cookie

Sizning foydalanuvchi tajribangizni yaxshilash uchun cookie-lardan foydalanamiz. Barchasini qabul qiling», bosing, cookie-lardan foydalanilishiga rozilik bildirishingiz talab qilinadi.

avatar

Badiiyot

Kitobsiz uy – qalbsiz tanaga o‘xshaydi. ©Sitseron Iqtiboslar, aforizmlar.

Ko'proq ko'rsatish
O'zbekiston68 272Til belgilanmaganToif belgilanmagan
Reklama postlari
177
Obunachilar
Ma'lumot yo'q24 soatlar
Ma'lumot yo'q7 kunlar
Ma'lumot yo'q30 kunlar

Ma'lumot yuklanmoqda...

Obunachilar o'sish tezligi

Ma'lumot yuklanmoqda...

Bir yurakka shuncha gʻamlar qaydan keldi? Voy bu sevgi, voh bu sevgi azob berdi, Kechagina olam menga qiziq erdi, Bugun esa qalbda faqat afgʻon-afgʻon Ey goʻzal yor hayolimda faqat sen bor. ©Diyor Yunus __________________________ Бир юракка шунча ғамлар қайдан келди? Вой бу севги, воҳ бу севги азоб берди, Кечагина олам менга қизиқ эрди, Бугун эса қалбда фақат афғон-афғон Эй гўзал ёр ҳаёлимда фақат сен бор. ©Диёр Юнус Kanalga ulanish: @badiiyot
Hammasini ko'rsatish...
Kimnidir sevsang, ketishiga qoʻyib ber. Qaytdimi, demak u har doim seniki boʻlgan. Qaytmadimi? Unda hech qachon seniki boʻlmagan. ©Jubron Xalil Jubron ______ Кимнидир севсанг, кетишига қўйиб бер. Қайтдими, демак у ҳар доим сеники бўлган. Қайтмадими? Унда ҳеч қачон сеники бўлмаган. ©Жуброн Халил Жуброн Kanalga ulanish: @badiiyot
Hammasini ko'rsatish...
Bu yerda "sizlik"lar bor... 👉@sokinosmon
Hammasini ko'rsatish...
Ishqning chegarasi yoʻq, Havasning chegarasi bor. Muhabbatning sababi yoʻq! Yaxshi koʻrishniki bor... ____ Ишқнинг чегараси йўқ, Ҳаваснинг чегараси бор. Муҳаббатнинг сабаби йўқ! Яхши кўришники бор... ©Diyor Yunus (Garduniy) Kanalga ulanish: @badiiyot
Hammasini ko'rsatish...
SHerali_ZHuraev_-_Uchrashmadik.mp36.85 MB
Kanalga Ulanish: @badiiyot
Hammasini ko'rsatish...
Jakub_Jósef_Orlinski_Purcell_King.mp33.23 MB
Har qanday dardning eng yaxshi davosi - vaqt deydilar. Lekin shunday dardlar boʻladiki, vaqt-bevaqt yangilanib, usti koʻchgan yaradek achchiq-achchiq azob berib turadi. “Nur borki, soya bor“ ©Oʻ.Hoshimov ____ Ҳар қандай дарднинг энг яхши давоси - вақт дейдилар. Лекин шундай дардлар бўладики, вақт-бевақт янгиланиб, усти кўчган ярадек аччиқ-аччиқ азоб бериб туради. “Нур борки, соя бор“ ©Ў.Ҳошимов Kanalga ulanish: @badiiyot
Hammasini ko'rsatish...
Qalbning oliy holati - bu mutlaq muhabbatga intilish! Bu abadiy bunyodkorlik, harakat, ijodiyotdir! “Tentakning tajribasi“ ©Mirzakarim Norbekov ____ Қалбнинг олий ҳолати - бу мутлақ муҳаббатга интилиш! Бу абадий бунёдкорлик, ҳаракат, ижодиётдир! “Тентакнинг тажрибаси“ ©Мирзакарим Норбеков Ulanish: @badiiyot
Hammasini ko'rsatish...
* * * Oqshom libos kiyar Koʻngil uvvos solar Quvvat soʻlib borar Hislar uygʻoq qolar Nafs uyqu istaydi! Yurak toʻlqinlanar Ishq nayini chalar Shunda uyqu qochar Sevgi shunday hislar ...Uygʻotar, uygʻotar! ©Diyor Yunus ____ * * * Оқшом либос кияр Кўнгил уввос солар Қувват су́либ борар Ҳислар уйғоқ қолар Нафс уйқу истайди! Юрак тўлқинланар Ишқ найини чалар Шунда уйқу қочар Севги шундай ҳислар ...Уйғотар, уйғотар! ©Диёр Юнус Ulanish: @badiiyot
Hammasini ko'rsatish...
Aslida ulgʻayish haqidagi barcha hikmatlar yolgʻon. Insonning mushaklari kattaradi xolos, yuragi emas. ©Javlon Jovliyev “Qoʻrqma” ___ Аслида улғайиш ҳақидаги барча ҳикматлар ёлғон. Инсоннинг мушаклари каттаради холос, юраги эмас. ©Жавлон Жовлиев “Қўрқма” Ulanish: @badiiyot
Hammasini ko'rsatish...
“Oyxon, nega oʻlgansiz?” “Oʻzimni oʻldirganman”. “Nima sabab, qanday jurʼat qildingiz?” “Oʻzimni yoqqanman”. “Gapirib bering”. “Bu haqda gapirgim kelmaydi. Aytgancha, ismingiz nima?” “Dengiz”. “Dengiz, ajoyib ism, kim qoʻygan?” “Momom qoʻygan”. “Momongiz hayotmi?” “Qiziq savol. Hayot, nima u?” “Dengiz aka, shunday chaqirsam maylimi sizni?” “Dengiz deyavering”. “Qabristonda nima qilib yuribsiz?” “Sizni koʻrgani keldim”. “Aldamang”. “Mast holatda kelib qolibman, esimda bori konservatoriyaga ketayotuvdim, ungacha oʻn besh-yigirma qadam qoluvdi. U yogʻi esimda yoʻq”. “Koʻp ichgan ekansiz”. “Ha”. “Nega ichasiz? Iltimos, boshqa ichmang”. “Sizga nima?” “Baribir, ichmang. Vaʼda berasizmi?” “Yoʻq. Mening ham oʻlgim kelyapti. Sizga maza”. “Nimasi maza, zerikarli”. “Bu yerda ham zerikarlimi?!” “Nega oʻlgingiz keladi?” “Oʻlmoq yomonmi?” “Maʼno boʻlishi shartmi?” “Albatta”. “Maʼno? Nima u?” “Maʼno, Dengiz, u ertaga, hayotga- kunga qadam qoʻyish, erta uchun yashamoq, Ammo bugunning oʻtishi qiyin, ertangi kun-bugunning ermagi, ermagi ham emas, umidi”. “Bas, Ertaga yana bugun kelyapti. Qani maʼno?” “Bu oʻzingizga bogʻliq, Odamning oʻzi taqdirini yaratadi”. ©Murod Chovush “Hech” ____ “Ойхон, нега ўлгансиз?” “Ўзимни ўлдирганман”. “Нима сабаб, қандай журъат қилдингиз?” “Ўзимни ёққанман”. “Гапириб беринг”. “Бу ҳақда гапиргим келмайди. Айтганча, исмингиз нима?” “Денгиз”. “Денгиз, ажойиб исм, ким қўйган?” “Момом қўйган”. “Момонгиз ҳаётми?” “қизик савол. Ҳаёт, нима у?” “Денгиз ака, шундай чақирсам майлими сизни?” “Денгиз деяверинг”. “Қабристонда нима қилиб юрибсиз?” “Сизни кўргани келдим”. “Алдаманг”. “Маст ҳолатда келиб қолибман, эсимда бори консерваторияга кетаётувдим, унгача ўн беш-йигирма қадам қолувди. У ёғи эсимда йўқ”. “Кўп ичган экансиз”. “Ҳа”. “Нега ичасиз? Илтимос, бошқа ичманг”. “Сизга нима?” “Барибир, ичманг. Ваъда берасизми?” “Йўқ. Менинг ҳам ўлгим келяпти. Сизга маза”. “Нимаси маза, зерикарли”. “Бу ерда ҳам зерикарлими?!” “Нега ўлгингиз келади?” “Ўлмоқ ёмонми?” “Маъно бўлиши шартми?” “Албатта”. “Маъно? Нима у?” “Маъно, Денгиз, у эртага, ҳаётга- кунга қадам қўйиш, эрта учун яшамоқ, Аммо бугуннинг ўтиши қийин, эртанги кун-бугуннинг эрмаги, эрмаги ҳам эмас, умиди”. “Бас, Эртага яна бугун келяпти. Қани маъно?” “Бу ўзингизга боғлиқ, Одамнинг ўзи тақдирини яратади”. ©Мурод Човуш “Ҳеч” Ulanish: @badiiyot
Hammasini ko'rsatish...
Boshqa reja tanlang

Joriy rejangiz faqat 5 ta kanal uchun analitika imkoniyatini beradi. Ko'proq olish uchun, iltimos, boshqa reja tanlang.