cookie

Sizning foydalanuvchi tajribangizni yaxshilash uchun cookie-lardan foydalanamiz. Barchasini qabul qiling», bosing, cookie-lardan foydalanilishiga rozilik bildirishingiz talab qilinadi.

avatar

7 maktab ota onalari

Ko'proq ko'rsatish
Reklama postlari
212
Obunachilar
Ma'lumot yo'q24 soatlar
-17 kunlar
-330 kunlar

Ma'lumot yuklanmoqda...

Obunachilar o'sish tezligi

Ma'lumot yuklanmoqda...

Qibray tumani MMTB ga qarashli 7-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabida 28-Maktabgacha ta'lim tashkiloti qoshidagi Majburiy ta'lim guruhi dars jarayonlari. Tarbiyachi: Berimbetova A Yordamchi: Nuranova N 28.05.2024
Hammasini ko'rsatish...
МАКТАБДА "ЗИЁКОР" БОШЛАНҒИЧ ПАРТИЯ ТАШКИЛОТИ ТУЗИЛДИ Ўзбекистон “Адолат” социал-демократик партиясининг асосий ғояларидан бири бу мактаб ўқитувчиларининг жамиятдаги нуфузини ошириш ва мақомини мустаҳкамлашдан иборатдир. Айни кунда умумий ўрта таълим мактабларида партиянинг электорати сони ҳам тобора кўпайиб бормоқда. "Адолат" СДП Тошкент вилояти кенгаши раиси Гулнора Аҳмедова мактабларда ўтказилган сўнгги қўнғироқ муносабати билан Қибрай туманида жойлашган 7-умумтаълим мактабида бўлди. Педагог ва ўқувчиларнинг тантанали сўнгги қўнғироқ тадбирида иштирок этди. Мактаб битирувчиларини мустақил ҳаётга илк қадамлари билан қутлаб, келгуси ўқиш ва ишларида муваффақият ёр бўлишини тилади. Шунингдек, тадбирда Камола Сабденова раҳбарлик қилаётган 7-умумтаълим мактаби қошидаги "Зиёкор" номли бошланғич партия ташкилоти аъзоларининг 12 нафарига партия гувоҳномалари ва эсдалик совғалари топширди. - Биз "Адолат" СДП ғоя ва мақсадларини қўллаган ҳолда унинг сафида бўлишни истадик, - дейди "Зиёкор" БПТ раиси Севара Юлдашева. - Сафимизни Айзада Бейсенова, Камола Тўйчибоева, Маржон Рисбоева, Дилноза Туляева сингари моҳир устозлар тўлдирганидан хурсандмиз. Каналга уланиш учун⤵️ 🌐https://t.me/ToshvilADOLATSDP
Hammasini ko'rsatish...

Qibray tumani 7-sonli umumiy o'rta talim maktabi 9-A sinf o‘quvchilari uchun Rus tili va adabiyoti fanidan yakuniy davlat attestatsiyasi bo'lib o'tdi. Mazkur jarayonda 5 va 10 variantlar bo'yicha o'quvchilar berilgan topshiriqlarni bajarishdi. 27.05.2024
Hammasini ko'rsatish...
Qibray tumani 7-sonli umumiy o'rta talim maktabi 9-B sinf o‘quvchilari uchun ona tili va adabiyot fanidan yakuniy davlat attestatsiyasi bo'lib o'tdi. Mazkur jarayonda 5 va 10 variantlar bo'yicha o'quvchilar berilgan topshiriqlarni bajarishdi. 27.05.2024
Hammasini ko'rsatish...
2024-yil 25-may kuni Toshkent viloyati Qibray tumani Maktabgacha va maktab ta`limi bo`limiga qarashli 7-sonli umumiy o`rta talim maktabga Toshkent viloyati Adolat partiyasi kengashi raisi Ahmedova Gulnora Abdullayevna maktab o`qituvchilarini o`quv yili yakuni bilan qutlab hamda Adolat partiyasiga a`zo bo`lgan o`qituvchilarga guvohnomalar va esdalik sovg`alar topshirdi.
Hammasini ko'rsatish...
2024-yil 25-may kuni Toshkent viloyati Qibray tumani maktabgacha va maktab talimi bolimiga qarashli 7-sonli umumiy o`rta talim maktabini 40-yil avval bitirib, hozirgi kunda shu dargohni farzandlari bitirayotganlar tashrif buyurishdi. Ular o`qituvchilarga o`zlarining tilaklarini bildirib, maktabga esdalik sovg`a (kolonka va mikrafon) sovg`a berishdi
Hammasini ko'rsatish...
2024-yil 25-may kuni Toshkent viloyati Qibray tumani maktabgacha va maktab ta`limi bolimiga qarashli 7-sonli umumiy orta ta`lim maktabda necha yilardan beri o'z mehnat faoliyatlarini olib borayotgan, tarix fani o'qituvchisi Muzaffar Daurbayev (55-- yosh), ona tili va adabiyot fan o'qituvchisi Dilfuza Rahimovalar (50 yosh) Tuman Kasaba uyushmasi tomоnidan esdalik sovg'alar bilan taqdirlanishdi
Hammasini ko'rsatish...
Photo unavailableShow in Telegram
2024-yil 25-may kuni Toshkent viloyati Qibray tumani maktabgacha va maktab ta`limi bo`limiga qarashli 7-sonli umumiy o`rta ta`lim maktabi direktorining 2023-yil 2-oktabrdagi buyrug`iga asosan maktab o`qituvchilari orasida tashkil etilgan “YIL O`QITUVCHISI” ko`rik tanlovining yil sarxisobi. Ushbu tanlovda ishtirok etgan ona tili va adabiyot fani o`qituvchisi Rahimova Dilfuza Baxtiyarovna “Yil o`qituvchisi” deb topildi va maktab ma`muriyati tomonidan taqdirlandi.
Hammasini ko'rsatish...
Toshkent viloyati Qibray tumani MMTB ga qarashli 7-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabi o'quvchilarini ta'lim olishga qiziqtirish maqsadida tashkil etilgan baholashga o'zgacha yondashib, fan o'qituvchilar tomonidan baholashda kartochkalar tarqatilgan. Bugun 25-may kuni ana shu baholarning sarhisobi "Auksionga marxamat" tadbirida e'lon qilindi. Unda o'quvchilar berilgan vazifalarni bajarib qo'lga kiritgan kartochkalari orqali sovg'alarga ega bo'lishdi. Tadbirdan so'ng barcha o'quvchilar "PITSA TIME" ga taklif etildi. 25.05.2024
Hammasini ko'rsatish...
🔔🔔🔔🔔🔔🔔🔔🔔 #Bu_kun_25_05_2024 #So'nggi_qo'ng'iroq 🏢 Toshkent viloyati Qibray tumani MMTB tasarrufidagi 7-sonli umumta'lim maktabida "ILM SAODAT KALITI" deb nomlangan so'nggi qo'ng'iroq tadbiri bo'lib o'tdi. Tadbirda Toshkent viloyati Adolat partiyasi kengashi raisi G.Ahmedova, Kadkad GES lar unitar korxonasi direktori A.Tadjibayev, Ges Qodriya va Tinchlik MFY raislar va faollari va maktabni 40 yil avval bitirgan bitiruvchilar qatnashishdi. Tadbirni maktab direktori K.Sabdenova ochib berdi va O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning bitiruvchilar uchun TABRIKNOMAsini Qibray tumani Favqulotda vaziyatlar bo'limi boshlig'i F. Soatov o'qib eshittirib ularga ulkan muvaffaqiyatlar tiladi. Davlatimiz madhiyasi yangragach, tadbirda bituruvchilar tomonidan tayyorlangan musiqali chiqishlar namoyish etildi. 2023-2024-yil o'quv yilida maktabda a'lo baholarga tamomlagan, Xalqaro va milliy sertifikatlarga ega bo'lgan va fan olimpiadalarida faol ishtirok etgan, shuningdek, ma'naviy-ma'rifiy tadbirlarda faol ishtirok etgan o'quvchilar maktab ma'muriyati tomonidan FAXRIY YORLIQlar va ularning ota-onalariga TASHAKKURNOMAlar bilan taqdirlandilar.
Hammasini ko'rsatish...