uz
Feedback
BSMI.UZ | Rasmiy kanali

BSMI.UZ | Rasmiy kanali

Kanalga Telegram’da o‘tish

Abu Ali Ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti rasmiy kanali. Institutimiz yangiliklaridan birinchi bo`lib xabardor bo'ling! 🌐 Rasmiy sayt: bsmi.uz 📞 Ishonch telefoni: 65-223-00-50 📞 Call-center: 65-223-00-50

Ko'proq ko'rsatish
6 479
Obunachilar
+124 soatlar
+67 kunlar
+6330 kunlar

Ma'lumot yuklanmoqda...

Taglar buluti
Ma'lumot yo'q
Muammo bormi? Iltimos, sahifani yangilang yoki bizning qo'llab-quvvatlash boshqaruvchimizga murojaat qiling>.
Kirish va chiqish esdaliklari
---
---
---
---
---
---
Obunachilarni jalb qilish
Iyul '26
Iyul '26
+191
13 kanalda
Iyun '26
+268
17 kanalda
Get PRO
May '26
+118
54 kanalda
Get PRO
Aprel '26
+200
38 kanalda
Get PRO
Mart '26
+178
64 kanalda
Get PRO
Fevral '26
+184
53 kanalda
Get PRO
Yanvar '26
+123
20 kanalda
Get PRO
Dekabr '25
+220
28 kanalda
Get PRO
Noyabr '25
+287
23 kanalda
Get PRO
Oktabr '25
+205
46 kanalda
Get PRO
Sentabr '25
+705
40 kanalda
Get PRO
Avgust '25
+411
48 kanalda
Get PRO
Iyul '25
+222
65 kanalda
Get PRO
Iyun '25
+196
61 kanalda
Get PRO
May '25
+165
39 kanalda
Get PRO
Aprel '25
+271
48 kanalda
Get PRO
Mart '25
+167
44 kanalda
Get PRO
Fevral '25
+173
106 kanalda
Get PRO
Yanvar '25
+136
12 kanalda
Get PRO
Dekabr '24
+159
72 kanalda
Get PRO
Noyabr '24
+153
14 kanalda
Get PRO
Oktabr '24
+206
27 kanalda
Get PRO
Sentabr '24
+533
59 kanalda
Get PRO
Avgust '24
+367
36 kanalda
Get PRO
Iyul '24
+153
1 kanalda
Get PRO
Iyun '24
+270
8 kanalda
Get PRO
May '24
+190
32 kanalda
Get PRO
Aprel '24
+182
2 kanalda
Get PRO
Mart '24
+168
7 kanalda
Get PRO
Fevral '24
+345
19 kanalda
Get PRO
Yanvar '24
+200
6 kanalda
Get PRO
Dekabr '23
+168
4 kanalda
Get PRO
Noyabr '23
+240
15 kanalda
Get PRO
Oktabr '23
+266
8 kanalda
Get PRO
Sentabr '23
+374
0 kanalda
Get PRO
Avgust '23
+979
0 kanalda
Get PRO
Iyul '23
+204
0 kanalda
Get PRO
Iyun '23
+144
0 kanalda
Get PRO
May '23
+119
0 kanalda
Get PRO
Aprel '23
+150
0 kanalda
Get PRO
Mart '23
+163
0 kanalda
Get PRO
Fevral '23
+132
0 kanalda
Get PRO
Yanvar '23
+363
0 kanalda
Get PRO
Dekabr '22
+128
0 kanalda
Get PRO
Noyabr '22
+88
0 kanalda
Get PRO
Oktabr '22
+295
0 kanalda
Get PRO
Sentabr '22
+330
0 kanalda
Get PRO
Avgust '22
+220
0 kanalda
Get PRO
Iyul '22
+115
0 kanalda
Get PRO
Iyun '22
+122
0 kanalda
Get PRO
May '22
+111
0 kanalda
Get PRO
Aprel '22
+102
0 kanalda
Get PRO
Mart '22
+97
0 kanalda
Get PRO
Fevral '22
+73
0 kanalda
Get PRO
Yanvar '22
+213
0 kanalda
Get PRO
Dekabr '21
+80
0 kanalda
Get PRO
Noyabr '21
+55
0 kanalda
Get PRO
Oktabr '21
+444
0 kanalda
Get PRO
Sentabr '21
+359
0 kanalda
Get PRO
Avgust '21
+177
0 kanalda
Get PRO
Iyul '21
+94
0 kanalda
Get PRO
Iyun '21
+57
0 kanalda
Get PRO
May '21
+38
0 kanalda
Get PRO
Aprel '21
+80
0 kanalda
Get PRO
Mart '21
+82
0 kanalda
Get PRO
Fevral '21
+129
0 kanalda
Get PRO
Yanvar '21
+125
0 kanalda
Get PRO
Dekabr '20
+1 815
0 kanalda
Sana
Obunachilarni jalb qilish
Esdaliklar
Kanallar
29 Iyul+6
28 Iyul+5
27 Iyul+6
26 Iyul+4
25 Iyul+5
24 Iyul+7
23 Iyul+6
22 Iyul+5
21 Iyul+10
20 Iyul+6
19 Iyul+2
18 Iyul+2
17 Iyul+9
16 Iyul+3
15 Iyul+8
14 Iyul+12
13 Iyul+6
12 Iyul+4
11 Iyul+16
10 Iyul+12
09 Iyul+6
08 Iyul+6
07 Iyul+3
06 Iyul+3
05 Iyul+4
04 Iyul+5
03 Iyul+10
02 Iyul+8
01 Iyul+12
Kanal postlari
Buxoro davlat tibbiyot instituti ishlanmasi xalqaro forum ko‘rgazmasida namoyish etildi O‘zbekiston va Qirg‘iziston oliy ta’l
+9
Buxoro davlat tibbiyot instituti ishlanmasi xalqaro forum ko‘rgazmasida namoyish etildi O‘zbekiston va Qirg‘iziston oliy ta’lim muassasalari rektorlarining III forumi doirasida ikki mamlakat talabalari tomonidan ishlab chiqilgan innovatsion loyihalar va startaplar ko‘rgazmasi tashkil etildi. Mazkur ko‘rgazma yoshlarning zamonaviy bilim va texnologiyalarni amaliy yechimlarga aylantirish, ilmiy-innovatsion g‘oyalarni tijoratlashtirish hamda tadbirkorlik tashabbuslarini rivojlantirish borasidagi salohiyatini namoyon etuvchi muhim maydonga aylandi. Ko‘rgazmada Toshkent davlat transport universiteti, Namangan davlat texnika universiteti, Buxoro davlat tibbiyot instituti hamda boshqa oliy ta’lim muassasalari talabalari tomonidan yaratilgan innovatsion ishlanmalar, texnologik yechimlar va amaliy loyihalar taqdim etildi. Shuningdek, Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti assistenti Ibodjon Ismoilov ham o‘zining innovatsion loyihasi bilan forum ko‘rgazmasida ishtirok etib, loyiha taqdimotini o‘tkazdi hamda uning yaratilish g‘oyasi, texnologik imkoniyatlari va amaliyotga joriy etish istiqbollari haqida ma'lumot berdi. Forum doirasidagi mazkur ko‘rgazma ikki mamlakat oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi ilmiy-innovatsion hamkorlikni yanada mustahkamlash, talabalar va yosh olimlarning startap tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda ilg‘or g‘oyalarni amaliyotga tatbiq etish uchun muhim platforma bo‘lib xizmat qildi. Abu Ali Ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti axborot xizmati      ✈️Telegram Facebook 📹You tube 🔍www.bsmi.uz

2
Davlat taraqqiyotini yoʻllar, binolar yoki raqamlar bilangina emas, avvalo inson salomatligi bilan baholash mumkin. Soʻnggi o
Davlat taraqqiyotini yoʻllar, binolar yoki raqamlar bilangina emas, avvalo inson salomatligi bilan baholash mumkin. Soʻnggi oʻn yil davomida Oʻzbekiston tibbiyot tizimida keng koʻlamli islohotlar amalga oshirildi. Zamonaviy shifoxonalar bunyod etildi, ilgʻor tibbiy texnologiyalar joriy qilindi, ilgari faqat xorijda bajarilgan murakkab operatsiyalar bugun yurtimizda muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda. "Inson uchun…" hujjatli filmi ana shu oʻzgarishlarning haqiqiy manzarasini aks ettiradi. Mazkur videolavhada siz Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori Shuhrat Teshayevning tibbiyot sohasidagi islohotlar, tibbiy taʼlim va inson salomatligini asrash borasidagi fikr-mulohazalarini tinglashingiz mumkin. 🎥 Hujjatli filmning toʻliq talqinini ushbu havola orqali tomosha qilishingiz mumkin.
1 140
3
❗️Янги ўқув йилидан талабаларни баҳолаш ва имтиҳон олиш бутунлай ўзгаради Ҳукумат қарори лойиҳасига кўра, 2026/2027 ўқув йили
❗️Янги ўқув йилидан талабаларни баҳолаш ва имтиҳон олиш бутунлай ўзгаради Ҳукумат қарори лойиҳасига кўра, 2026/2027 ўқув йилидан бошлаб олий таълим ташкилотларида талабалар билимини баҳолаш ва назорат қилишнинг янги тартиби жорий этилиши кутилмоқда. ➖ Якуний назорат имтиҳонларини овозли ва видео кузатув камералари билан жиҳозланган аудиторияларда ўтказиш тизими жорий этилади. ➖ Ўтказиладиган якуний назорат турларини кенг жамоатчилик учун олий таълим ташкилотларининг расмий веб-сайтидаги ҳавола орқали бевосита онлайн кузатиш имконияти яратилади. ➖ Якуний назорат имтиҳонлари саволларини шакллантиришда талаба билим ва кўникмаларини чуқур таҳлил қилиш имконини берувчи ёзма топшириқларнинг аниқ мезонлари ишлаб чиқиладм ҳамда профессор-ўқитувчилар томонидан баҳолашда изоҳ ёзиш тизими жорий этилади. ➖ Якуний назорат имтиҳонлари вақтида уяли алоқа воситалари, микроқулоқчин, компьютер ҳамда кўчирмачиликка сабаб бўладиган ҳар қандай воситаларни олиб кириш ва улардан фойдаланиш тақиқланади. Бундай ҳолат видеокузатув орқали кейинчалик аниқланса ҳам, имтиҳон натижаси бекор қилинади. ➖ Якуний назорат имтиҳонларига талабалар паспорт, ID карта, талабалик гувоҳномаси ёки ҳайдовчилик гувоҳномасини кўрсатган ҳолда киритилади. ➖ Имтиҳон бошланганидан кейин кечикиб келган талабалар имтиҳонда иштирок этишига рухсат берилмайди. Узрли сабабларсиз аудиториядан чиққан талабалар ҳам имтиҳонга қайта қўйилмайди. ➖ Ҳар бир кафедра фан бўйича баҳолаш рубрикалари (мезонлар матрицаси)ни ишлаб чиқади ва улар ўқув дастурида акс эттирилади. ➖ Ҳар бир фан бўйича талабанинг ўзлаштириши 100 баллик тизимда баҳоланади. Балл жорий назорат учун — 30, оралиқ назорат учун — 20, якуний назорат учун — 50 балл қилиб тақсимланади. ➖ Жорий, оралиқ ва якуний назоратларнинг ҳар бири бўйича максимал баллнинг 60 фоизи саралаш бали этиб белгиланади. Жорий ёки оралиқ назоратдан саралаш балини тўпламаган талабалар якуний назоратга киритилмайди. ➖ Академик гуруҳ учун бир кунда биттадан ортиқ якуний назорат ўтказилишига йўл қўйилмайди. Якуний назоратлар камида бир кун оралиғида белгиланади. ➖ Якуний назорат натижалари бўйича қониқарсиз балл олган талабага семестр якунида икки ҳафта муддатда бир марта бепул қайта топшириш имконияти берилади. ➖ Семестр ва ўқув йили якунида академик қарздорлиги мавжуд талабалар ўқишдан четлаштирилмайди. Улар фақат қарздор бўлган фанларни қайта ўзлаштириб, шу фанлар учун шартнома маблағини тўлайди. ➖ Академик қарздор талабалар учун ёзги семестр ташкил этилиши мумкин. Ёзги семестрда қайта ўқиш фақат тўлов асосида амалга оширилади (бир марта бепул қайта топшириш ҳолати бундан мустасно). ➖ Талаба баҳолаш натижасидан норози бўлса, баҳолаш муддати якунланганидан кейин 48 соат ичида апелляция бериш ҳуқуқига эга. Апелляция комиссияси шикоятни 2 иш куни ичида кўриб чиқади. 👉Бухорода фан ва таълим
749
4
🟢 Buxoro davlat tibbiyot instituti talabasi Xitoydagi xalqaro yozgi dasturda muvaffaqiyatli ishtirok etib keldi Buxoro davla+5
🟢 Buxoro davlat tibbiyot instituti talabasi Xitoydagi xalqaro yozgi dasturda muvaffaqiyatli ishtirok etib keldi Buxoro davlat tibbiyot instituti talabasi Shaxloxon Hamroyeva Xitoy Xalq Respublikasining China Pharmaceutical University (CPU) tomonidan tashkil etilgan “2026 CPU International Summer Program” xalqaro yozgi dasturida muvaffaqiyatli ishtirok etib qaytdi. An’anaviy Xitoy tibbiyoti (Traditional Chinese Medicine – TCM) yo‘nalishiga bag‘ishlangan mazkur dastur doirasida ishtirokchilar TCM nazariyasi va amaliyoti bo‘yicha ma’ruzalar tingladi, amaliy mashg‘ulotlarda hamda madaniy almashinuv tadbirlarida faol qatnashdi. Ushbu xalqaro dastur Shaxloxon Hamroyevaga kasbiy bilim va ko‘nikmalarini yanada mustahkamlash, ilg‘or xorijiy tajribani o‘rganish hamda xalqaro akademik hamkorlikni rivojlantirish imkonini berdi. Abu Ali Ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti axborot xizmati      ✈️Telegram ✅ Facebook 📹You tube 🔍www.bsmi.uz
1 312
5
O‘zbekiston va Belarus tibbiyot ta’limi yo‘nalishidagi hamkorlik yangi bosqichga ko‘tarilmoqda Shu kunlarda yurtimizdan, juml+9
O‘zbekiston va Belarus tibbiyot ta’limi yo‘nalishidagi hamkorlik yangi bosqichga ko‘tarilmoqda Shu kunlarda yurtimizdan, jumladan, Buxoro viloyatidan tashrif buyurgan nufuzli delegatsiya Belarus Respublikasida amaliy xizmat safarida bo‘lib turibdi. Ushbu tashrifning asosiy maqsad ikki mamlakat Oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi ikki tomonlama aloqalarni yanada mustahkamlash, akademik mobillikni rivojlantirish hamda o‘quv-uslubiy va ilmiy yo‘nalishlarda tajriba almashishdan iborat. Mazkur delegatsiya tarkibida Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutining xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektori Laziz Niyazov ham ishtirok etmoqda. Saraf doirasida u Belarus davlat tibbiyot universitetida bo‘lib, ikki oliygoh o‘rtasidagi istiqbolli hamkorlik masalalarini atroflicha muhokama qildi. Tashrif davomida O‘zbekistonlik delegatsiya a’zolari universitetning zamonaviy infratuzilmasi bilan yaqindan tanishdilar. Xususan, mehmonga universitetning ilg‘or o‘quv va simulyatsiya markazi, shuningdek, harbiy tibbiyot fakulteti faoliyati ko‘rsatildi. Bu yerda talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishda qo‘llanilayotgan innovatsion texnologiyalar va simulyatsion ta’lim jarayonlari delegatsiya vakillarida katta taassurot qoldirdi. Uchrashuv yakunida tomonlar tibbiyot kadrlarini tayyorlash sifatini oshirish, qo‘shma ta’lim dasturlarini joriy etish hamda ilmiy-tadqiqot yo‘nalishida amaliy loyihalarni birgalikda amalga oshirish bo‘yicha kelgusidagi vazifalarni belgilab oldilar.
1 403
6
🎞 Xitoylik hamkorlarning institutga amaliy tashrifi davom etmoqda
🎞 Xitoylik hamkorlarning institutga amaliy tashrifi davom etmoqda
1 519
7
"- Bugun institutimiz klinikasida Xitoyning Sian Jiaotong universiteti professorlari ishtirokida skrining tekshiruvlari boshl
"- Bugun institutimiz klinikasida Xitoyning Sian Jiaotong universiteti professorlari ishtirokida skrining tekshiruvlari boshlanganidan mamnunmiz. Mazkur tashabbus O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi tibbiyot sohasidagi hamkorlikning amaliy natijasi bo‘lib, u nafaqat bemorlarga malakali tibbiy xizmat ko‘rsatish, balki shifokorlarimiz uchun tajriba almashish, zamonaviy diagnostika va davolash usullarini o‘zlashtirishda ham muhim ahamiyat kasb etadi. Bir hafta davom etadigan skrining tekshiruvlari davomida fuqarolarimiz xorijlik yetakchi mutaxassislar ko‘rigidan o‘tib, zarur tavsiya va maslahatlarni olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Ishonchim komilki, bu kabi hamkorlik loyihalari institutimizning xalqaro nufuzini yanada oshirish, tibbiy ta’lim va amaliyot sifatini yangi bosqichga olib chiqish hamda eng muhimi, aholi salomatligini mustahkamlashga munosib hissa qo‘shadi." Shuhrat Teshayev Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori
1 729
8
Jarayondan fotolavhalar!+9
Jarayondan fotolavhalar!
1 732
9
Energiya resurslaridan oqilona foydalanish barchamizning mas’uliyatimizdir. Quyidagi qoidalarga amal qilishingizni so‘raymiz:
Energiya resurslaridan oqilona foydalanish barchamizning mas’uliyatimizdir. Quyidagi qoidalarga amal qilishingizni so‘raymiz: Xonani tark etayotganda chiroqlarni o‘chirib chiqing. Foydalanilmayotgan kompyuter, printer, monitor va boshqa elektr jihozlarini elektr tarmog‘idan uzing. Konditsioner va isitish moslamalaridan faqat zarurat tug‘ilganda hamda belgilangan harorat me’yorlariga rioya qilgan holda foydalaning. Tabiiy gazdan xavfsiz va tejamkor foydalaning. Ichimlik suvidan oqilona foydalaning, kranlarni ochiq qoldirmang. Suv yoki gaz sizib chiqishi, elektr jihozlaridagi nosozliklarni aniqlasangiz, mas’ullarga zudlik bilan xabar bering. Energiyani tejash – tabiatni asrash va davlat mablag‘larini samarali sarflash demakdir. Har bir tejalgan kilovatt-soat elektr energiyasi, har bir kub metr gaz va har bir litr suv kelajagimiz uchun muhimdir! Energiya tejamkorligi – barchamizning burchimiz!
1 308
10
Buxoroda O‘zbekiston–Xitoy qo‘shma tibbiy skrining dasturi boshlandi Bugun, 27-iyul kuni Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro dav
Buxoroda O‘zbekiston–Xitoy qo‘shma tibbiy skrining dasturi boshlandi Bugun, 27-iyul kuni Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutida O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi tibbiyot sohasidagi hamkorlikning yangi bosqichini boshlab beruvchi xalqaro tadbirlar boshlandi. Tadbir avvalida Xitoy delegatsiyasi institut Tarix muzeyi hamda Axborot-resurs markazi faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Mehmonlarga institutning boy tarixi, ilmiy salohiyati, zamonaviy ta’lim infratuzilmasi hamda talaba va tadqiqotchilar uchun yaratilgan sharoitlar haqida batafsil ma’lumot berildi. Shundan so‘ng delegatsiya a’zolari va institut rahbariyati o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Muloqot chog‘ida O‘zbekiston va Xitoy tibbiyot muassasalari o‘rtasidagi doimiy hamkorlikni rivojlantirish, qo‘shma ilmiy loyihalarni amalga oshirish, professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvini kengaytirish, zamonaviy tibbiy texnologiyalarni joriy etish hamda istiqboldagi qo‘shma loyihalar yuzasidan fikr almashildi. Tadbir doirasida O‘zbekiston–Xitoy qo‘shma tibbiy skrining dasturi ishga tushirildi hamda **Buyrak Interventional Training Center (Buyrak intervension ta’lim markazi)**ning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Marosimda Buxoro davlat tibbiyot instituti rektori, professor Shuhrat Teshayev, institut rahbariyati, professor-o‘qituvchilar hamda Xitoyning yetakchi tibbiyot muassasalari vakillari ishtirok etdi. Xitoy delegatsiyasiga Sian Jiaotong universitetining Ikkinchi affillangan shifoxonasi professori Chang Liu boshchilik qildi. Delegatsiya tarkibidan nefrologiya, intervension tibbiyot, onkologiya hamda akusherlik-ginekologiya yo‘nalishlaridagi yetakchi mutaxassislar o‘rin oldi. Yangi tashkil etilgan markaz intervension nefrologiya bo‘yicha mutaxassislar tayyorlash, xalqaro malaka oshirish kurslarini tashkil etish, qo‘shma ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish, zamonaviy klinik texnologiyalarni amaliyotga joriy etish hamda akademik almashinuv dasturlarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Shuningdek, 27–29-iyul kunlari Buxoroda Xitoy va O‘zbekiston mutaxassislari ishtirokida bachadon bo‘yni saratoni, sut bezi saratoni hamda gemodializdagi bemorlar uchun nefrologik ko‘riklar bo‘yicha bepul skrininglar o‘tkaziladi. Dastur doirasida mahalliy shifokorlar uchun amaliy master-klasslar, klinik muhokamalar va tajriba almashish tadbirlari ham tashkil etiladi. Mazkur tashrif O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi tibbiy ta’lim, ilm-fan va sog‘liqni saqlash sohalaridagi strategik hamkorlikni yanada mustahkamlash hamda aholiga ko‘rsatilayotgan yuqori texnologiyali tibbiy xizmatlar sifatini oshirishga xizmat qilishi kutilmoqda.
1 307
11
#live Ayni paytda institutga xitoy xalq respublikasidan bir guruh delegatsiya tashrif buyurib, institut rahbariyati bilan mul+5
#live Ayni paytda institutga xitoy xalq respublikasidan bir guruh delegatsiya tashrif buyurib, institut rahbariyati bilan muloqot qilmoqda. Mehmonlar uch kun davomida mamlakatimizda bo'lib muhim vazifalarni amalga oshirilishi kutilmoqda.
1 669
12
+9
Matn yo'q...
1 351
13
Bugun ish beruvchilarga qanday mutaxassislar kerak? Bugungi mehnat bozorida nazariy bilim bilan bir qatorda amaliy ko‘nikmala
Bugun ish beruvchilarga qanday mutaxassislar kerak? Bugungi mehnat bozorida nazariy bilim bilan bir qatorda amaliy ko‘nikmalarga ega, mustaqil fikrlaydigan hamda zamon talablariga tez moslasha oladigan mutaxassislarga ehtiyoj yuqori. Xo‘sh, bugun oliygoh va texnikumlar bitiruvchilari bu talablarga qay darajada javob beradi? 27-iyuldan boshlab Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi Umummilliy ish beruvchilar so‘rovnomasini o‘tkazadi. Mazkur so‘rovnoma orqali ish beruvchilarning: ➖bitiruvchilarning kasbiy tayyorgarligi; ➖amaliy ko‘nikmalari va kompetensiyalari; ➖mehnat bozori talablariga mosligi haqidagi fikrlari o‘rganiladi. Hurmatli ish beruvchilar! So‘rovnomani o‘tkazish davomida Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligining intervyuyerlari (volontyorlari) Siz bilan telefon orqali bog‘lanishadi. Sizdan so‘rovnomada ishtirok etish uchun bir necha daqiqa vaqtingizni ayamasligingizni so‘raymiz. Ertangi kadrlar sifati – bugun sizning fikringizdan boshlanadi! English ➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖ ☎️ Veb-sayt |😎 Telegram | 😎Instagram | 😎Facebook
1 485
14
🔹🟦🟦🟦🟦🟦 🔺 ПИРОГОВСКИЙ УНИВЕРСИТЕТ ОБЪЯВИЛ ПРИЁМ В ОРДИНАТУРУ ➡️ Открыт приём в ординатуру Российского национального исс
🔹🟦🟦🟦🟦🟦 🔺 ПИРОГОВСКИЙ УНИВЕРСИТЕТ ОБЪЯВИЛ ПРИЁМ В ОРДИНАТУРУ ➡️ Открыт приём в ординатуру Российского национального исследовательского медицинского университета имени Н.И.Пирогова (г. Москва). 🔹 Абитуриентам необходимо подготовить и нотариально заверить ниже указанные документы: а)  Загран.паспорт с переводом и нотариальным заверением; б)  Диплом об окончании ВУЗа и вкладыш с переводом и нотариальным заверением ✈️ Абитуриенты должны загрузить документы по выше указанному перечню в личный кабинет по следующей ссылке: https://lka.rsmu.ru/ и указать адрес действующей электронной почты, в срок до 25 июля 2026 года. 🔹При возникновении вопросов, связанных с загрузкой документов в личный кабинет, абитуриенты могут обратиться в Педиатрический кампус ТашГосМУ (по адресу: улица Богишамол 223, тестовый центр в здании симуляционного центра). ✈️При возникновении вопросов, связанных с подтверждением успешной загрузки в личный кабинет и допуска к экзамену который состоится 29 июля 2026 года (резервный день экзамена - 31 июля 2026 года), необходимо обращаться в приемную комиссию РНИМУ - https://rsmu.ru/abitur/admission-office 🔍 В соответствии с требованиями РНИМУ, ОТСУТСТВИЕ ЛЮБОГО ИЗ ДОКУМЕНТОВ И (ИЛИ) ЕГО ПЕРЕВОДА ЯВЛЯЕТСЯ ОСНОВАНИЕМ ДЛЯ ОТКАЗА В ПРИЁМЕ ДОКУМЕНТОВ. 🔹 После успешной загрузки необходимых документов и получения подтверждения РНИМУ, абитуриенты приглашаются для сдачи тестовых экзаменов, которые состоится 29 июля 2026 года (резервный день экзамена - 31 июля 2026 года). ✈️ При возникновении других любых вопросов, просим обращаться ответственному сотруднику Университета Хуррамову Аброру по тел. +998998898101 ✅Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X | Linkedin
1 003
15
Daegu Haany universiteti talabalari Buxoro davlat tibbiyot institutida yozgi maktabni muvaffaqiyatli yakunladi Akademik mobil+2
Daegu Haany universiteti talabalari Buxoro davlat tibbiyot institutida yozgi maktabni muvaffaqiyatli yakunladi Akademik mobillik almashinuvi dasturi doirasida Koreya Respublikasining Daegu Haany universitetining “Tibbiyot” yo‘nalishi talabalari 2026-yil 13–24-iyul kunlari Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutida tashkil etilgan qisqa muddatli yozgi maktabda tahsil oldilar. Dastur davomida talabalar institutning Xalq tabobati, kasb kasalliklari va allergologiya kafedrasi bazasida nazariy bilimlarini mustahkamlab, zamonaviy tibbiyot hamda amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Yozgi maktabning asosiy yo‘nalishlaridan biri bo‘lgan "Ibn Sino ta’limotlari" fani bo‘yicha mashg‘ulotlarni kafedra dotsenti M.F. Hikmatova olib bordi. Darslarda buyuk mutafakkir Abu Ali ibn Sinoning tibbiy merosi, ilmiy qarashlari va ularning zamonaviy tibbiyotdagi o‘rni haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Interfaol usullarda tashkil etilgan mashg‘ulotlar xorijlik talabalar tomonidan katta qiziqish bilan o‘zlashtirildi. Yozgi maktab yakunida Daegu Haany universiteti talabalari "Ibn Sino ta’limotlari" fanini muvaffaqiyatli tamomlab, xalq tabobati va tibbiyot tarixiga oid bilimlarini yanada boyitdilar. Mazkur akademik mobillik dasturi Buxoro davlat tibbiyot instituti va Daegu Haany universiteti o‘rtasidagi xalqaro hamkorlikni yanada mustahkamlash, tajriba almashish hamda xalqaro standartlarga javob beradigan malakali tibbiyot mutaxassislarini tayyorlash yo‘lidagi muhim qadamlardan biri bo‘ldi.
1 688
16
+9
Matn yo'q...
1 622
17
📣 Klinik ordinatura (rezidentura)ga qabul boshlanganini e’lon qilamiz! Buxoro davlat tibbiyot institutining klinik ordinaturasiga 2026–2027 o‘quv yili uchun qabul O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining rejasi hamda 2026-yil 20-iyuldagi 233-sonli buyrug‘i asosida amalga oshiriladi. Klinik ordinatura (rezidentura) va internaturaga o‘qishga kirish uchun talabgorlar hujjatlarni elektron shaklda Sog‘liqni saqlash vazirligining medtoifa.ssv.uz axborot tizimi orqali topshiradilar. So‘rovnomalar medtoifa.ssv.uz axborot tizimi orqali dam olish va bayram kunlaridan qat’i nazar, har kuni 24 soat davomida yuborilishi mumkin. Agar so‘rovnoma ish vaqtidan keyin yoki dam olish/bayram kunlariga to‘g‘ri kelsa, u navbatdagi ish kuni rasmiy ro‘yxatga olinadi va shu sana bilan qabul komissiyasiga yetkazilgan hisoblanadi. 📑 Quyidagi hujjatlarni topshirish talab etiladi: oliy ma’lumot to‘g‘risidagi hujjat (yoki diplomdan ko‘chirma — O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarini davlat granti asosida tamomlaganlar uchun) hamda unga ilova; O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lgan holda chet davlatlardagi tibbiyot oliy ta’lim muassasasini tamomlagan shifokorlar uchun nostrifikatsiya qilinganlik to‘g‘risidagi hujjat (hukumatlararo bitimlarga asosan tan olingan davlatlar bundan mustasno); amaldagi qonunchilikka muvofiq imtiyoz beruvchi hujjat (masalan, olis va chekka hududlarda uzluksiz 3 yil ishlaganlik to‘g‘risida hududiy sog‘liqni saqlash boshqarmasi tomonidan tasdiqlangan ma’lumotnoma). 💵 Hurmatli talabgor! Klinik ordinatura tanlovida ishtirok etish uchun Siz BHM (412 000 so‘m)ning yarim barobari miqdorida — 206 ming so‘m to‘lovni amalga oshirishingiz lozim. ‼️ To‘lov kvitansiyasida familiya, ism, otasining ismi, to‘lov maqsadi hamda klinik ordinatura bo‘yicha qabul qiluvchi tashkilotning to‘g‘ri rekvizitlari ko‘rsatilishi shart. Aks holda, to‘lov hisobga olinmaydi. Asos: O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirining 2026-yil 20-iyuldagi 233-sonli buyrug‘i. 📅 Klinik ordinaturaga qabul ommaviy axborot vositalarida e’lon qilingan kundan boshlab 2026-yil 20-avgust (shu kun ham kiritilgan) sanasigacha davom etadi. 📝 Qabul quyidagi bosqichda amalga oshiriladi: 1️⃣ bosqich – mutaxassislikka mos fanlar bo‘yicha test sinovlari o‘tkaziladi. 📞 Qo‘shimcha ma’lumot uchun: Telegram kanal: https://t.me/ordinaturabsmi2026 +998 90 514-58-18 – Badridinova Barnoxon Kamoliddinovna +998 90 340-38-32 – Xudoyorova Dilnoza Rizayevna
2 930
18
🎉 Bugun – 24 iyul! Prezidentimiz 69 yoshni qarshi olmoqdalar! Ushbu qutlugʻ sana munosabati bilan Abu Ali ibn Sino nomidagi
🎉 Bugun – 24 iyul! Prezidentimiz 69 yoshni qarshi olmoqdalar! Ushbu qutlugʻ sana munosabati bilan Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot institutining professor-oʻqituvchilari, talabalar, magistrantlar va klinik ordinatorlar nomidan muhtaram Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyevni chin qalbimizdan tabriklaymiz! 🇺🇿 Davlatimiz rahbari o‘z faoliyatlarining ilk kunlaridan sog‘liqni saqlash, tibbiy ta’lim va ijtimoiy soha mutaxassislariga alohida e’tibor qaratib, bu yo‘nalishlarda keng imkoniyatlar yaratib kelmoqdalar. 🏥 Bugungi kunda institutimiz faoliyat yuritayotgan zamonaviy o‘quv binolari, klinikasi va ulkan kampusi – 2017-yilda Prezidentimiz tashabbusi bilan tashkil etilgani biz uchun faxrdir. 📌 2023-yilda yurtboshimizning Buxoro viloyatiga amalga oshirgan tashrifi doirasida institutimizga kelganlari – institut jamoasi uchun katta g‘urur va iftixor manbai bo‘ldi. 🤝 Biz, institut jamoasi, mamlakatimiz taraqqiyoti yo‘lida olib borayotgan fidokorona mehnatlaringizni chuqur qadrlaymiz va bu yo‘lda Sizga doimiy tayanch va yordamchi bo‘lishga tayyormiz! 🕊 Sizga mustahkam sog‘lik, kuch-quvvat va ulkan zafarlar tilaymiz, muhtaram Prezident! Hurmat bilan, Abu Ali ibn Sino nomidagi Buxoro davlat tibbiyot instituti jamoasi ✈️Telegram ✅ Facebook 📹You tube 🔍www.bsmi.uz
1 678
19
#MillatOtasi С днём рождения, уважаемый президент!
#MillatOtasi С днём рождения, уважаемый президент!
1 464
20
#PresidentUZ Tavallud ayyomingiz muborak bo‘lsin, hurmatli Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev!
#PresidentUZ Tavallud ayyomingiz muborak bo‘lsin, hurmatli Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev!
1 582