cookie

Sizning foydalanuvchi tajribangizni yaxshilash uchun cookie-lardan foydalanamiz. Barchasini qabul qiling», bosing, cookie-lardan foydalanilishiga rozilik bildirishingiz talab qilinadi.

avatar

𝐇𝐈𝐊𝐎𝐘𝐀𝐋𝐀𝐑 𝐃𝐔𝐍𝐘𝐎𝐒𝐈 | 𝚛𝚊𝚜𝚖𝚒𝚢

#Dili_me🦋 «Doğru insanı yanlış zamanda bulmak birine verilen en büyük ceza olmalı». @Dili_me_katalogi https://t.me/Hikoyalar_dunyosi_2024 Reklama: @Hikoyalar_rek Bot: @hikoyalar2023bot Muallif: @SdcYagmur 11.01.2023💗

Ko'proq ko'rsatish
Reklama postlari
407
Obunachilar
-524 soatlar
-127 kunlar
+5130 kunlar

Ma'lumot yuklanmoqda...

Obunachilar o'sish tezligi

Ma'lumot yuklanmoqda...

00:10
Video unavailable
Bu sahnani yozishni besh oy kutdim men😂❤️ #Dili_me🦋 @Hikoyalar_2023❤️‍🔥🪶
Hammasini ko'rsatish...
9.71 MB
Kim Mister Niqobning aslida kim boʻlib chiqishini toʻgʻri taxmin qilgan boʻlsa, kommentariyada kutaman😁❤️‍🔥
Hammasini ko'rsatish...
Assalomu alaykum, aziz obunachilarim. Mana, yangi qism ham keldi. Koʻnglingiz toʻladi deb umid qilaman. Fikr va rekasiyalaringizni kutib qolaman😊❤️‍🔥
Hammasini ko'rsatish...
-Indila, qorlarni erit-deb baqirdim. Indila aytganimni qildi. Qoʻlidagi olovlarni yerdagi qorlarga tutdi. Qorlar suv boʻlib eriy boshladi, ammo muammo shundaki, Glorianing oyogʻi yerga tegmayotgandi. -Menga qara, River qayerda?-deb soʻradim Epsilondan chalgʻitish uchun. Uning butun diqqati esa Gloriada edi. Gloria qizarib ketgandi. Epsilon menga oʻgirilib qaragan zahoti Gloriani oyoqlaridan oʻzimga tortdim. Epsilonning qoʻlidan chiqib toʻgʻri mening ustimga yiqildi. Ikkimiz erigan muzdek qorlar ustiga tushdik. Boshqa payt boʻlganda kula olardim, ammo hozir mavridi emas. Shu zahoti Gloria sergak tortdi va oʻrnidan sakrab turdi. Epsilon bu safar Riverning qilichini Indilaga toʻgʻri koʻtargandi. -Menga uning yuragi kerak-dedi Epsilon. Ming lanʼat! Indila oʻlsa, men ham oʻlaman. Birdan Indilani oʻziga tortdi. Indilaning orqasi uning koʻksiga tegdi. Men esa ortimga qaradim. Nega hamma jim turibdi? Hammasi birdan yerga tap-tap etib yiqilganini koʻrdim. Xudoyim, ularga nima qilishyapti oʻzi? Faqat Aroye turgandi. -Yordam ber, Aroye-dedim. U esa turaverdi. -Taqdirni oʻzgartirishga haqqim yoʻq, Lara-dedi. Rostdan bahonasi shumidi? -Ryanga zarar bera olmaydi...-dedim oʻzimga. Epsilon Ryanning tanasida edi va Aroye Ryanga zarar bera olmasdi. Ming lanʼat! Bu bahona boʻla olmaydi. -U oʻlsa, Ryan ham oʻladi-dedi Aroye. Bu gapiga Epsilonning sovuq qahqahasini eshitdim va ularga qaradim. Shu zahoti Indilaning orqasidan qoʻlini chap tomoniga suqqanini koʻrdim, buni qanday qildi, bilmayman, ammo birdan mening chap koʻksimda ham ogʻriq turdi. Bu ogʻriq juda yomon. Xuddi oʻsha kuni yuragim sugʻurilayotgandagi kabi. Bilmayman, lekin birdan Glorianing hissiyotlarini oʻqiy boshladim. Xavotir va qoʻrquv, ammo menga qaramayotgandi ham. Indilaga qarayotgandi. -Toʻxtat!-dedi Gloria. Chorasizlik bilan qoʻlini har tarafga harakatlantirishga urindi, ammo qila olmadi. Menimcha, vaqtni toʻxtatishga urinayotgandi, ammo kimdir toʻsqinlik qilayotgandi. Aroye. Bizga yordam beryaptimi yoki zararmi? -Toʻxtat!-dedi Indilaga qarab. Epsilon esa sovuq bir qahqaha otdi. -Rejang ish bermadimi? Uni uzoq tuta olmadingmi?-dedi Gloriaga. Nimalar deyapti oʻzi? Ming lanʼat! Bu ogʻriqqa chiday olmayman, ammo Indila nega haykaldek turibdi? -Bularning boʻlishini taxmin qilgansan, toʻgʻrimi? Axir juda aqllisan. Qadrli opajoningdan nafratlangandek tutib uni boshqa joylarga joʻnatib yuborishmidi fikring?-dedi kulib. Nimalar deyapti? -Laraga uni oʻldir deganimda aslida bu sening sinoving edi, Gloria-dedi Epsilon. -Sen Lara Indilani oʻldirishidan qoʻrqqaning uchun bunga toʻsqinlik qilding. Shu bilan birga Indila hech kimsiz qolardi va ketardi. Bu yerda boʻlganlardan xabari ham boʻlmasdi. Shundaymi? Sen aslida Ryanning tanasida ekanimni ham taxmin qilganding, toʻgʻrimi?-deb kuldi. -Aqllisan, ammo bu safar yanglishding-dedi. Yaʼni Glorianing hamma harakatlari bu boʻlayotganlardan Indilani uzoq tutishmidi? Ammo nega? -Toʻgʻri-dedi Gloria. Birinchi marta ovozida chorasizlik bor edi. -Hammasi toʻgʻri. Haqsan, faqat unga hech narsa qilma!-dedi. Qoʻllarini toʻxta degandek yuqoriga koʻtargandi. -U kuchlaridan foydalanmaydi, soʻz beraman, faqat uni qoʻyib yubor. Senga qarshi turmaydi-dedi Gloria. Gloria Indila uchun Epsilon ruhiga yalinayotgandi. -U holda, seni oʻldiraman-deb kuldi Epsilon. -Roziman, faqat unga tegma-dedi Gloria. Nimalar deyapti? Hech oʻylab oʻtirmay bunga javob bergandi. -Yoʻq, u yashashi kerak-dedi Indila. Endi ogʻriq paydo boʻlgandek yuzini burishtirayotgandi. Yoʻq, Epsilonga boshqa narsa kerak edi, ammo nima? -Senga nima kerak oʻzi?-deb baqirdim ogʻriqdan. -Riverning oʻlimi-dedi. -Ammo nega?-deb baqirdim. U esa endi menga qaragandi. -Hali ham tushunmadingmi? Menga sen yoki boshqa biri kerak emas. Menga Riverning tanasi kerak. Menga abadiylik kerak!-dedi. Ammo River abadiy yashay olmasdi. -River oʻzini faqat oʻzi oʻldira oladi, shuni tushunyapsanmi? Shuning uchun oʻsha kecha qilichni sen sanchishingni kutmay, oʻziga oʻzi sanchdi, chunki sen qilganingda shunchaki yaralanardi-dedi.
Hammasini ko'rsatish...
-Ryan akamni topishimiz kerak-dedi Gloria tezda oʻzini qoʻlga olgancha. Birdan qayerdandir qarsak ovozi eshitildi. Ikkimiz ham oʻsha tomonga qaradik. Ryan... Ming lanʼat! U Ryan emas, Epsilon. -Akamning tanasidan chiq!-dedi Gloria. Bunga javoban Epsilon qahqaha otdi. -Uning tanasida umrbod qolmayman, xavotir olma!-dedi iljayishda davom etib. -Ablah!-dedi Gloria. -Bilasanmi, Ryan tanasidan chiqqan paytlarimda qay ahvolga tushdi?-deb kulib biz tomonga kela boshladi. -Oʻzini aqldan ozgan deb hisoblay boshladi-deb qahqaha otdi. -Oʻzidan shubhalana boshladi va River bilan gaplashishga urindi, ammo tanasi mening ixtiyorimda edi. Qila olmadi. Oʻzining kim ekanini anglaganida esa Aroyeni bahona qilib saroydan ketdi. Ahmoq! Istaganimda tanasiga hukmronlik qila olishimni unutdi-deb kulishda davom etdi. Uchalamiz maydon oʻrtasids turgandik. Sariq qumlar ustiga oppoq qorlar yogʻgandi. Nafas olganda ogʻzimizdan tutunlar chiqayotgandi. -Lara!-degan uzoqdan kelgan ovozlarni eshitdim. Ming lanʼat! Ular bu yerda boʻlmasligi kerak. Ortimga oʻgirilib qaradim. Dark, Eymer, Amelia, Jerald, Aroye shu yerda edi. Yoʻq, yoʻq, ularni bu yerga chaqirmagandim. Epsilon aqlimni oʻqigandek gapira boshladi. -Ularni men chaqirdim, La-ra-dedi, lekin bu safar Ryanning ovozida gapirayotgandi. -Gloria!-degan ovoz eshitildi. Gloria orqasiga oʻgirilib qaradi. Indila edi. Hamma Lara deb kelgandi, ammo Indila Gloria deb kelgandi. -Jin ursin!-dedi Gloria oldiga oʻgirilib. Nega bunday deganini tushunmagandim. -Opajoning sendan boshqa hech kimga bu qadar yugurib kelmasdi, Gloria, xafa boʻlmaysan!-dedi Epsilon. U nimalar deyapti? Axir Indila va Gloria bir-biridan nafratlanadi. -Ahmoq-dedi Gloria. Keyin esa Indilaga oʻgirilib qaradi. -Ket bu yerdan, jodugar!-dedi qoshlarini chimirib. Gloria undan nafratlangandek qarayotgandi, ammo tuygʻulari aksini aytayotgandi. Ming lanʼat! Gloria Indiladan xavotir olyaptimi? -Ketolmaydi, u menga kerak-dedi Epsilon. Keyin bir qoʻl harakati bilan Indilani oʻz oldiga olib keldi. -Menga uning yuragi kerak!-dedi. Indila birdan qoʻllarida olovlarni paydo qildi. Men ham unga otilishga urindim, ammo joyimdan qimirlay olmadim. Jeraldga qaradim. -Jerald, meni qoʻyib yubor!-dedim. -Hayotingni xavf ostiga qoʻya olmayman, soxta malika!-degancha meni oʻz tomoniga yurgiza boshladi. Oyoqlarim istamasam ham, Jerald tomon keta boshladi. -Agar qarshilik qilsang, singlingni oʻldiraman!-degan Epsilonning ovozi bilan ular tomonga qaradim. Nega hech kim joyidan qimirlamay turibdi? Shu zahoti Glorianing boʻynidagi tumorini uzib oldi. Gloria nega hech narsa qilmay turibdi? Ming lanʼat! Uni boshqaryaptimi? Ammo qanday? Atrofda yana kimningdir energiyasi sezilyapti. Rohibalar? Ular afsun soʻzlari bilan sehrlardi, shundaymi? Demak, kimdir bizni soʻzlar bilan ushlab turibdimi? Epsilon Gloriani oʻziga tortdi va boʻgʻizladi. Gloria javob qaytara olmayotgandi. Qoʻllari ham qimirlamayotgandi. Ming lanʼat! Gloriani boʻgʻa boshladi. -Rohibalar nimadan choʻchiydi?-deb soʻradim yonimdagi Ameliaga. -Ular...-deb toʻxtab turdi. -Suvdan!-dedi. Ming lanʼat! River bu yerda emas. Bu yerda boʻlmagani ham yaxshi. Bu Epsilon degan ablah uni oʻldirishga urinyapti. Kelmagani yaxshi. Suv topishning bir yoʻli bor. Kitoblarda oʻrgangan afsunlarimdan birini qoʻllashga urindim. -Shahzoda Jerald, mening ixtiyorim sizda, toʻgʻrimi?-dedim. -Shunday-dedi. -U holda qoʻlimni qimirlatishimga izn bering-dedim. -Faqat qoʻling-dedi. Qoʻlimni qimirlata olganimni sezdim va askarlar ichadigan bochkadagi suvlarni afsun bilan yaqinimizga olib keldim. Keyin hammamizning ustimizga quydim. Ha, bu ahmoqlikni qildim. Chunki bizni rohibalar boshqarayotgandi va bu holatda bizning shalabbo boʻlganimiz ularning qoʻl-oyogʻini bogʻlab qoʻyardi. Ustimizdan muzdek suv quyilganda sergak tortdim. Jeraldning diqqati tarqalgan zahoti Gloria tomonga yugurdim. Ustim shalabbo edi, yana qish faslining oʻrtasida. Sovuq qota boshladim, ammo bu hozir muhim emas.
Hammasini ko'rsatish...
Oʻzimning ham ishongim kelmayotgandi, ammo bu haqiqat edi. Riverning menga qarab turgan zimiston koʻzlariga men ham gʻarq boʻldim. Unda esa paydo boʻlgan yana bir tuygʻuni sezdim: Sevgi. Boyadan beri unda qidirayotgan tuygʻum shu edi. -Badaningni berishga rozimisan?-deb soʻradi Epsilon undan. River u tomonga oʻgirildi. Shu zahoti afsunni ayta boshladim. Ey oliy Xudo, menga ikki dunyo eshiklarini och. Ruhim va badanim uchun eshiklar ochilsin. Vaqt suvdek oqib oʻtsin, zamonlar almashsin!-dedim. Birdan suv donachalari koʻtarildi va girdob ochildi. -Yoʻq!-degan Epsilonni esa kimdir oʻziga qaratdi. -Sen endi menikisan-degan Aroyening ovozi edi bu. U nima boʻlishini bilardi va jimgina kutgandi. Uning roʻli esa endi boshlangandi. Shu zahoti Epsilonni oʻziga oʻgirdi, ammo Epsilon gʻazablangani uchun qoʻlidagi qilichni birdan Aroyega sanchdi. Ming lanʼat! Bu qiz telba. U oʻlmaydi-ku. Tezda Riverning qoʻlidan ushladim va uni ochilgan girdobga tortdim. Portal ochgandim. Oʻz zamonamga va Riverni oʻzim bilan olib ketardim. Biz bilan birga Epsilon ruhi ham Ryanning tanasidan chiqib, ortimizdan kelardi. Bu zamonda qolganlar mening zaif tomonlarim edi va ular boʻlmasa, bu kurash biroz osonlashardi. Riverni esa yolgʻiz tashlab keta olmasdim. Boʻlgan ishlardan keyin aslo buni qilmasdim... Davomi bor... #Dili_me❤️ @Hikoyalar_2023🦋
Hammasini ko'rsatish...
👍 1
Nima? Yaʼni u Riverning tanasida yashashni istaydi va shu holda uni hech kim oʻldira olmaydi, shundaymi? Ammo Riverning tanasini olishi uchun Riverning izni kerak. Shunday emasmi? Riverning ruxsatisiz kira olmaydi. -Men uni koʻndira olaman-dedim. Gʻirt yolgʻon! Sevgan odamimning tanasini unga berib qoʻyadigan ahmoq yoʻq! -Senga tanasini berishiga koʻndira olaman. Sen hech kimga hech narsa qilmaysan, tushunarlimi?-dedim. -Senga qanday ishonishim kerak?-dedi. -Soʻz bermayman, Riverni koʻndiraman-dedim. -Bu qanchalik ishga yarashini bilasan. Oʻtgan safar shuning uchun oʻzimni oʻldirishga ham tayyor edim-deb uni ishontirishga harakat qildim. -Indila va Gloriaga hech narsa qilma-dedim. -Senga ishondim ham deylik, uni qanday koʻndirasan?-dedi. -Zotan, meni eng boshidan beri bu yerga Riverni koʻndirish uchun olib kelmadingmi?-deb soʻradim. Mening bu oʻyinda hech qanday roʻlim yoʻq edi. Men shunchaki bir piyoda edim. Men bilan Riverga tahdid qilardi va Riverni koʻndirardi. Eng boshidan River bilan bir-birimizni sevishimizni bilgandek edi. Men vaqti kelganda yiqiladigan bir piyoda edim bu oʻyinda, ammo River shaxmat taxtasining oʻzginasi edi. Ming lanʼat! Bu oʻyinlarning hammasi Riverning tanasi uchunmi? Abadiylik uchunmi? -Aqllisan, La-ra-deb kuldi. Keyin esa qoʻlini Indilaning yuragidan tortdi. -Kutaman-dedi. Ahmoq! Indila yerga yiqildi, mendagi ogʻriq esa gʻoyib boʻldi. Indila yerga yiqilgan zahoti Gloria u tomonga bordi va Indilani ushlab qoldi. Hech kutmagan bir onimda Indilani bagʻriga bosdi. Chuqur nafas oldi. Keyin menga qaradi. Men unga bosh chayqadim. Riverga zarar bermasligimni bilishini istardim. -Men Riverning yoniga boraman-dedim. U esa bu gapimga qahqaha otdi -Uning qayerda ekanini bilasanmi oʻzi?-dedi. -Safarga...-deb jim boʻldim. River safarda emasdi, shunday emasmi? Ming lanʼat! -U qayerda?-dedim. -Eng katta qoʻrquvining yonida-deb javob berdi. Eng katta qoʻrquvi nima edi? Oʻzimga yana bir bor laʼnatlar oʻqidim. U men haqimda hamma narsani bilardi, ammo men u haqida hech narsa bilmasdim. Ming lanʼat! Men qanday odamman oʻzi? -Bilmaysan-dedi u esa. -U haqida hech narsani bilmaysan-dedi. Bu gapi yuragimga xanjar misoli sanchildi. Haq edi. Bilmasdim. -Qayerda u?-dedim jiddiylik bilan. -Zindonda...-degan javobni oldim. Riverning eng katta qoʻrquvi nega zindon boʻlsin? Ming lanʼat! Shuning uchun bu yerga kelganimda 'zindonga tashlataman!' deb turarmidi. Sababini soʻraganimda esa jim qolgandi. Notoʻgʻri savol berdim deb oʻylagandim. Tezda hammani oʻsha yerda tashlab zindon tomonga yugurdim. Kichik eshik qarshisiga kelganda eshikni ochdim va zinalardan pastga tushdim. U qayerda? Zindonlar boʻsh edi, faqat bittasidan ovoz kelayotgandi. Eshiklari temirdan boʻlgan zindondan. Koʻrinmayotgandi, ammo ovozlar kelayotgandi. Oʻsha tomonga yugurdim va eshik kalitini qidira boshladim. Eshik ustiga ilingan kalitni koʻrdim va olib ochdim. Koshki, ochmasaydim. Buni koʻrmaganim yaxshi edi. Ochgan zahotim menga qaradi. Qornidan qon oqayotgandi, ammo hali ham yashayotgandi. Buni oʻzi qilmagandi. Quloqlarini qoʻllari bilan yopgancha oʻtirgandi. Zimiston koʻzlari bilan menga qaradi. Yuragim parcha-parcha boʻlganini his qildim. Meni deb shu holatda edi. Unga ishonganimda bunday ahvolga tushmasdi. -Maktublar eshik tagidan tashlanadi, Lara, tashla va ket-dedi. Maktubmi? Qanaqa maktub? Ichkariga kirdim. Uning yoniga borib oʻtirganimda yarasiga eʼtibor bermay, mendan uzoqlashdi. Sal nariroqqa borib oʻtirdi. Men uni har tomonlama sindirgandim. -Men bilan borishingiz kerak-dedim. -Ket-dedi. Shunchaki ket dedi, xuddi aytadigan soʻzlariga ham arzimaganimdek. Juda ham yomon ahvoldaman. -Meni kechiring-dedim. Hayotimda hech kimdan kechirim soʻramagandim. Bu birinchisi edi. Hammaga 'afsusdaman' derdim, ammo 'kechiring' deb aslo aytmagandim. -Meni kechiring-deb takrorladim. Meni deb shu ahvolda edi. Uni eshitishim kerak edi. U meni butun kamchiliklarim bilan sevgan yagona inson edi, lekin men unga ishonmagandim. Unga bir xato ekanini his qildirgandim.
Hammasini ko'rsatish...
Shuning uchun faqat kutayotgandi. Deyarli yarim soat oʻtgandi, ammo oʻzgarish yoʻq edi. Oʻrnidan turdi. Qoʻlidagi tuproqni tashladi va qorda gʻarch-gʻarch tovush tushirib oʻz saroyi tomon yura boshladi. Oʻziga jazo berish maqsadida otda emas, piyoda kelardi. Chunki oyoqlari Sindiga yetisha olmagandi. Oʻzini oʻldirish chogʻida unga qarshilik solish uchun yetib bora olmagandi. Ketgandi, eng muhimi, shu oyoqlari bilan uni tark etgandi. Birdan qarshisida Sindining orqasidan yuborgan ruhi paydo boʻldi. Birgina gap aytdi. -Hammasi oldingi holiga qaytdi!-dedi. Jerald nima boʻlganini tushungandi. -Jin ursin!-dedi va orqasiga qaytib yugura boshladi. Qor yogʻayotgani uchun yurish qiyinlashgandi. Jerald yana yetib bora olmaslikdan qoʻrqdi. Afsungar ruhlardan birini chaqirdi. -Afsunla, Soyalar saroyiga afsunla!-dedi ruhga. Ruh uning aytganini qildi. Jerald birdan saroy ichida paydo boʻlgandi. Hech narsa demay toʻgʻri tabibxona tomonga yugura boshladi. Hali ham hayotda ekanidan umid qilayotgandi. Ichkariga kirgan zahoti hammaning oʻshs yerda ekanini koʻrdi. Bu safar hech kim Jeraldni koʻrib hayron ham qolmadi, nega kelganini ham soʻramadi. Hamma unga bir qarab qoʻygancha indamay oʻtiraverdi. Hatto qirol Erik ham shunday qildi. Jeraldni toʻxtatib boʻlmasligini anglagandek edi. Jerald nima qilishini bilmay bir chetga, Sloganning yoniga borib turdi. Slogan esa gapirmasdi, juda bosiq yigit edi. -U yaxshimi?-deb soʻradi Jerald borgan zahoti sekingina. -Bilmayman, Jerald aka. Olib kirishganiga oʻn besh daqiqa chamasi boʻldi, shekilli. Xabar yoʻq. Har holda bir narsa boʻlsa, xabar... -Hech narsa boʻlmaydi-deb gapini boʻldi Jerald. Bu soʻzlarga boshqalardan koʻra oʻzining koʻproq ehtiyoji borligini bilardi. Kutishdi... Juda uzoq vaqt kutishdi. Taxminan, qirq daqiqalardan keyin ichkaridan tabib qizlar chiqa boshlashdi. Hamma oʻrnidan turgan, ulardan javob kutardi. Oxirida oralaridan biri gapira boshladi. -Yarasi ogʻir, ammo vaqtida olib kelganingiz uchun ertagacha oʻzigs keladi-dedi va taʼzim qilgancha yonlaridan oʻtiv ketdi. Hamma chuqur nafas oldi. Hammaning ichiga tushgan qurt gʻoyib boʻlgandi. -Men uning yoniga kiraman-dedi Devina xonim. Buni hammadan koʻproq istayotgan kishilardan biri Devina xonim, yana biri esa Jerald edi, shubhasiz. Qirol Erik xabarni eshitishi bilan tabibxonadan jimgina chiqdi. Slogan bir chetda turaverdi. Damian esa Jeraldga qaradi. 'Sen kirishing mumkin' degandek etib imo-ishora qildi. Devina xonim eshikni ochdi, ammo ichkariga kirmay toʻxtadi. Orqasiga oʻgirilib Jeraldga qaradi. Ikki oy davomida Jeraldni yaxshi tanigandi va unutmagandi, chunki u payt afsun kuchi yoʻq edi. Jeraldga 'kel' degandek imo qildi va ichkariga kirib ketdi. Jerald esa qanchalar yomon ahvolda boʻlmasin, kulib yuborishiga oz qoldi, ammo oʻzini tutib tura oldi. Devina xonimning ortidan ichkariga kirdi. Jerald bir narsaga amin edi: balki, Sindi ota taraflama unchalik omadli emasdir, ammo hayotidagi eng katta omadi edi. Hatto Jerald ham Sindi uchun bu qadar katta omad boʻla olmasdi. Ikkisi kirgach, oraga sukut choʻkdi. Devina xonim qizi yotgan yotoq yoniga chetdagi stulni tortib oʻtirdi. Jerald esa Sindining bosh tarafiga oʻtib turdi. Sindining rangi oqarib ketgandi. Jimgina yotgandi, hech narsani bilmay... Uxlaganidagi begʻubor koʻrinishini ham kulib tomosha qiladiganchalik sevardi uni Jerald. Devina xonim esa qizining bir qoʻlini oʻziga tortdi va ustidan sekin oʻpib qoʻydi. Keyin esa Jeraldga qaradi. Jerald buni payqab, tezda yuzidagi tabassumni oʻchirdi. Devina xonim koʻp narsani bilmasdi. Masalan, qirol Erik Sindiga qanday munosabatda boʻlganini yoki Jerald Sindini sevishini... Lekin Jeraldning harakatlaridan buni payqash qiyin emasdi. Yuzidagi tabassum bilan Jeraldga qaradi. -Uni sevasanmi?-deb soʻradi Jeralddan. Kutilmaganda berilgan bu savoldan Jerald biroz uyaldi va nima deyishini bilmay qoldi. Devina xonim esa oʻz savoliga oʻzi javob berdi. -Sevasan...-dedi kulib. Jerald boshini koʻtarib unga qaradi.
Hammasini ko'rsatish...
Oʻzimni dunyodagi eng yomon inson sifatida his qilyapman va birinchi marta bu his menga yoqmayapti. Yuzimga ham qaramadi. -Ket, Lara, ket-dedi. Boʻldimi? Faqat ketmi? -Ketsam, mensizlikka chiday olasizmi?-dedim. Birdan yuzini menga oʻgirib qaradi. Chiday olmasdi. -Chiday olmayman, ammo harakat qilaman-dedi. -Chidashga harakat qilaman... -Men esa harakat qilishni ham istamayman-dedim unga. Keyin u tomonga borib uni bagʻrimga bosdim. Uni sogʻingandim. Ikki oy boʻlgandi. Uni juda sogʻingandim. Dengiz ifori dimogʻimga urdi. Birinchi marta u meni quchmadi. Hatto quchish uchun qoʻllarini ham koʻtarmadi. Shu qadar parchaladimmi uni? -Meni kechiring-dedim. Kechirmagunicha undan kechirim soʻrashga tayyor edim. -Lekin hozir chiqishimiz kerak-dedim. Keyin quchogʻidan chiqdim. Zimiston koʻzlari shu qadar tuygʻusiz, ifodasiz ediki, birinchi marta uning qarashlari ostida ezilganimni his qildim. Uning gapirishini ham kutmay, uni turgʻizishga urindim. U mendan uzoqroqqa ketdi va oʻrnidan oʻzi turdi. Yarasiga qoʻlini bosgancha eshik tomon yurdi. Menga bir marta ham qaramadi. Tezda ortidan chiqdim. -Shahzodam River... -Shahzoda River desang, yetarli-dedi. Joyimda toʻxtab qoldim. Shu qadarmi? Bu qadar yomon xafa qilgan boʻlishim mumkin emas. Men atayin 'Shahzoda River' deganimda ham 'm'ni qoʻshib ayt derdi. Endi esa... Bu mendan butunlay yuz oʻgirganini anglatarmidi? -Shahzodam River...-deb ortidan bordim. -Shahzoda River!-deb baqirdi menga. -Yoki istasang, River deb ayt, lekin shuni boshqa qaytarma, Lara-deb baqirdi yuzimga qarab. Unga qaragancha qolaverdim. -Meni unga berish uchun ketayotganimizni bilaman, Lara. Shuning uchun jim yur!-dedi. Bila turib, men bilan ketayotganmidi? Bu qadar sevish gunoh emasmi? Uni Epsilonning qoʻliga berishimni bila turib oʻzi men bilan ketayotganmidi? Oldiga oʻgirilib yura boshladi. Hech toʻxtamadi. Zinalardan yuqoriga koʻtarildi. Men esa uning katta qadamlari oʻrniga yugurib ketayotgandim. Ikkimiz ham maydonga borganda hamma bizga qaradi. Gloria Indilani oʻzigs suyab ushlab turgandi. Qolganlar esa hushiga kelgandi. Hammasi yana toshdek qotgandi. -River!-dedi Jerald, lekin joyidan qimirlay olmadi. Ming lanʼat! Ularni muzlatyapti. Ha, oyoqlaridan boshlab hammasi muzlashyapti. Birdan hammasi muz haykalga aylandi. -Ming laʼnat!-deb baqirdim. Bu baqirishimga esa Epsilon kuldi. River toʻxtamay, u tomonga yura boshladi. Men ham ortidan yugurib bordim. Ryan, yaʼni Epsilon bizga oʻgirilib qaradi. Kuldi. Ikkimiz ham undan oʻn qadamcha uzoqda toʻxtadik. -Koʻndirdingmi, La-ra?-dedi menga qarab Epsilon. Shu zahoti River menga qaradi. Tuygʻulari... Afsus. Afsuslansa ham, buni qilardi, shunday emasmi? -Senga mening tanam kerakmi? Akamning tanasidan chiqasanmi?-dedi River. -Albatta-dedi Epsilon. Shu zahoti yonimdagi xanjar bilan qoʻlimni kesdim. Qoʻlimni yerdagi qorga bosib oldim. -Bunday qilmaydi-dedim men. River menga qaradi. -Aralashma, Lara-dedi River. Eʼtiborga olmadim. -Qilmaysiz-dedim. -Er-xotin janjalini boshqa payt qilasizlar-deb kuldi Epsilon. -Er-xotin emasmiz. Umuman, hech kim emasmiz!-dedi River. Bu gap ogʻir keldi, toʻgʻrisi. Shuncha boshdan oʻtkazganlarimizga qaramay, hech kimmiz deyaptimi? Meni oʻzidan uzoqlashtirish uchun qilyapti yoki uni qadrlamayman deb oʻylayapti. -Albatta, yaqinda er-xotin ham boʻlamiz, muammo bormi?-dedim men uning aksiga bezrayib. River yana menga qarab qoʻydi. -Ammo u endi River boʻlmaydi, La-ra-dedi kulib. -Uni senga bermayman!-dedim past ovozda. River buni eshitgandi. Menga uzoq vaqt qarab turdi. -Nega?-deb soʻradi birdan. Chunki sevaman, chunki yoʻqotishni istamayman. Yoʻq, buning javobi umuman boshqa edi va bugun oʻsha javobni unga aytardim. Xato aytgandi. Men voz kechilishdan qoʻrqmasdim. Men... -Qoʻrqyapman!-dedim unga qarab. -Sizni yoʻqotishdan qoʻrqyapman-deb takrorladim. Men hech qoʻrqmasdim, ammo hozir bu notanish tuygʻuni butun hujralarimgacha his qildim. Uni yoʻqotishdan qoʻrqardim. Juda ham qoʻrqardim. Buni tan olish menga hech oson boʻlgani yoʻq, ammo qoʻrqayotgandim. Ha, men qoʻrqayotgandim.
Hammasini ko'rsatish...
Boshqa reja tanlang

Joriy rejangiz faqat 5 ta kanal uchun analitika imkoniyatini beradi. Ko'proq olish uchun, iltimos, boshqa reja tanlang.