uz
Feedback
Engineering Notes

Engineering Notes

Kanalga Telegram’da o‘tish

Kanalda asosan backend engineeringga oid postlar yozib boriladi. Ba'zi postlarda xatoliklar bor. Postlar foydali bo’lgan bo’lsa adminni duo qilib qo’ying. Rahmat. Contact: @Bobosher_Musurmonov LinkedIn: https://www.linkedin.com/in/bobosher-musurmonov

Ko'proq ko'rsatish
2 528
Obunachilar
+224 soatlar
+27 kunlar
-1830 kunlar
Postlar arxiv
Dasturlash olamiga chuqur kirib ketganingda hamma narsa dasturlashga o'xshab qoladi... P.S. Oddiy bolalar qo'shig'idagi shunc
Dasturlash olamiga chuqur kirib ketganingda hamma narsa dasturlashga o'xshab qoladi... P.S. Oddiy bolalar qo'shig'idagi shuncha falsafani qarang 😁

Watch "How do SSDs Work? | How does your Smartphone store data? | Insanely Complex Nanoscopic Structures!" on YouTube https://youtu.be/5Mh3o886qpg

HTTPS qanday ishlaydi? Hypertext Transfer Protocol Secure (HTTPS) shifrlangan ma'lumotlarni Transport Layer Security (TLS) yordamida uzatadi. Ma'lumotlar qanday shifrlanadi va deshifrlanadi? 1-qadam. Client (browser) va server TCP orqali o'rnatadi. 2-qadam. Client serverga "Client Hello" xabarini yuboradi. Xabarda kerakli shifrlash algoritmlari (cipher suites) va u qo'llab-quvvatlashi mumkin bo'lgan so'nggi TLS versiyasi mavjud. Server "Server Hello" javobni beradi, shundan keyin Browser algoritmlar va TLS versiyasini qo'llab-quvvatlashi mumkinligi haqida xabar topadi. Keyin server clientga SSL sertifikatini yuboradi. Sertifikatda ochiq kalit, host nomi, amal qilish muddati va boshqalar mavjud. Client sertifikatni tasdiqlaydi. 3-qadam. SSL sertifikatini tekshirgandan so'ng, client session key generate qiladi va uni ochiq kalit(public key) yordamida shifrlaydi. Server shifrlangan session keyni oladi va uni private key bilan deshifrlaydi. 4-qadam – Endi client ham, Server ham bir xil session keyga ega (simmetrik shifrlash), shifrlangan maʼlumotlar xavfsiz bi-directional kanalda uzatiladi. Nima uchun HTTPS ma'lumotlarni uzatishda simmetrik shifrlashga o'tadi? Ikkita asosiy sabab bor: 1. Xavfsizlik: assimetrik shifrlash faqat bitta yo'l bilan amalga oshiriladi. Bu shuni anglatadiki, agar server shifrlangan ma'lumotlarni clientga qaytarib yuborishga harakat qilsa, har kim ochiq kalit(public key) yordamida ma'lumotlarning shifrini ochishi mumkin. 2. Server resurslari: assimetrik shifrlash juda ko'p matematik yuklarni qo'shadi. Bu uzoq seanslarda ma'lumotlarni uzatish uchun mos emas. Alex Xu sahifasidan olib tarjima qilindi

Creating 3 brand new problems instead of dealing with one problem and calling this a solution. This is what engineering is all about.

Cloud texnologiyalari haqida yaxshi ma'lumotlar berib boradigan YouTube kanali ekan: https://youtube.com/c/BeABetterDev

Repost from Uz Python Meetup
https://instagram.com/uzpythondeveloperscommunity Manashu Instagram sahifamizda jonli efirdamiz

#joke — Why database engineers always have lunch together? — Because, they like joining tables.

Anaqqisa, sekin kelinoradi 🙂

Repost from Uz Python Meetup
Beshinchi mavzuimiz va spikerimiz bilan tanishing 👉 @UzPythonMeetup
Beshinchi mavzuimiz va spikerimiz bilan tanishing 👉 @UzPythonMeetup

Repost from Uz Python Meetup
Hurmatli kanalimiz kuzatuvchilari, meetup qayerda va qachon bo'lishi haqida eslatib o'tmoqchimiz! Bosh hamkorimiz: INNO Innov
Hurmatli kanalimiz kuzatuvchilari, meetup qayerda va qachon bo'lishi haqida eslatib o'tmoqchimiz! Bosh hamkorimiz: INNO Innovatsion o'quv va ishlab chiqarish texnoparki Ro'yxatdan o'tish: https://forms.gle/HdHDVzN7Tt6mLnBi6 Manzil : INNO Innovation texnoparki Batafsil ma'lumot: 👉 @UzPythonMeetup Bu yangilikni do'stlarga ulashishni unutmang 😉

Watch "Here's A More Pythonic Factory Pattern" on YouTube https://youtu.be/zGbPd4ZP39Y

#javob Tushunarliroq qilishga harakat qilaman: Bilasiz, API (boshlanishiga, faqat web APIlar haqida gaplashamiz) bizga ikki xil dastur/application orasida ma'lumot almashish uchun kerak. Masalan, frontend backend bilan ma'lumot almashishi uchun API ishlatamiz. API ishlatish uchun esa ikkala taraf ham tushunadigan usulda ma'lumot almashish kerak. Masalan, siz Xitoy tilini bilmaysiz, u esa O'zbek tilini bilmaydi. Lekin ikkalangiz ham ingliz tilini bilsangiz bir-biringiz bilan gaplasha olasizlar. Qaysi tilda va qanday usulda, qanday qoidalar asosida "gaplashish"ga qarab API ko'plab turlarga bo'linadi. Web APIlar orasida eng keng tarqalgan turlaridan biri REST turidagi APIlar. RESTda ma'lumot almashish uchun JSON formatidan foydalaniladi. Va ma'lumotlarni qanday ko'rsatish va hokazo kabi bir qancha qoidalarni o'z ichiga oladi. E'tibor bering, REST aynan bir dastur emas, balki API turi, aniqrog'i, qoidalar to'plami. Shu qoidalar asosida ishlaydigan APIlar esa REST API deyiladi. Web uchun ishlatiladigan ko'plab dasturlash tillarida REST APIlar qurish va ulardan foydalana olish uchun texnologiyalar qurilgan. Pythonda ham bu bo'yicha yetarlicha librarylar bor. Django standart holatda server-side renderingdan foydalanadi, REST API ishlatmaydi. Lekin Django bilan REST API qurish uchun Django REST Framework (DRF) nomni library(balki, framework, anig'ini bilmayman) bor. Qisqasi, u djangoda API qurish uchun "adapter" sifatida ishlaydi. Boshqa python frameworklar esa standart holatda REST APIlar bilan ishlay oladi. Bulardan eng mashhurlari esa Flask va FastAPI. Ya'ni bular REST qoidalaridan foydalangan holda API qura oladigan frameworklar. REST yagona web API turi emas. Yana eng mashhurlaridan GraphQL nomli API turi bor.

#savol FastAPI nima? U ham REST APIning bir qismimi? Ikkalasining farqi nima?

Repost from Uz Python Meetup
Barchani Navbatdagi Meetupga taklif etamiz! Kirish bepul va faqatgina ro'yxatdan o'tish talab etiladi! Shoshiling, joylar soni cheklangan! Quyidagi havola orqali ro'yxatdan o'ting: https://forms.gle/HdHDVzN7Tt6mLnBi6 👉 @UzPythonMeetup

Repost from Uz Python Meetup
'Hello World!' Siz dasturchimisiz? Python tilida kod yozasizmi? Unda bu post aniq siz uchun! 🤩 Aprel oyining 17-sanasida Uzdjango developers community tomonidan navbatdagi "Python MeetUp" tashkillashtirilmoqda. 👉 @UzPythonMeetup MeetUp davomida Siz: ⚡️Pythonda yaratilgan applarni deploy qilish uchun platformalar va instrumentlar; ⚡️Memory Management in Python; ⚡️Python testing tools; ⚡️Sun’iy intellekt yordamida ovozni tanish texnologiyalari; ⚡️Pythonda GIL va konkurrensiya va boshqa qiymatli ma'lumotlarga ega bo'lasiz. Ha aytgancha, boshqa hamkasb dasturchilar va ish beruvchi kompaniyalar bilan tanishishga ham tayyor bo'ling! Ro'yxatdan o'tish va manzilni bilish uchun navbatdagi e'lonlarimizni kuzatib boring! Uzoq kutilgan MeetUpda ko'rishguncha! 😉

Ajoyib mantiqiy savol o'qib qoldim, siz ham yechishga harakat qilib ko'ring: Sizda ikkita bir xil bo'lmagan arqon bor va har biri to'liq yonishi uchun aynan bir soat vaqt talab qiladi. Lekin arqonning zichligi hamma joyida bir xil emas. Arqonni teng ikkiga bo'lsak, birinchi yarmi 20 minutda, ikkinchi yarmi 40 minutda yonishi ham mumkin. Savol: shu ikki arqondan foydalanib, qanday qilib aynan 15 daqiqa vaqtni o'lchash mumkin?

#javob Connectionni MainDB objectni initialize qilayotganda ochmang. Hozir siz MainDBdan object olganda connection ochayapsiz. Bir method orqali query yuborganda with context manager orqali connectiondan foydalanib, keyin uni yopib chiqib ketayapsiz. Keyingi safar query yubormoqchi bo'lganingizda connection yopilgani sabab error berayapti. Yoki har bitta query uchun alohida connection ishlating, yoki (agar bitta connectionni doim ishlatmoqchi bo'lsangiz) with ishlatmang, sababi u kod execute bo'lganidan keyin connectionni yopadi.

photo content
+1

#savol Shu error nimadan kelib chiqvoti? psycopg2.InterfaceError: connection already closed