cookie

Sizning foydalanuvchi tajribangizni yaxshilash uchun cookie-lardan foydalanamiz. Barchasini qabul qiling», bosing, cookie-lardan foydalanilishiga rozilik bildirishingiz talab qilinadi.

avatar

• Buholicha •

﷽ 📖 Qurʼon oyatlari 📚 Hadislar 📒 Hikmatli soʻzlar 🎧 Nashidalar va Qurʼon Qorilari 📝 Ulugʻ kishilardan iqtibos ▪️ Aqidamiz: Ahli sunna val-jamoʼa. Mazhabimiz: Hanafi Shaxsiy kanal, shaxsiy fikrlar...

Ko'proq ko'rsatish
O'zbekiston59 013Til belgilanmaganToif belgilanmagan
Reklama postlari
193
Obunachilar
Ma'lumot yo'q24 soatlar
Ma'lumot yo'q7 kunlar
Ma'lumot yo'q30 kunlar

Ma'lumot yuklanmoqda...

Obunachilar o'sish tezligi

Ma'lumot yuklanmoqda...

Iftorlik (ogʻiz ochish) duosi: Allohumma laka sumtu va bika amantu va alayka tavakkaltu va ala rizqika aftartu, fagʻfirli ya gʻoffaruma qoddamtu va ma axxortu. Manosi: Ey Alloh, ushbu roʻzamni Sen uchun tutdim va Senga iymon keltirdim va Senga tavakkal qildim va bergan rizqing bilan iftor qildim. Ey gunohlarni afv qiluvchi Zot, mening avvalgi va keyingi gunohlarimni magʻfirat qilgil. Ogʻiz ochib bo'lingandan so'ng hadisda kelgan quyidagi duo o'qiladi: ذَهَبَ الظَّمَأُ، وَابْتَلَّتِ الْعُرُوقُ، وَثَبَتَ الْأَجْرُ إِنْ شَاءَ اللَّهُ  “Zahabaz zomau vabtallatil ʼuruuq va sabatal ajru inshaalloh”. Maʼnosi: “Chanqoqlik ketdi, tomirlar hullandi, inshaalloh, ajr-savob sobit bo'ldi”. ✏️“Abu Dovud rivoyati.” Vallohu aʼlam. @Buholicha
Hammasini ko'rsatish...
Ashuro kuniga bir kun oldin yoki keyin qoʻshib roʻza tutish kerakligini hisobga olsak, bugun ham roʻza tutishlik joiz edi. Shunda ASHURO KUNI 2021-YILNING 19-AVGUST, PAYSHANBA KUNIGA TOʻGʻRI KELGANIGA FATVO BERILDI. ASHURO KUNI – Bu kun haqida Nabiy sollallohu alayhi vasallam: “Bu shunday yaxshi kundirki, bu kunda Alloh Bani Isroilni dushmanlaridan qutqargan. Shu bois Muso alayhissalom bu kunda roʻza tutgan. Men Musoga koʻproq (yaqin boʻlishga) haqliroqman”, dedilar va u kunda roʻza tutib, odamlarni ham uning roʻzasini tutishga buyurdilar». Imom Buxoriy rivoyati. ASHURO KUNINING FAZILATLARI – Bu kun roʻza tutganlar In shaa Alloh oʻtgan bir yillik gunohlarga kafforat boʻladi. Bu haqda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Ashuro kunining roʻzasi – Allohdan umid qilamanki – bir yil oldingi gunohlarga kafforat boʻladi”, deganlar. Imom Muslim rivoyati. Bu kun yaqinlarga kengchilik qilish, bir yillik kengchilikka sabab boʻladi. Abu Saʼd roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Nabiy sollallohu alayhi vasallam: “Kim Ashuro kuni ahli ayoliga hadya ulashsa, Alloh yilning barchasida unga ham hadya ulashadi”, dedilar. Imom Bayhaqiy rivoyati. Saharlik va iftorlik vaqti: 19.08.2021 Andijon vaqti bilan (Toshkent vaqti bilan + 10 minut farqli ) Saharlik tugashi: 04:02 da bo'lgan bo'lsa Iftorlik boshlanishi: 19:08 @Buholicha
Hammasini ko'rsatish...
“Ey Zakariyo, Biz senga ismi Yahyo bo‘lgan bir o‘g‘ilning xushxabarini beramiz”. (Maryam:7) Zakariyo alayhissalomning suyagi mo‘rtlashib, boshiga oq oralagan, ayoli esa tug‘mas edi. Lekin u zot sabablar Allohga emas, balki insonlarga hukm o‘tkazishini bilar edilar. Shu bois qo‘llarini ko‘tarib: “Menga O‘z dargohingdan bir valiy ortdan qolguvchi ato et” (Maryam:5), deb duo qildilar. U zotga ijobat qilindi: “Ey Zakariyo, Biz senga bir o‘g‘ilning xushxabarini beramiz”. • Kim qalbini sabablarga bog‘lasa, Alloh uni o‘sha sabablarga tashlab qo‘yadi. Kim qalbini Allohga bog‘lasa, Alloh uning uchun sabablarni tayyorlab qo‘yadi. (Adham Sharqoviy, “Qur’ondan maktublar”) @Muhammadoshiq
Hammasini ko'rsatish...
#Taziya Inna lillahi va inna ilayhi roji’un. O‘zbekiston musulmonlar idorasi rahbari, muftiy Usmonxon Alimov bugun koronavirus sababli vafot etdilar. Usmonxon Alimov solih, din uchun jonkuyar, atrofdagilarga yordamsevar inson edilar. Alloh domlani O‘z rahmatiga olsin, qilgan xizmatlari tufayli u kishining darajalarini baland qilsin, hayotda chekkan zahmat-mashaqqatlari tufayli oxiratdagi darajalarini oliy qilsin. Usmonxon Alimov umrini Islom xizmatiga tikkan edilar, shu yo‘lda vafot etdilar. Eslatib o'tamiz O‘zbekiston musulmonlar idorasi rahbari, muftiy Usmonxon Alimov 71 yoshida vafot etdi. @Buholicha
Hammasini ko'rsatish...
Bir inson hayotligida barcha farz va sunnat amallarini mukammal ado etgan, Allohning buyrug’idan chiqmagan, hayr-ehson kanda qilmagan ekan. Ammo o’limidan so’ng o’zini do’zaxda ko’ribdi shunda u: - Men hayotligimda faqatgina Sening roziling uchun yashadim, buyurganlaringni qildim, qaytarganingdan qayttim. Nima uchun bu yerdaman? –dedi. Qayerdandir nido keldi: - Falon kuni kechasi qorning og’riganda, sut ichganim uchun og’ridi deb berilgan dardni sababini dunyodan qidirganding, Mendan emas. Har bir ishni Hikmat bilan qilishimni unutganding! Barcha boshimizga kelgan yaxshilik va yomonlikning Allohdan kelishiga iymon keltirish farzdir. Agar biz tomog’imiz og’rib, buni aytgan qaysidir yomon so’zimizdan emas, muzdek suvdan ko’rayotgan bo’lsak, erishgan yutuqlarimiz sababiyati o’zimiz deb o’ylayotgan bo’lsak, o’qishga kirolmaganimizga sabab DTM, kambag’alligimizga sabab poraxo’rlik, “sevgan qizim menga tegmaganiga sabab o’qimaganligim” deb o’ylayotgan bo’lsak, fikrlarimiz bilan yolg’iz qolishimiz va tafakkur qilishimiz kerak. Zero, Alloh xohlasa ne’matlari bilan siylab qo’yardi. Unga qiyin ish yo'q🍀 Manba: "Ruhiy tarbiya" kitobi 2-qism @Sojida_Karimova
Hammasini ko'rsatish...
#Raziyallohu_anho Payg‘ambarlar sayyidi va xotami bo‘lgan Muhammad (sollallohu alayhi va sallam)ning suyukli qizlari, jannat ayollarining sayyidasi, Hasan va Husayn (raziyallohu anhumo)ning onalari, Ali (karramallohu vajhahu)ning zavjalari bo‘lgan Fotimai zahro (raziyallohu anho) onamiz shu qadar yuqori maqomu martaba sohibasi bo‘lsalar-da barcha ulug‘ insonlar qatori hayotda ko‘p musibatlar, mahzunliklar va qiyinchiliklar ko‘rgan ayol edilar. Zotan, eng ko‘p musibatga duchor bo‘ladiganlar payg‘ambarlar, solihlar va ular kabi yaxshi insonlar bo‘ladilar. Ular bu dunyoda g‘ariblikda yashaydilar. O‘z azizliklariga nomunosib bo‘lgan muomalalarga ro‘baro‘ bo‘ladilar. Zero, bunday insonlarning ulug‘ ajrlarini, mukofotlarini Alloh taolo Qiyomatga olib qo‘ygan bo‘ladi. Fotima onamizni Nabiy sollallohu alayhi va sallam nihoyatda kuchli yaxshi ko‘rardilar. Safardan qaytsalar albatta Fotimani (raziyallohu anho) yuzlaridan (yoxud peshonalaridan) o‘pardilar. Fotima onamiz otalari Nabiy alayhissalom huzurlariga ziyoratga kelsalar, Payg‘ambarimiz o‘rnilaridan turib, kutib olar, u zotni o‘par va o‘z o‘rinlariga o‘tqazar edilar. Ayni holat Nabiy alayhissalom Fotimaning (raziyallohu anho) uylariga borganlarida ham Fotima onamiz tomonidan yuz berardi. U kishi o‘rinlaridan turib, otalariga peshvoz chiqar, u zotni o‘par va o‘z o‘rinlariga o‘tqazar edilar. Payg‘ambarimizning (sollallohu alayhi va sallam) eng og‘ir kunlarida shu qizlari yonlarida turgan va mushriklardan himoya qilgan. Xullas, otasiga ham onalik qilgan qizdir Fotima (raziyallohu anho). Shu bois ham xalq u zotni "ummu abiyho" ya’ni "otasining onasi" deb atardi. Ushbu kunyalari bilan mashhur edilar Fotimai zahro onamiz. Kimning qizi bo‘lsa, u baxtlidir. Qizlarini ikrom qilgan, yaxshi ko‘rgan va ularning nozik qalblarini rioya qilgan otalar qanday ham yaxshi otalardir. Qizlardek otasiga sadoqatli, mehrli inson bo‘lmaydi. Qizlaringizni izzat qiling. Ular zotan huzuringizda vaqtincha mehmon. Alloh taolo mo‘mina, muslima qiz va ayollarga dunyo va oxirat saodatini nasib etsin!.. @Buholicha
Hammasini ko'rsatish...
MUHARRAM OYINING RO'ZASI VA UNING SAVOBLARI #Eslatma Muharram oyining 9-10-11 - kunlari, Inshaa Alloh, yanagi hafta 17-18-19- avgust (seshanba, chorshanba va payshanba) kunlariga to'g‘ri keladi. https://telegra.ph/MUHARRAM-OYINING-ROZASI-VA-UNING-SAVOBLARI-08-14
Hammasini ko'rsatish...
MUHARRAM OYINING RO'ZASI VA UNING SAVOBLARI

"Tavba" surasining, 36-oyatida shunday deyiladi: "Albatta, Allohning nazdida oylarning adadi – Allohning osmonlar va Yerni yaratgan kunidagi bitigiga muvofiq – o‘n ikki oydir. Ulardan to‘rttasi (urush) harom qilingan oylardir. Ana shu to‘g‘ri dindir. Bas, o‘sha (oy)larda jang qilib o‘zlaringizga zulm qilmangiz!..."  

Hammasini ko'rsatish...
MUHARRAM OYINING RO'ZASI VA UNING SAVOBLARI

MUHARRAM OYINING RO'ZASI VA UNING SAVOBLARI

Hammasini ko'rsatish...
MUHARRAM OYINING RO'ZASI VA UNING SAVOBLARI

MUHARRAM OYINING RO'ZASI VA UNING SAVOBLARI

Ashuro kuni ro'zasi haqida bilasizmi?Anonymous voting
  • Ha, bilaman
  • Yo'q, endi bilib olaman
0 votes
Boshqa reja tanlang

Joriy rejangiz faqat 5 ta kanal uchun analitika imkoniyatini beradi. Ko'proq olish uchun, iltimos, boshqa reja tanlang.