasliklarini so'ragan bo'lardim. 5000 obunachi yig'ilgandan so'ng men o'zim shaxsan boshqa bir tanlov asosida yana 50ta kitob tarqatishni reja qildim. Undan tashqari yangi postlarni yozishga qaytamiz. @khumoyun_codes

Toshkentdagilar, sizlarda uyda ishxonada chiroq/svet bormi?
Anonymous voting

Assalomu aleykum kitob kutayotgan qadrli obunachilarim 😊 Kitoblarni to'g'ri taqsimlash va kerakli odamlarga tarqatish yo'lin
Assalomu aleykum kitob kutayotgan qadrli obunachilarim 😊 Kitoblarni to'g'ri taqsimlash va kerakli odamlarga tarqatish yo'lini uzoq o'yladim, kuttirib qo'ygan bo'lsam uzr. Va nihoyat o'ylab o'yimga yetganimdan keyin sizlarga shartlarni yetkazmoqchiman. Pastda qoldirilgan link orqali o'tib, Google Formsda berilgan "atigi" 100 ta savolga javob bergan va yuqori ballarni egallaganlarga kitoblarni tarqataman. Shartlar: 1. Savollarga iloji boricha to'g'ri javob berish 2. Ism va Telegram username ni qoldirish 3. Formani Payshanba 23:59 gacha to'ldirish Eslatma: Agar davogarlar ko'p bo'lsa kitoblar 1 tadan, bo'lmasa pack ya'ni komplekt qilib, yoki muallif lozim topgan sonda tarqatish huquqi, kanal adminida saqlanib qoladi. Qani kettik 😉 Assalomu aleykum kitob kutayotgan obunachilarim, kitoblarni to'g'ri taqsimlash va kerakli odamlarga yetishi uchun "kichik" bir savol javob forma tayyorladim, shu savol javobdan yuqori ballar bilan o'tgan insonlargagina kitoblar tarqatilinadi. 👇👇👇 FORMA 👇👇👇 https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSflwVpz3hEnu0UmomnGy08Qhxz9YunTVGOEHlWEWEw_nQJM5w/viewform?usp=header @khumoyun_codes

Repost from EDU.DIGITAL.UZ
#IOI2026 #Uzbekistan 🏆 Yana bir tarixiy voqea: Oʻzbekiston ilk bor nufuzli IOI 2026 xalqaro olimpiadasiga mezbonlik qiladi! ✅Joriy yilning 9–16-avgust kunlari O‘zbekiston tarixda birinchi marta 38-Xalqaro Informatika Olimpiadasi (IOI 2026)ga mezbonlik qiladi. IOI — maktab o‘quvchilari orasidagi eng nufuzli dasturlash musobaqasi bo‘lib, u texnologik gigantlar va yetakchi global ilmiy-tadqiqot muassasalari uchun eng iqtidorli yoshlarni saralab olish maydonidir.
✅Alohida ta’kidlash joizki, O‘zbekiston mezbonlik qilayotgan IOI -2026 tarixida eng ko’p mamkalatlarni ro’yxatdan o’tishi yuzasidan rekord natija qayd etdi. ⚜️97 mamlakatdan 386 nafar iqtidorli o‘quvchi ro'yxatdan o‘tdi.
⚡️2025-yilgi Boliviya olimpiadasidan kumush va bronza medallar bilan qaytgan O‘zbekiston terma jamoasi endi o‘z uyida yangi rekordlarga tayyor! ⏰9-16-avgust 🗺CAEx koʻrgazmalar markazi 🖥Veb-sayt: ioi2026.uz 🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook 📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin

Men ham mana bizga ajratilgan 50kg kitobni qabul qilib oldim. Buning uchun Saud akaga katta rahmat aytib qolaman. Kitoblarni
Men ham mana bizga ajratilgan 50kg kitobni qabul qilib oldim. Buning uchun Saud akaga katta rahmat aytib qolaman. Kitoblarni qanday tarqatishni endi o’ylab ko’raman. Tez orada hal qilamiz, kuzatishda davom eting 😉 @khumoyun_codes

Iskandar aka Anvarov bilan bo'lgan suhbatimizni YouTubega 5 kun oldin YouTubega yuklagan edim, "organic" qancha ko'rilar ekan deb, menimcha YouTubeda doimiy kuzatadiganlar ko'rib bo'lishdi. Ko'rmay yoki eshitmay qolganlar bo'lsa marhamat, suhbatni tomosha qiling. Suhbat davomida, Gollandiyadagi hayot, Amazonda ish va ijtimoiy hayot balansi va hozirgi kundagi aktual mavzu sun'iy intelekt haqida ham gaplashdik. Xullas tomosha qilamiz 👀 Qo'llab quvvatlash uchun, kanalga obuna, videoni ulashib, izoh qoldirish va like bosishingizni iltimos qilamiz 😊 P.S. Qo'llab quvvatlaganlanlardan biriga Iskandar aka shaxsan taqdim etgan kitobni topshiramiz. Shartlarini video oxirida bilib olishingiz mumkin @khumoyun_codes https://youtu.be/LaXUP_C360s

Bir davr tugadi - Ушла целая эпоха Biz SkillUp loyihasini tugatdik. Deyarli 3 yil davomida qaysidir vaqt qizg'in, qaysidir va
Bir davr tugadi - Ушла целая эпоха Biz SkillUp loyihasini tugatdik. Deyarli 3 yil davomida qaysidir vaqt qizg'in, qaysidir vaqt tanaffuslar bilan ishlagan, qo'limizdan kelgancha vaqt, mablag' va qandaydir ma'noda mehrimizni bag'ishlagan SkillUp loyihasini bugun o'z nihoyasiga yetkazib yopdik, bu qarorga kelish oson bo'lmadi, ahir oz muncha vaqt va pul ketmadi. Shunga qaramasdan bizda katta bir tajriba va jamoa qoldi, asosiysi shu, qolgani o'z yo'liga. Bizni qo'llab quvvatlagan barcha do'stlarimizga katta rahmat ❤️ Jamoa a'zolarimizga (Khamidulla Inoyatov, Jakhongir Rakhmonov va Saidabror Nizamkhujaev) esa alohida rahmat, biz yutmagan bo'lsak ham biz hech bo'lmaganda harakat qilib ko'rdik. P.S. Sotib olingan kurslar ochiq keng ommaga to'liq ochildi. Ma'lumot skillup.uz saytida. @khumoyun_codes

Qurbon hayiti muborak bo’lsin do’stlar 🥳
Qurbon hayiti muborak bo’lsin do’stlar 🥳