Китоб тумани 96-мактаб (1-ДИМИ)
Kanalga Telegram’da o‘tish
Қашқадарё вилояти ХТБ тасарруфидаги Китоб тумани1- давлат ихтисослаштирилган мактаб - интернати
Ko'proq ko'rsatish881
Obunachilar
Ma'lumot yo'q24 soatlar
-27 kunlar
-530 kunlar
Postlar arxiv
(Оила, ватан ҳамда номус посбонлари бўлган эр йигитларимизга байрам муборак бўлсин!)
ЭРКАК
Сен Одам фарзанди, алп баҳодирсан,
Расул Муҳаммадга уммат, ботирсан,
Номинг ҳам жарангдор, бебаҳодирсан,
Пайғамбар сийлаган инсонсан эркак!
Севгида Шоҳ Баҳром издошидирсан,
Фарҳод-у, Мажнунни сафдошидирсан,
Лайли ва Шириннинг кўз ёшидирсан,
Тилларда куйланган достонсан эркак!
Сен Мангубердисан, буюк Темурсан,
Бедил, Алишерсан, дардли Бобурсан,
Қаландар Машрабсан, ўзинга ҳурсан,
Бекдирсан эгилмас, ҳоқонсан эркак!
Не-не тазйиқларга ўзинг шоҳидсан,
Чўлпон-у, Усмонсан, ноҳақ шаҳидсан,
Сен етук Абдулла, Эркин Воҳидсан,
Синмаган шоир-у, замонсан эркак!
Баъзида оловдек ёнган ғазабсан,
Бесабаб шовқин-у, баъзан асабсан,
Сенсиз қалам ожиз, насл-насабсан,
Ҳам бугун эртага нарвонсан эркак!
Сен ғазот, жангларда зафар этгансан,
Кетсангда, юрт учун нобуд кетгансан,
Ҳар қачон байроғинг юксак тутгансан,
Душманга қарши куч, исёнсан эркак!
Рашк этиб ҳаммадан суйган ёрингни,
Хушқомат кўксингда сақлаб орингни,
Номус деб, шан учун бериб борингни,
Ғурури тоғдан тик, осмонсан эркак!
Рўзғорга маъсулсан, таъминлаб ҳалол,
Сарҳадлар хотиржам, елкангда қурол,
Сен уйғоқ, халқинг тинч ухлар бемалол,
Ёш аскар, мард ўғлон, посбонсан эркак!
Насиба ғамлайсан, хирмонсан эркак,
Шифосан, кўнгилга дармонсан эркак,
Сафарда йўлбошчи, сарбонсан эркак,
Одил ҳакамдирсан, султонсан эркак!..
Муаллиф: Азамат Эгамов ✍
14. 01. 2025. 00:00
https://t.me/egamovazamatijodvaijro
⚡️14-январ Ватан ҳимоячилари куни
🇺🇿Бугунги Ватан ҳимоячилари куни барча ватанимиз ҳимояси ва ривожида турли хил касбларда хизмат кўрсатаётган Ўзбекистон ўғлонларига муборак бўлсин!
Тинчлигимиз абадий бўлсин!
👍 Канал👉@Shov_ShuvUz✅️
"MITTI AKADEMIYA" xususiy maktabi o'z dargohiga sizni chorlaydi.
2025-2026- o'quv yili uchun 1-sinf va maktabga tayyorlov sinfiga qabulni boshladik!!!
Shoshiling...
Joylar soni cheklangan.
Biz sizni kutamiz😊
Hayotda tanlovlar juda ko'p, lekin farzandingiz kelajagini rivojlantiradigan eng to'g'ri tanlov "MITTI AKADEMIYA" xususiy maktabi.
MITTI AKADEMIYA -bu shunchaki ta'lim emas, bu farovon kelajak uchun poydevor!
Manzil: Kitob tumani Xalqlar do'stligi MFY
☎️ +99897 618 33 12
https://t.me/mittiakademiyasds
Repost from KITOB_HIKMATI | ®️asmiy kanal🇺🇿
— Bu baribir noto‘g‘ri qaror. — Bu bizni qarorimiz emas, bu odamlarning qarori. — Lekin ularni bu yo‘ldan qaytarishimiz kerak. — Endi juda kech...🔴Hamma ko'rishi shart!! 🎬"Uy" animatsion filmidan parcha ▶️♦️Quyidagi havolani bosing va kanalga a'zo bo'ling 👇👇👇👇👇 #Kitob_hikmati 🌐Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring va obuna bo'lishni unutmang
+4
🔰Xabaringiz bor, Maktab va maktabgacha ta'lim tashkilotlarida "Kasbiy rivojlanish soati" va "Kasbiy rivojlanish kunlari" maktablarda doimiy tashkil etilib boriladi.
✅Xuddi shuningdek Kitob tumanidagi 96-umumiy o'rta ta'lim maktabida ham navbatdagi metod birlashma a'zolari ishtirokida amaliy dars mashg'ulotlari tashkil etildi. Unda yosh o‘qituvchilar o'zlarining bilim va ko'nikmalarini yana bir bor mustahkamlab olishdi.
📝Amaliy dars mashg'ulotlari orqali ijtimoiy fanlar va tillar metod birlashmasi aʼzolari metodik fikr almashib, e-maktabda online vazifa berish, ikkinchi yarim yillikdan dars ishlanmalarini yozish, dars tahlili, ochiq darslarni tashkil etish va BSB, CHSBlar tahlili haqida fikr almashishdi.
+6
#Tabriknoma
#Ustozga_ehtirom
G‘alabalar davom etmoqda.... 💐💐💐💐
Bugun Kitob tumani 96- maktab 11-"V" sinf o‘quvchilarining ham quvonchlari cheksiz...
Matematika va fizika fanlaridan testda ishtirok etgan 7-nafar o‘quvchilarning barchasi sertifikat sohibi bo‘lishdi, barakalla👍👍👍
⚡⚡⚡ Ustozi : "O‘zbekiston Respublikasi xalq o‘qituvchisi" faxriy unvoni , "Xalq ta'limi a'lochisi"ko‘krak nishoni, "Mehnat shuhrati" ordeni sohibi oliy toifali matematika fani o‘qituvchisi Baxtiyor Abdiyev Bobonazarovich!!!
Ustoz, biz siz bilan faxrlanamiz !!!
💐💐💐💐
+5
G‘alabalar davom etmoqda.... 💐💐💐💐
Matematika fanidan testda ishtirok etgan 11-v sinf o‘quvchilarining 8 nafaridan 7 nafari sertifikat sohibi bo‘lishdi, barakalla👍👍👍
Ustozi: O‘ZBEKISTON XALQ O‘QITUVCHISI UNVONI SOHIBI, OLIY TOIFALI MATEMATIKA FANI O‘QITUVCHISI ABDIYEV BAXTIYOR
+4
“Viloyat hokimi stipendiyasi“ tanlovida g‘olib bo‘lgan maktab o‘quvchilari rag‘batlantirildi
Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi faollar zalida maktab o‘quvchilariga ularning ota-onalari ishtirokida tantanali ravishda stipendiyalar topshirildi.
Ma’lumot o‘rnida, Qashqadaryo viloyat hokimi qarori bilan, viloyat mahalliy budjetining 2024-yil zaxira jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan viloyatning umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘tkazilgan “Viloyat hokimi stipendiyasi“ tanlovida g‘olib bo‘lgan 18 nafar o‘quvchilarni rag‘batlantirish bilan bog‘liq xarajatlar uchun viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasiga mablag‘ ajratilgan edi.
G‘oliblar ro‘yxati bilan bu yerda tanishing.
Telegram|YouTube|Facebook|Instagram|X
🎗Men savodxonman
Kitob tumanidagi 96-umumiy o'rta ta'lim maktabida bo'lib o'tgan bugungi tadbir "Men savodxonman" deya nomlandi...
Maktablarda an'anaviy tashkil etiladigan savodxonlik kechalari bugun maktabimizning birinchi sinfiga qabul qilingan o'quvchi- yoshlar ishtirokida ilk bor tashkil etildi.
O'quvchilar tomonidan qisqa fursatda egallangan bilim va ko'nikmalari ota-onalar,o‘qituvchilar hamda yig'ilgan mehmonlarga manzur bo‘ldi.
Savodxonlik tadbiri ko'tarinki kayfiyatda Yangi yil bayramiga ulanib ketdi. Jajji o'quvchi bolajonlar bayramona esdalik sovg'alari bilan taqdirlandilar....
Tadbir tashkilotchisi, 1-sinf o‘qituvchisi: Nargiza Jabborova
