cookie

Sizning foydalanuvchi tajribangizni yaxshilash uchun cookie-lardan foydalanamiz. Barchasini qabul qiling», bosing, cookie-lardan foydalanilishiga rozilik bildirishingiz talab qilinadi.

avatar

Yunusobod tuman axborot - kutubxona markazi

📚 Elektron va audio kitoblar; 🔖 Kitoblar uchun buyurtmalar; ⏳ Qiziqarli muhokamalar; 🎞 Xujjatli filmlar va videolar; 📣Yangiliklar. Murojat uchun👇 @dilorom79

Ko'proq ko'rsatish
Reklama postlari
260
Obunachilar
-424 soatlar
-117 kunlar
-2430 kunlar

Ma'lumot yuklanmoqda...

Obunachilar o'sish tezligi

Ma'lumot yuklanmoqda...

Odamzod to'g'risida mitti masal Odamzod atalmish xilqatda, uning fitratida dunyodagi qancha jonzot borki, har birining xislatlaridan bir shingil topiladi. Ishonmaysizmi, unda bir lahza quloq osing, ko'nglimda bir ajib tuyg'u yuz ochdi... Maqsad yo'linda goho "Bo'riga o'xsharmi?" derlar. Goho uning odilligidan hayron, hattoki, She'rlar. Mehnat, yumushda-ku, Chumolidek hech tinim bilmas, Dunyo deb yugurganda, ha, ishon, Kiyikki eta olmas. Ba'zan Fil kabi bardoshli qayg'u-tashvishda, Ammo Ilondek zaharli u og'ir yumushda. Ayyor Tulki ip esholmas, kishidek avrash bobida, Zarur ersa maqsad chun, ko'ring uni Maymun holida. Gohda Quyondek ehtiyotkor tashlaydi qadam. Musicha kabi xo'p beozor dam-badam. Gohida Asalaridir - turmushda asli qo'nim bilmaydi, Gohida Sichqon u - jim kemirib, hecham to'ymaydi. Och ko'zlari tama ipin uzar, bunda u Itdan uyalmas, Ko'ringki, "oh", deb hijron qilsa, Bulbul chidolmas. Ha, u olamni shunday ko'rar va qurar tubdan, Va dunyoni shunday buzar, tuzatar har dam. Lek mehru oqibat bor ekan mudom, Kuchlidir, zabardast, engilmas - Odam. ©️Obiddin Mahmudov "Farzandnoma" Ijtimoiy tarmoqlarda sahifalarimizga obuna bo'ling! 👇🏻👇🏻👇🏻 📚https://t.me/yunusobod_akm 📘https://t.me/Yunusobod_elektronkitoblar 🎧https://t.me/Yunusobod_audio.
Hammasini ko'rsatish...
Photo unavailableShow in Telegram
#yosh_ kitobxonlar Yunusobod tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan "Yosh kitobxonlar" klubi a'zolari ishtirokida , mashhur sevimli bolalar shoirlarining sherlaridan ovozli o'qish tashkil qilindi. Ijtimoiy tarmoqlarda sahifalarimizga obuna bo'ling! 👇🏻👇🏻👇🏻 📚https://t.me/yunusobod_akm.
Hammasini ko'rsatish...
01:03
Video unavailableShow in Telegram
📖 HURMATLI KITOBXONLAR! 🎥 E'tiboringizga O'zbekiston xalq shoiri Normurod Narzullayev  tavalludining 90 yilligiga bag'ishlab tayyorlangan videorolikni havola etamiz. Ijtimoiy tarmoqlarda sahifalarimizga obuna bo'ling! 👇🏻👇🏻👇🏻 📚https://t.me/yunusobod_akm 📘 https://t.me/Yunusobod_elektronkitoblar 🎧https://t.me/Yunusobod_audio.
Hammasini ko'rsatish...
21.01 MB
Photo unavailableShow in Telegram
📚KITOB O'QISHNING FOYDASI HAQIDA Hammamiz kitob oʻqishning foydali ekanligini eshitganmiz. Lekin uning foydaliligi aynan nimada? 9. Mutolaa soʻz boyligini oshiradi. Kitob oʻqiyotgan paytda notanish soʻzlar ham uchrab qoladi. Ularning maʼnosini umumiy mazmuni orqali ham tushunib olsa boʻladi. Kitob oʻqish nafaqat soʻz boyligini koʻpaytiradi, balki umumiy savodxonlikni ham oshiradi. 10. Kitob oʻqiydigan insonlar hayotda faol boʻlishadi. Sanʼat milliy jamgʻarmasi tomonidan oʻtkazilgan tadqiqotlar kitob oʻqiydigan insonlar madaniy va ijtimoiy hayotda ham faol boʻlishlarini isbotladi. Ijtimoiy tarmoqlarda biz bilan birga boʻling: 👇🏻👇🏻👇🏻 📚https://t.me/yunusobod_akm 📘 https://t.me/Yunusobod_elektronkitoblar 🎧https://t.me/Yunusobod_audio
Hammasini ko'rsatish...
Photo unavailableShow in Telegram
#kitob_targ‘iboti Mahallam yoshlarini kitob o‘qishga qiziqtiraman. Yoshlar ma'naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish, yoshlarning bo‘sh vaqtlarini, yozgi ta'tilni sermazmun tarzda o‘tkazish maqsadida, Yunusobod tuman axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan, "Islomobod" mahallasining yoshlariga "Mahallam yoshlarini kitob o‘qishga qiziqtiraman" mavzusida ensiklopediya va badiiy adabiyotlar targ‘ibotini o‘tkazishdi. Ijtimoiy tarmoqlarda biz bilan birga boʻling: 👇🏻👇🏻👇🏻 📚https://t.me/yunusobod_akm 📘 https://t.me/Yunusobod_elektronkitoblar 🎧https://t.me/Yunusobod_audio
Hammasini ko'rsatish...
Photo unavailableShow in Telegram
#Yosh_bilimdon_ensiklopediyasi ENG KATTA QIT'A Osiyo Yer maydoni bo'yicha dunyodagi eng katta, aholisi ko'p qit'adir. Sayyoramizdagi barcha okeanlar bilan chegaradosh. Dunyodagi eng baland tog' cho'qqisi shu qit'ada joylashgan. Dunyodagi eng chuqur ko'l (Baykal 1620 m) ham Osiyo hududidadir. 📚 "Dunyo mamlakatlari" 🔹Yosh bilimdon ensiklopediyasi🔹 Ijtimoiy tarmoqlarda biz bilan birga boʻling: 👇🏻👇🏻👇🏻 📚https://t.me/yunusobod_akm 📘 https://t.me/Yunusobod_elektronkitoblar 🎧https://t.me/Yunusobod_audio
Hammasini ko'rsatish...
Photo unavailableShow in Telegram
📚KITOB O'QISHNING FOYDASI HAQIDA Hammamiz kitob oʻqishning foydali ekanligini eshitganmiz. Lekin uning foydaliligi aynan nimada? 7. Mutolaa xotirani va fikrlash qobiliyatini yaxshilaydi. Har safar kitob oʻqilganida miya faol ishlaydi. U olinayotgan maʼlumotni saqlash uchun yangi tolalarni yaratadi. Tadqiqotlarda aniqlanishicha, doimiy ravishda kitob oʻqiydigan insonlarda fikrlash qobiliyati boshqalarga nisbatan sekinroq pasayar ekan. 8. Mutolaa hayotdagi maqsadini anglashga va qiyinchiliklarni yengishga yordam beradi. Ogayo shtati universiteti olimlari inson qancha koʻp kitob oʻqisa, hayot yoʻlini shunchalik aniq tanlashini taʼkidlashmoqda. Kitob oʻqish hayotdagi toʻsiqlarni yengishga ham yordam beradi, deyishmoqda ular. Ijtimoiy tarmoqlarda biz bilan birga boʻling: 👇🏻👇🏻👇🏻 📚https://t.me/yunusobod_akm 📘 https://t.me/Yunusobod_elektronkitoblar 🎧https://t.me/Yunusobod_audio
Hammasini ko'rsatish...
Photo unavailableShow in Telegram
#Inson_huquqlari_oliy_qadriyat Yunusobod tuman axborot-kutubxona markazida "Inson huquglari oliy qadriyat" va "Oila-nikoh munosabatlarda ayollar o'rni" mavzusida "Sharq haqiqati"mahallasi ayollari ishtirokida davra suhbati o'tkazildi. Ijtimoiy tarmoqlarda sahifalarimizga obuna bo'ling! 👇🏻👇🏻👇🏻 📚https://t.me/yunusobod_akm 📘https://t.me/yunusobodtakm_xorijiy_adabiyotla 📚https://t.me/Yunusobod_elektronkitoblar 🎧https://t.me/Yunusobod_audio.
Hammasini ko'rsatish...
RIVOYAT Bir savdogar podshohga to'rtta qorabayir ot sovg'a qildi. Sovg'a podshohga ma'qul kelib, "bunday otlardan yana bormi?" deb so'radi. "Bor, faqat bu erda emas, o'z shahrimdadir. Yuz ming oltin bersangiz, haydab kelaman", dedi savdogar. Podshoh o'ylab ham o'tirmay, pylni berishga amr qildi. Oradan o'n kun o'tib, vaziriga "Poytaxtdagi nodonlar ro'yxatini yozib chiq", deb buyurdi. Vazir o'sha zahoti ishga kirishib, ro'yxatning boshiga podshohning nomini yozdi. Bundan podshoh g'azablangan edi, dono vazir tushuntirdi: - Davlatpanoh, o'zingiz o'ylab ko'ring: savdogarning kim ekanligini, qaerdan kelganini aniq bilmay turib, hali yo'q otlar uchun yuz ming oltin berib yuborish donolikdanmidir? - Xo'p, yaxshi, - dedi nochor qolgan podshoh, - erta - indin o'sha savdogar otlarni haydab kelsa, nima qilasan? - Agar o'sha savdogar otlarni haydab kelsa, sizning nomingizni o'chiraman-u nodonlar ro'yxatining birinchi qatoriga o'shaning nomini yozib qo'yaman. Ijtimoiy tarmoqlarda biz bilan birga boʻling: 👇🏻👇🏻👇🏻 📚https://t.me/yunusobod_akm 📘 https://t.me/Yunusobod_elektronkitoblar 🎧https://t.me/Yunusobod_audio
Hammasini ko'rsatish...
Photo unavailableShow in Telegram
📚KITOB O'QISHNING FOYDASI HAQIDA Hammamiz kitob oʻqishning foydali ekanligini eshitganmiz. Lekin uning foydaliligi aynan nimada? 5. Mutolaa tushkunlikka qarshi kurashishga yordam beradi. Shotlandiyalik olimlarning tadqiqotlariga qaraganda, kitob oʻqish tushkunlikni davolashning eng samarali vositasidir. Tushkunlikka chalingan bemorlar kitob oʻqishni boshlaganlaridan soʻng ularning tushkunlikka tushish holatlari kamaygan. 6. Mutolaa insonni goʻzallashtiradi. Yuqori darajadagi aqliy salohiyat insonning tashqi koʻrinishini ham goʻzallashtiradi. Har qanday mavzuda qiziqarli suhbat qura olish va oʻz bilimini namoyish etish suhbatdoshining mehrini qozonishga yordam beradi. Ijtimoiy tarmoqlarda biz bilan birga boʻling: 👇🏻👇🏻👇🏻 📚https://t.me/yunusobod_akm 📘 https://t.me/Yunusobod_elektronkitoblar 🎧https://t.me/Yunusobod_audio
Hammasini ko'rsatish...