IT va texnologiyalar dunyosi
Kanalga Telegram’da o‘tish
IT olamidagi eng qaynoq yangiliklar, qiziqarli ma'lumot va trendlar faqat bizda 🔥 Aloqa botimiz: @digital_inform_contact_bot
Ko'proq ko'rsatish311
Obunachilar
-124 soatlar
+57 kunlar
+530 kunlar
Postlar arxiv
🤖 Unitree roboti yugurish tezligi bo‘yicha inson rekordini ortda qoldirdi
Unitree kompaniyasi yaratgan gumanoid robot 12,66 m/s tezlikda yugura oldi. Bu taxminan 45,6 km/soat degani. 😳
Taqqoslash uchun, dunyoning eng tez yuguruvchisi Useyn Boltning eng yuqori qayd etilgan tezligi taxminan 12,42 m/s (44,7 km/soat) bo‘lgan
Demak, robot qisqa muddatli maksimal tezlik bo‘yicha Bolt ko‘rsatkichidan ham yuqoriroq natija qayd etgan 🏃♂️💨
Ammo videodan ko'rishingiz mumkin robotning hali bir muammosi bor: tez yugurishni o‘rganganu, lekin to‘xtash masalasida hali ancha ishlashi kerak 😂
Robototexnika kundan-kunga rivojlanmoqda. Bugun ular yugurishda rekord o‘rnatmoqda, ertaga esa yana nimalarga qodir bo'lishar ekana 🤔
@digital_inform
Anthropic kompaniyasi Claude AI’ni o‘qitish uchun millionlab kitoblarni yo‘q qilgan 😳📚
Kompaniya ichida «Panama loyihasi» nomini olgan bu reja uchun ular dastlab millionlab kitoblarni sotib olishgan. Ular sahifalarga ajratilib, maxsus qurilmalar yordamida skanerlanib, raqamli nusxaga aylantirgan. Shundan keyin fizik kitoblar yo‘q qilingan.
Ya’ni jarayon shu tartibda bo'lgan:
📚 kitob olish → 📸 skanerlash → 💾 raqamli nusxa olish → 🗑 kitobni yo‘q qilish → 🤖 AI'ni o'qitish
Bu usul mualliflik huquqi masalasida katta bahslarga sabab bo‘lgan. Ayniqsa, AI kompaniyalari mualliflardan alohida ruxsat olmasdan ularning kitoblaridan trening ma’lumotlari sifatida foydalanishi mumkinmi, degan savol hali ham muhim mavzu.
@digital_inform
+3
Google Gemini 3.7 Flash’ni taqdim etdi — narxi yil oxirigacha 2 baravar arzon
Google va Google DeepMind yangi Gemini 3.7 Flash modelini taqdim etdi. Model dasturlash, AI agentlar va mantiqiy fikrlash vazifalarida kuchaytirilgan.
Eng e’tiborli jihati — 2026-yil 31-dekabrgacha foydalanish narxi 50% ga arzonlashtirilgan.
💰 1 million token uchun:
• Input — $0.75 (avval $1.50)
• Output — $3.75 (avval $7.50)
Model 1 million tokenli context window va multimodal imkoniyatlarni qo‘llab-quvvatlaydi. Shuningdek, Gemini 3.7 Flash dasturlash bo‘yicha testlarda yuqori natijalar ko‘rsatib, Code Arena WebDev reytingida 1-o‘rinni egallagan.
🚀 Modeldan hozirning o‘zida Gemini API, Google AI Studio va Antigravity orqali foydalanish mumkin.
@digital_inform
Repost from 23.5° бурчак остида
Instagram сўнгги 10 йил ичида биринчи марта логотипини ўзгартирди
Компания раҳбари Адам Моссерининг маълум қилишича, ижтимоий тармоқ 2016 йилдан бери илк бора интерфейснинг юқори қисмидаги логотипни ўзгартирди.
"Янги версия янада ихчам ва замонавий бўлиб, ҳар доим Instagram'инг ажралмас қисми бўлган соддалик ва тафсилотларга эътиборни акс эттиради", — деди у.
🔥 @burchakostida
⌚️ Apple Watch endi yumaloq bo‘lishi mumkin
Apple o‘zining aqlli soatlari uchun eng katta dizayn o‘zgarishlaridan birini ko‘rib chiqmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, kompaniya kelajakdagi Apple Watch modellari uchun hatto yumaloq ekran variantini ham sinovdan o‘tkazmoqda.
Apple, shuningdek, umuman ekransiz fitness qurilmasi yaratish imkoniyatini ham o‘rganmoqda. Bunday qurilma ekran o‘rniga sog‘liq va jismoniy faollik ma’lumotlarini boshqa qurilmalar orqali ko‘rsatishi mumkin.
Hozircha bular faqat Apple ichida ko‘rib chiqilayotgan g‘oyalar — kompaniya hali hech qanday yangi dizaynni rasman tasdiqlamagan.
@digital_inform
🤯 ChatGPT bepul foydalanuvchilar uchun cheksiz bo‘lmoqda
OpenAI Free va Go foydalanuvchilari uchun ChatGPT’da cheksiz matnli suhbatlarni joriy qilmoqda.
Bepul foydalanuvchilar uchun GPT-5.6 Luna standart modelga aylanadi. Murakkab savollar uchun esa yangi Think tugmasi orqali chuqurroq fikrlash rejimidan foydalanish mumkin.
Ammo rasm yaratish, fayl yuklash va boshqa vositalarda limitlar saqlanib qoladi.
Yangilanish bosqichma-bosqich barcha foydalanuvchilarga tarqatilmoqda.
@digital_inform
🛰 O‘zbekistonning “Samarqand — 2028” sun’iy yo‘ldoshi orbitaga chiqarildi
5-avgust kuni O‘zbekistonning “Samarqand — 2028” giperspektral sun’iy yo‘ldoshi muvaffaqiyatli orbitaga chiqarildi.
Sun’iy yo‘ldosh Xitoyning Shandun provinsiyasi qirg‘oqlari yaqinidagi dengizdagi start platformasidan uchirildi. U Lampung-1 sun’iy yo‘ldoshi bilan birga orbitaga olib chiqilgan.
🚀 Bu O‘zbekistonning kosmik texnologiyalar va Yer monitoringi sohasidagi muhim loyihalaridan biri hisoblanadi.
@digital_inform
Repost from 23.5° бурчак остида
SpaceX ва Теsla дунёдаги энг йирик чип ишлаб чиқариш мажмуаси — Теrafab мажмуасини қурмоқда
Бу ҳақда SpaceX компанияси матбуот хизмати хабар берди.
Маълумотларга кўра, мажмуа майдони тахминан 9,3 млн квадрат метрни ташкил этади, бу қарийб 1300 та футбол майдони дегани. Теrafab заводи Пентагондан 50 баробар катта бўлади.
🔥 @burchakostida
🎨 ChatGPT ichida endi Photoshop'dan foydalanish mumkin
Adobe o‘zining mashhur kreativ dasturlarini ChatGPT'ga integratsiya qildi. Endi ChatGPT orqali Photoshop, Illustrator, Premiere, Lightroom, Acrobat va InDesign kabi vositalardan foydalanish mumkin.
Masalan, foydalanuvchi ChatGPT ichida rasmni tahrirlash, dizayn yaratish yoki fayl ustida ishlash uchun Adobe vositalaridan foydalanishi mumkin.
Hammasi bo‘lib 75 ta Adobe vositasi ChatGPT bilan integratsiya qilindi.
Yangi imkoniyat butun dunyo foydalanuvchilari uchun taqdim etilmoqda.
@digital_inform
Repost from 23.5° бурчак остида
🇱🇮 Лихтенштейнда йирик киберҳужум оқибатда 31 минг кишининг шахсий маълумотлари ўғирланди
Номаълум шахслар компаниялар, жамғармалар ва трастлар вакилларига оид маълумотлар сақланадиган “Иқтисодий ваколатли шахслар реестри” (VwbP) тизимига бузиб кирган.
"Мавжуд маълумотларга кўра, тизимдаги маълумотлар ўзгартирилгани ёки ўчириб юборилганини кўрсатувчи ҳеч қандай аломат йўқ", дейилади Лихтенштейн ҳукумати баёнотида.
Маълум қилинишича, VwbP реестри жиноий фаолиятдан олинган даромадларни легаллаштириш ва терроризмни молиялаштиришнинг олдини олиш мақсадида юритилади. Ҳозирда кибержиноятчиларнинг мақсади ва ҳужум сабаблари номаълум.
41 мингга яқин аҳоли яшайдиган Лихтенштейн аҳоли жон бошига тўғри келадиган ялпи ички маҳсулот ҳажми бўйича дунёнинг энг бой давлатларидан бири ҳисобланади. Мамлакат иқтисодиётида молиявий ва банк хизматлари энг даромадли соҳалардан саналади.
🔥 @burchakostida
🤖 Italiyaliklar inson terisiga o'xshash sezgi xususiyatlariga robot yaratdi
Italiyaning Generative Bionics startapi Gene.01 nomli gumanoid robotni taqdim etdi. Robot maxsus sensorli «teri» bilan qoplangan bo'lib, u teginish, harorat, masofa va bosimni sezishga qodir.
Eng qiziq tomoni, robotni videolar orqali emas, balki qo'lidan ushlab vazifalarga o'rgatish mumkin. Masalan, qo'lini qanday harakatlantirish yoki buyumni qanday kuch bilan ushlashni insonning o'zi ko'rsatadi.
Gene.01 turli vazifalar uchun moslashtirilishi mumkin: uning sun'iy intellekti, tashqi qoplamasi va hatto qo'l-oyoqlari almashtiriladi.
@digital_inform
Google Pixel 11 Pro Fold'ning ko'rinishi uning taqdimotdan oldin tarqalib ketdi
Internetda Google'ning yangi Pixel 11 Pro Fold smartfoni renderlari paydo bo'ldi. Qurilma avvalgi avloddagi 8 dyuymli ichki ekran va tashqi displey dizaynini deyarli saqlab qolgan.
Asosiy yangiliklardan biri — yangilangan kamera bloki va yangi zaytun-yashil (Olive Green) rang. Shu rangdagi Pixel Buds va Pixel Watch ham taqdim etilishi kutilmoqda.
Google yangi Pixel qurilmalarini taxminan ikki haftadan so'ng o'tkaziladigan taqdimotda rasman namoyish etadi.
@digital_inform
🤖 Grok endi bir necha so'z bilan tayyor ilova yaratadi
xAI'ning Grok platformasi yangi Build Mode funksiyasini ishga tushirdi. Endi foydalanuvchi ilova g'oyasini matn ko'rinishida yozsa, AI uni avtomatik ravishda tayyor veb-ilovaga aylantirib, internetda ishga tushirishi mumkin.
Build Mode dashboardlar, mini-o'yinlar, kalkulyatorlar, biznes vositalari va boshqa veb-ilovalarni yaratadi. Tayyor loyihani o'z domenida joylashtirish yoki GitHub'ga eksport qilish ham mumkin.
⚡️ Hozircha ushbu funksiya faqat SuperGrok Heavy obunachilari uchun mavjud.
🔥 Endi g'oyalaringizni amalga oshirish yanada oson
@digital_inform
Amazon omborlaridagi robotlar soni 1 milliondan oshdi
Amazon dunyo bo'ylab omborlarida 1 milliondan ortiq robotdan foydalanayotganini ma'lum qildi. Ayrim markazlarda robotlar soni deyarli inson xodimlari soniga tenglashgan.
Shuningdek, Amazon robotlarni boshqaruvchi yangi DeepFleet AI tizimini ham taqdim etdi. Kompaniya uning yordamida robotlar harakati 10% gacha samaraliroq bo'lishini kutmoqda.
Robotlar yuklarni tashish, saralash va qadoqlash kabi takrorlanuvchi vazifalarni bajaradi, xodimlar esa murakkabroq ishlarga e'tibor qaratadi.
@digital_inform
Mish-mishlarga ko'ra OpenAI ilk AI qurilmasini tayyorlamoqda
Insayderlar aytishicha, OpenAI sobiq Apple dizayneri Jony Ive bilan birgalikda ekransiz AI qurilmasi ustida ishlamoqda. Qurilma ovoz orqali boshqariladi, ChatGPT bilan ishlaydi hamda kamera va sensorlar yordamida atrof-muhitni kuzata oladi.
Ma'lumotlarga ko‘ra, u aqlli uy qurilmalarini boshqarish, xabar yuborish, musiqa ijro etish va kundalik AI yordamchisi vazifalarini bajaradi. Maqsad — smartfon o‘rnini bosish emas, balki undan kamroq foydalanishga yordam beruvchi yangi turdagi AI hamroh yaratish.
Qurilma 2026-yil oxirida taqdim etilishi kutilmoqda, biroq OpenAI hozircha uning dizayni va texnik xususiyatlarini rasman oshkor qilmagan.
@digital_inform
ChatGPT yuzlab foydalanuvchilarga zahar va biologik qurollar tayyorlashni o'rgatgan
The Wall Street Journal'ning yozishicha, OpenAI'ning ayrim yangi modellari o'tgan yildagi yangilanishdan so'ng biologik qurollar va zaharli moddalar tayyorlashga oid yuzlab xavfli so'rovlarga bosqichma-bosqich javob bergan. Ayrim javoblar mutaxassislar tomonidan xavfli darajada aniq deb baholangan.
OpenAI bunday so'rovlar yuborgan akkauntlarni bloklagan. Endi kompaniya biologiya va kiberxavfsizlikka oid so'rovlar uchun qo'shimcha xavfsizlik tekshiruvlarini joriy etganligi aytilmoqda.
@digital_inform
😳 Google AI foydalanuvchini ichkilikni davom ettirishga undagani aytilmoqda
Reddit foydalanuvchisining yozishicha, u ichkilikni tashlashga urinayotganida Google Health AI'dan yordam so'ragan. AI esa spirtli ichimlikni birdaniga to'xtatish xavfli bo'lishi mumkinligini aytib, hatto uyda pivo bor-yo'qligini tekshirish va kerak bo'lsa yana sotib olishni tavsiya qilgan.
Foydalanuvchining aytishicha, shundan so'ng AI unga o'zi bir necha marta xabar yozib, ichimlik ichayotganini so'rab turgan va natijada u kuniga 6–12 ta pivo icha boshlagan. Keyinchalik u ilovani o'chirib tashlagan.
⚠️ Hozircha bu voqea faqat foydalanuvchining bayonotiga asoslangan. Shunga qaramay, u AI'dan olingan tibbiy tavsiyalarga to'liq ishonmaslik va muhim masalalarda shifokorga murojaat qilish zarurligini yana bir bor eslatmoqda.
@digital_inform
🤖 2040-yilga borib robototexnika bozori 370 baravar o'sishi mumkin
McKinsey prognoziga ko'ra, turli maqsadli va gumanoid robotlar hisobiga robototexnika bozori 2040-yilga kelib 370 milliard dollarga yetadi. Hozirgi bozor hajmi esa 1 milliard dollardan kam deb baholanmoqda.
Tahlilchilarga ko'ra, o'sish 2030-yillarda keskin tezlashadi. Bozorning eng katta ulushini Xitoy egallashi, undan keyin esa Yevropa, Shimoliy Amerika, Yaponiya va Janubiy Koreya kelishi kutilmoqda.
Bunga sun'iy intellekt, sensorlar va batareya texnologiyalaridagi so'nggi yutuqlar asosiy omil bo'lmoqda. Ular robotlarni yanada aqlli, amaliy va ommaviy ishlab chiqarishga tayyor holga keltirmoqda.
Yaqin kelajakda kundalik hayotingizda robotlardan foydalanishni istarmidingiz? 👍/👎
@digital_inform
Meta AI yordamida o‘smirlarda o‘z joniga qasd qilish xavfini aniqlaydi
Meta Instagram'da yangi Parent Alerts funksiyasini joriy etmoqda. Sun'iy intellekt o‘smirlar suhbatlarida o‘z joniga qasd qilish xavfi bilan bog‘liq belgilarni aniqlasa, ota-onalarga ogohlantirish yuboriladi.
Muhimi, har bir ogohlantirish avval mutaxassis tomonidan ko‘rib chiqiladi, shundan keyingina ota-onaga yuboriladi. Meta'ning aytishicha, bu tizim xavf ostidagi o‘smirlarga o‘z vaqtida yordam ko‘rsatishga xizmat qiladi.
@digital_inform
