cookie

Sizning foydalanuvchi tajribangizni yaxshilash uchun cookie-lardan foydalanamiz. Barchasini qabul qiling», bosing, cookie-lardan foydalanilishiga rozilik bildirishingiz talab qilinadi.

avatar

Taomlanish ilmi

📚 Taomlanishga oid tasdiqlangan tibbiy-ilmiy ma'lumotlar berib boriladi. 🧠 Ongli ozish: @doctorferuz 🍋 Instagram: instagram.com/doctorferuz 🍅 YouTube: youtube.com/@doctorferuz ⚖️ TMI: @tanamassaindeksi_bot 📥 Reklama: @taomlanish_ads

Ko'proq ko'rsatish
Reklama postlari
23 880
Obunachilar
+324 soatlar
-937 kunlar
-54130 kunlar

Ma'lumot yuklanmoqda...

Obunachilar o'sish tezligi

Ma'lumot yuklanmoqda...

Qurbon hayitingiz muborak boʻlsin! Sizga barcha yaxshiliklarni tilayman! @taomlanish_ilmi
Hammasini ko'rsatish...
105👍 44🔥 14
☕️KOFE (coffee) Kofe dunyodagi barcha ichimliklar ichida foydaliligi boʻyicha suvdan keyin ikkinchi oʻrinni egallagan. Kofeni muntazam ichish: Jigarni yogʻli gepatozini, jigar sirrozini, jigar rakini oldini oladi va davolaydi. Gepatit "C" kasalligida jigar hujayralarini oksidlovchilar ta'siridan himoya qilishi va chandiqlanish jarayonini sekinlashtirishi aniqlangan. Umumiy saratonga chalinish xavfini kamaytirib, umrni 15% ga uzaytiradi. Aqliy qobilyatni oshiradi, xotirani mustahkamlab, diqqatni jamlashga yordam beradi. Parkinson kasalligida (faqat erkaklarda) ham foyda beradi. 500,000 dan ortiq kishi ishtirok etgan yitik tadqiqotda, kofeni sevib iste’mol qiluvchilarda jigarni surunkali kasalliklaridan oʻlim xavfi 49% ga kam boʻlgan. Bu kasalliklarni oʻzini rivojlanish xavfi esa 21% ga kam boʻlgan. Bu foydali ta’siri kofeni dozasiga ham bogʻliq: - kunda 1 chashka kofe — jigarni surunkali kasalliklariga chalinish xavfini 15% ga, - kunda 4 chashka kofe — jigarni surunkali kasalliklariga chalinish xavfini 71% ga kamaytiradi. Kofe halqum, qiziloʻngach, yoʻgʻon ichak va toʻgʻri ichak saraton kasalliklari rivojlanish xavfini kamaytirishi ham aniqlangan. Yana yurak-qon tomir kasalliklarini, yurak ishemiyasi va insultni ham oldini oladi. Bulardan tashqari qandli diabet II tipini, metabolik sindromni ham oldini oladi. Buyraklarda tosh hosil boʻlishini kamaytirib, podagrani ham oldini oladi. 🩸Fe (temir) va KOFE Kofe temirni ichaklardan so'rilishiga qarshilik qiladimi? Bu bo'yicha o'tkazilgan tadqiqotda bir chashka kofe ovqat tarkibidagi temirni ichaklardan so'rilishini 39% ga, bir chashka choy esa 64% ga kamaytirgan. Kofeni dozasi ortib borgani sari, bu ta'siri ham shuncha ortgan. Bu esa kamqonlikka (temir tanqis anemiyasi) olib kelishi mumkin. Lekin xulosa qilishga shoshilmang! Xavotirga o'rin yo'q, huddi shu tadqiqotda temirni so'rilishiga ta'sir qilmasligi uchun kofeni qaysi vaqtda ichilishi ham aniqlangan. Unga ko'ra kofeni taomdan 1 soat oldin ichish temirni so'rilishiga umuman ta'sir qilmagan. Demak, Kofeni ovqatdan oldin iching, keyin emas. Shunda hech qanday muammo bo'lmaydi! 🦴Ca (kalsiy) va KOFE Kofe ichaklardan Kalsiyni (Ca) so'rilishiga deyarli ta'sir qilmaydi. "Deyarli" degani, bir chashka kofedagi kofein miqdori ta'sirida yo'qotilgan kalsiyni, atiga bir osh qoshiq sut bilan kompensatsiya qilish mumkin. Agar kalsiyingizdan havotir olsangiz, ya'ni, muntazam, kunda 4-5 chashka kofe ichsangiz, sut yoki sut mahsulotlari iste'mol qilib turing. 4-5 chashka kofe = 4-5 osh qoshiq sut! 4-5 chashka choy = 4-5 osh qoshiq sut! Kofeni tarkibidagi kofein moddasi yengil diuretik (siydik haydovchi) ta'sirga ega. Kofedan keyin tez-tez hojatga borishni sababi shu. Lekin ba'zilar o'ylaganidek, bu holatda kalsiy peshob bilan chiqib ketib qolmaydi. Buyraklar kalsiyni osonlikcha berib qo'yadigan a'zo emas. Endi eng qizig'i, Kofe Osteoporoz (suyak yemirilishi) rivojlanish xavfini hattoki kamaytiradi. Bu bo'yicha o'tkazilgan yirik tadqiqiotda ma'lum bo'lishicha, kunda: ✔️1 chashka — xavfni 8% ga kamaytiradi ✔️2-3 chashka — xavfni 11% ga kamaytiradi ✔️4 chashka — xavfni 9% ga kamaytiradi ✖️4 chashkadan ko'p — xavfni 10% ga oshiradi E'tibor bering, 4 chashkadan ko'p ichilganda xavf oshadi. Shuning uchun kofeni me'yori 2-4 chashka, undan ko'paytirmagan yaxshi. Osteoporozda eng yaxshi mahsulot — sut mahsulotlari (sut, qatiq, pishloq, tvorog va boshq.) hisoblanadi. ❗️Kofe kimlarga mumkin emas: - Doimiy jig'ildon qaynashida - Glaukomada - Epilepsiya kasalligida - Uyqusizlikda (kunni birinchi yarmida ichish kerak) - Homiladorlikda Kofeni asossiz zarar deydiganlarga ko'proq kofe ichirish kerak. Balki shundan keyin aqliy qobiliyati ortib, biroz tadqiqotlarni o'qib-o'rganib, keyin xulosa qiladigan bo'lsa, ajab emas... Faqat kofedan shunaqa foydalar olish uchun kunda 3-4 chashka kofe ichish kerak. Maksimal miqdor 6 chashka hisoblanadi. 3 tasi 1 da (3в1) kabi kofelarni foydasi yoʻq. Sifatlisini ichishingiz kerak. @doctorferuz @taomlanish_ilmi
Hammasini ko'rsatish...
👍 110🔥 24 13
☕️KOFE (coffee) moʻjizaning oʻzginasi Kofe dunyodagi barcha ichimliklar ichida foydaliligi boʻyicha suvdan keyin ikkinchi oʻrinni egallagan. Kofeni muntazam ichish: Jigarni yogʻli gepatozini, jigar sirrozini, jigar rakini oldini oladi va davolaydi. Gepatit "C" kasalligida jigar hujayralarini oksidlovchilar ta'siridan himoya qilishi va chandiqlanish jarayonini sekinlashtirishi aniqlangan. Umumiy saratonga chalinish xavfini kamaytirib, umrni 15% ga uzaytiradi. Aqliy qobilyatni oshiradi, xotirani mustahkamlab, diqqatni jamlashga yordam beradi. Parkinson kasalligida (faqat erkaklarda) ham foyda beradi. 500,000 dan ortiq kishi ishtirok etgan yitik tadqiqotda, kofeni sevib iste’mol qiluvchilarda jigarni surunkali kasalliklaridan oʻlim xavfi 49% ga kam boʻlgan. Bu kasalliklarni oʻzini rivojlanish xavfi esa 21% ga kam boʻlgan. Bu foydali ta’siri kofeni dozasiga ham bogʻliq: - kunda 1 chashka kofe — jigarni surunkali kasalliklariga chalinish xavfini 15% ga, - kunda 4 chashka kofe — jigarni surunkali kasalliklariga chalinish xavfini 71% ga kamaytiradi. Kofe halqum, qiziloʻngach, yoʻgʻon ichak va toʻgʻri ichak saraton kasalliklari rivojlanish xavfini kamaytirishi ham aniqlangan. Yana yurak-qon tomir kasalliklarini, yurak ishemiyasi va insultni ham oldini oladi. Bulardan tashqari qandli diabet II tipini, metabolik sindromni ham oldini oladi. Buyraklarda tosh hosil boʻlishini kamaytirib, podagrani ham oldini oladi. 🩸Fe (temir) va KOFE Kofe temirni ichaklardan so'rilishiga qarshilik qiladimi? Bu bo'yicha o'tkazilgan tadqiqotda bir chashka kofe ovqat tarkibidagi temirni ichaklardan so'rilishini 39% ga, bir chashka choy esa 64% ga kamaytirgan. Kofeni dozasi ortib borgani sari, bu ta'siri ham shuncha ortgan. Bu esa kamqonlikka (temir tanqis anemiyasi) olib kelishi mumkin. Lekin xulosa qilishga shoshilmang! Xavotirga o'rin yo'q, huddi shu tadqiqotda temirni so'rilishiga ta'sir qilmasligi uchun kofeni qaysi vaqtda ichilishi ham aniqlangan. Unga ko'ra kofeni taomdan 1 soat oldin ichish temirni so'rilishiga umuman ta'sir qilmagan. Demak, Kofeni ovqatdan oldin iching, keyin emas. Shunda hech qanday muammo bo'lmaydi! 🦴Ca (kalsiy) va KOFE Kofe ichaklardan Kalsiyni (Ca) so'rilishiga deyarli ta'sir qilmaydi. "Deyarli" degani, bir chashka kofedagi kofein miqdori ta'sirida yo'qotilgan kalsiyni, atiga bir osh qoshiq sut bilan kompensatsiya qilish mumkin. Agar kalsiyingizdan havotir olsangiz, ya'ni, muntazam, kunda 4-5 chashka kofe ichsangiz, sut yoki sut mahsulotlari iste'mol qilib turing. 4-5 chashka kofe = 4-5 osh qoshiq sut! 4-5 chashka choy = 4-5 osh qoshiq sut! Kofeni tarkibidagi kofein moddasi yengil diuretik (siydik haydovchi) ta'sirga ega. Kofedan keyin tez-tez hojatga borishni sababi shu. Lekin ba'zilar o'ylaganidek, bu holatda kalsiy peshob bilan chiqib ketib qolmaydi. Buyraklar kalsiyni osonlikcha berib qo'yadigan a'zo emas. Endi eng qizig'i, Kofe Osteoporoz (suyak yemirilishi) rivojlanish xavfini hattoki kamaytiradi. Bu bo'yicha o'tkazilgan yirik tadqiqiotda ma'lum bo'lishicha, kunda: ✔️1 chashka — xavfni 8% ga kamaytiradi ✔️2-3 chashka — xavfni 11% ga kamaytiradi ✔️4 chashka — xavfni 9% ga kamaytiradi ✖️4 chashkadan ko'p — xavfni 10% ga oshiradi E'tibor bering, 4 chashkadan ko'p ichilganda xavf oshadi. Shuning uchun kofeni me'yori 2-4 chashka, undan ko'paytirmagan yaxshi. Osteoporozda eng yaxshi mahsulot — sut mahsulotlari (sut, qatiq, pishloq, tvorog va boshq.) hisoblanadi. ❗️Kofe kimlarga mumkin emas: - Doimiy jig'ildon qaynashida - Glaukomada - Epilepsiya kasalligida - Uyqusizlikda (kunni birinchi yarmida ichish kerak) - Homiladorlikda Kofeni asossiz zarar deydiganlarga ko'proq kofe ichirish kerak. Balki shundan keyin aqliy qobiliyati ortib, biroz tadqiqotlarni o'qib-o'rganib, keyin xulosa qiladigan bo'lsa, ajab emas... Faqat kofedan shunaqa foydalar olish uchun kunda 3-4 chashka kofe ichish kerak. Maksimal miqdor 6 chashka hisoblanadi. 3 tasi 1 da (3в1) kabi kofelarni foydasi yoʻq. Sifatlisini ichishingiz kerak. @doctorferuz @taomlanish_ilmi
Hammasini ko'rsatish...
The Tromsø Heart Study: distribution of, and determinants for, gamma-glutamyltransferase in a free-living population - PubMed

Gamma-glutamyltransferase (GGT) was measured in 1579 men, aged 20-54 years, and 1654 women, aged 20-49 years, screened for coronary risk factors. The distribution was right-skewed with medians 15 and 10 U/l for men and women, respectively. Less than 3.8% of the men and 0.8% of the women had GGT grea …

👍 8 1
Photo unavailableShow in Telegram
MUZQAYMOQ Muzqaymoq sutdan tayyorlanadi. Demak, sutni qanday foydalari boʻlsa muzqaymoqda ham shunday. Agar ikkisidan birini tanlash kerak boʻlsa, albatta sut ustunlik qiladi. Ba’zilar sutni icha olmaydi, ular uchun muzqaymoq yaxshi alternativ. Laktoza koʻtara olmaslikda esa ikkisida ham extiyot boʻlgan yaxshi. Laktoza koʻtara olmaslikni eng asosiy belgisi: sut tanaga kirishi bilan 20-40 daqiqada (maksimum 1 soatgacha) qorinda ogʻriq paydo boʻladi va ich ketadi (diareya). Agar 1 soat ichida shu belgilar kuzatilmasa, demak, sizda hammasi yaxshi! Tugʻilganidan laktozani koʻtara olmaslik holati boʻlmagan boʻlsa, sutni miqdorini asta-sekin koʻpaytirib borish bilan tanani yana laktaza fermentini ishlab chiqarishga undash mumkin. Muzqaymoq foydalari: — Kalsiy va B guruh vitaminlariga boy — Tomoqdagi mahalliy immunitetni oshiradi — Ichakning foydali mikroflorasini (lakto-bifido-bakteriyalarni) oʻstiradi — Tarkibidagi L-triptofan aminokislotasi kayfiyatni koʻtaradi va antidepressant taʼsirga ega — Erkaklarga quvvat beradi, libidoni oshiradi (tabiiy steroidlar saqlaydi) Sunʼiy boʻyoq va konservantlar qoʻshilgan muzqaymoqlar yemaganingiz maʼqul. Oʻzim deyarli har doim oddiysidan (molochniy) yoki kakao qoʻshilganidan yeyman. Kakaoni foydalari bu alohida mavzu… @taomlanish_ilmi
Hammasini ko'rsatish...
👍 252🔥 24 19
MUZQAYMOQ haqida fikringiz?Anonymous voting
  • Foydali
  • Zararli
0 votes
👍 46 21🔥 9
Photo unavailableShow in Telegram
MENING GOʻDAKLARDAN DUSHMANIM YOʻQDIR... Mening goʻdaklardan dushmanim yoʻqdir – Xoliman gumon deb atalgan hisdan. Goʻdaklar pokligi bilan ulugʻdir, Soddaligi bilan kattadir bizdan... Jajji barmoqlarin toʻpponcha qilib, U otaveradi – qulayveraman. Goho ochiq joydan, goho berkinib, U otaverar, men “oʻlaveraman”. Agar “oʻlmay qolsam” otgan kezida, Bola xafa boʻlar va chekar ozor. Uning moʻljal olgan tiniq koʻzida Nishonga tekkulik nimalardir bor! Pinhona gʻaraz yoʻq bu barmoqlarda, Zimdan pishirmagan u oʻz ishini. Bu sodda oʻqlardan, bu pok oʻqlardan, Oʻlimi goʻzaldir, oʻlgan kishining! Mening goʻdaklardan yoʻqdir dushmanim, Goho, oʻz-oʻzimni sezganda tanho, Mashq ham qilmay turib chin otishmani, Uning huzuriga shoshaman goho; Davolab qaytaman har gal yangidan Falak inʼom etgan oliy shukuhni – Hayot oʻqlarining turfa zangidan Omon qolayotgan omonat ruhni. @M_Kenjabek she’ri @taomlanish_ilmi
Hammasini ko'rsatish...
👍 112 24🔥 16
Photo unavailableShow in Telegram
Hali koʻrmaganlar bor ekan! Koʻrish uchun havola ustiga bosing👇 https://youtu.be/qEWfWQay2Io?feature=shared https://youtu.be/qEWfWQay2Io?feature=shared @taomlanish_ilmi
Hammasini ko'rsatish...
🔥 33👍 20 7
Hali koʻrmaganlar bor ekan! Qayta yuboraman, koʻring👇 https://youtu.be/qEWfWQay2Io?feature=shared
Hammasini ko'rsatish...
Qandli diabet, yog'li gepatoz, qabziyatni davolaydi (Ilmiy asosda) | Doctor Feruz

📕 Grechkali non kitobi:

https://bit.ly/kitobni_olish

Men doctor Feruz, Taomlanish ilmi doktoriman. 10 yildan beri insonlarga ovqatlanish odatlarini ijobiy tomonga o’zgartirib, ongli ozishiga yordam berib kelaman. Blogimda cheklovlarsiz, sport mashqlarisiz va dorilarsiz samarali ozishni o'rgataman. Yeb-iching, ME’YORni unutmang! Bu yerda ham kuzatib boring: TELEGRAM:

https://t.me/doctorferuz

INSTAGRAM:

https://instagram.com/doctorferuz

TikTok:

https://tiktok.com/@doctorferuz

00:00 — Bu mahsulot… 00:30 — Grechkani glikemik indeksi (GI) qancha? 00:34 — Qandli diabet va insulinrezistentlikda qoʻrqmay yesa boʻladi 00:39 — Hujayralarni insulinga nisbatan sezgirligini oshirishi 00:48 — Grechkani boshqa foydalari… 01:21 — Qabziyat va giperxolesterinemiyaga yechim 01:39 — Jigarga tushadigan yuklamani kamaytirish uchun 01:48 — Oqsilga kunlik ehtiyojni 30%ini qoplash uchun 01:56 — Temir tanqis anemiyasini davosi 02:08 — Gluten yeyish mumkin boʻlmaganlar uchun 02:22 — Tez qorishni oldini olib, organizmni yoshartiradi 02:40 — Har kuni grechka yeya olmaydiganlar nima qilishi kerak? Tadqiqot manbasi:

https://www.sciencedirect.com/science/article/abs/pii/S0733521020303696

SUT BEBAHO ICHIMLIK Britaniyalik tadqiqotchilar tomonidan tibbiyotga oid yangi tadqiqot oʻtkazildi. Unga koʻra, kuniga yarim litr sut ichish kishini qandli diabet, yurak kasalliklari va ichak bilan bogʻliq muammolardan saqlanishiga sabab boʻlar ekan. Olimlar sut xotira yoʻqolishi, erta qarilik kabi kasalliklardan saqlanish uchun kerak boʻladigan hayotiy vitaminlarning eng muhim manbai ekanini aniqladilar. Shuningdek, sutning kattalar uchun ham, bolalar uchun ham tibbiy foydalari koʻp ekan. Bu haqda Alloh taolo Qurʼoni Karimda shunday deb marhamat qilgan: “Albatta, chorva hayvonlarida ham siz uchun ibrat bordir. Sizni ularning qornidan, goʻng va qon orasidan ichuvchilar uchun yutumli sof sut ila sugʻorurmiz” (Nahl surasi, 66-oyat). Alloh taolo sutni biz uchun ibratli ichimlik qilib qoʻydi. Uning foydalari, qayerdan kelishi haqida tafakkur qilib koʻrishimiz kerak. Alloh taolo tuya, sigir, qoʻy, echki kabi jonzotlarda sut ishlab chiqaruvchi murakkab jihozni yaratgani, sut goʻng va qon orasidan hech qanday najosat aralashmay pok holda chiqishi Uning azamatiga, qudratiga dalolat qiladigan koʻrinishlardandir. Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam shunday deganlar: “Taom va ichimlikning oʻrniga oʻtadigan sutdan boshqa narsa yoʻq”. Imom Abu Dovud rivoyatlari. Manba: islom.uz Pol Bregg vrach emas, hattoki tibbiyot hodimi emas. Yozuvchi va alternativ tibbiyot targʻibotchisi. @doctorferuz
Hammasini ko'rsatish...
👍 127 15🔥 8
Photo unavailableShow in Telegram
Navbatdagi piar! Yuvib yeyavering. Uncha-muncha kirgan qurtlarni foydasi boʻlsa borki (oqsil), zarar berolmaydi. Sababi bu kabi qurtlar aerob (kislorodli) sharoitda yashaydi, hazm tizimini ichi esa anaerob (kislorodsiz). Qurtlar oshqozonni oʻzidayoq HCL kislota ta’sirida qovuriladi. Lekin nima boʻlganda ham yaxshilab yuvib, keyin iste’mol qilish kerak, bunga qoʻshilaman. @taomlanish_ilmi
Hammasini ko'rsatish...
👍 281🔥 24 18