Китоб тумани 96-мактаб (1-ДИМИ)
Kanalga Telegram’da o‘tish
Қашқадарё вилояти ХТБ тасарруфидаги Китоб тумани1- давлат ихтисослаштирилган мактаб - интернати
Ko'proq ko'rsatish900
Obunachilar
Ma'lumot yo'q24 soatlar
-67 kunlar
-1230 kunlar
Postlar arxiv
Repost from Kitob tumani hokimligi| RASMIY
💙💙💙
Kitob tumani ta'lim sohasida yana bir katta natija: bir sinfda 29 nafar o‘quvchining barchasi talaba bo‘ldi!
Kitob tumanidagi 96-sonli umumta’lim maktabining 11-“A” sinf o‘quvchilari yuksak natijalarni qayd etdi. Sinfdagi 29 nafar bitiruvchining barchasi muddatidan oldin oliy ta’lim muassasalari talabasi bo‘lishga muvaffaq bo‘ldi.
E’tiborlisi, o‘quvchilarning 6 nafari xalqaro darajadagi SAT sertifikatini qo‘lga kiritib, xorijiy oliygohlarda tahsil olish imkoniyatini ham yaratishdi. Bu esa yoshlarning bilimga bo‘lgan intilishi, zamonaviy ta’limga qiziqishi hamda xalqaro maydonda raqobatbardosh bo‘lib borayotganidan dalolat beradi.
Mazkur yutuq — o‘quvchilarning tirishqoqligi, ustozlarning fidokorona mehnati hamda ota-onalarning yaqindan ko‘rsatgan ko‘magi samarasi hisoblanadi.
Kitob tumani hokimligi barcha bitiruvchilarni ushbu muvaffaqiyat bilan samimiy tabriklaydi va kelgusi o‘qish hamda faoliyatlarida ulkan zafarlar tilaydi.👏👏👏
🇺🇿Yoshlarimizning yutuqlari — Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining mustahkam poydevoridir!Quyidagi havolani bosing va Kitob tumani hokimligi telegram kanaliga qo'shiling👇👇👇 ❤https://t.me/joinchat/WIzE6dryhMqccL7h 💬Facebook | 📸Instagram | 🌍Web sayt| ✅Telegram | ✅Twitter | 📹YouTube
Repost from QASHQADARYO AHLI
Қашқадарёлик ўқувчи Осиё физика олимпиадасида юртимиз шарафини ҳимоя қилади
Терма жамоага 8 нафар иштирокчи саралаб олинди ва унда Китоб туманидаги 96 мактаб ўқувчиси Темур Жалилов ҳам бор.
Иштирокчилар 17-25 май кунларида Жанубий Кореяда бўлиб ўтадиган Осиё физика олимпиадасида юртимиз шарафини ҳимоя қилишади.
Қуйидаги линкни босинг ва Қашқадарёликларга қўшилинг👇
https://telegram.me/joinchat/AAAAAEag43PSTC9kTJgRaQ
Repost from O‘qituvchiga hujjat
⚡️Prezident maktablariga 2026-2027-oʻquv yili uchun ariza topshirishda qanday hujjatlar talab qilinadi?
Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimidagi Prezident maktablariga oʻqish uchun ariza topshirishda:
🔹oʻquvchining fotosurati (oxirgi 2 oy davomida tushilgan boʻlishi lozim)
🔹oʻquvchining tugʻilganlik haqida guvohnomasi
🔹tegishli oʻquv yili natijasiga koʻra baholar tabelining maktab direktori tomonidan tasdiqlangan nusxasi yoki QR kod bilan tasdiqlangan elektron tabel
🔹oʻquvchi ota-onasi (qonuniy vakili)ning pasport maʼlumotlari
🔹bogʻlanish uchun telefon raqamlari haqidagi maʼlumotlar talab qilinadi.
👉 Maʼlumot uchun: oʻquvchilar Prezident maktablariga 5-sinfdan qabul qilinadi.
⚠️Prezident maktablariga hujjat topshirishda oʻquvchilarning baholariga qanday talablar qoʻyiladi?
Prezident maktablariga kirmoqchi boʻlgan talabgor oʻquvchilarning matematika va tabiatshunoslik fanlaridan 4-sinfdagi yillik bahosi 5 (aʼlo) boʻlishi kerak.
Maʼlumot uchun: boshqa fanlarga nisbatan ushbu mezon tatbiq etilmaydi. Baholar tabelining nusxasi maktab direktori tomonidan tasdiqlangan boʻlishi shart.
Ixtisoslashtirilgan maktablarga nechanchi sinfdan qabul qilinadi?
✅Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarining:
🔸aniq fanlar yoʻnalishiga — 5-sinfdan;
🔸tabiiy fanlar yoʻnalishiga — 7-sinfdan (shuningdek mazkur maktablarning mavjud boʻsh oʻrinlariga) oʻquvchilar qabul qilinadi.
💰Oylik bot
O‘qituvchilar uchun barcha hujjatlar shu kanalda!✅️
👇👇👇👇👇👇👇
https://t.me/uqituvchiga_hujjat
