cookie

Sizning foydalanuvchi tajribangizni yaxshilash uchun cookie-lardan foydalanamiz. Barchasini qabul qiling», bosing, cookie-lardan foydalanilishiga rozilik bildirishingiz talab qilinadi.

avatar

Audiokitoblar ToshDO'TAU

ToshDO'TAU (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti) talabalari Mirali G'iyosov, Shirin O'lmasova, Dilnavoz Najimova

Ko'proq ko'rsatish
Reklama postlari
1 762
Obunachilar
-124 soatlar
+37 kunlar
-1930 kunlar

Ma'lumot yuklanmoqda...

Obunachilar o'sish tezligi

Ma'lumot yuklanmoqda...

Photo unavailableShow in Telegram
"NASRCHILAR ESTAFETASI" Ruxsora Imomovaning "Yer va Osmon" nomli hikoyasi bo'yicha tashkil etilgan tanlov g'olibasi Nomozova Dilobar bo'ldilar. Tabriklaymiz! Muallif bog'lanadilar. 📬Qo'shimcha savollar uchun telegram manzil: @Shirinda_2022
Hammasini ko'rsatish...
👍 4👎 2👏 1
#Audiohikoya ​💿 Nomi: "Tungi chipor kapalak" 👤 Muallif: Herman Hesse 🔢 Qismlar soni: 1 ta ⚙️ Janr: Hikoya 💾 Hajmi: 19,1 MB ⏰ Vaqti: 00:20:44 🎤 O‘qidi: Muslima Murodova 🎧 @audiokitoblar_uz
Hammasini ko'rsatish...
👍 1
Buxoro davlat universiteti Filologiya fakulteti 6-4 UZB-23 guruh talabasi Vayisova Barnoxonning Ruxsora Nur qalamiga mansub "Yer va osmon" hikoyasiga yozgan taqrizi. Ma'lumki, har bir jamiyat va davlat inson taqdiri, huquq va erkinliklariga befarq emas. Shundan kelib chiqib aytish mumkinki, jamiyat inson bilan, inson esa jamiyat bilan qudratlidir. Binobarin, bu har ikki tushuncha hamisha bir-birini taqozo etib kelgan. Inson hayotda yashar ekan, o'z maqsadlari tomon intiladi va harakat qiladi. Lekin hayotda shunday vaziyatlar bo'ladiki, ketayotgan yo'lingdan og'diruvchi qandaydir to'siqlar paydo bo'la boshlaydi. Hayotda qanday vaziyat bo'lishidan qat'iy nazar yo'lda davom etish hammaning ham qo'lidan kelavermaydi. Yosh va mohir yozuvchilarimizdan biri Ruxsora Nurning "Yer va osmon" hikoyasini tahlil qilar ekanmiz, undagi turfa taqdirlar, turfa hayot so'qmoqlari bizni o’yga toldiradi. Qiyinchiliklar va azob insonni kuchli qiladi va jasorat maydonida sinaydi. Har bir inson dunyoga kelar ekan, taqdiri uchun o'zi harakat qilishi lozim. Yo'limizda duch kelgan vaziyatlarni esa Alloh tomonidan bizga berilgan bir sinov sifatida qabul qilishimiz kerak. Hikoyani o'qir ekansiz, xiyonatga uchragan ayol taqdiri kishini larzaga solmay qo’ymaydi. Ayol birgina bolalari uchun hayotda umid bilan yashardi. Uning orzu-umidlarini esa bir zumda puchga chiqargan erkak tasviri hikoyaning eng achinarli tomonidir. Ayol uning xiyonatini ko'rishi bilanoq, hayotdan umidini uzishi xato edi. Lekin u shu yo'lni, ya'ni o'zining va farzandlarining joniga qasd qilishni tanladi. Afsuski, o'sha vaqtda uning yonida hammasi Alloh tomonidan bo'layotgan bir sinov ekanligini anglatuvchi odam yo'q edi. Islom dinida aytilishicha, bevaqt o'z joniga qasd qilish kechirilmas gunohdir. Zero, bu ishlarni osmon xudolari ham juda ko'p tanqid qilishadi. Kezi kelganda, bahs va munozaralar urushga aylanib qolardi. Insonlarning Alloh yo'lidan bormasligi, uni qahriga sabab bo'luvchi ishlar qilinishi aytib o'tiladi. Hikoyaning ikkinchi qismida Mann ismli bolaning ota-onasi unga befarqligi sababli bolakay yomon muhit ta'sirida o'sishi, unga yigitlardan ko'ra qiz bolalar ko'proq yoqishi to'laqonli tasvirlangan. Ota-onasining faqat o'zini o'ylashi, farzandiga esa o'zi tarbiya bermasdan enaga tayinlashi juda ayanchli hol. Xulosa qilib aytganda, jamiyatimizda shunday razil kimsalar borligi hammamizni tashvishga soladi. Farzandlar uchun bunday e'tiborsizlikning ham bir kuni savol-javobi aniq bo'ladi. E'tiborsiz kishilardan yiroq bo'laylik! Zero, Prometey ta’kidlaganidek: "Xudolar oldida ojiz bandalar"! Zukko kitobxonlarga ushbu asarni oqishlarini tavsiya qilaman. Chunki muallif hikoyani an’anaviy hikoya mezonlari qoliplarini parchalab, modernistik uslubda yozgan. “Yer va osmon” hikoyasida ortaga qoyilgan bosh goya ham bugungi kunimiz uchun nihoyatda dolzarb – ma’naviy-ruhiy poklanish borasidadir. Bu kabi goyalar bilan sugorilgan asarlarga ozbek milliy adabiyoti hamisha ehtiyoj sezadi. Hikoya muallifiga yuksak choqqilar parvozini tilab, cheksiz hurmat va ehtirom bilan Vayisova Barnoxon.
Hammasini ko'rsatish...
👍 3
U insonni ham jismonan, ham ruhan, ham manan kuch bilan taminlab turadi. Yunon mifalogiyasidagi xudolarga kelsak, xudolar rahnamosi boʻlmish Zefs insonga aql bergani uchun Prometeyni ayblaydi. Olov xudosi esa insonga oxirigacha ishonishini, ayrim hollarda uning shayton qutqusiga uchib, nafsini jilovlay olmasligini toʻgʻri tushungan holda, xatto Zefsning oʻzi ham nafsga qarshi chiqa olmaganini eslatadi. Zero, bu borada insondan nimani ham kutishing mumkin deya handon otadi va bu qilmishi uchun qattiq jazoga hukm qilinadi. Xullas, mifalogiya va unga dahldor fikrlarni ham yozsam taqriz yanada choʻzilib ketishini hisobga olib uni shu yerda yakunlab qoʻya qolaman. Bu hikoya muallifi Ruxsora Nurga esa keyingi ishlarida omad tilayman. Hikoyada uning xayolot olami juda boyligini koʻrishimiz mumkin. U hayotimizdagi muamolarni turli miflar bilan ajoyib tarzda bogʻlay olganki, oʻquvchiga juda qiziqarli tuyuladi va uni oʻylashga majbur qiladi.
Hammasini ko'rsatish...
Oʻz vaqtini pullab, buni ortidan erishishi, sotib olinishi mumkin boʻlgan yaltur-yultir, mashina, uy-joy, son-sanoqsiz maishiy narsalarga insoniyat mukkasidan ketib bormoqda. Oddiygina smartfon misolida olaylik: Bu har yili insonlar malum bir mablagʻi hisobiga yangilab turilishi shart boʻlgan buyumlar roʻyxatiga kirib qoldi. Va shunaqa mayda chuyadalar, soliqlar, mashinalar sarf xarajatlarimizning asosiy qismiga aylanib qoldi. Undan ortgani esa mashina uy-joy, sayohat va talimga sarflamoqda. Bularga ega boʻlish inson baxtini oʻlchovchi indeks, shkalaga aylanib qoldi. Atrofingdagilar egalik qilayotgan narsalar senda ham bormi, demak hammasi yaxshi. Yoʻqmi, demak yanada koʻproq mehnat qilish, yanada koʻproq vaqtni sotish kerak. Oqibatda esa bu vaqt deganalari farzanlarga ajratishga kelganda tugab qolayapdi. Toʻgʻri, bolalarni oʻqitib, sifatli talim olishga sharaoit yaratib berayotgan boʻlishlari mumkin, lekin mehr berilmasa, bola oʻzini juda yolgʻiz his qiladi. Aslida Oila instituti bu yirtqich olamda yashab qolish uchun boshpana vazifasini oʻtaydigan bir maskan. Inson doimo katta boʻladimi, kichik boʻladimi shu muqaddas dargoh devorlari ortidan panoh izlaydi. Va uning asoslari zaiflashuvu Jessi va Man kabilarning taqdirdoshlari koʻpayishiga olib keladi. Boyvachcha ota onasi doim sayohatda yuradigan, uyida xizmatkori bor, yegani oldida, yemagani ketida boʻlgan oʻsmir yigitcha - Men nega oʻz jinsini oʻzgartirib, qiz bola boʻlgisi kelib qoldi. Sababi u, bu gigant olamdagi yolgʻizlikdan qutulish uchun qizbola boʻlish qoʻl kelishini anglab qoldi. U doim yolgiz, maktabda ham turli zoʻravonliklarga uchragan va ruhiy holatdan juda charchagan edikim, bulardan kirib berkinadigan, nafasini rostlab, kuch toʻplab oladigan oila deb atalmish qoʻrgʻon vayronaga aylanib yotgandi. U kurashishdan koʻra, goʻzallikka yoʻgʻrilgan zaiflik oʻziga qalqon boʻladi deb oʻyladi. Insoniyat aqli shu darajaga yetdiki, jinsni ham oʻzgartirib yubora olmoqda. Internetda esa buni targʻib ham qilishmoqda. Man ham bu imkondan foydalandi. Erkakdan ayolga evrildi. Lekin, Xudoning mukammal ijodi namunasi boʻlgan inson tanasini biz zohiriy tomondan oʻzgartirganimiz bilan, qolganiga inson aqli ojiz. Zero Man oʻzini ayol boʻldim deb oʻylagandi va endi farzand ham koʻrishni istab qoldi. Lekin, buni iloji yoʻqligini bilib oʻziga oʻt qoʻyib yubordi. Nega? Sababi u arosatga tushib qolgandi, ayol boʻlib ayolmas, erkak ham emas. Bola koʻrish nima uchun kerak boʻlib qolgan ekan unga? Nima uchunki, u ayol boʻlib ham bu olamda oʻzi istagan mehrni topa olmadi, farzand uning eng soʻngi ilinjii edi va uni ham iloji yoʻqligini anglagach yashashdan ortiq mano koʻrmadi. Mana shularning hammasi birgina Oila institutining notoʻgʻri ishlayotgani uchun. Bilamizki, inson ijtimoiy jonzot. U doimo oʻzini nimagadir dahldor his qilib turmasa yashashi qiyin. Bu koʻp jihatdan oʻzining zaifligini yashirish va ushalmagan orzu istaklarini amalini oʻzi mansub hisoblagan turli firqa, jamiyat, fanatlik qilgan jamoa yoki alohida shaxslar timsolida koʻrishni istaydi. Ular bilan oʻzini kuchli his etadi. Koʻngli taskin topadi. Fikrimni yanada tushunarli boʻlishi uchun hayotdan misol keltirsam. Juda koʻpchilik bironta fudbol klubiga, yoki bironta fudbolchiga fanatiklik qilishadi. Oxirgi yillarda hammaning ogʻzidagi oʻlan qoʻshiqqa aylangan: Real yoki Barselona, Ronaldu yoki Messi? degan tortishuvlar negizi ham shunga borib taqaladi. Zero, insonlar garchi oʻsha klub yoki fudbolchilar oʻzini bir tiynga olmasligini bilsada ularni oila sifatida qabul qiladi. Ularga oʻzini mansub, dahldor his etarkan, har bitta muvaffaqiyatidan cheksiz quvonch hissini tuyadi. Oʻzi dunyoda borligini ham bilmaydigan shaxs va tuzilmalar uchun eng yaqin doʻstlari bilanda arazlashishga, xatto mushtlashishdanda toymaydi. Eng qizigʻi ularning koʻpchiligi malumotli, dunyoqarashi keng insonlar boʻlib chiqadi. Biz oʻzimizda shunday dahldorlik hissi boʻlganda oʻzimizni kuchliroq his qilamiz. Yashab turgan Oila esa bunday dahldorlik hislarini voqeylikda akslantiruvchi mexanizm.
Hammasini ko'rsatish...
#Taqriz Yer va osmon hikoyasi asosida tubanlik botqogʻiga botib borayotagan insoniyatning bugungi kunidan ayrim fojeaviy lavhalar berilarkan, muallif ularni yunon mifologiyasi asosidagi xudolarning nazari bilan tahlil qilishga harakat qiladi. Avvalo, yolgʻizlikda roʻzgʻorning ogʻir yumushlaridan charchagan, yashashdan ham toʻyib ketgan ayolning oʻz jigarband bolalarini olib daryoga tashlashi, keyin oʻzi ham ular ortidan ajal tomon shoʻngʻishini koʻrib har kim ham yoqa ushlashi aniq. Inson sabrining chegarasi qayerda tugaydi bilmaymiz, lekin har qancha boʻlganda ham oʻziga qoʻshib farzandlarinida joniga ham qasd qilishga onani nima majbur qildi? Ernichi, oʻz xiyonatini xotiniga oshkor qilishga uni nima undadi? Bu yerda nafs va shaytondandan ham boshqa yana nimalardir bordek. Avvalo, erkak zoti har qancha xiyonatkor, shakkok boʻlmasin oʻz farzanlarini dunyoga keltirgan va ularni tarbiya qilayotgan tekin xizmatkordan ayrilib qolishni istamasligi aniq. Unda nega boshqa bir ayol bilan toʻshakda yotganini xotiniga ham koʻrsatishini istab qoldi ekan u... Balki, bu oʻsha ikkinchi xotinning atayin qilgan hiylasidir; birinchi xotinidan batamom ayirib, erkakni bir umrga oʻzida olib qolishga qaratilgan bir chora boʻlsa ham ajablanmagan boʻlardim. Lekin, agar er oʻz qoʻli bilan rasmlarni joʻnatgan boʻlsa, yo u ruhiy hasta, yo eng boshidan xotini xiyonatidan shubha qilgan, uni quchogʻiga olganida hech qachon oʻziga boʻlgan sevgini his qilmagan, aksincha, mudom oʻziga nisbatan nafrat va jirkanish tuyib kelgan alamzada erni tasavvur qilish mumkin. Bu jihatdan ayolning xatti-harakatlari ham shunga ishora qilayotgandek. U erini bir umr yomon koʻrib kelgan. Oʻrtalaridagi farzandlarigina oʻzini eriga bogʻlab turgandek tuyulgan boʻlishi ehtimol. Oʻz navbatida bu yerda joniga qasd qilish birinchi maqsad emasdek. Butun umrini Xazon qilgani yetmaganday, ayni paytda atayin ustidan kulayotgan eridan shavqatsiz oʻch olishini yagona yoʻli - Farzandlarini oʻldirish ekanligini his qilgan. Ha, aynan his qilgan, oʻylagan emas. U qandaydir aql chegarasidan tashqari boʻlgan hislar orqali jumbushga kelgan. Oʻsha damda bu ishi bilan faqat erigagina emas, butun taqdiriga qarshi isyon koʻtargandi u. Bolalarni birin ketin daryo bagʻriga uloqtirarkan bu orqali oʻziga ayanchli qismatni ravo koʻrgan Xudodan shavqatsiz oʻch olayotgandek tuyulgandir, balki. Oʻsha onda uning koʻnglidan: « Koʻrib qoʻy, men ham jim qarab turmayaman, barchaga berilgan baxtni menga ravo koʻrmaganing uchun mening olgan xunim bu! » deyayotgandek... Xoʻsh, unda bu ishlarga Prometeyning nima dahli bor ekan? Prometiy - olov xudosi. Tarixdan malumki, ibtidoiy inson mezolit davrida olovni kashf qilgandan keyin uning taraqqiyotida tub burilish yasaldi. Ular endi goʻshtni pishirib tanovul qila boshlashdi. Olimlar bu jarayon insonning aqliy salohiyatining oʻsishida katta ahamiyat kasb etganini aytishadi. Va hozirgi davrgacha inson miyyasi taraqqiy eta-eta kelgan manzili, koʻz koʻrib quloq eshitmagan jinoyat-u jirkanchliklarga toʻlib toshdi. Toʻgʻri, balki tafakkuri past ibtidoiy inson ham bir birini oʻldirgan, hatto goʻshtini yegan boʻlishi mumkindir ehtimol. Lekin buni ular hech qachon koʻngilhushlik uchun qilishmagan. Ularda barcha mavjudodlarga berilgan tabiiy yashab qolish instinkti buni qilishga undagan. Hozirgi davrda esa inson bu aqlni yaratgan qonuniyatlariga qarshi ishlatmoqda. Oʻzi yaratuvchillika davo qilmoqda. Va bu oxir oqibat oʻzining tanazzuliga olib kelishi mumkin. Zero hikoyaning keyingi qahramonlari taqdiri misolida buni koʻrishimiz mumkin. Jessi - 13 yoshda va u 40 yoshli erkak bilan ishqiy munosabatga kirishgan. Uni sevaman deb oʻylaydi. Aslida, esa bu qizaloq ota-onasidan topmagan mehr oʻrnini oʻsha erkakdan topgandek boʻlgani uchun shunday oʻylamoqda. Ota-ona doim ishda va bunga balki majburdir ham. Hozirgi gʻarbning, umuman, kapitalistik jamiyatning shavqatsiz bir qoidasi bor: Ishlashdan bir zumga toʻxtadingmi, orqalay boshlaysan. «Vaqt - bu pul» degan ibora ham shu kapitalistlardan chiqqan.
Hammasini ko'rsatish...
Yashab turgan Oila esa bunday dahldorlik hislarini voqeylikda akslantiruvchi mexanizm. U insonni ham jismonan, ham ruhan, ham manan kuch bilan taminlab turadi. Yunon mifalogiyasidagi xudolarga kelsak, xudolar rahnamosi boʻlmish Zevs insonga aql bergani uchun Prometeyni ayblaydi. Olov xudosi esa insonga oxirigacha ishonishini, ayrim hollarda uning shayton qutqusiga uchib, nafsini jilovlay olmasligini toʻgʻri tushungan holda, xatto Zevsning oʻzi ham nafsga qarshi chiqa olmaganini eslatadi. Zero, bu borada insondan nimani ham kutishing mumkin deya handon otadi va bu qilmishi uchun qattiq jazoga hukm qilinadi. Xullas, mifalogiya va unga dahldor fikrlarni ham yozsam taqriz yanada choʻzilib ketishini hisobga olib uni shu yerda yakunlab qoʻya qolaman. Bu hikoya muallifi Ruxsora Nurga esa keyingi ishlarida omad tilayman. Hikoyada uning xayolot olami juda boyligini koʻrishimiz mumkin. U hayotimizdagi muamolarni turli miflar bilan ajoyib tarzda bogʻlay olganki, oʻquvchiga juda qiziqarli tuyuladi va uni oʻylashga majbur qiladi. Adham Muhiddin Õğli
Hammasini ko'rsatish...
"Nasrchilar estafetasi" tanloviga Ruhsora Imomovaning "Yer va osmon" hikoyasi bo'yicha mulohazalar Oʻz vaqtini pullab, buni ortidan erishishi, sotib olinishi mumkin boʻlgan yaltur-yultir, mashina, uy-joy, son-sanoqsiz maishiy narsalarga insoniyat mukkasidan ketib bormoqda. Oddiygina smartfon misolida olaylik: Bu har yili insonlar malum bir mablagʻi hisobiga yangilab turilishi shart boʻlgan buyumlar roʻyxatiga kirib qoldi. Va shunaqa mayda chuyadalar, soliqlar, mashinalar sarf xarajatlarimizning asosiy qismiga aylanib qoldi. Undan ortgani esa mashina uy-joy, sayohat va ta'limga sarflamoqda. Bularga ega boʻlish inson baxtini oʻlchovchi indeks, shkalaga aylanib qoldi. Atrofingdagilar egalik qilayotgan narsalar senda ham bormi, demak hammasi yaxshi. Yoʻqmi, demak yanada koʻproq mehnat qilish, yanada koʻproq vaqtni sotish kerak. Oqibatda esa bu vaqt deganalari farzanlarga ajratishga kelganda tugab qolayapdi. Toʻgʻri, bolalarni oʻqitib, sifatli ta'lim olishga sharaoit yaratib berayotgan boʻlishlari mumkin, lekin mehr berilmasa, bola oʻzini juda yolgʻiz his qiladi. Aslida Oila instituti bu yirtqich olamda yashab qolish uchun boshpana vazifasini oʻtaydigan bir maskan. Inson doimo katta boʻladimi, kichik boʻladimi shu muqaddas dargoh devorlari ortidan panoh izlaydi. Va uning asoslari zaiflashuvu Jessi va Man kabilarning taqdirdoshlari koʻpayishiga olib keladi. Boyvachcha ota-onasi doim sayohatda yuradigan, uyida xizmatkori bor, yegani oldida, yemagani ketida boʻlgan oʻsmir yigitcha - Men nega oʻz jinsini oʻzgartirib, qiz bola boʻlgisi kelib qoldi. Sababi u, bu gigant olamdagi yolgʻizlikdan qutulish uchun qizbola boʻlish qoʻl kelishini anglab qoldi. U doim yolgiz, maktabda ham turli zoʻravonliklarga uchragan va ruhiy holatdan juda charchagan edikim, bulardan kirib berkinadigan, nafasini rostlab, kuch toʻplab oladigan oila deb atalmish qoʻrgʻon vayronaga aylanib yotgandi. U kurashishdan koʻra, goʻzallikka yoʻgʻrilgan zaiflik oʻziga qalqon boʻladi deb oʻyladi. Insoniyat aqli shu darajaga yetdiki, jinsni ham oʻzgartirib yubora olmoqda. Internetda esa buni targʻib ham qilishmoqda. Man ham bu imkondan foydalandi. Erkakdan ayolga evrildi. Lekin, Xudoning mukammal ijodi namunasi boʻlgan inson tanasini biz zohiriy tomondan oʻzgartirganimiz bilan, qolganiga inson aqli ojiz. Zero Man oʻzini ayol boʻldim deb oʻylagandi va endi farzand ham koʻrishni istab qoldi. Lekin, buni iloji yoʻqligini bilib oʻziga oʻt qoʻyib yubordi. Nega? Sababi u arosatga tushib qolgandi, ayol boʻlib ayolmas, erkak ham emas. Bola koʻrish nima uchun kerak boʻlib qolgan ekan unga? Nima uchunki, u ayol boʻlib ham bu olamda oʻzi istagan mehrni topa olmadi, farzand uning eng soʻngi ilinjii edi va uni ham iloji yoʻqligini anglagach yashashdan ortiq mano koʻrmadi. Mana shularning hammasi birgina Oila institutining notoʻgʻri ishlayotgani uchun. Bilamizki, inson ijtimoiy jonzot. U doimo oʻzini nimagadir dahldor his qilib turmasa yashashi qiyin. Bu koʻp jihatdan oʻzining zaifligini yashirish va ushalmagan orzu istaklarini amalini oʻzi mansub hisoblagan turli firqa, jamiyat, fanatlik qilgan jamoa yoki alohida shaxslar timsolida koʻrishni istaydi. Ular bilan oʻzini kuchli his etadi. Koʻngli taskin topadi. Fikrimni yanada tushunarli boʻlishi uchun hayotdan misol keltirsam. Juda koʻpchilik bironta fudbol klubiga, yoki bironta fudbolchiga fanatiklik qilishadi. Oxirgi yillarda hammaning ogʻzidagi oʻlan qoʻshiqqa aylangan: Real yoki Barselona, Ronaldu yoki Messi? degan tortishuvlar negizi ham shunga borib taqaladi. Zero, insonlar garchi oʻsha klub yoki fudbolchilar oʻzini bir tiynga olmasligini bilsada ularni oila sifatida qabul qiladi. Ularga oʻzini mansub, dahldor his etarkan, har bitta muvaffaqiyatidan cheksiz quvonch hissini tuyadi. Oʻzi dunyoda borligini ham bilmaydigan shaxs va tuzilmalar uchun eng yaqin doʻstlari bilanda arazlashishga, xatto mushtlashishdanda toymaydi. Eng qizigʻi ularning koʻpchiligi malumotli, dunyoqarashi keng insonlar boʻlib chiqadi. Biz oʻzimizda shunday dahldorlik hissi boʻlganda oʻzimizni kuchliroq his qilamiz.
Hammasini ko'rsatish...
  Nasrchilar estafetasiga taqriz. Yer va osmon hikoyasi uchun    Avvalo, ayol fojiasi haqida... Erkakning hiyonat qilishiga doim ayolni o'zi sababchi.   Bizning ayollarni bir aybi, turmushga chiqqach o'ziga qaramay qo'yadi. Ayol faqat oshxonada hizmatkor yoki bepul enaga emas. Buni ayollar, qizlar unutmasligi, oilali bo'lgandan keyin ham latofatini saqlashga intilishi kerak.    Endi, Mann-Merrining qanday yashashi, (yumshoqroq qilib aytganda, rangini o'zgartirishi) o'ziga havola, o'zicha haq.      Ahir bugungi kunda jamiyatning o'zi bunga yo'l qo'yib bergan - ya'ni, gender tenglik (masalan, "jasmin" haqida bilamiz).      Lekin, shaxsan, men bunday gender tenglikka qarshiman.      Prometeyning insonga olov sovg'a qilishi - xato bo'lgan. Inson doim isyonkor, xudbin bo'lgan. Insoniyatning  ov uchun, yaratgan dastlabki quroli, nayza, kamon- keyinchalik boshqa insonlarga nisbatan qo'llangan. Insonga tafakkur, bilim shuning uchun berilmagan bo'lsa kerak, deb o'ylayman.
Hammasini ko'rsatish...
Yer va Osmon hikoyasi haqida Poseydon - dengiz maʼbudi. Zevs - oliy, osmon maʼbudi. Gefest - temirchilik xudosi Femida - adliya ilohasi Bu hikoyada uch kishining taqdiri ayanchli yakun topganligi bayon qilingan. Birinchisi Ayol, ikkinchi yoshgina yigit. Ular oʻz umriga zomin boʻlishadi. Uchinchisi yoshi oʻtib qolgan odam toʻplagan boyliklarini koʻzi qiymay yoqib yuborishlarini aytadi. Bu qizgʻanish. Nega oʻz mehnati rohatini boshqa koʻrishi kerak, bu uning qarori. Men tushunganlarimni shu hikoyadan olgan taassurotlarimni yozaman. 1. Yozuvchi hikoyada yunon afsonasini keltiradi. Hikoya yakuni ham maʼbudlar tamonidan aytiladi. Qahramonlar taqdirini ular orqali bilamiz. Bir kitobda oʻqigandim. "Jon insonga Alloh tamonidan berilgan omonat, unga xiyonat qilmaslik kerak. Uni boricha yozilganicha yashab oʻtish kerak" Hikoyada Zevs (xudolarning rahnamosi) tamonidan Prometey jazolanadi. Prometey insonga olov hadya etmaganida, inson shu darajada takomillashmagan boʻlardi. Insonga olovdan tashqari aql-zakovat ham beradi, inson natijada tabiatni anglay boshlaydi. U bilan birgalikda oʻzgaradi. Insonda aql bor. U doimo xudo oldida ojiz. Peshonada yozilganini koʻradi. Ammo Allohning yaratigʻidan koʻngli toʻlmayotganlar ham bor. Ular Allohga qarshi chiqayapti. Ular Xudoni unutib qoʻyayapdi. Natijada koʻplab xatolarga yoʻl qoʻyilmoqda. Mabudlar shunchaki qoʻrqib qoldilar. Ular yer yuziga yuborgan turli ofatdan insonlar qoʻrqishmayapdi. Uni yengib oʻta olayapdi. Chunki, Prometey bergan olov aql yordamida takomillashdi. Aql sayqallandi. Inson oʻzini-oʻzi boshqarib qarorlar qabul qilyapdi. Inson oʻziga oʻzi hukm chiqarayapti. Lekin, aksariyat hollarda inson xato qilayotganligini sezadi. 2. Mabudlarning bor umidi Titan yani Atlantdan, yer yuzidagi voqealarni koʻrib, yerni osmon gumbszini silkib otib yubormoqchi. Otib yuborilsa edi, dunyo qaytadan kashf etilardi. 3. Bizga berilgan umrni qadrlashimiz kerak. Uni boricha qanday tartibda yashash oʻzimizga bogʻliq. Uch dinda ham insonning oʻz joniga qasd qilishi qattiq qoralanadi. Insonda immun tizimi yaxshi ishlash kerak. Oqilona qaror qabul qilish uchun. Hikoyada inson oʻz hohishlari natijasida, Xudo darajasiga koʻtarilgan. Oʻziga-oʻzi hukm elon qiladi. Zero bizning umrimizni Alloh oʻlchab beradi. Bu turishda ketsak, yer oʻz oʻqidan chiqib, muvozanatini yoʻqotadi. Yozuvchi, qiyomat alomatlari koʻrinib qolganligini aytmoqchi boʻladi. Atlant, Titant obrazida. Insonning doim Xudo oldida ojiz ekanligini uqtirmoqchi. Abdiraimova Dilbar
Hammasini ko'rsatish...
👍 3👎 2