cookie

Sizning foydalanuvchi tajribangizni yaxshilash uchun cookie-lardan foydalanamiz. Barchasini qabul qiling», bosing, cookie-lardan foydalanilishiga rozilik bildirishingiz talab qilinadi.

avatar

Keling qur'on o'qiymiz

Қуръонни бизга дунёда дўст, қабрда ҳамроҳ, сирот кўпригида нур, дўзахдан тўсиқ ва парда, қиёмат кунида шафоатчи ва жаннатда ҳамроҳ қилгин! https://t.me/joinchat/AAAAAFGAnL53vWuogfMh0A @Muslima_7777bot

Ko'proq ko'rsatish
Reklama postlari
410
Obunachilar
Ma'lumot yo'q24 soatlar
-27 kunlar
-1130 kunlar

Ma'lumot yuklanmoqda...

Obunachilar o'sish tezligi

Ma'lumot yuklanmoqda...

23:19
Video unavailableShow in Telegram
126.26 MB
👍 3
QUR’ON O‘QILADIGAN XONADON FAYZI
Oisha roziyallohu anho onamizdan rivoyat qilinishicha, Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: “Ko’kdagi yulduzlar yerdagilarga qanday ko‘rinsa, Qur’on o‘qiladigan uy osmon ahliga xuddi shunday ko‘rinadi”, deganlar (Bayhaqiy “Shuabul imon”da rivoyat qilgan). Tunda samoga boqsangiz, miltillab turgan minglab yulduzlarni ko‘rasiz. Qur’on tilovat qilinadigan uy osmondagilarga ana o‘sha yulduzlar o‘xshab ko‘rinadi. Chunki Qur’on o‘qiladigan uydan nur taralib turadi.✨ Rasululloh sollallohu alayhi va sallamga: – Sobit ibn Qays ibn Shammosning uyi kechasi yorishib ketganini ko‘rdingizmi? – deyildi. Shunda u zot: – Baqara surasini o‘qigan bo‘lsa kerak, – deb marhamat qildilar. Ibn Qaysdan bu haqida so‘ralganda, “Tunda Baqara surasini o‘qigandim”, deb javob berdi (Abu Ubayd va Ibn Kasir ikkisi “Fazoilul qur’on”da rivoyat qilgan. Ibn Kasir: “Rivoyat sanadi jayyid”, degan).
Odamlar ancha-muncha sarf-xarajat qilib, yelib-yugurib chiroyli uylar quradilar. Ayrim imoratlar bir qarashda ko‘zingizga dang‘illama ko‘rinsa-da, biroq xonadonda fayz bo‘lmaydi. Nega? Chunki u yerda
Qur’on tilovat qilinmaydi, namoz o‘qilmaydi...
Imorat qancha hashamatli bo‘lmasin, Allohning Kalomi o‘qilmasa, unday joyda fayz-baraka bo‘lmaydi
. Zero, quruq dabdaba bilan uyimizga nur kirib qolmaydi. Yashab turgan joyimiz nurga to‘lsin desak, Qur’on o‘qiylik, ibodat qilaylik, zikr aytaylik.
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Qur’on tilovat qilinadigan uyning ahli uchun kenglik bo‘ladi, farishtalar hozir bo‘lib, shaytonlar u yerdan uzoqlashadi. Bunday xonadonning yaxshiliklari ko‘payadi. Qur’on o‘qilmaydigan uyning ahli uchun tanglik bo‘ladi. U yerni farishtalar tark etadi. O‘rniga shaytonlar keladi. Shuning uchun yaxshiliklari kamayadi” (Dorimiy sahih sanad bilan rivoyat qilgan). Ba’zilar, “Har bir uyda bittadan Qur’on bo‘lishi kerak”, deb otasidan qolgan Qur’onni matoga yaxshilab o‘rab-chirmab, qo‘l yetmaydigan joyga ilib qo‘yadi. Keyin oyda-yilda bir olib, u yer-bu yerini varaqlagan bo‘ladi... Mushafni devorga osib qo‘yishdan hech qanday foyda yo‘q. Allohning Kalomini o‘qisak, hukmlarini qunt bilan o‘rgansak, ilohiy ta’limotlarga muvofiq yashasak, ana o‘shanda qalbimiz munavvar, xonadonimiz fayzli, ikki dunyoyimiz obod bo‘ladi, inshaalloh!
“Qur’on – qalblar shifosi” kitobidan
📖
Hammasini ko'rsatish...
👍 2🥰 1
01:29
Video unavailableShow in Telegram
ЗАФАР МУБОРАК! Шаҳид кетган аёллар, кексалар, ногиронлар ва норасидалар! Сиз ғолибсиз! Сизнинг зафарингизни қуйидагиларда кўряпман: 1. Миллион-миллион одамларнинг кўзи очилди. Дунёни кимлар бошқараётганини ва уларга ишониб бўлмаслигини англади; 2. Ғайридинлар орасида Исломга қизиқиш кучайгандан-кучайиб боряпти. Ўн минглаб одамлар Исломни қабул қилди. Ҳидоятга эришиб, дўзахдан нажот топди; 3. Ҳатто сизга нисбатан ваҳшийликлар қилган қонхўрлар тарафида турганлар орасида ҳам яхшигина ўзгаришлар, эврилишлар юз берди; 4. Машҳур-машҳур оммавий ахборот воситаларининг юзи очилди, уларнинг ким пул тўласа, ўшанинг мусиқасини чалишлари фош бўлди; 5. Ҳатто исроилликлар ўз раҳбарларининг баёнотларига ишонмасдан, Абу Убайданинг баёнотларини кутадиган, унга қулоқ соладиган ва ишонадиган бўлиб қолишибди; 6. Иймон қуввати олдида қурол қувватининг ҳеч нарса эмаслиги ўз исботини топди; 7. Миллион-миллион мусулмон қалблар уйғониб, кўзлар очилиб, ўзининг аҳволидан уялиб, охират учун жиддийроқ ҳаракат қилиш лозимлигини англади; 8. Бундай ҳолатларда "террорист" деган тамғани олиб қолишдан қўрқиб, рўмолини ҳам ечиб юборадиган, намозини ҳам ўқимай қўядиган тоифалар ҳам ўзида журъат топа бошлади; 9. Мусулмонларни террористлар қилиб кўрсатмоқчи бўлганларнинг ўзлари террорист эканлари кундек равшан бўлиб қолди; 10. Ҳали олдинда охиратга борганда қанча-қанча осийларни шафоат қилиб олишингиз ҳам бор... Ғалаба, зафар бундан ортиқ бўладими?! Бутун дунё кучлари бир бўлиб ҳам бу қадар улкан зафар қуча олмас эди. Сизга шу буюк зафар муборак бўлсин! Аллоҳим биз ношуд, нотавонларга ҳам охиратда сизлар билан ёруғ юз ила кўришишни насиб айласин. Омин. Тасвирда Калифорния университети студентлари Ғазо шаҳидларини мана шундай иззат-икром қилмоқдалар. Муқим Маҳмуд 2023-11-18 @mahmudiylar
Hammasini ko'rsatish...
IMG_1821.MP417.56 MB
🔥 1😢 1
Абу Зарр розияллоҳу анҳудан ривоят қилинади: Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи ва салламга дейишди: "Бир одам яхшилик амал қилса, одамлар уни мақташса (миннатдор бўлишса), бунга нима дейсиз?" У зот айтдилар: "Бу мўминга берилган башоратнинг ожили (нақди)дир". Имом Муслим ривоятлари. Бунинг маъноси - Аллоҳ таоло амални қабул қилса, қалбларда у амални қилганга нисбатан қабул ва мақтовни пайдо қилади. Қалбларда пайдо қилган бу муҳаббат ва мақтов мазкур амал қабул бўлганининг башорати бўлади. Чунки Аллоҳ бандасини севиб қолса, халқига ҳам уни севдириб қўяди. Зеро халойиқ Аллоҳнинг ердаги гувоҳларидир. @MubashshirAhmad
Hammasini ko'rsatish...
🥰 4
Pulga ochilish Erga ochilish Ayollik energiyasi Koinot qonuni Affirmatsiyalar Chakra Karma Psixogenetika Ong osti bloklarini yechish Pul psixologiyasi Vhk Bular quruq safsatadan boshqa narsa emas. Ehtiyot bo'ling, bular insonni shirkka yetaklaydi, bandani to'g'ri yo'ldan adashtirib yuboradi. "Men shuni qilsam natijada shu narsaga erishaman" deb o'zining kuchiga ishonib qolishning o'zi ham bir shirkdir. Axir biz ojiz bandamiz, o'zimizga nima yaxshi va nima yomon ekanligini bilmaymiz. Shuning uchun doimo Allohdan hayrlisini so'raymiz. Shuning uchun bir qarorga kelgandan keyin istihora namozi o'qiymiz, "Alloh shu narsa dunyo va ohiratim uchun yaxshi bo'lsa uni menga yaqinlashtirgin, agar dunyo va ohiratim uchun zarar bo'lsa uni mendan uzoqlashtirgin" deb so'raymiz. Ozgina mantiqiy fikrlagan inson anglab yetadi, hayotda bir nimaga erishishning hamma millatlar va hamma makonlar uchun umumiy bo'lgan formulasi yoki oltin qoidasi yo'q. Agar shunday bo'lganda payg'ambarimiz Muhammad sallallohu alayhi vasallam buni bizga o'rgatib ketgan bo'lar edi. Shuning uchun mo'min uchun umumiy bo'lgan yagona o'zgarmas haqiqat Qur'on va hadisdagi ko'rsatmalardir. ❌Agar shuni qilsang boyib ketasan degan qoida bo'lganda dunyoda kambag'allar qolmagan bo'lar edi. ❌Agar shuni qilsang shifo topib ketasan degan qoida bo'lganda dunyoda kasallar qolmagan bo'lar edi. ❌Agar shuni qilsang ayollik baxtiga erishasan degan qoida bo'lganda, dunyoda ajrashgan oilalar qolmagan bo'lar edi. Ayniqsa hozir urf bo'lgan Pul va Boylik treninglaridan yuz chaqirim narida yuring. Bularning maqsadi sizni pulingizni olib o'zlarini boyitish. Hattoki bu treningchi Qur'on va hadisdan iqtiboslar keltirsa ham, hattoki bu treningchi nomi chiqqan olim bo'lsa ham, yoki biror bir ulamoning oilasidan bo'lsa ham. Zotan hech bir rabboniy olimning boylik to'plash haqida dars o'tishi tarihda ham bugun ham ko'rilmagan. Kim shariat ilmini faqatgina dunyo matohidan bir nimaga erishish uchun o'rgansa Alloh uni ohiratda hor qiladi. Fikrlab ko'ring, sizdagi sharoit, imkoniyat va resurslar boshqa hech kimda yo'q. Har bir insonning hayot yo'li unikal ya'ni o'ziga xos. Alloh taoloning sunnati bu dunyoning voqealarini sabablariga bog'lab qo'ygan. Lekin sabablarini ushlashgina barcha insonlarni bir hil natijaga olib bormaydi. Alloh Al Wakil - barcha ishlarni mutlaq boshqaruvchi va bandalarini turli vaziyatlar bilan sinovdan o'tkazadi. Qattiq mehnat qilishning o'zigina siz uchun keng rizqni kafolatlamaydi. Dunyodagi eng mehnatkash insonlar ayni paytda eng kambag'al insonlar hamdir. Dunyodagi eng dangasa insonlar ayni paytda eng boy insonlar hamdir. Chunki Alloh Ar Rozzaq - bandaning rizqini belgilab beruvchi. Kim uchun kambag'allik sinov, kim uchun boylik sinov. Hayotda birgina o'zgarmas haqiqat bor, barcha millatlar, barcha elatlar, barcha davlatlar, barcha makonlar uchun o'zgarmas haqiqat - Alloh va Rasuli ko'rsatib bergan nizomga bo'ysunib yashash kishini bu dunyoda va ohiratda saodatga erishishiga sababchi bo'ladi. Biz mana shu sababni ushlashimiz yetarli bo'ladi, insha'Allah. Alloh taolo hammamizni hidoyat qilsin, to'g'ri yo'ldan adashtirmasin, dunyo va ohiratda chiroyli hotima bersin. 🤲 Iroda Ahmed
Hammasini ko'rsatish...
💯 2
Gʻarb madaniyati, hazorasi – bu alvon ranglar, masxaraomuz zebi ziynat, bezaklar, yolg‘on halovat, lazzatlar, (turli energetiklar kabi zararli) gazlangan ichimliklar, (turli fastfudlar kabi) nosog‘lom ovqatlar, xudbinlik, moddaparastlik va Allohni inkor qilish, kofirlik va shaxsga sig‘inish, uni ilohlashtirish madaniyatidir. Ha, garchi ular Marsga uchgan taqdirlarida ham, dengizlar tubiga tushganlarida ham, hatto yangidan-yangi telefonlaru avtomobillar ixtiro qilganlarida ham. Bularning bari sarob ichra sarobdir. Inson aslo buning uchun yaratilmagan. U o‘zining Robbisi va Holiqiga ibodat qilish uchun yaratilgan. Uning dini, shariatini tatbiq etish uchun hamda Uning yo‘li manhajida yurishi uchun xalq qilingandir. Aynan shu ish g‘arb qo‘ldan chiqargan, g‘aflatda qolgan g‘oya, maqsaddir. Allohim, Senga guvohlik beramanki, g‘arb va uning madaniyatiga inkor keltiraman hamda Seni Robb deb, Islomni din deb va Muhammad sollallohu alayhi vasallamni nabiyyimiz va rasulimiz deb rozi bo‘laman. Anvar Ahmad
Hammasini ko'rsatish...
👍 2
Repost from Malohat Anvar
01:15
Video unavailableShow in Telegram
Фаластиндаги Ғаззода 2 ой аввалги 1500 та Ҳофизул Қуръоннинг ижоза олиш маросими. Қаранглар қандай ажойиб бир юртни бомбардимон қиляпти исроилнинг яҳуд сионистлари. Ҳатто ғарб дунёси “террорист” деб атаётган ХАМАС ташкилоти аскарларининг, айниқса “Ал-Қоссам бригадалари” таркибидагилар ҳаммаси қори деб эшитдим. Шундай қорилари кўп юрт, бошқа юртга тажовуз қиладими? Улар ўз динини, ўз ҳалқини, ўз юртини озод қилиш учун курашиб ётган қаҳрамондир балки. Лекин ғарб ОАВ лари шунчалар иккиюзлики, оқни қора, қорани оқ қилиб кўрсатганларидан, бугун кўпчилик оми одамлар “Фаластин исроилга тажовуз қилди, ХАМАС исроилга ҳужум қилди” деган гапга ишониб юришибди. Аслида исроил ўз одамларини ўзи ўлдириб, ҳаммасини Фаластинга тўнкаб, шу баҳона тинч аҳолини, болаларни қириб ётибди. Бугун уларнинг қанчалари шаҳид бўлиб кетдийкин. Аллоҳ барчаларини раҳматига олсин!
Hammasini ko'rsatish...
IMG_6227.MP46.40 MB
👍 2
Repost from Malohat Anvar
00:52
Video unavailableShow in Telegram
“Фаластинлик оналар фарзандини икки бора кўтаради, биринчи бор то туққунигача 9 ой қорнида, сўнг боласи шаҳид бўлса елкасида” деган гап бор. Мана бу онанинг юраги куйиб кетган бўлса ҳам, тилидан ҳамд ва шукр тушмай, шаҳид бўлган боласининг тобутини боши узра кўтариб боряпти. “Аллоҳ уни раҳматингга ол! Раҳматингга ол! Хасрат йўқ, хасрат йўқ. Оҳ онасининг қалбининг оғриғи. Умрим бўйи қалбим оғриғи, қалбиим. Фаластин учун фидо бўлди. Дунё учун фидо бўлди. Барчалари фидо бўлдилар Аллоҳ уларни раҳматига олсин. Алҳамдулиллаҳ, Я Робби, Алҳамдулиллаҳ” деб куюк устида ҳам матонат ва сабр тимсоли бўлиб бораётган онанинг қалбини қанчалар тушунаётганимни сўз билан ифодалаш қийин! Мен унга ҳавас қилдим! Чунки унинг боласи шаҳид! Меники шаҳид бўлганми ёки йўқми билмайман. Фаластинлик оналарни кўриб, нега бу ҳалқни шунча йиллардан бери руҳи синмаётганини англайсан инсон. Аллоҳ рози бўлсин улардан! Оналари мана шундай буюк миллат асло чекинмайди! Аллоҳ бу шаҳодатларни беиз қилмайди! Иншааллоҳ нусрат ва зафар яқин!
Hammasini ko'rsatish...
IMG_6234.MP44.42 MB
😢 4
00:52
Video unavailableShow in Telegram
“Фаластинлик оналар фарзандини икки бора кўтаради, биринчи бор то туққунигача 9 ой қорнида, сўнг боласи шаҳид бўлса елкасида” деган гап бор. Мана бу онанинг юраги куйиб кетган бўлса ҳам, тилидан ҳамд ва шукр тушмай, шаҳид бўлган боласининг тобутини боши узра кўтариб боряпти. “Аллоҳ уни раҳматингга ол! Раҳматингга ол! Хасрат йўқ, хасрат йўқ. Оҳ онасининг қалбининг оғриғи. Умрим бўйи қалбим оғриғи, қалбиим. Фаластин учун фидо бўлди. Дунё учун фидо бўлди. Барчалари фидо бўлдилар Аллоҳ уларни раҳматига олсин. Алҳамдулиллаҳ, Я Робби, Алҳамдулиллаҳ” деб куюк устида ҳам матонат ва сабр тимсоли бўлиб бораётган онанинг қалбини қанчалар тушунаётганимни сўз билан ифодалаш қийин! Мен унга ҳавас қилдим! Чунки унинг боласи шаҳид! Меники шаҳид бўлганми ёки йўқми билмайман. Фаластинлик оналарни кўриб, нега бу ҳалқни шунча йиллардан бери руҳи синмаётганини англайсан инсон. Аллоҳ рози бўлсин улардан! Оналари мана шундай буюк миллат асло чекинмайди! Аллоҳ бу шаҳодатларни беиз қилмайди! Иншааллоҳ нусрат ва зафар яқин!
Hammasini ko'rsatish...
IMG_6234.MP44.42 MB
МЕДИЯНИНГ ОНГГА САЛБИЙ ТАЪСИРИ. Хозирги кундаги медианинг инсон онгига салбий таъсири ҳақида кўп эшитар эдим. Ойнаи жаҳон орқали ҳар ҳил жимжимадор кўрсатувлар, фильмлар онгли жамиятни бузиш учун эканини англаб етдим. Монипуляция медиа орқали амалга оширадиган тузумдамиз. Бувим «Бу дилбузар ўлгурни кўравермаларинг, ундан кўра ҳовлида ўйналаринг очиқ ҳавода» деб койиб берардилар. Хозир холатларимизни ташҳис қилиб бувимни гапларини англаётгандекман. Бунга бир мисол: 10 йил олдин бир яқин инсоним тв кўришдан қатъий қайтарар эдилар. Ўша пайтларда радиода Озодликни эшитиб юрардилар. Ўша пайтлар бўлаётган ишларга кескин раддиялар бера оладиган, ўткир мулоҳаза юритадиган савияда эдилар. У инсон нимадир бўлиб ойнаи жаҳонга кўз тикиб қолгани ва ундаги кўрсатилаётган воқеа ҳодисаларни кўриб аста аста фикри ўзгариб бораётганини сезиб борар эдим. 3 йил мунтазам кўриш натижасида фикрлаш доира 90 градусга ўзгарганини гувоҳи бўлдим. Ўша ерда(Твда) кўрганларига ишониб яшаш, реал ҳаётга қарашларни кўр қилиб қўйишини гувоҳи бўлдим. Тв ни ичидаги артистлар чиройлик қилиб ўйнаб бераётган ролларини кўрган одамни ошуфта қилиб қўйишини билдим. Бувимни Аллоҳ раҳмат қилган бўлсин! Нақадар ҳақ бўлган эканлар. Медиани «Инсон онгига хужум »деб номланган лойиҳа, ҳақиқат деб бемалол айта оламан. Твдаги беҳаё, тутуриқсиз, онгни бузувчи треш информацияларни тақиқлаш қийин масалалардан ҳисобланади. Аксинча уни кўрмай қўйиш осонроқ экан. Оқ сурупга ўраб ертўлага ташлаб қўйиш афзалроқ деб биламан. ©️Камолиддин Муҳаммад
Hammasini ko'rsatish...
👍 7 2😢 1
Boshqa reja tanlang

Joriy rejangiz faqat 5 ta kanal uchun analitika imkoniyatini beradi. Ko'proq olish uchun, iltimos, boshqa reja tanlang.