cookie

Sizning foydalanuvchi tajribangizni yaxshilash uchun cookie-lardan foydalanamiz. Barchasini qabul qiling», bosing, cookie-lardan foydalanilishiga rozilik bildirishingiz talab qilinadi.

avatar

Bayanul lisan

• Arab tilini bayon qiluvchi ilmiy-ommabop sahifa! • Youtube'dagi sahifamiz: https://youtube.com/channel/UCKXZxbKZ91dh1A9NzIvl4qw @nahviy_savollarga_javobbot Bog‘lanish uchun: @Bayanul_lisan_bot yoki @Bayanullisan_admin

Ko'proq ko'rsatish
Reklama postlari
4 598
Obunachilar
-324 soatlar
+527 kunlar
+7430 kunlar

Ma'lumot yuklanmoqda...

Obunachilar o'sish tezligi

Ma'lumot yuklanmoqda...

Photo unavailableShow in Telegram
Tarjimaga urinib koʻring. Izohlarda yozib qoldiring.
Hammasini ko'rsatish...
👍 14 2
#Savolga_javob (147) Mahzuf zarfning sifati Savol: «Assalomu aleykum هم يقرؤون كثيرا jumlasidagi كثيرا ni قراءة ga sifat qilsak jinsda moslashmiydiku, boshqacha masdrarlardayam shu holatda nima bo’ladi?». ❗️Javob: Bu o‘rinda كثيرا ni mahzuf zarfi zamonning sifati deb e’roblagan ma’qul. Shunga ko‘ra, gap aslida: يقرؤون وقتا كثيرا - «Ko‘p (vaqt) o‘qiydilar» deb tushuniladi. Arabcha tahlilda bunday deyishingiz mumkin: كثيرا: نعت لظرف زمان محذوف تقديره: وقتا كثيرا. والله أعلم @nahviy_savollarga_javobbot
Hammasini ko'rsatish...
👍 9🔥 8
#Savolga_javob (146) Sabab va atf فَـ si Savol: «Assalomu alaykum va rohmatullohi va barokatuh. Savol: كسرت الزجاج فانكسر jumlasidagi "fo" ni tarkibda nima deyiladi?». ❗️Javob: Bu yerdagi فَـ sababni ifoda etuvchi atf harfidir. Ya’ni فَـ dan keyingisi oldingisining natijasida vujudga kelganini bildiradi. Odatda bu فَـ jumlalar orasida kelsa, shu ma’noni anglatadi. Arabcha tahlil qilganda bunday deyishingiz mumkin: الفاء هنا: حرف عطف للترتيب مع التعقيب ويفيد السببية أيضا، مبني على الفتح لا محل له من الإعراب. @nahviy_savollarga_javobbot
Hammasini ko'rsatish...
👍 6🔥 5
اختر كلمة مناسبة للتعريف: وصفُ الغيرِ بما فيه نَقْصٌ وازدراءٌ.Anonymous voting
  • أ) الشتم
  • ب) البهتان
  • ج) النميمة
  • د) العجب
0 votes
👍 2🔥 2
Biz ham qiziqmizda! Nega «ayollar» deb qo‘ya qolmasdan, «ayol kishilar» deymiz?! Bugundan boshlab «ayol kishilar» deyilmasin, «ayol ayollar» deyilsin! 😅
Hammasini ko'rsatish...
😁 58👍 6🔥 1
Arab tilidan sovigan xonim - Tildan shu qadar oson voz kechgan odamni birinchi bor ko‘rishim. - Qadrini tildagi jinsning qo‘llanishidan qidirgan jins vakilasini birinchi bor uchratishim. - Ko‘rsatish olmoshlari ichida muzakkar ko‘plik uchun alohida, muannas ko‘plik uchun alohida lafz borligini birinchi bor eshitishim (ikkisiga ham أولائك edi shekilli). Yashayversak, bunday ma’nisiz «birinchilar»ni ko‘raveramiz chog‘i. Ha, mayli, muddaoga o‘tay: tushunishimcha, post sohibasi Oliy ta’lim bosqichida 3 yil arab tilini o‘rganib, qandaydir darslikda kelgan (qaysi darslik ekani yozilmagan) mavhum ma’lumot tufayli arab tilidan manguga sovigan ekanlar. Arab tilidan sovinishlariga sabab bo‘lgan ma’lumot ham qiziq: «Ko‘rsatish olmoshi mavzusi... Agar uzoqda turganlar erkaklar va ayollardan iborat bo‘lsa, muzakkar olmosh ishlatiladi. Hatto orasida bitta erkak, qolganlari ayoldan iborat bo‘lsa ham». Oliy ta’limda 3 yil arab tilini o‘qib, biroq ko‘plikka dalolat qiluvchi ko‘rsatish olmoshlari jinsga ajratilmasligini bilmaydigan talabadan qutulganiga bu til quvonchdan sakragan bo‘lar edi. Lekin, afsus, uning oyoqlari yo‘q-da. «Aqlsizlar muannas birlikka teng» degan qoidani keltirib, bu tildan xafa bo‘ldim, desangiz ham tushunar edim. Chamamda, muhtarama xonim kishilik olmoshi bilan ko‘rsatish olmoshini chalkashtirib yuborganlar. Shunda ham bu ma’lumot to‘g‘ri emas. Arab tilida xitob qilinayotganda tinglovchilarning aksari ayol kishi bo‘lsa, kishilik olmoshini muannas jinsda aytish mumkin. Hozir ham arablar shunday gapiradi. Eng qizig‘i post bunday tugatilgan: «Mana shunaqa, azizlar, til milliy ruhni yaqqol ifodalaydigan bayroqdir». Iya, sal oldin erkak aralash ayollarga muzakkar jinsda xitob qilinishini qat’iy qoralagan qiz (yo ayol deymi) dugonalariga qarata «azizlarim» deyishi g‘alati emasmi? Ayol-qizga nisbatan «azizam», erkakka nisbatan «azizim» demasmdik!? O‘zi umuman tilda jinsning qanday qo‘llanishi o‘sha jins vakillariga (vakilalari demaganim uchun uzr) bo‘lgan munosabatni to‘liq ifodalamaydi-ku. Mutanabbiy aytganidek: وما التأنيثُ لاسمِ الشّمسِ عَيبٌ. ولا الـتّـذكــيـرُ فَـخْـرٌ لــلـهِـلالِ. «Ayb emas muannaslik quyosh nomiga, Faxr emas hilolga muzakkar bo‘lmoq!» Ya’ni: arab tilida «shams» (quyosh) so‘zining muannas - ayol jinsi ekani unga ayb emas. «Hilol» (yangi chiqqan oy)ning muzakkar - erkak jinsiligi esa u uchun faxr emas. Oydan buyuk va mahobatli quyosh muannas ekan! Hurmatli ayol-qizlar, agar qadringizni arab tili gramatikasidan topmoqchi bo‘lsangiz (o‘zi bu g‘alati), marhamat: - siz quyoshsiz, biz oymiz; - siz ham jannat, ham olovsiz; - haqiqat ham, majoz ham sizda; - butun davlat sizsiz; - sizda uch alomat bor, bizda hech alomat yo‘q; - siz umuman, biz xususan iste’moldamiz. - siz... - siz... - siz... Endi ham arab tili ko‘nglingizga qahraton olib kiradimi?! @Bayanul_lisan
Hammasini ko'rsatish...
Bayanul lisan

Arab tilidan sovishga ajoyib sabab ;)

👍 39😁 29 3
Photo unavailableShow in Telegram
Arab tilidan sovishga ajoyib sabab ;)
Hammasini ko'rsatish...
😁 28👍 2🔥 2
Qaysi gapda xato bor?Anonymous voting
  • أ. كَـــانَــتْ مَــرْيَــمُ طَــالِــبَــةً فِي جَــامِـعَـةِ الْقَـــاهِــرَةِ.
  • ب. طَشْقَنْدُ عَــاصِمَـةُ أوزبكـسـتــانَ.
  • ج. هَـذَانِ الْمُـعَـلِّـمَـــانِ يُدَرِّسُ فِي مَـدْرَسَــةِ حِـيِّـنَـــا.
  • د. كُــونِــي رَحِــيــمَـةً وَ احْتَـرِمِــي وَالِـدَيْــكِ!
0 votes
👍 10 1
#Savolga_javob (145) Mushtaqqa o‘xshash jomid - سماء Savol: «Assalomu alaykum ustoz. Agar سماء sózining asosi سما يسمو desak shunda سماء jomid soz emasmi». ❗️Javob: Bir ism mushtaq bo‘lishi uchun unda fe’lning ma’nosi yaqqol namoyon bo‘lishi, aytilganda o‘sha fe’l ham ism bilan birgalikda tushunilishi kerak. Masalan: 1. «Kuluvchi» (الضاحك)dan «kulish» (الضحك); 2. «Hurmatli» (المحترَم)dan «hurmat (qilish)» (الاحترام); 3. «Sergap» (المقوال)dan «gapirish» (القول); 4. «Chiroyli» (الجميل)dan «chiroy(li bo‘lish)» (الجمال); 5. «Chizg‘ich» (المسطرة)dan «chizish» (السطر); 6. «Ozroq» (الأقل)dan «oz bo‘lish» (القلة); 7-8. «Botish joyi - yoki - vaqti» (المغرب)dan «botish» (الغروب) bittada tushuniladi. Biroq «osmon» (السماء)da bunday emas. To‘g‘ri, u «ko‘tarildi» (سما) ma’nosidagi fe’ldan yasalgan. Lekin سماء so‘zi tilga olinganda «ko‘tarilish» (السمو) ma’nosi muhim ahamiyat kasb etmaydi. Menimcha, سماء - jomidga aylangan mushtaq ism. Xuddi شارب (mo‘ylab) kabi. Arablar tepada turib, narsalarni soyasiga olgan har qanday jismga «samo» degan. Shu bois shiftni ham سماء deb nomlaganlar (Javhariy, «As-Sihoh»). Bu so‘z aslida فَعَال vaznidagi sifati mushabbaha (ya’ni mushtaq) bo‘lib, arablar uni jomidi zot tarzida ishlatganlar. Agar shu mantiq to‘g‘ri bo‘lsa, سماء ni sifat qilib aytish mumkin bo‘ladi (biroq bunga shohid topa olmadim), masalan: شيءٌ سماءٌ - «yuqorilagan (ya’ni tepamizdagi) narsa». Xulosa: qachon سماء so‘zi «osmon» ma’nosida kelsa, jomid, qachon «yuqorilagan» ma’nosida kelsa, mushtaq ism sanaladi. O‘xshash savol-javob: https://t.me/Bayanul_lisan/1468. @nahviy_savollarga_javobbot
Hammasini ko'rsatish...
👍 23🔥 5
#Savolga_javob (144) Jumhur va muhaqqiqlar kim? Savol: «Assalomu alaykum Ustoz. Nahu borasida jumhur va muhaqqiq ulamolar deyilganda qaysi ulamolar nazarda tutiladi?». ❗️Javob: «Jumhur» (الجمهور) lug‘atda «ko‘pchilik» degan ma’noni anglatadi. Ilmiy atamada ham shu ma’noda qo‘llaniladi, ya’ni biror masalada xilof chiqqanda ko‘pchilikni tashkil etgan taraf «jumhur»dir. Jumhurni muayyan olimlar tashkil etmaydi. Jumhur kim ekani ixtilof qilingan masala o‘rganilgach ma’lum bo‘ladi. Bir masalada jumhur tarkibiga kirgan odam, boshqa masalada jumhur qarshisida turishi mumkin. Ba’zida jumhur so‘zi shaxslarga emas, mazhablarga nisbatan ishlatiladi. «Muhaqqiq» (المحققون) - muayyan fanni puxta o‘zlashtirgan, ixtiloflarni tahlil qilib, ijtihodi bilan xilofli masalalardagi taraflarning birini rojih, boshqasini marjuh deya oladigan olim. Umuman olganda biror fanga oid ilmiy kitob yoza olish salohiyatidagi barcha o‘sha fanning muhaqqiqi sanaladi. Muhaqqiqlar deyilganda ham xuddi jumhur kabi turli kishilar nazarda tutiladi. Masala o‘rganilgach muhaqqiqlar kim ekani aniq bo‘ladi. Masalan, jumhurga ko‘ra yoki muhaqqiqlarga ko‘ra, kalima uchga bo‘linadi, deyilsa, Abu Ja’far Ahmad ibn Sobirdan boshqa barcha olimlar - agar bu borada fikr bildirgan bo‘lsalar - jumhur yoki muhaqqiqlar sanaladilar. Demak «jumhur - yoki - muhaqqiqlarga ko‘ra» degan iboralar aytilayotgan fikrning kuchli ekaniga ishora qilish uchun qo‘llaniladi. @nahviy_savollarga_javobbot
Hammasini ko'rsatish...
👍 6🔥 4
Boshqa reja tanlang

Joriy rejangiz faqat 5 ta kanal uchun analitika imkoniyatini beradi. Ko'proq olish uchun, iltimos, boshqa reja tanlang.