cookie

Sizning foydalanuvchi tajribangizni yaxshilash uchun cookie-lardan foydalanamiz. Barchasini qabul qiling», bosing, cookie-lardan foydalanilishiga rozilik bildirishingiz talab qilinadi.

avatar

Namangan IIB | Rasmiy kanal

Биз ижтимоий тармоқларда. Facebook: https://www.fb.com/namanganiibuz Youtube: https://www.youtube.com/c/NamanganIIBIRasmiy

Ko'proq ko'rsatish
Reklama postlari
8 048
Obunachilar
-424 soatlar
-447 kunlar
+3130 kunlar

Ma'lumot yuklanmoqda...

Obunachilar o'sish tezligi

Ma'lumot yuklanmoqda...

Navbatdagi sayyor qabul “Istiqlol” mahallasida bo‘lib o‘tdi Davlatobod tumani 3-sektor boshlig‘i “Istiqlol” mahallasi aholisi murojaatlarini tingladi. Sayyor qabulda hudud ahlidan 5 ta murojaat kelib tushdi, ularning 2 tasiga huquqiy xulosa berildi. Qolgan murojaatlar bo‘yicha muddatlar belgilanib, tegishli tashkilotlarga yo‘naltirildi va ijrosi nazoratga olindi. Namangan viloyati IIB Axborot xizmati Websayt| Telegram|Facebook|Instagram| Youtube
Hammasini ko'rsatish...
“Yosh huquqshunos” ko‘rik tanlovining viloyat bosqichi o‘tkazildi Namangan viloyati IIB Jamoat xavfsizligi xizmati, huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi tashabbusi bilan uyushmagan yoshlar va umumtaʼlim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida “Yosh huquqshunos” ko‘rik tanlovi o‘tkazildi. Tanlov davomida 14-18 va 19-30 yosh toifasida bellashgan yigit-qizlar orasidan tuman g‘oliblari aniqlandi. G‘oliblarga tashkilotchilarning diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi. Namangan viloyati IIB Axborot xizmati Websayt| Telegram|Facebook|Instagram| Youtube
Hammasini ko'rsatish...
01:19
Video unavailableShow in Telegram
63-Xalqaro gullar festivali ko‘tarinki ruhda o‘tmoqda Namangan viloyati IIB Axborot xizmati Websayt| Telegram|Facebook|Instagram| Youtube
Hammasini ko'rsatish...
Kosonsoy tumani 3-sektor rahbari “Bog‘ishamol” mahallasida sayyor qabul o‘tkazdi Qabulda fuqarolardan imtiyozli kredit olish, uy-joy, subsidiya va boshqa masalalardagi murojaatlar kelib tushdi. Har bir masala belgilangan tartibda masʼullarga biriktirilib, ijrosi nazoratga olindi. Namangan viloyati IIB Axborot xizmati Websayt| Telegram|Facebook|Instagram| Youtube
Hammasini ko'rsatish...
Pop tumanida voyaga yetmagan haydovchilarning harakati muhokama qilindi Pop tumanida o'tkazilayotgan reyd tadbirlari davomida voyaga yetmagan shaxslar tomonidan boshqarilgan avtomashinalar jarima maydoniga joylashtirildi. Holat yuzasidan tegishli choralar ko'rilib, ushbu haydovchilarning ota-onalari bilan muhokama yig'ilishi o'tkazildi. Unda joriy yilning shu vaqtiga qadar viloyat hududida sodir etilgan YTHlar to'g'risida batafsil ma'lumotlar berilib, mazkur avtohalokatlarda voyaga yetmagan bolalarning ishtiroki ham sezilarli darajada ekanligi tushuntirildi. Barcha ota-onalardan farzandini doimiy nazorat qilish, ularni ortiqcha erkalatib, avtomashina haydashi uchun sharoit yaratib bermaslik talab qilindi. Namangan viloyati IIB YHXB Axborot xizmati Namangan viloyati IIB Axborot xizmati Websayt| Telegram|Facebook|Instagram| Youtube
Hammasini ko'rsatish...
Antropometrik ko‘rsatkichlarini yaxshilashga tavsiya etilgan xodimlar bilan o‘quv-mashg‘uloti o‘tkazildi Joriy yilning 30-may kuni Namangan viloyati IIBning tarkibiy va hududiy bo‘linmalarida xizmat olib borayotgan semizlikning yuqori darajalari bo‘yicha ro‘yxatga olingan xodimlar bilan o‘quv mashg‘uloti tashkil etildi. Dastlab, Tibbiyot bo‘limining malakali mutaxassislari tomonidan ovqatlanish ratsioni hamda sog‘lom turmush tarziga rioya qilish yuzasidan tavsiyalar berilgan bo‘lsa, so‘ng jismoniy va jangovar tayyorgarlik bo‘limi tomonidan ishlab chiqilgan xodimlar sog‘ligining umumiy ahvoli va unga tavsiya etiladigan kunlik taomlarning kam kaloriyali parxezi, individual tartibda jismoniy mashg‘ulotlar bilan shug‘ullanish metodikasiga amal qilish bo‘yicha tavsiyalar berilib, ushbu metodika amalda foydalanish uchun tarqatildi. Namangan viloyati IIB Axborot xizmati Websayt| Telegram|Facebook|Instagram| Youtube
Hammasini ko'rsatish...
Namangan viloyati IIB boshlig‘i polkovnik Shuxrat Aliyev tomonidan "mahalla yettiligi" faoliyatini o‘rganish ishlari davom etmoqda Boshqarma boshlig‘i polkovnik Shuxrat Aliyev tomonidan navbatdagi o‘rganish manzili Chust tumanida bo‘lib, unda "Laylak uya" va “Ko‘ktosh” mahallalari yettiligining o‘tgan davr mobaynidagi faoliyati atroflicha muhokama qilindi. O‘rganishda ushbu mahallalarda jinoyatchilik va kriminogen vaziyat barqaror holda saqlanib kelinayotgan bo‘lsa-da, biroq hududlarni kameralashtirish va profilaktika inspektorining xizmat xonasiga integratsiya qilish jarayonlari sust darajada ekanligi tanqid qilindi hamda kelgusida mahallalarni “yashil” toifada saqlab qolish maqsadida "mahalla yettiligi" o‘zaro hamkorligini yanada mustahkamlash, hududlarni to‘liq videokuzatuv orqali nazoratga olish, mahalla aholisi, ayniqsa, mehnat migratsiyasida bo‘lgan fuqarolar bilan doimo muloqotda bo‘lish hamda muammolarini o‘rganib, samarali yechim topish yuzasidan aniq topshiriqlar berildi. Namangan viloyati IIB Axborot xizmati Сайт| Telegram|Facebook|Instagram| Youtube
Hammasini ko'rsatish...
01:51
Video unavailableShow in Telegram
IIV Namangan akademik litseyi o‘quvchi qizlari bilan davr suhbati o‘tkazildi Namangan viloyati IIB Axborot xizmati Websayt| Telegram|Facebook|Instagram| Youtube
Hammasini ko'rsatish...
“Moychechak” DMTMda bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi Namangan viloyati Ichki ishlar boshqarmasiga qarashli “Moychechak” davlat maktabgacha taʼlim muassasasida “Xayr bog‘cha”tadbiri bo‘lib o‘tdi. Bayram tadbirda tarbiyalanuvchilar tomonidan ijro etilgan turli xil sahna ko‘rinishlari, raqs, sheʼr va qo‘shiqlar taklif etilganlarga hush kayfiyat ulashdi. Tadbir so‘ngida Namangan viloyati IIB MMI va KBTX masʼul xodimlari tomonidan MTM jamoasi va tarbiyalanuvchilarga IIB rahbariyatining tabrigi yetkazilib, ularning kelgusi ishlarida omadlar tilandi. Namangan viloyati IIB Axborot xizmati Websayt| Telegram|Facebook|Instagram| Youtube
Hammasini ko'rsatish...
Po'stilar arxiv