cookie

Sizning foydalanuvchi tajribangizni yaxshilash uchun cookie-lardan foydalanamiz. Barchasini qabul qiling», bosing, cookie-lardan foydalanilishiga rozilik bildirishingiz talab qilinadi.

avatar

Jizzax viloyati Ekologiya boshqarmasi

Jizzax viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi boshqarmasining rasmiy kanali

Ko'proq ko'rsatish
Reklama postlari
448
Obunachilar
+124 soatlar
+77 kunlar
+2930 kunlar

Ma'lumot yuklanmoqda...

Obunachilar o'sish tezligi

Ma'lumot yuklanmoqda...

Rasmiy munosabat Ijtimoiy tarmoqlarda Jizzax viloyati Baxmal tumani Qirqqishloq hududida Sangzor daryosi irmog‘i qirg‘oqlariga chiqindilar tashlab ketilgani bo‘yicha xabar e’lon qilindi. Ushbu xabar bo‘yicha Baxmal tumani Ekologiya inspeksiyasi tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi. O‘rganishlar davomida ko‘rsatilgan hududga aholi tomonidan noqonuniy tarzda chiqindilar tashlab ketilgani aniqlanib, ushbu chiqindilarni bartaraf etish uchun chora-tadbirlar ishlab chiqildi. Unga ko‘ra tuman ekologiya inspeksiyasi, tuman Obodonlashtirish boshqarmasi, "Eko-sfera" MCHJ hamda Qirqqishloq aholi vakillari yordamida hududdagi chiqindilar bartaraf etildi. Jizzax viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati
Hammasini ko'rsatish...
O‘z ishidan pushaymon bo‘ldi Forish tumani ekologiya inspeksiyasi xodimlari tomonidan  Oq tepa MFYda  yashov fuqaro E.D. tomonidan o‘z xonadonida hosil bo‘lgan qattiq va maishiy chiqindilar va uy-ro‘zg‘or chiqindilarini belgilanmagan joyga to‘plab, ochiq alanga oldirib yuqib yuborganligi aniqlandi. Holat yuzasidan huquqbuzarga MJtKning 88-moddasi 1-qismiga asosan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib,  jarima qo‘llanildi. Huquqbuzar bu holatni qayta takror etmasligini va chin dildan pushaymon ekanligini bildirdi. jizzax viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati
Hammasini ko'rsatish...
Jizzax  viloyati Ekologiya, atrof - muhitni muhofaza qilish va iqlim  o‘zgarishi boshqarmasi tomonidan, belgilangan rejaga muvofiq targ‘ibot  tadbirlari davom etmoqda. Jumladan, joriy yilning 3-may kuni boshqarmaning majlislar zalida boshqarma xodimlari o‘rtasida  “Korrupsiyaga qarshi kurashishda barcha mas’uldir” mavzusi asosida davra suhbati o‘tkazildi.   Tadbirda, korrupsiya – taraqqiyot kushandasi, xavfsizlikka tahdid tug‘diruvchi xavfli jinoyat ekanligi, bu illatga qarshi kurashish faqatgina tegishli organlarning emas,  balki barchaning ishi bo‘lishi zarur ekanligi,  shundagina har bir fuqaro ushbu xavfni bartaraf etishda o‘z hissasini  qo‘shgan deb hisoblanishi mumkinligi  barcha xodimlarga tushuntirildi. Yig‘ilishda, Boshqarma xodimlariga korrupsion holatlar, yani ta’magirlik, poraxo‘rlik, firibgarlik, xizmat vakolatini suistemol qilish kabi jinoyatlarni sodir etilishini oldini olish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 31-dekabrdagi “Korrupsiyaga oid xuquqbuzarliklar xaqida xabar bergan yoki korrupsiyaga qarshi kurashishda boshqa tarzda ko‘maklashgan shaxslarni rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risida”gi nizomni tasdiqlash xaqidagi 829-sonli qarori yuzasidan qo‘shimcha tushunchalar berildi. Bundan tashqari, bugungi kunda mamlakatimizda ma’sul mansabdor davlat xizmatchilari tomonidan sodir etilayotgan korrupsion holatlarni keltirib chiqaruvchi omillari va ularning oqibatlari va o‘z navbatida korrupsiyani oldini olish бодрости olib borilayotgan murosasiz chora-tadbirlar xususida to‘xtalib o‘tildi. Jizzax viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati
Hammasini ko'rsatish...
#IjtimoiyRolik 🔘 “Tozalanadigan emas, chiqindi tashlanmaydigan joy pokizadir” ———— «Чисто не там, где убирают, а там, где не сорят» 🌐 Veb-sayt |✝️ Telegram|☮️ Facebook|💟 Instagram|☸️ YouTube
Hammasini ko'rsatish...
Korrupsiya – taraqqiyot kushandasi Hurmatli viloyatimiz fuqarolari va tadbirkorlari! Agarda siz ekologiya sohasidagi korrupsiоn holatlarga guvoh boʼlsangiz, ekologiya xodimlari sizdan noqonuniy talablarni qo'yib pul yoki moddiy ko'rinishdagi narsalarni talab qilganlik holatlariga duch kelsangiz, Jizzax viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasining Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassisiga murojaat qilishingiz so'raladi. Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassis Ikrom Abdumajidovning tel. raqami 📲 tel: 93-307-15-51 МUROJAATLAR TO‘G‘RISIDAGI MAʼLUMOTLAR SIR SAQLANISHI KAFOLATLANADI. Jizzax viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati
Hammasini ko'rsatish...
Rasmiy munosabat Ijtimoiy tarmoqlarda Baxmal va Zomin tumanlaridagi tog‘ va qir-adirliklarga kirish pulli bo‘lganligi mazmunida tarqalgan xabar yuzasidan Jizzax viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi quyidagilarni ma’lum qiladi: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "O‘simlik dunyosi ob’yektlaridan foydalanishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi 2015-yil 30-sentyabrdagi 278-son qaroridagi O‘rmondan foydalanganlik uchun to‘lovlar miqdorini va ularni undirishni tartibga solish to‘g‘risidagi nizom ilovasining 5-bandida davlat o‘rmon fondi uchastkalaridan madaniy-ma’rifiy, tarbiyaviy, sog‘lomlashtirish, rekreasion va estetik maqsadlarda foydalanish uchun yuridik va jismoniy shaxslar uchun 1 sutkaga bazaviy hisoblash miqdoriga nisbatan 0.05 koeffisiyenda belgilanishi ko‘rsatib o‘tilgan. Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-yanvardagi "Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarda bo‘lishni tartibga solishning ayrim masalalari to‘g‘risida"gi 13-sonli qarorining 3-bandida Muhofaza etiladigan tabiiy hududlarda bo‘lish uchun har bir tashrif buyuruvchi uchun sutkasiga bazaviy hisoblash miqdorining 5 foizi miqdorida amalga oshiriladi, deb belgilab qo‘yilgan. Shunday ekan, muhofaza etiladigan hududlarga tashrif buyuruvchilar tomonidan bazaviy hisoblash miqdorining 5 foizi miqdorida belgilangan to‘lov summasining to‘lanishi O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligi asosida belgilab qo‘yilganligini ma’lum qilamiz. Jizzax viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati

Tibbiyot muassasalarida chiqindilar holati o‘rganilmoqda Jizzax viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi Chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish shu’basi tomonidan tibbiyot muassasalarida chiqindilarni belgilangan joyga tashlash, ularni tartibli joylashtirish, shuningdek, boshqa ekologik holatlar nazorat qilinmoqda. Zarbdor tumanidagi tibbiyot muassasalarda ekologik holat o‘rganilganda, tumanning "Sharq yulduzi" MFY hududida joylashgan tibbiyot muassasasida tibbiyot chiqindilarini maishiy chiqindilar bilan aralashtirib joylashtirilganligi aniqlandi. Ushbu holat qonunchilikdagi me’yorlarga zid bo‘lganligi tufayli ushbu huquqbuzarlik holatiga yo‘l quygan fuqaroga ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi va BHMninguch baravari miqdorida jarima belgilandi. Jizzax viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati
Hammasini ko'rsatish...