AbuSolih Fox | Eski
Kanalga Telegram’da o‘tish
AbuSolih Fox - Blogger, Erkin tahlilchi. • YouTube.com/c/AbuSolihFox • Facebook.com/abusolih • Instagram.com/abusolih.fox • vm.TikTok.com/J2VScKb/
Ko'proq ko'rsatish1 083
Obunachilar
Ma'lumot yo'q24 soatlar
-447 kunlar
-6030 kunlar
Postlar arxiv
1 083
Yangi kanal linki
Mavzular:
- Shaxsiy rivojlanish
- Biznes boshqaruv / Menejment
- Psixologiya / Dunyoqarash
https://t.me/AbuSolihFox
1 083
+3
🚫 Bu kanal yopiladi!
Azizlar, kanalimdagi har bir obunachi men uchun qadrli. Lekin, tan olish kerak: 800-1000 ko’rilishlar uchun 10-20 ta reaksiya juda kam.
Bu degani — bizni qiziqishlarimiz, mavzularimiz bir-biriga to’g’ri kelmayapti degani.
Men shaxsiy rivojlanish, biznes boshqaruv, marketing va psixologiyaga aloqador tajribalarim, bilimlarim va yangiliklarni odamlar bilan bo’lishaman.
Agar shu mavzular sizga qiziq bo’lsa men yangi kanak ochaman va o’sha yerda birga fikr almashaylik. Qolganlarga birga bo’lgan vaqtlari uchun rahmat!
1 083
Portlab ketishingizni kutmang
Zo’r doktor zo’r o’qituvchi bo’lmasligi mumkin; Zo’r sotuvchi zo’r marketolog bo’lmasligi mumkin;
Zo’r moliyachi zo’r boshqaruvchi bo’lmasligi mumkin. Zo’r domla zo’r tadbirkor bo’lmasligi mumkin...
Inbazar misolida voqea “portlab” ketguniga qadar rahbari o’zini “zo’r boshqaruvchiman” deb o’ylagan bo’lishi mumkin.
Portlab ketishingizni kutmang.
Bundan ikki xil hulosa chiqarish mumkin:
1. Ma’lum bir sohada muvaffaqiyatingiz sizni “hamma narsani bilaman” deb o’ylashga sabab bo’lmasin. Ko’proq o’rganishga va yangiliklarga ochiq bo’ling.
2. Biror ilm o’rganmoqchi bo’lsangiz ustoz tanlashda adashmang. Kimdan nima o’rganmoqchisiz, anglab qaror qiling.
1 083
+1
Instagram orqali oila institutini buzilishiga juda ham katta ta'sir qilinayapti.
Buni qilayotgan odamlar o'zi hayotida shunaqa negativ bo'lganmi, ichida yomonligi bormi, qasddan qilyaptimi, bilmasdan qilyaptimi, yonlangan odamlarmi, bu hozir muhim emas…
Fakt — bu maʼlumotlar juda ham katta oqim bilan auditoriyaga taqdim qilinayapti.
Yuqorida ko'rib turganingiz misolda bir qiz eridan ajrashib ikki nafar bolasi bilan qolib ketishi degan holatni ko'rib chiqyapti.
Bunda o'zi uchun juda ham katta pozitiv — yangi loyihalar, sayohatlar, o'yin-kulgu, shaxsiy rivojlanish kabilarni ko’ryapti. Va bu katta auditoriaga taqdim etilyapti.
Bunday chiqishlar oilada ozgina kelishmovchilik bo'lib turgan kelinlarni yoki orzulariga yetolmay turgan qizlarni noto'g'ri xulosa chiqarishga olib kelishi aniq.
Biz nima qilishimiz kerak?
Bolalarga mutlaq telefon tutishga ruhsat bermaslik, imstagramni butkul taqiqlash kabi radikal cheklovlar bir foyda orqasidan boshqa zararni olib kelishi tajribada ko’rilgan.
Buni kimdir o’z oilasi uchun tanlashi mumkindir. Ammo, butun jamiyat uchun foydali model qaysi?
Bu savolga sizning ham fikrlaringizni izohlarda ko’rishni xohlardim. Shu bilan birga, meni taklifim quyidagicha:
Biz farzandlarimiz, yoshlarimiz —avlodlarimizda bunga oʻxshagan kontentlarga nisbatan uyda, oilada va o’zimiz yaratgan muhitda juda katta immunitet hosil qilishimiz kerak.
Bu bizni ota-ona sifatida oldimizda turgan eng katta vazifalarimizdan biri deb hisoblayman.
1 083
Repost from N/a
⭕️ Millionlab odamlarga ma'lum bo'lgan ma'lumotlar, sizga hech qanday foyda keltirmaydi...
Buni anglagan holda men gazeta o'qish va televizor ko'rishdan butunlay voz kechdim...
Nassim Nikolas Taleb - "Qora oqqush" kitobida.
1 083
Jamoaning o’rtacha tezligi jamoadagi eng sekin yuradigan a’zoning tezligiga teng.
Siz qanday jamoadasiz?
1 083
O’zimizga kelganda hech narsa qilmaymiz
Iqtisod, siyosat, din, fan, ta’lim, ekologiya va boshqa global mavzularni muhokama qilamiz.
Suhbatlarda, ko’pincha, qaysidir davlat siyosati, davlat rahbari, din peshvosi, siyosatchi ma’lum bir vaziyatda, qanchalik “noto’g’ri” harakat qilgani asosiy mavzu bo’ladi.
Dunyodagi hamma ishni qanday qilib “to’g’ri” bajarishni bilamizu, lekin, o’zimizga kelganda hech narsa qilmaymiz.
Ko’pincha, shunaqa olamshumul mavzular muhokama bo’layotganda “xo’p, biz nima qila olamiz?”, “xo’p, sen bunga qanday ta’sir qila olasan?”, “nima deb o’ylaysan, nima qilish kerak?” — degan savollarni beraman.
Ammo, bunday savollarga shunchaki hazil sifatida qarab, o’tib ketiladi.
Aslida esa, biz o’zgarishni o’zimizdan boshlashimiz kerak edi. “Albatta, to bir qavm o’zlarini o’zgartirmaguncha, Alloh ularning holini o’zgartirmas.”
- Odamlar saviyasiz bo’lib ketganidan norozimisiz? Siz o’z saviyangiz va dunyoqarashingizni ustida ishlashni boshlang.
- Oilalar buzilib ketyaptimi? Siz o’z oilangizni yanada mustahkamlashni boshlang.
- Odamlar dangasa bo’lib ketyaptimi? Siz g’ayratli va energiyaga to’la bo’lishni boshlang.
O’zingiz o’zgarganingizdan keyingina atrofingiz o’zgaradi, jamiyat o’zgaradi.
1 083
Agar sen biror narsaga erishganingda o’zingni “KIMDIR” deb hisoblayotgan bo’lsang, unda savol: hech narsaga erishmagan vaqtingda “KIM” san?
Kerol Duek, Stendford universiteti professori.
1 083
… ishingizni seva boshlaysiz
O’zingizga yoqadigan ish bilan shug’ullanish hamda har bir ishni yoqtirib – chin ko’ngildan bajarish o’rtasida nozik nuqta bor.
Misollar
• Sizga dizayner bo’lish yoqadi, bu ishdan zavq olasiz. Shu bilan birga daromadli ish. Ammo, dizaynning fundamental qoidalarini bilmasangiz, uslublar o’rtasidagi farqni ajrata olmasangiz, tajribangiz bo’lmasa hech kim sizga bu sohada ish bermaydi. Bularni egallash uchun esa, ishni tartib bilan o’qish va zerikarli mayda ishlarni bajarishdan boshlashingiz kerak.
• Sizga oshpaz bo’lish yoqadi, taom tayyorlasangiz “mazzza” qilasiz, dunyo taniydigan “chef” bo’lmoqchisiz. Ammo, ishni kartoshka piyoz artishdan boshlash kerak.
• Sizga musiqa chalish yoqadi, katta bastakor bo’lmoqchisiz. Ammo, ishni notalarni o’rganish va “ting’ir-ting’ir”dan boshlash kerak bo’ladi.
Har qanday faoliyat natija olib kelishni boshlaganda zavqli bo’la boshlaydi. Siz o’z mehnatingiz mahsulidan odamlar rozi bo’lib foydalanayotganini ko’rganingizda ishingizni seva boshlaysiz.
Unutmang bugun o’z ishini yaxshi ko’rib bajaruvchilarning hammasi kecha yaxshi ko’rmaydigan ishini chin ko’ngildan bajargani uchun shu yerga yetib kelishgan.
Sizchi, hali ham o’zingizga yoqadigan ishni qidirib yuribsizmi yoki ishlaringizni yoqtirmay bajaryapsizmi?
1 083
Hayotimni o’zgartirib yuborgan xat!
*Siz ham undan foydalanishingiz mumkin. O’qib chiqing, so’ngra o’zingiz hurmat qilgan 6-10 kishiga yuboring.
Aziz do’stlar, hamkasblar va birodarlar!
Ushbu xatni o’qiganingiz uchun katta rahmat. Uni yuborish men uchun biroz qiyinroq bo’ldi, lekin bu men uchun juda muhim. Qimmatli vaqtingizni ayamaganingiz uchun sizdan minnatdorman va umid qilamanki javob berasiz.
Ushbu xat ma’lum tanlangan odamlargagina yuboriladi.
Sizlar meni yaxshi bilasizlar va umid qilamanki mening kuchli va eng muhimi zaif tomonlarimni halol baholaysizlar.
Bu ish men uchun yangilik va shaxs sifatida o’sishim uchun hayotimdagi eng muhim odamlar meni qanday ko’rishlari to’g’risida aniqroq tasavvurga ega bo’lishim kerak.
Men bo’lishim kerak bo’lgan odamga aylanishim uchun haqiqatdan ham obyektiv fikrni eshitishim kerak.
Xatda hayotimning qaysi, ikki yoki uch muhim sohasini rivojlantirishim kerakligini halollik bilan yozishingizni so’rayman.
Agar bu siz uchun qulay bo’lsa birinchi navbatda mening eng katta yutuqlarim va afzalliklarimni sanab o’tishingiz mumkin. Albatta buni o’qish men uchun yoqimli bo’ladi.
Iltimos biror narsani ko’pirtirishga yoki yashirishga urinmang. Men biron bir tanqiddan xafa bo’lmaslikka va’da beraman.
Aslida, qanchalik ochiq gapirsangiz hayotimda ijobiy o’zgarishlar qilishimga shunchalik ko’p sabablar paydo bo’ladi.
Samimiy minnatdorchilik bilan AbuSolih :)
1 083
Agar Trampni o’ldirishga harakat qilgan shaxs musulmon bo’lganida OAV uni terorrchi deb atar edi.
Hozircha u qotil yoki jinoyatchi.
© AbuSolih Fox
1 083
Yangi muhitga moslashish — adaptatsiya.
Moslashuvchanlik o‘qishda, ishda, lavozim o‘sishida, yangi insonlar bilan ishlashda, biznesda va yangi bozorlarga kirishda shaxs uchun eng raqobatbardosh ko‘nikma hisoblanadi.
Adaptatsiya qanchalik sekin bo‘lsa, siz ko‘zlagan maqsadga shuncha sekin erishasiz. Boshqaruv, ijodiy va kasbiy ko‘nikmalaringizni namoyon qila olmaysiz. Vaziyatni nazorat qila olmaysiz.
Har qanday yangi muhitga tez moslashish uchun 6 maslahat:
1. Oldindan o‘rganing.
Mahalliy urf-odatlar, qadriyat va anʼanalar, qonunlar, diqqatga sazovor joylar va boshqa qiziqarli maʼlumotlarni toping. Bu sizga yangi madaniyatni yaxshiroq tushunishga va yangi sharoitlarga tezroq ko‘nikishga yordam beradi.
2. Umumiy muammoni aniqlang.
Yangi jamoa orasida og‘riq bo‘lib turgan va yechimi hamma uchun foyda keltiradigan muammolarni aniqlang. Ularga konstruktiv yechmi ko‘rsating. Diqqat o‘rgating emas, ko‘rsating.
3. Odatlar.
Eski (yaxshi) odatlaringizni va kun tartibini davom ettiring. Bu o‘zingizga bo‘lgan ishonchni saqlab qolishga va vaziyatni nazorat qilishga yordam beradi.
4. Yangi do‘stlar.
Yangi muhitga tezroq moslashishga yordam beradigan eng muhim omillardan biridir.
5. Yangiliklarga ochiq bo‘ling.
Siz norma deb qabul qilmagan holatlarda birdan hissiyot bilan qaror qabul qilmang. Yangi g‘oyalar na fikrlarni ochiq qabul qiling.
6. Yordam.
Atrofdagilardan yordam so‘rashga tortinmang. Siz uchun katta bo‘lgan muammoni yechimi juda oddiy bo‘lishi shunchaki buni siz ko‘rmagan bo‘lishingiz mumkin.
Unutmang, albatta, yangi muhitga moslashish vaqt talab qiladi, ammo, vaqt sizni zararingizga ishlaydi.
1 083
Xuddi bolalikdagi kabi vaqt sekin o‘tishi uchun nima qilish kerak?
Esingizdami, qarindoshlarnikida o‘tkazgan 5-6 kunimiz xuddi bir oydek, yozgi 3 oylik taʼtil esa, xuddi yarim yildek o‘tar edi :)
Gap shundaki, biz vaqtni to‘g‘ridan to‘g‘ri his etmaymiz. Biz voqealar ketma-ketligidan iborat xotiralarni vaqt sifatida qabul qilamiz.
Miyamiz va ongimiz yangiliklar bilan to‘qnashganda faol ishlaydi, tafakkur qiladi va undan xotiralar qoladi. Kundalik, ishga borish, uy ishlari, dam olish kabi odatiy ishlarni esa ong osti bajarib beradi.
Yoshligimizda dunyo biz uchun yangilik edi. Katta bo‘lganimiz sari, yangi manzillar, yangi odamlar, yangi faoliyatlar bilan tanishib boramiz.
Katta bo‘lganimizdan keyin esa bir xil hayot boshlanadi: ish-uy, uy-ish, hafta bir dam olish, u ham bir xil…
Biz yoshlikka qayta olmaymiz, ammo, hayotimizga doim yangilik olib kira olamiz. Sayohatlar, yangi sohalar, yangi xobbi, yangi do‘stlar, yangi bilimlar, hatto, shunchaki yangi do‘kondan xarid qilish, yangi (boshqa) ko‘chadan yurish hayotimizni yangiliklarga boyitadi.
Yangi taassurotlar, yangi xotiralar hayotimizni uzunroq, qiziqarliroq va mazmunliroq qiladi.
1 083
Siz to‘g‘ri dam olasizmi?
Nobel mukofoti laureati, akademik Ivan Petrovich nazariyasiga ko‘ra agar quyidagi 3 shart bajarilmasa, sizning dam olishingiz, miya tomonidan to‘laqonli dam deb hisoblanmaydi:
1. Dam olish muddatida siz birov uchun javobgarilkda bo‘lmasligingiz;
2. Dam olish jarayoni majburlangan amaliyot bilan bo‘lmasligi, aksincha, sizga zavq berishi;
3. Boshqalar bilan raqobat hissi bo‘lmasligi.
Dam olish, uxlash yoki ovqatlanish kabi insonning asosiy ehtiyojlaridan biridir.
Agar siz umuman dam olmasangiz, muntazam ishdan, o‘qishdan, mashg‘ulotlardan, doimiy bir xil faoliyat zanjiridan ortmasangiz, ertami-kechmi charchash paydo bo‘ladi va bu kasalliklarni rivojlanish ehtimolini oshiradi.
Bu tananing haddan tashqari yuklanganligi va zo‘riqishi sababli sodir bo‘ladi. Dam olmasdan, odam bu zo‘riqishdan xalos bo‘lolmaydi, u taranglikda yashaydi va tanasi noto‘g‘ri ishlay boshlaydi.
Zo‘riqishdan xolos bo‘lish, qaytadan energiya to‘plash uchun inson vaqti-vaqti bilan dam olishi, taʼtilga chiqishi va diqqatini chalg‘itishi kerak.
Siz qanday dam olasiz?
1 083
Nima uchun O‘zbekiston ayrimlar uchun jannatmakon o‘lkayu, boshqalar esa, “bu yerdan surish kerak” deyishadi?
Gap shundaki, biz hayotimizga o‘zimiz yashab o‘tgan tajribalar va undan hosil bo‘lgan xulosalarimizdan kelib chiqib munosabat bildiramiz.
Birinchi misol:
Bir kishining qimmatbaho telefonini o‘g‘irlab ketishdi. Kishi darhol militsiyaga murojaat qildi. Xodimlar qidiruvni boshlashdi. IMEI kod, foydalanilgan SIM karta, GPS joylashuv orqali, ikki kun ichida telefonni topib egasiga qaytarishdi, jinoyatchilar jazolandi.
Ana shu inson uchun militsiya xodimlarining ishi tahsinga sazovor. U juda ham xursand bo‘ladi, ularni maqtaydi, choyxonada og‘iz ko‘pirtirib bo‘lgan voqeani gapirib beradi:
“tizimga gap yo‘q, zo‘r ishlayapti, baraka topsin azamatlar”.Endi ikkinchi misol: Boshqa bir kishining qimmatbaho telefonini o‘g‘irlab ketishdi. U ham militsiyaga murojaat qildi. Ammo, bu o‘g‘rilar ustomon ekan. Telefonni qo‘shni davlatga sotib yuborishdi yoki ehtiyot qisimlarga ajratib tashlashdi. Oradan kunlar, haftalar o‘tyapti, telefon egasi alamda, militsiyaga qayta-qayta murojaat qilyapti. Telefondan darak yo‘q. Bu odam uchun:
“barcha militsiya xodimlari samarasiz va foydasiz odamlar, xalq pulini yeb yotishni bilishadi, bir ishni eplay olishmaydi”.Endi ana shu ikki odamga o‘zlari hosil qilgan xulosaning teskarisini isbotlashga urinib ko‘ring. Birinchisi uchun siz vatan xoini va fitnachi, ikkinchisi uchun esa, laganbardor va paxtakor bo‘lasiz. Chunki ikkisi ham o‘z tajribasiga ishonadi, shunga ko‘ra haq? Hayotda doim shunday — biz yangilikni o‘rganish, rivojlanishni emas, haq bo‘lishni xohlaymiz. O‘z tajribamizdan boshqa fikrlarni qabul qilishni xohlamaymiz. Bugun hayotimizda bo‘lib turgan qiyinchiliklarning aksari shunday yo‘l tutganimiz oqibatidandir. Holbuki, hayot faqat oq va qora rangdan iborat emas. Bugungi kunda bo‘lib turgan holatlardan kelib chiqib odam boshqa ranglar haqida gapirishga ham qo‘rqib qoldi :) Ammo, bu mavzu boshqa, hayot rang barang. Boshqalarni tajribasidan foydalanish, yangiliklarga ochiq bo‘lish, mavzuga ikkinchi, uchinchi tomondan qarab ko‘rish hayotimizda juda ko‘p imkoniyat eshiklarini ochib beradi. © AbuSolih Fox
